Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2023-yil 6-son

  • Yoshlarga baxt bergan diyor

    Yurtda yoshlar yozsa dil,  pinhona qilgayman  havas,

    Baxt-u taxtingiz erur, shohona qilgayman havas.

     

    Kuylasam  dil torida, so‘z yo‘q ekan  izhorida,

    Zavqlanib gulzorida mastona qilgayman  havas.

     

    Jo‘sh  urib ishq qonida, mehr-u muhabbat yonida,

    Ezgulik karvonida har yona qilgayman 

    ...
  • Qalbi uygʻoq bolalar

    Qadrli o‘quvchilar, darslik kitoblaringizni kutubxonaga topshirib, orziqib kutganingiz yozgi ta’til kunlarini ham boshlab yubordingizmi? Ta’tilga qanday rejalar tuzganingizni bilmadim-u, lekin uni behuda o‘tkazib yubormang. Orangizda “Bu mening ta’tilim, nima qilsam, o‘zim bilaman” deydigan bolalar ham topiladi. Lekin xalqimizda “Vaqting ketdi – naqding ketdi” degan durdona maqol bor. Chindan

    ...
  • Adabiyot – abadiyatdir

    Qozoqboy Yoʻldoshev deganda, oʻzbek tilining qadr-qimmati haqida kuyinchaklik, oʻrni kelganda, keskinlik bilan fikr bildiradigan millatparvar ziyoli koʻz oldimizda gavdalanadi. Qozoqboy aka – adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va boshqa qator sohalarda dadil fikr yurita oladigan peshqadam mutaxassis. “Zomin soʻzligi” lugʻati, “Kiyik soʻqmoqdagi

    ...
  • Bayram bayramga ulandi

    ...

  • Vatan degan soʻz

    Vatan soʻzi naqadar buyuk!

    Avval uni anglamoq kerak.

    Tuprogʻini tilloday suyub,

    Tasavvurni ranglamoq kerak.

     

    U baxt axir, bedavo dardmas,

    Otin aytib hayqirish shartmas,

    Ortga nazar tashlabon birpas,

    Tafakkurni jamlamoq kerak.

     

    Ne bir zotlar qoʻlida qurol,

    Shu yer uchun kurashdi

    ...
  • Baxtli bolalik

    Ozod Vatan qoʻynida,

    Ochildi gul-lolalar.

    Madh etamiz shodlikni,

    Biz baxtiyor bolalar.

     

    Osmonimiz musaffo,

    Tiniq otar tongimiz.

    Kelajakka nur sochar –

    Shuurimiz, ongimiz.

     

    Bolalikning sofligin,

    Shalolaga qiyoslar.

    Yuqoridan kuzatib,

    Chaqnab ketar

    ...
  • Qutlov

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimiUmida Abduazimovaning quvnoq sheʼrlarini darsliklar va bolalar gazeta-jurnallarida miriqib oʻqigansiz. Bilasizmi, Umida opa nega bolalarni, bolalar nashrlarini yaxshi koʻradi? Chunki uning ilk sheʼrlari “Gulxan” jurnalida Oʻzbekiston xalq shoiri Poʻlat Moʻminning oq yoʻli bilan eʼlon qilingan.

    ...
  • Yurt koriga yaraganlar

    Hademay siz – oʻgʻil-qizlar uchun eng tantanavor sana – 30-iyun – Yoshlar kuni keng nishonlanadi. Unda oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan

    ...
  • Ehtiyot boʻl olovga, aylanmasin u yovga

    Shoir va olimBahodir Obid Favqulotda vaziyatlar vazirligi birlashgan tahririyatida masʼul kotib. Bu vazirlik xodimlarini yongʻin, suv toshqini, zilzila kabi tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan manzillardagi aholini halokatdan qutqaruvchi, kutilmagan koʻngilsizliklarga uchragan kishilarga koʻmak qoʻlini choʻzuvchi xaloskor bahodirlar, desak xato boʻlmaydi.

    ...
  • Qirgʻiz bolalari qanday kitoblar oʻqiydi?

    Qadrli doʻstlar, yaqinda Gulxanjon bilan xizmat safarida Qirgʻiz Respublikasida boʻldik. Va u yеrdan sizga bir olam kitoblar olib keldik. Qirgʻiz bolalari qanday kitob oʻqishar ekan, deysizmi? Eh-he, taassurotlar bir olam. Keling, bir boshdan boshlaylik.

    Poytaxt kutubxonalari jamgʻarmasining aksariyat qismini rus tiliga tarjima qilingan jahon bolalar adabiyotidagi bestseller asarlar

    ...
  • Sokin tun

    Yana boshlanmoqda hayratomuz tun.

    Uxlar zamin, uxlar butun koinot.

    Lek uxlamay esar shabboda mayin,

    Darbadar kezadi tarqoq xayolot.

     

    Samoda miltirab turar yulduzlar,

    Bizlarni kuzatar ular hoynahoy.

    Aslo tinim bilmay kecha-kunduzlar,

    Shildirab oqadi qishloqlarda soy.

     

    Uzoq-uzoqlarda miltirar

    ...
  • Koptok

    Yerdan koʻkka sakraydi koptok,

    Tinim bilmay, oʻynaydi koptok.

    Goh shapati, tepki yesa ham,

    Quvonch bilan irgʻishlar koptok.

     

    Bolalardan kechmaydi koptok,

    “Oʻz ishim”, deb tolmaydi koptok.

    Koʻchamizni shodon kulguga,

    Toʻldiradi, tinmaydi koptok.

     

    Shohjahon Abduhamidov,

    Fargʻona

    ...
  • Gul

    Urugʻdan chiqdim mitti,

    Yayrab-yashnadim chunki –

    Quchib olgan yaproqlar,

    Havas qilar oʻtloqlar!

    Shiramga kelar ari,

    Shiraxoʻrlarning bari.

    Gullarga toʻla yerlar,

    Meni atirgul derlar.

    Nega meni uzasiz

    Koʻz yoshimni toʻkasiz?

    Olasiz-u hidlaysiz,

    Keyin yerga tashlaysiz...

    Eng yaxshisi,

    ...
  • Yagonam

    Onajonim yagonam,

    Soʻzi misli durdonam.

    U bor-ki, koʻnglim togʻdek,

    Gul-u rayhonli bogʻdek.

     

    Agar ogʻrisa jonim,

    Tinmay soʻroqlar holim.

    Parvonadir har nafas,

    Umri uzoq boʻlsa, bas.

     

    Nozima JumamurOdova,

    Toshkent shahar Yakkasaroy tumani

    319-IDUM 6-sinf

  • Kapalak

    Bulutlarni quchasan,

    Moviy koʻkdagi malak.

    Sen chiroyli uchasan,

    Kapalakjon, kapalak.

     

    Hilola SOATOVA,

    Halima Xudoyberdiyeva nomidagi

    ijod maktabi oʻquvchisi 7-sinf

  • Marafon

    ...Agar azamat chinorni boʻy-basti bilan koʻraman desang, sal naridan turib qara, yonidan qarasang, uning faqat bir boʻlagini koʻrasan, uzoqdan qarasang, butun salobati bilan koʻrasan.

     

    ***

    Ona xalqining dardiga hamdard, quvonchiga sherik boʻla oladigan, har qanday mushkul sharoitda ham uni himoya qila oladigan ijodkorgina mehrga, izzat-hurmatga

    ...
  • Musiqa darsi muhim(mi?)

    Odatda, koʻpchilik maktabda musiqa darsini ikkinchi darajali fan, deb hisoblaydi. Oʻquvchi tafakkurining boyishida maʼnaviy tarbiyasida musiqaning tutgan oʻrni haqida oʻylab koʻrishmaydi.

    Agar Oʻzbekiston davlat madhiyasini bogʻcha va maktablarda musiqa oʻqituvchilari oʻrgatmasa, uni bolalarga ota-onalar oʻrgatmaydi-ku, toʻgʻrimi? Balki ota-onalar orasida bir-ikkita shugʻullanadigani

    ...
  • Rahmat oʻrniga tanbeh

    Oʻzbeklar azal-azaldan bolajon xalq. Bolasi uchun osmondagi oyni ham olib berishga tayyor ota-onalar koʻpchilikni tashkil qiladi. Bu kabi azaliy odatlarimizdan gʻururlanamiz. Lekin yaqinda Yaponiyadagi yurtdoshimiz Bahodir Iskandarovning “Yaponcha farzand tarbiyasi” degan maqolasini oʻqigach, oʻylanib qoldim va muallif bilan telefon orqali bogʻlandim. U koʻrgan va kuzatganlarini

    ...
  • “Mitti yulduz jilolari” toʻgaragi a’zolari ijodidan

    Atoqli shoir Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini nafaqat Qashqadaryoda, balki respublikamizda ham yaxshi bilishadi. Bu bilimdon va ijodkor oʻquvchilar mehnati tufayli, albatta. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Nilufar Umarova rahbarlik qilayotgan “Mitti yulduz jilolari” toʻgaragida oʻquvchilar ijod sirlarini oʻrganib, rang-barang mavzularda sheʼr, hikoyalar mashq qilmoqdalar.

    ...
  • Ilmning boshi

    Bir olim odobning koʻrinishlari haqida suhbatlashish uchun oʻz shogirdlarini uyiga chaqirdi. Bu suhbatga keksa ustozini ham taklif qildi.

    Olim shogirdlariga munozarani boshlab turishni aytib, oʻzi taom tayyorlash uchun chiqdi.

    Olimning ustozi biroz kechikib kelib, suhbatni boʻlmay, poygakka oʻtirdi. Yupun kiyingan qariyaga hech kim eʼtibor bermadi. Yigʻilganlarning hammasi

    ...
  • Orzular

    Har bir bola: “Katta boʻlsam, falon kasbni egallayman, falon joyda ishlayman, mashhur boʻlib ketaman”, – deb orzu qiladi. Lekin nimagadir koʻpchilik orzusiga yetolmaydi. Bunga sabab esa...

    Toʻrt sinfdosh oʻrtoq kechqurun osmon toʻla yulduzlarga tikilib, bir-birlariga orzularini aytishdi.

    – Katta boʻlsam, Shokir akadek tadbirkor boʻlaman. Qishlogʻimizga sport maydoni qurib

    ...
  • Bolalikning zarhal bogʻlari

    Bolalikning zarhal bogʻlarida kezib yurgan oʻquvchilik yillarim men uchun qanchalar qadrli ekanligini yillar oʻtgan sayin anglab boryapman. Biz bir gala quvnoq qizaloqlar avvaliga darslarga biroz eʼtiborsiz boʻlib yurganmiz. Keyinchalik ustozlarning hurmatini qozonish ilinjida koʻproq kitoblar olamiga shoʻngʻib ketdik. Otam kelajagimni oʻylab, menga bildirmasdan radio hamda televideniye

    ...
  • Qayrilgan qanotlar

    Bir yaylovda azim yongʻoq daraxti oʻsardi. U shunchalar baland ediki, quyuq shoxlari naq osmonga tutashgandek tuyulardi. Bundan tashqari qulochga sigʻmaydigan yoʻgʻon tanasi, zumraddek tovlanuvchi barglari kishining havasini keltirardi. Mevasi ham yirik-yirik, juda mazali edi. Har qanday yoʻlovchi bu kimsasiz yaylovdan oʻtgan vaqtda daraxt soyasida nafasini rostlagach, mevalarini yeb qornini

    ...
  • Tabiatning tanti taftida

    Havo toza, suvimiz serob, hosilimiz moʻl-koʻl boʻlmasa, hayvonlar va oʻsimlik turlari kamayib, yoʻqolib ketaversa, bizning yashash sharoitimiz ham yomonlashadi.Chunki inson hayoti ular bilan chambarchas bogʻliq. Inson – tabiatning bir qismi. Tabiat ajdodlardan qolgan merosgina emas, avlodlarga qolayotgan omonat hamdir.

    Oʻzbekiston Yoshlar ishlari

    ...
  • Xushxabar

    Yaqinda Vatanimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Matematika fanidan uzoq yillardan beri oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro darajadagi Bolqon olimpiadachilari safiga Oʻzbekiston ham qoʻshildi. Olimpiadaning bu yilgi mezboni Turkiyaning Antaliya shahri boʻldi. Unda 24 ta mamlakatdan 132 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi.

    Oʻzbekiston terma jamoasi safida quyidagi oʻquvchilar

    ...
  • Maktabda uchrashuv

    Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 26-maktabda taniqli ijodkorlar: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Zikrilla Neʼmat, Chorshaʼm Roʻziyev, Sirojiddin Rauflar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Gʻijduvon tuman boʻlimi hamkorligida tashkil qilindi. Oʻquvchilarni milliylik ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik gʻoyasini singdirishga

    ...
  • Odob

    Odamlar bilan liq toʻla avtobus noiloj navbatdagi bekatda toʻxtadi. Biror yoʻlovchi tushmadi. Ammo oldi eshikdan tuguncha koʻtargan kampir bilan chol chiqdi. Oyoq qoʻyishga joy yoʻqligidan qariyalar chiqqan joylarida turib qolishdi. Biroq bir-ikki bekat yurmasdan odamlar ularni avtobus oʻrtasiga surib, oborib qoʻyishdi.

    – Bolam, – dedi chol bittalik oʻrindiqda xoʻmrayib oʻtirgan

    ...
  • Qutlov

    Bugun oʻzbek bolalarining boshlarini “qotirib” oʻylashga, hozirjavoblikka, mantiqan fikrlashga, izlanishga undab kelayotgan Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi 19-maktab oʻquvchisi Anvar Mirzayevning ilk topishmoqlari “Gulxan” jurnalida eʼlon qilinib, jurnalxonlar tomonidan iliq kutib olinganiga naq 60 yil boʻlibdi.Endi u kishiga Anvarjon deb emas, Anvar Mirzazoda, Anvar

    ...
  • Umida Abduazimova

    Umida Abduazimova 1953-yil 31-mayda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Bobodehqon” mahallasida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgach Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1970–1975).

    Shoira mehnat faoliyatini Oʻzbekiston televideniyesi Adabiy-dramatik koʻrsatuvlar tahririyatida muharrirlikdan boshladi. Soʻngra

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.