Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2023-yil 1-son

  • Bir yilda 12 marta

    Qadrli muxlislar, mana siz bilan jurnalimizning yangi yildagi ilk  soni orqali yana uchrashib turibmiz.  Bu yil “Gulxan” o‘quvchilarining soni ortgan bo‘lsa ajab emas.  Sababi, o‘tgan yili jurnalimizning pochtasiga, telegram kanalimizga muxlislarimizdan iliq fikrlar bildirilgan maktublar keldi.Qadrli muxlislar, mana siz bilan jurnalimizning yangi yildagi ilk  soni orqali

    ...
  • 2023-yil – insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasidan

    ...Jahonning ilm-fan, madaniyat va sport shohsupalarida bayrog‘imizni baland ko‘tarayotgan o‘g‘il-qizlarimiz, shijoatli yoshlarimizga yangi-yangi zafarlar tilayman. Ular bizning faxrimiz-g‘ururimizdir......Jahonning ilm-fan, madaniyat va

    ...
  • Sog‘inchlar diyori

    O‘zbekiston Xalq shoiriSirojiddin SayyidYashasin yomg‘irlar kitobida e’tirof etishicha, nainki ko‘kalamzorlar, balki inson bolasi ham bolalik yomg‘irlari ostida giyoh yanglig‘ ko‘karadi, navnihol ko‘chatdek kurtak chiqarib barg yozadi. Bugun ko‘hna Surxon vohasining bepoyon osmonidan yog‘gan beg‘ubor yomg‘irlardan, bag‘rikeng alpomishzoda

    ...
  • Qish

    Sof, zangori osmondan

    Pag‘a-pag‘a yog‘di qor.

    Qor parchasi zarrada

    Yerga yoqar mehri bor.

     

    Qir-u dala tog‘lar ham

    Kiyib olgan oq qalpoq.

    Uying oynasidagi

    Ayozning rasmiga boq.

     

    Ko‘chamiz-chi, ko‘chamiz

    Bizga boqar beg‘ubor.

    Bir chiroyli muz ko‘ylak

    Kiyib olibdi

    ...
  • Mehmon

    Kelganida mehmonga

    Uy to‘riga o‘tqazdik.

    Xursand qilib o‘zini

    O‘yinchoqlar tutqazdik.

     

    Yayrab ketdi shoxlari

    Turfa rangda tovlanib.

    Qaniydi bir umrga

    Tursa bunda jonlanib.

     

    Fursatni qo‘ldan bermay

    O‘ynab-quvnadik rosa.

    Bir yilga yetadigan

    Zavq-shavqni oldik,

    ...
  • “Gulxan”ga

    Bolaligim quvonchi

    Yana go‘zal sen bilan.

    She’r-u ertak, hikoyang

    Bo‘lishasan men bilan.

     

    Takror-takror o‘qiyman,

    Shodlik to‘lib dilimga,

    Sharqdan chiqqan Quyoshday

    Kirib kelsang uyimga.

     

    Tutib qo‘ldan qo‘ymayman

    Qadrdonim kitobday.

    Mitti jussang qo‘limda

    Nurin sochsa

    ...
  • Xabar sotuvchi

    Yangi gaplar sotaman,

    Eski gaplar ham.

    Bolajonlar, kepqoling,

    Qoldi juda kam.

     

    Surishtirmang narxini

    Shardan ham arzon.

    Xo‘rozqandga – rost xabar,

    Pishloqqa – yolg‘on.

     

    Almashaman yangisin

    Kepaksiz unga.

    Eski gapni – puch yong‘oq

    Yoki sovunga...

     

    Buni

    ...
  • Shum bola o‘zga sayyorada

    (Boshi o‘tgan sonda)

    Shu payt Yu uchib keladi

     

    Yu: –Salom bolalar! (kuladi).

    Omon: – Yu, yaxshi­misan? Qo‘ling... Iya qo‘­ling joyida-yu!

    Qoravoy: – Iya, Yu, tushun­madim. Qo‘lingni anavi dev yulib olgandi-ku! Qanday qilib

    ...
  • Yil bo‘yi hamroh

    Dars tugashi bilan maktabimiz ku­tubxonasiga boraman. U yerda turli matbuot nashrlari bor. Ular orasidan “Gulxan”ni sevib o‘qiyman. Chunki unda  maktab   hayoti, o‘rnak olsak arziydigan yangiliklar, tengdoshlarim  erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida qiziqarli hikoyalar bor.  Jurnal sahifalaridagi  “Mashhurlar bolaligi”, “Iste’dod – millat mulki”, “Odob

    ...
  • Gulxanjonning opasi

    Inson shunday yashashi kerakki, ortiga burilib qaraganida, umrini sarhisob qilganida  dil-dilidan  qoniqish  hosil qilsin. Hech ikkilanmay ayta olamizki,  jurnalimizda  salkam 40 yil  mehnat qilgan  ijodkor Vasila Po‘latova  ana shunday  insonlardan.

    Vasila opa  har tong ishga kelgach,  tahririyatga kelgan bir uyum xatlarni ko‘rib

    ...
  • Otaga itoat qilish kerak

    Bir Maymun kenja bolasi bilan yashardi. Ba’zan kenjatoyni o‘zi bilan tashqariga olib chiqar, gohida uyda yolg‘iz qoldirardi. Maymuncha esa hali o‘zini dushmanlardan himoya qilishni bilmasdi. Kunlardan bir kuni otasi unga eshikni hech kimga ochmasligini tayinlab, yegulik qidirib chiqib ketibdi.

    Kenjavoy uyda o‘tiraverib zerikibdi. Dera­zadan tashqarini tomosha qilibdi. O‘sha

    ...
  • Diqqat: marafon

    Qadrli tengdoshlar, Ozingiz oqigan kitoblardagi eng durdona fikrlarni dostlaringiz bilan ulashishni istaysizmi?Unday bolsa marafonimizga qoshiling. Yaxshi

    ...
  • Mo‘jizaga ishoning

    Qadimda bir kichik qishloqda Shohrux degan bolakay yashardi. U to‘polonchi, sho‘x, har kuni ko‘zining tagi ko‘karib kelardi. Qish kunlarining birida Shohrux o‘rtoqlari bilan tortishib qoldi. U o‘rtoqlariga “Qorbobo faqat ertaklarda bo‘ladi”, – deb qichqirar edi. So‘ngra o‘rtoqlariga Qorboboning yo‘qligini ishontirish uchun hech kimga aytmasdan ularni uzoq o‘rmonga boshlabdi.

    Shohrux

    ...
  • Qor

    Qor yog‘adi lopillab,

    Go‘yo oppoq kapalak.

    Oppoq qorga burkanib

    Dalalar aytar ertak.

    Derazaga naqsh chizar

    Naqqosh yo Ayoz bobo?

    Bizlar esa ko‘chada

    Yasaymiz ko‘p qorbobo.

    Oppoq qorni oralab

    Sayr qildik chanada,

    Qordan qo‘rqqan bolalar

    Isinishar panada.

    Qor yog‘adi chiroyli

    Go‘yo oppoq

    ...
  • Kitobsevar sportchi

    2022-yilda omadi kulgan sportchi tengdoshlaringizdan biri Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 12-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Laziza Haydarovadir.

    Bilasizmi, Laziza 3-sinfdan beri kurashning dzyudo turi bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘lgacha u goh g‘oliblik nashidasini, gohida mag‘lublik alamini totgan. Laziza murabbiylaridan kurashning sir-asrorlarini o‘rganib, kuchli sportchi bo‘lib

    ...
  • Dunyoni o‘zgartirmang

    Qadim-qadim zamonda obod diyorni boshqargan bir qirol bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u mamlakatning olis manzillaridan biriga yo‘l olibdi. Qirol  avvallari bunchalik uzoq yo‘l yurmagani va yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lganligi sababli oyoqlari zirqirab og‘ribdi. Sayohatga chiqqaniga pushaymon bo‘lgan qirol mamlakatdagi barcha yo‘llarni mo‘yna bilan qoplashni buyuribdi. Tabiiyki, buning

    ...
  • Tanishing g‘oliblar

    Agar bolalarimizning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev hayot bo‘lganlarida 2022-yilning  dekabr oyida  to‘qson yoshga to‘lardilar. Ana shu munosabat bilan   Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti, Xalq ta’limi vazirligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda  “Gulxan” jurnali  bilan hamkorlikda   ardoqli adibimiz xotirasiga

    ...
  • YON DAFTARNING YORDAMI

    Aziz do‘stim, hech yon daftar tutganmisiz?! Yo‘q deysizmi? O‘ylaymanki, bugungi suhbatimizdan keyin, shunday qilasiz. Chunki men hozir sizga yon daftar tutish kishiga qanchalik asqotishini tushuntirib beraman.

    Men ancha yillardan beri yon daftar tutaman. Har kecha uyqudan oldin ertaga nimalar qilishimni yozib boraman, ertasiga kechqurun ularning qaysilarini bajarganimni belgilab

    ...
  • MEHRNING MEVASI

    Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Iroda G‘ulomova kasbidan  baxt topgan ustozlardan.

    – O‘qituvchi  bo‘lishni   bolaligimdan   orzu qilganman. Otam ish joyi – maktabidan qaytgach, Sayfulla akam bilan  o‘z ishi, bolalar haqida  zavq-shavq bilan suhbatlashar, men ularni jon qulog‘im bilan tinglardim.

    ...
  • KO‘RINMAS DUSHMAN

    Bolalar uchun eng yaxshi do‘st – ular uchun  nashr qilinadigan  gazeta-jurnallar..Chunki gazeta-jurnal o‘qigan bolaning dunyoqarashi  kengayadi, tafakkuri o‘sadi.  O‘zi uchun ibrat bo‘ladigan qahramonlarni ham kashf qiladi. Afsuski, keyingi  paytlarda  o‘quvchilar  matbuotdan ancha yiroqlashib qoldi.  Bunga sabab – ota-onalarning farzandi

    ...
  • Buvim o‘ynagan o‘yinlar

    Har kuni maktabdan kelgach, buvim va bobomga o‘rgangan bilimlarim, eshitgan yangiliklarim haqida  aytib beraman. Ular jon quloqlari bilan tinglashadi. Shunday kunlarning birida buvijonim  o‘zlari bolaliklarida o‘ynagan o‘yinlar haqida  gapirib berdilar.

    –“Chorichambar”, “Durra”, “G‘oz-g‘oz”, “To‘ptosh”, “Chertmak”  kabi  o‘yinlarni mazza qilib o‘ynardik. Bu

    ...
  • Vijdon azobi

    Sinfdoshlar – Jasur va Umidning orasidan qil o‘tmasdi. Jasur barchaning e’tiborida bo‘lgani uchun Umidning ko‘nglida unga nisbatan jinday baxillik ham bor edi. Shundanmi, nima bo‘ldi-yu, bir kuni...

    Umid tanaffus paytida hech kim yo‘qligidan foydalanib, sinfdoshi Mahmudning sumkasidagi 100 ming so‘mni olib, Jasurning portfeliga solib qo‘ydi.

    Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan

    ...
  • AYIQQA HAM MEHR KERAK

    Yurtimizning Jizzax viloyatidagi Oyqor tog‘ida eng noyob hayvonlardan sanalgan qo‘ng‘ir va jigarrang ayiqlar yashaydi. Ular bir-birini hid bilish hissi yordamida topadi. Qo‘ng‘ir ayiqning hid bilish va eshitish qobiliyati kuchli. Daraxt tanasi va yirik butalarga ishqalanib, hidini qoldiradi. Bu belgilar hududiy nizolarning oldini olishda asqotadi.

    Bahaybat qo‘ng‘ir ayiqqa duch kelgan

    ...
  • INTERNET IRMOG‘I  

    MILLIONNI KIM IXTIRO QILGAN?

    Siz raqamlarni  sanab ketaverasiz, ketaverasiz, ular millionga yetganda voy-bo‘ deb yuborasiz.  Biroq ayting-chi, biror marta million sonini kim o‘ylab topgan deb o‘ylaganmisiz? O‘ylamagansiz. Hayotda esa har bir narsaning o‘z tarixi bor.  Xuddi shunday millionning  ham. Xullas... Kunlardan bir kuni mashhur sayyoh 

    ...
  • “MEHMONDO‘ST”

    O‘sha kuni maktabga ancha barvaqt kelib qolibman. Vaqt o‘tkazish uchun bufetga kirdim. Qarasam, oldiga  bir lagan  “gumma”ni qo‘yvolib, qo‘shnim – mendan bir sinf yuqorida o‘qiydigan  Abdulloh o‘tiribdi.

    – Ishtahang karnay-ku, osh bo‘lsin, – dedim kinoya aralash.

    – E, Aziz, juda vaqtida kelding-da, kimni mehmon qilsam ekan, – deb o‘tirgandim, – u o‘rnidan turib

    ...
  • QALOVINI TOPGAN QIZ

    Sitora  Tojiddinova  Toshkent vi­lo­ya­tining Yangiyo‘l tumanidagi  19-mak­tab­ning 8- sinfida o‘qiydi. U nafaqat  sin­fida, balki maktabda eng a’lochi, eng jamoatchi o‘quvchi. Lekin, bugun gap  uning  qanday qilib barcha  fan­lardan  besh baho olayotgani haqida emas, balki boshqalarga o‘xshamagan jihati

    ...
  • TOPISHMOQLAR

    ***

    Yeldek yelar qish-u yoz,

    Po‘lat izlar poyandoz,

    Yaqin qilar yiroqni,

    Ummon, shahar, qishloqni.

     

    ***

    Olisdagi diydorni

    Yaqin qiladi oson.

    Dildan suhbat qurishga

    Yaratar cheksiz imkon.

     

    ***

    Yassi ekran, mustahkam,

    Unda olam siri

    ...
  • Sirojiddin SAYYID

    Sirojiddin Sayyid 1958-yilning 30-oktyabrida  Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida tug‘ilgan.

    1974-1979-yillarda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy  universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

    “Xayrullaning komandasi” nomli ilk hikoyasi 1972-yilda – sakkizinchi sinfda o‘qib yurganida respublika bolalar gazetasida bosilgan.

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.