Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2020-yil 12-son

  • Bosh qonun

    Kam topilar qiyosi,

    Dil yoritar ziyosi,

    Qonunlarning asosi,

    Bosh qonunim – Qomusim!

     

    Erkin yashash – haqqimiz,

    Ilm olish – ahdimiz,

    Koʻzlaydi erk-baxtimiz,

    Bosh qonunim – Qomusim!

     

    Har soʻzingda mehr bor,

    Elga eʼzoz, eʼtibor,

    Haq – adolat ustuvor,

    Bosh qonunim –

    ...
  • Istiqbol hujjati

    Dekabr oyida xalqimiz va Vatanimiz uchun ahamiyatli boʻlgan bir necha muhim sanalar nishonlanadi. 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligini bayram qildik. Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, siz – bolalar va oʻsmirlarning, yoshlarning yoʻlini yoritib

    ...
  • Istiqlol mashʼali

    1992-yil 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

    Qonunda ham madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burxonov bilan ijodiy hamkorlikda

    ...
  • Yangi yil ostonasida

    Qadrli muxlislar, siz bilan jurnalimizning 2020-yilning soʻnggi – 12-sonida uchrashib turibmiz.

    Garchi karantin kunlarini oʻtkazgan boʻlsak-da, tahririyatimiz jamoasi siz oʻquvchilar oldidagi burch va masʼuliyatini unutgani yoʻq. “Gulxan”ning barcha sonlarini rang-barang, qiziqarli va mazmunli qilib sizlarga yetkazdik. Fursatdan foydalanib, yil davomida biz bilan hamkorlik qilgan

    ...
  • Yangi soʻz – yangi gʻoya – yangi Oʻzbekiston

    Qadrli muxlislar, eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, keyingi paytlarda mamlakatimiz Prezidenti oʻz nutqlarida “Uchinchi Renessans gʻoyasi” degan iborani tez-tez takrorlayaptilar. Renessans, u qanday soʻz, maʼnosini bilasizmi?

    Renessans – uygʻonish, yangidan tugʻilmoq, mudroqlik, hafsalasizlik va boshqa loqaydliklardan voz kechish, borliqqa uygʻongan, xushyor tortgan odam nazari bilan

    ...
  • Kamolot kaliti

    Bizning davrda maktab koʻrmagan insonni koʻz oldimizga keltirishimiz qiyin. Insonni maʼnaviy shaxs sifatida shakllantirishda maktab – poydevor. Maktabni bitirgan, yetuklik attestati olgan odamga hammamiz ham boshqacha hurmat va havas bilan qaraymiz. Ammo, maktab odamga hayotda kerak boʻlgan hamma narsani berolmaydi. Olimlarning fikricha, maktab insonning katta maʼnaviy hayoti uchun zarur

    ...
  • Ragʻbatdan yuksalgan isteʼdod

    Siz oʻquvchilik chogʻidayoq Xalqaro grossmeyster darajasini olgan isteʼdodli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni yaxshi taniysiz. Uning yutuqlaridan xabardorsiz, unga havas qilasiz. Yaqinda yana bir yosh shaxmatchimiz ana shu nufuzli darajaga sazovor boʻldi. Eng qizigʻi, uning ham ismi Nodirbek!

    Nodirbek Yoqubboyev – Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidan. Aslida, xorazmliklar alloma

    ...
  • “Arslonlardek sapchiydi baland”

    Oliy burch

    Burgut uchar moviy yuksakda,

    Iz qoldirmay boʻshliqlar aro.

    Bizlar qancha pastda yursak-da,

    Iz qoldirmoq unga noravo.

     

    Nahang suzar dengiz qoʻynida,

    Iz qoldirmay toʻlqinlararo.

    Girdoblarning shoʻx oʻyinida

    Iz qoldirmoq unga noravo.

     

    Bu oliy burch insonga

    ...
  • “Bogʻchamdan hech qolmayman”

    Bobomlar

    Dovyurak, qoʻrqmas, botir,

    Har ishda jasur, qodir,

    Sadoqatli, bahodir –

    Amir Temur bobomlar.

     

    Soʻzlari ulugʻ hikmat,

    Sarkorlari bermas pand.

    Shahri maskan – Samarqand,

    Amir Temur bobomlar.

     

    Dovrugʻi tutgan olam,

    Ruhlari bitgan nolam,

    Baxtimni kutgan har

    ...
  • Egilgan bosh

    Halima sinfga kirib kelganda oʻzaro gaplashib turgan qizlar birdan jimib qolishdi. Salomiga alik ham olishmadi. U parta oralab ikkinchi qatordagi joyiga borib oʻtirayotganida:

    – Hoy maqtanchoq, endi men sen bilan oʻtirmayman. Sen yaxshisi borib oʻsha – yoqimtoy Zokiring bilan oʻtir, – dedi Ziyoda bir qadam oldinga yurib.

    – Bu nima deganing, tushunmadim. Axir, uch yildan buyon

    ...
  • Hazrati insonlar hikmati

    Goʻzal axloqlarning nomini bilishimiz yaxshi. Ammo, buning oʻzi kifoya qilmaydi. Ularni oʻrganishimiz, kasb etishimiz, oʻzlashtirishimiz, hayotimizning har lahzasida, har yerda amal qilishimiz lozim. Goʻzal axloqlar nomini olimlar sanab, besh yuzga yetkazganlar.

    Aziz oʻquvchim, shu oʻrinda oʻzingizni bir sinab koʻrmaysizmi? Qoʻlingizga qogʻoz va qalam olib, avval yaxshi xulqlar

    ...
  • Yangi yil

    1.Yangi yil yaxshi-da juda,

    Yaxshilik kuyi avjida.

    Endi tilim ham burrolashadi,

    Boʻyim ham oʻsib, aqlim oshadi.

           

         Naqarot:

    Yangi yil!

    Yoshimga yosh qoʻshar,

    Bayram koʻp boʻlsin.

    Yaxshi

    ...
  • Arqonsiz qoʻy yetaklaganim

    Buyuk mutafakkir Saʼdiy Sheroziyning “Boʻston” asaridagi:

    “Yigit qoʻy arqonin yechib tashladi,

    Oʻzi u yon-bu yon chopa boshladi” satrlarini oʻqib, oʻzimcha: “Yo piray, shoir mening bolaligim haqida yozibdi-ku!”, deb oʻyladim. Xayol meni olis bolalik tomon boshladi...

    Oʻshanda hali maktabga ham bormagan, 5 yoki 6 yoshli bola edim. Yozda qishlogʻimiz

    ...
  • Senda tugʻilganim – eng ulugʻ baxtim

    Bugungi yoshlar badiiy ijod olamiga har qachongidan ertaroq kirib kelmoqdalar. Bu bir jihatdan yaxshi, albatta. Ana shunday isteʼdodlardan biri Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 3-oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Nilufar AKROMOVAdir. Nilufarning adabiyotga, sheʼriyatga boʻlgan mehri qoʻliga qalam tutqazdi. Oʻsha mehrning mahsuli sifatida uning birinchi kitobchasi

    ...
  • Baxtimga bor boʻling

    Ilm-u tafakkurdan dilga yoʻl ochgan,

    Beminnat mehrini qalblarga sochgan,

    Quyosh tafti goʻyo yuziga koʻchgan,

    Mudom baland erur sizga eʼzozim,

    Baxtimga bor boʻling, aziz ustozim.

     

    Shogirdini oʻylar kun-u tunda ham,

    Balki solgandirman yuragiga gʻam,

    Qancha taʼzim qilsam, shuncha boʻlur kam,

    Mudom baland erur sizga

    ...
  • Buxoro

    Ilm-u maʼrifatdan soʻylar hidoyat,

    Yetti pir nazari – ming bir rivoyat.

    Qadim karvon oʻtgan azim yoʻllarda,

    Tarixi uxlaydi hatto choʻllarda.

     

    “Dil bayor-u dast ba kor” – asli haqiqat,

    Naqshband bobomiz hayoti hikmat.

    Buxoriy, Sino-yu Somoniy yodin,

    Gʻurur-la eslaylik biz zurriyodi.

     

    Dunyoni lol etgan

    ...
  • Ustozim

    Orzular bagʻrida choʻmilsa yurak,

    Baxtimdek tuyulsa goho armonim.

    Doimo sogʻ boʻling menga shu kerak,

    Qayda boʻlsangiz ham, aziz ustozim.

     

    Men sizni sogʻindim, sogʻindim ustoz,

    Vujudim nomidan aytmoqda yurak.

    Qalbimda mujassam faqat bir tilak –

    Siz menga keraksiz, juda ham kerak.

     

    Ogʻabek

    ...
  • Ona tilim

    Ajdodlardan qolgan meros,

    Taʼrifi yoʻq suyuk tilim!

    Har bir soʻzi toza olmos,

    Kelajagi buyuk tilim!

     

    Oy misoli nur taratar,

    Soʻzdan moʻjiza yaratar,

    Jozibasi maftun qilib,

    Dunyo ahlini qaratar,

    Dono tilim – ona tilim.

     

    Munavvara ERKINOVA,

    Toshkent shahar Olmazor

    ...
  • Qishlogʻim

    Gʻovasoyda tugʻildim,

    Ulgʻayib katta boʻldim.

    Qishlogʻim juda koʻrkam,

    Kishilari mard-oʻktam.

     

    Baland-baland togʻlari bor,

    Shaldiragan soylari bor.

    Yozda keling dam olgani,

    Soʻlim goʻsha, joylari bor.

     

    Gulzoda ORTIQOVA,

    Namangan viloyati Chust tumanidagi

    12-maktabning

    ...
  • Bobomning hiylasi

    Voqeiy hikoya

     

    Oyimning aytishlaricha, men kichikligimda juda shaddod va shoshqaloq qiz boʻlgan ekanman. Meni faqat bobom biroz tinchlantira olar, buning uchun menga sarguzashtlarga boy ertaklarni aytib berar ekanlar. Maktabga chiqqanimda ham oʻyinqaroqlikni qoʻymabman. Dadam va oyim meni qancha majburlasalar ham, mustaqil kitob oʻqimasdim. Kitob oʻqishdan

    ...
  • Toʻrt opa-singil

    Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim oʻtgan zamonda toʻrt opa-singil fasl – Bahor, Yoz, Kuz, Qish yashagan ekan. Ular butun yer yuzini aylanib, bir yildan soʻng Oy ham, Quyosh ham kecha-yu kunduz nur sochib turadigan “Moʻjizalar mamlakati”da diydorlashishga kelishib olishibdi. Aytilgan fursat kelibdi. Uchrashuvda birinchi boʻlib opa-singillarning toʻngʻichi Bahoroy soʻz boshlabdi:

    – Men

    ...
  • Aytishuv

    Aka:

    – Oʻqimayman bas,

    Kitob kerakmas.

    Charchadi koʻzim,

    Shu soʻnggi soʻzim.

     

    Singil:

    – Hay aka, aka

    Boʻlmay kalaka,

    Darsni tugating,

    Soʻng mayli yoping.

     

    Aka:

    – Darsga yoʻq xushim,

    Koʻpdir yumushim.

    Kutayapti

    ...
  • “Biz bilan koʻrgin baham...”

    Tanbeh

    Koʻrsichqonning uyqusini

    Buzdi noxush tovushlar.

    – Voydod, bas qil, hatto sendek,

    Gupirlamas kovushlar.

     

    Hech uxlashga qoʻyasanmi,

    Yer tepinar oyogʻing.

    Shuncha uzun boʻlsa hamki,

    Eshitmaydi qulogʻing.

     

    Maslahat

    Koʻpqavatli daraxt

    ...
  • Uchar otlar

    Qadim-qadimdan ot insonning yaqin doʻsti boʻlgan. Hali poyezd, avtomobil, samolyotlar oʻylab topilmagan zamonlarda ot eng qulay ulov boʻlgan. Odamlar uzogʻini yaqin qilgan.

    Garchi hozir otlarga biroz eʼtibor susayganday sezilsa-da, aslida, uchqur poygachi otlarning bahosi manaman degan avtomobillardan qimmatroq turadi. Shu bois hanuzgacha avtomobillarning qudrati ham ot

    ...
  • Meeting with foreign teacher

    Hello my, friends! How are you? Dears, have you ever been interested in Presidential schools so far? Today we are going to introduce you, pupils of Abdulla Kadiri school of creativity and their stories, poems written in English! But I know, YOU also can write something in English!!!

    November was Foreign Languagesʼ month in the school. Abigail Jolaoluwa,

    ...
  • The miracle of travel!

    Once upon time in past, nof at present there was a girl named Gulbonu. Gulbonu sincerely loved flowers since her name means flowers-loved girl and for other reasons. Gulbonu used to go to the garden every morning to pick different flowers up, collect and give them to her mother, grandmother. Gulbonu got up early one day in the morning and enjoyed the floral fragrance which she had picked the

    ...
  • Save water

    Letʼs all of us together

    Dear, my pals save water!

    If I save, You save, we save

    Gets beautiful our life!

     

    Everything has itʼs end

    Letʼs save water my friend!

    Save every drop even

    Mybe the world be garden!

     

    Shabnam Uralova,

    7th grade pupil of Abdulla Kadiri

    school of

    ...
  • Sayohatchi quyonlar

    Bolalar, yodingizda boʻlsa, jurnalimizning oʻtgan yilgi dekabr sonida “Kim yaxshi ertak yozadi?” sarlavhasi ostida quyidagi rasmni eʼlon qilgan, rasm asosida ertak boshlagan va davom ettirishni sizlardan soʻragan edik. Yil davomida ushbu sahifaga oʻndan ortiq maktub oldik. Ulardan eng maʼqulini bugun eʼtiboringizga havola qilamiz.

    Bor ekan-da yoʻq

    ...
  • Tadbirkor qargʻa

    Har yili yangi yil arafasida intiq kutganimiz oppoq qor bu mavsum noyabr oʻrtasidayoq yogʻib berdi. Kutilmaganda boʻralab yogʻgan qor koʻpchilikni shoshirib qoʻydi. Ertasi kuni ertalab derazadan qor qoplagan hovlimizni zavq bilan tomosha qildim. Oqlikni, soflikni, toza havoni sogʻingan koʻnglim togʻdek koʻtarildi. Koʻzlarim qish manzarasiga tikilib toʻymasdi. Shu payt hovlining oshxona

    ...
  • Koinot tilsimlari

    Oyning oʻn beshi – yorugʻ, oʻn beshi – qorongʻu

    Bu maqolni kundalik hayotimizda tez-tez qoʻllab turamiz.

    Maqol koʻchma maʼnoda ishi yurishmagan kishiga nisbatan ishlatiladi. Yaʼni, “Ishing bugun yurishmagan boʻlsa, ertaga albatta yurishadi”, – deyiladi. Ushbu maqol insonning sabr-toqatli, irodali boʻlishiga turtki boʻladi.

    Dono xalqimiz

    ...
  • “Yangi yil” boshqotirmasi

    CHAYNVORD 1.Muchal boʻyicha boshlanayotgan yil. 2. Ded Moroz Yangi yildan darak beruvchi mamlakat. 3. Doimiy aholiga ega boʻlmagan qitʼa. 4.Omeliya guldastasi sovgʻa qilinadigan mamlakat. 5. Saratondan keyingi burj. 6.Dunyoda eng ogʻir – 11000 kg.lik oʻyinchoq osilgan archa

    ...
  • Asqad Muxtor

    “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkori Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Fargʻona shahrida temiryoʻlchi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.