Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2023-yil 2-son

  • Bobur bobom

    Bobur bobom, sarkarda bobom,

    Ham olim-u, ham shoir bobom.

    Tomirida Amir Temurning

    Qoni oqqan jahongir bobom.

     

    “Boburnoma” ilm ummoni,

    Sho‘ng‘ib ko‘rgan biladi uni.

    Bu qomusiy kitobning sehrin

    O‘rganamiz yillar, har kuni.

     

    Sport, san’at, geografiya, tarix,

    Davlatchilik – bari bunda

    ...
  • Buyuk daholar yodi

    O‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har yili fevral oyida bu ikki buyuk allomaning tavallud kunlarini keng nishonlaymiz. Shu munosabat bilan tahririyatning elektron manzili, telegram kanaliga yurtimizning turli viloyatlaridan bu muhim sanani  qanday o‘tkazganlari haqida xabarlar, fotosuratlar kelib

    ...
  • Hirot begonasi bo‘ldim

    Yozuvchi va tarjimon Muzaffar Mirzo o‘tmishimizni, allomalarimiz hayotini chuqur o‘rgangan  ijodkorlardan. Uning  Amir Temurning suyukli nabirasi, shoh va  astronom olim  Mirzo  Ulug‘bekning bolaligi haqidagi  “Uzuk ko‘zidagi xat”, “Panoh” qissalari  kitobxonlar tomonidan  iliq kutib olingan.

    Zahmatkash adib yana bir ulkan ishni

    ...
  • Yon daftarga yozib qo‘y

    Alisher Navoiyning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

    Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq g‘azalini yoddan bilgan.

    Navoiyning “Xamsa” asari dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan.

    Navoiy qo‘lyozmalari O‘zbekiston, Rossiya, Angliya, Turkiya, Eron, AQSH kabi ko‘plab

    ...
  • Dediki: Zahiriddin Muhammad Bobur

    Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir.

     

    * * *

    Ko‘nglingni dinlarning muhokama may­doniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.

     * * *

    Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi.

     

     * *

    ...
  • Armonli dunyoning armonli shohi

    MISLSIZ ISTE’DOD SOHIBI

    Prezidentimizning Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori butun xalqimizni behad quvontirdi. Ayniqsa, adabiyot, she’riyat ixlosmandlari bu tarixiy voqelikni nihoyatda ko‘tarinki ruhda qarshi oldilar.

    Keyingi yillarda shoh va shoir, mohir sarkarda, olim Bobur Mirzo shaxsini o‘rganish

    ...
  • Quyoshni to‘smagan tog‘

    O‘zbekiston xalq shoiri – Omon Matjon 2002-2006-yillarda “Gulxan” jurnaliga bosh muharrir bo‘lganlar. Garchi ustozning hayoti va faoliyatida bu yillar negadir eslanmagan bo‘lsa-da, hech ikkilanmay aytishim mumkinki, bu davr Omon aka hayotidagi eng tiniq damlar, eng  baxtli vaqtlar  edi. Buni ishga har kuni ko‘tarinki kayfiyatda, yangi-yangi rejalar bilan kelishlaridan sezganmiz. Biz

    ...
  • Nasrdagi nazmlar

    ...Adabiyotni hech bo‘lmaganda “Odobiyot” deb tushunishsa edi.

     

    * * *

    ... Go‘zallikni ko‘rganda beixtiyor chapak chalib yuboradigan kishilarni sog‘inaman.

     

    * * *

    Ko‘z – topadi. Ba’zan, yashiradi ham!

     

    * * *

    Bahorda gullash bilan birga... chirish ham

    ...
  • Hisor haybati hayratlari

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xo­di­mi, xalqimizning sevimli yozuvchisi –Normurod NORQOBILOVni siz ham yaxshi taniysiz. Chunki  adibimiz uzoq yillardan buyon “Gulxan” jurnali bilan hamkorlik qilib keladilar. Yozuvchining o‘smirlarning o‘y-tashvishlari, tabiat, jonivorlar  haqidagi  bir-biridan qiziq qissa va

    ...
  • Biz-da, yozuvchi bo‘ladigan

    O‘zimiz endi 7-sinf­da­miz-u o‘rtog‘im nu­qul boshini qotiradi. Ik­ki gapning birida katta bo‘lsam... Katta bo‘lsam... U kishim dam haydovchi bo‘lmoqchi bo‘ladilar. Zo‘r mashinalarni ko‘rganlarida-da, al­batta. Erta­si­ga birdan oshpaz bo‘l­gilari keladi. O‘sha kuni mak­tab­da oshpaz aka shirin kotlet, yo ular yaxshi ko‘radigan kar­toshka, gumma

    ...
  • Kitobning gazetaga xati

    Bo‘lar edim har doim

    Odamlarning qo‘lida.

    Qatorlashib turardik,

    Javonlarning to‘rida.

    Endi esa ahvolim

    Bo‘lib qoldi ko‘p xarob,

    Bugungi kun bolasi

    O‘qimay qo‘ydi kitob.

    Ko‘rsam edi dunyoni

    Mayli bo‘lsa, kandikda.

    Do‘stim, aytsam joyimni,

    Yashayapman sandiqda.

    Shunday do‘stim – gazeta,

    Menda

    ...
  • Onam

    Oqlar tushdi bugun mana,

    Sochining har tolasiga.

    Yuzlaridan olib husn,

    Bergan barin bolasiga.

    U chinakam mehri tengsiz,

    Fikr-u yodi deydi, bolam.

    Tinch-farovon bo‘lsin olam,

    Baxtimga sog‘ bo‘ling, onam.

     

    Mehriniso NE’MATOVA,

    Andijon tumani 53-maktab 5-sinf

  • Vatanparvar

    Vizillab uchgan toshlar

    “Shahar”ni vayron qilar...

    Tong chog‘i taloto‘pdan

    Ko‘z ochishdi arilar.

     

    Qo‘mondon der: —Saf torting!

    Va darhol kiring jangga.

    Uzum uchun dushmanlar

    Tosh otishdi “Vatan”ga.

     

    Arilar birlashdi-yu

    Bir mushtga aylandilar.

    Tezda havo orqali

    Hujumga

    ...
  • Binafsha

    Seni ko‘rgan zamonda,

    Yuzimga kelar kulgu.

    Maysazor oshyonida,

    Taralar ajib yog‘du.

    Binafshajon, binafsha,

    Berkitma nozik chehrang,

    Seni har dam eslatar,

    Siyohrang go‘zal bu rang.

     

    Aziza QURBONOVA,

    Surxondaryo viloyati

    3-KBCHТIMI 8-sinf

  • Yangi O‘zbekiston farzandlarimiz

    Zaminga oyoqni zo‘r tiragancha,

    O‘qib izlanamiz anchadan ancha,

    O‘zgarishlar bo‘ldi qanchadan qancha

    Uchinchi renessans dilbandlarimiz,

    Yangi O‘zbekiston farzandlarimiz!

     

    Orzular-ey, elchi bo‘linglar xolis,

    Dillarimiz aylang dunyoga fonus,

    Hali, eh-he yurar yo‘limiz olis,

    Yurtimiz ertasi, asal-qandimiz

    ...
  • Qushchalar

     Chug‘ur-chug‘ur qushchalar,

    Chug‘urlasa tong otar.

    Maktabdan kech qolma deb,

    Uyqumizdan uyg‘otar.

     

    Quyosh chiqdi turaqol, –

    Deydi, bizning qushchalar.

    Mehribonlik qiladi,

    Qarang, bizga qanchalar.

     

    Qushchalar ham o‘zlari,

    Qanot yozib uchishar.

    Qarasam xayolimda,

    Bulutlarni

    ...
  • Qochoq ilhom

    Kechalari tushimga

    Nimalar ham kirmaydi?

    She’rlar meni uyg‘otib,

    Hol-jonimga qo‘ymaydi.

    “She’r yoz!” deyishib menga,

    Qog‘oz, qalam tutkazar,

    Yetaklab jim qo‘limdan

    Stolimga o‘tkazar.

    Ko‘zimni katta ochib,

    Qog‘ozimga qarayman.

    “Shoh asar yaratsam-a?!”

    Hayajonda o‘ylayman.

    Ana shunda

    ...
  • Tanishing g‘oliblar

    Baxtsizlikdan yaralgan baxt

    Insho

    Reja:

    I.   Kirish.

    1. Beg‘uborlik dunyosining ijodkori

    II.   Asosiy qism:

    2. Xudoyberdi To‘xtaboyev – o‘zbek ada­biyotining

    ...
  • Adabiyot bayrami

    Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tadbirlar zalida bo‘lib o‘tgan katta bayram, nafaqat,  bolalar adabiyoti  ixlosmandlarini, balki  Gulxanjonni  ham nihoyatda  xursand qildi. Payqadingiz, gap O‘zbekiston  xalq yozuvchisi, o‘zbek bolalar adabiyotining  fidoyi ijodkori, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Shirin qovunlar mamlakatida”, “Mungli

    ...
  • “Kitob­xonlik klubi” a’zolarining she’riy mashqlari

    Toshkent shahar Uchtepa tuma­nidagi 296-maktabning “Kitob­xonlik klubi” a’zolarining she’riy mashqlarini ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha tar­g‘ibotchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoirOchil TOHIRtaqdim etdi.

     

    TILAK

    Ijod yo‘lini tutdim

    Niyatim ezgu.

    Shoir

    ...
  • Qutlov

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, pedogog, ijodkorNegmurod GULIYEV yaqinda 70 yoshini qarshiladi. Ustoz ko‘p yillik faoliyati davomida o‘quv uslubiy qo‘llanmalar bilan bir qatorda o‘quvchilar uchun “Bir qadam”, “Senimi shoshmay tur!”, “Qiziqarli matematika”, “Matematikadan 90 jumboq”, “Alifbodan boshlanar Vatan” singari qator qiziqarli kitoblar

    ...
  • Marafon

    KITOBLARDAN IQTIBOSLAR

    Qadrli do‘stlar! Esingizda bo‘lsa, o‘tgan sonimizda kitoblardan iqtiboslar marafoniga start bergan edik. Toshkent Amaliy fanlar universiteti talabasi Dildora Rustamova Asqad Muxtorning “Chinor” romanidan o‘zi yoqtirgan fikrlarni yozib yuboribdilar.

    Siz ham sevimli asaringizdan barcha o‘qishi shart deb bilgan parchalaringizni

    ...
  • “Shaolin”dan “Ты супер”gacha

    Bolalik – juda joshqin davr. Bu paytda har birimiz  konglimizdagi orzu-maqsad va gayratga tayanib katta ishlar qilishga, elga tanilishga harakat qilamiz. Ozimiz

    ...
  • Momiqvoy

    Azizaning dadasi tug‘il­gan kunida ajoyib sovg‘a olib keldi. U sovg‘a  qu­tichani ochdi-yu:

    —  Vu-uy, buni shi­­rinligini!!! – deb qichqirib yubordi.

    Qutichadagi oppoq, momiqqina   yashil ko‘z mushukcha bu shovqindan cho‘chibmi yoki  yorug‘likkami “miyov”, deb boshini ko‘tardi..

    — Katta rahmat, dadajon. Anchadan beri shunaqa

    ...
  • Qishning bir kuni

    Qishning bir kuni

    Ertalab uyg‘onganimda yerni oppoq qor qoplagandi. Xuddi ona tabiat insonlarga qalbi tozalik qanday bo‘lishini o‘rgatayogandek. Negadir ko‘nglim g‘ash tortib ketdi. Har doim qor yog‘ganda yuragim bir entikib ketar, xursandligimdan ichimga sig‘mas edim. Bugun ichimda ham quvonch, ham qandaydir anduhning aralashmasi kabi noma’lum bir hisni

    ...
  • Talaba ustoz

    “Hunarni asrabon  netgumdir oxir, Olib tufroqqami ketgumdir, oxir”. Mutafakkir bobomiz Аlisher Navoiyning ushbu hikmati Toshkent Pediatriya instituti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mohira Boltayevaning hayotiy shioriga aylangan. Talaba qiz bugungi kunda Olmazor tumanidagi Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan

    ...
  • Tanbeh (masal)

    Daryoga cho‘kib ketayotgan bola  sohilda turgan  odamni yordamga chaqirdi.

    – Suzishni bilmas ekansan, nima qilarding  cho‘milib? Endi oqib ketsang, sho‘rlik ota-onang...

    – Amaki, avval meni qutqarib oling, keyin qancha koyisangiz ham mayli, – qichqirdi bola suv yuzida  goh ko‘rinmay, goh ko‘rinib borarkan.

    Qissadan hissa: bemavrid  tanbeh

    ...
  • Tovus bilan zag‘cha

    O‘rmondagi barcha qushlar  ulkan maydonga yig‘ilib  o‘zlariga  podshoh saylamoqchi bo‘lishdi. Shunda  Tovus: – Meni saylanglar! Qarang, men naqadar chiroyli va kelishganman, – dedi. Ko‘pchilik  uning taklifiga rozi ham bo‘ldi. Shu payt  Zag‘cha  o‘rnidan  turib dedi:

    – Agar sen podshoh bo‘lsang-u,  to‘satdan  burgut hamla qilib 

    ...
  • Birov uchun o‘qimang

    Bugungi kun talabiga ko‘ra, o‘quvchi mustaqil fikrlaydigan, o‘z fik­rini erkin bayon eta oladigan bo‘lishi kеrak. Buning uchun o‘quvchilar qancha ko‘p o‘qisalar, shuncha yaxshi.

    O‘qituvchi o‘quvchiga mavzuning tushunarli bo‘lishi uchun aniq ma’lumotlar bilan misollar keltiryapti. Har bir darsda dunyo yangiliklari va iqtisodiyotning rivojlanib borishi to‘g‘risida rolik, audio

    ...
  • Normurod Norqobilov

    Normurod Norqobilov 1953-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Qishliq qishlog‘ida tug‘ildi. Harbiy xizmatdan qaytgach (1971-1973) zavod, fabrikalarda slesar, temir yo‘l depolarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi bo‘lib ishladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1976-1982).

    1982-1983-yillarda

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.