Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil sonlari

2017-yil 1-son

  • Har biringiz bir butun lashkar

    Jahon bilar alplarning kuchin,

    Dunyo guvoh, odamlar shohid.

    Vatan – xalqni qo‘riqlash uchun

    Chegaralab olingan hudud.

     

    Avlodlarning doim ko‘ngli to‘q,

    Ajdodlarning makoni – Vatan.

    Bu hududning yomon yeri yo‘q,

    Xasi – Vatan, tikoni – Vatan.

     

    Yov lashkarin yengish san’atin,

    Shiroq bobom hikoya

    ...
  • Vaqtning baxtga aylangani

    Aziz muxlislar, yana bir yilni ortda qoldirib, yangi orzu, yangi reja va yangi nom bilan 2017-yilni qarshi oldik. Ijod ahli “Har bir yangi yil – insonga berilgan yana bir imkoniyat”, deb ta’kidlaydi. Durustroq o‘ylab ko‘rilsa, bu juda topib aytilgan gap. Aytaylik, siz o‘tgan yili sport musobaqasida qatnashib, 3-o‘rinni oldingiz. 2017-yilda sizga yana bir imkoniyat berilyapti, 1–o‘rinni

    ...
  • Bolalarga ijod qilib hormasinlar hech qachon, xalqimiz suygan shoir ustoz Anvar Obidjon

    Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning 70 yillik to‘yi nishonlanmoqda. Qadrli o‘quvchilar, siz uning o‘nlab she’rlarini o‘quv darsliklaringiz orqali yod olgansiz, bir-biridan qiziq qissa, hikoyalarini sevimli gazeta va jurnallaringizda o‘qigansiz, bolalar uchun chop etilgan o‘nlab kitoblari maktab va oilaviy kutubxonangizdan joy olganiga ishonamiz.

    ...
  • O‘zimizning po‘latqanotlar

    Samolyotda parvoz qilish, oppoq bulutlar ustida o‘zingni xuddiki lochinlardek his qilib, atrofni kaftdagi olmadek tomosha qilish haqida qay bir bolakay orzu qilmagan deysiz. Osmon kengliklariga boqib ne xayollarga cho‘mmagan. Ko‘kda parvoz qilayotgan samolyotni ko‘rganda “samolyot, samolyot, meni olib ket...” deya qayta-qayta baqirmagan bolakay ham orangizda bo‘lmasa kerak. Bu nimadan

    ...
  • Styuardessa – jozibali kasb

    Bu kasb sohibalari faoliyatidan bexabar tengqurlaringiz uchun shuni aytishimiz mumkinki, styuardessa – barcha kasblar ichida eng qiziq va jozibalisidir. Shu sababli kelajakda bu sohada mehnat qilishni istovchi qizlar o‘z orzulariga bugundan harakat qilishi lozim. Chunki styuardessa – orasta, chiroyli kiyingan bo‘lishi bilan birga bilimli va eng muhimi, bir nechta tilni mukammal bilishi zarur.

    ...
  • Qaysi o‘rindiq qulay?

    Samolyotda parvoz qilishdan qo‘rqadigan kishilarning eng katta xavotiri, bu – samolyotning uchish va qo‘nish jarayonidir. Mutaxassislar fikricha, bunday insonlar qanotlar ustidagi o‘rindiqlardan joy egallagani ma’qul. Sababi bu o‘rindiqlar samolyotning og‘irlik markazi va ko‘tarilish markaziga yaqinroq bo‘lgan qismida joylashgan.

  • Qushlar bilan to‘qnashuv havflimi?

    Bu ko‘p sodir bo‘ladigan hodisa bo‘lib, bunda samolyotga kam shikast yetadi. Eng xavflisi, qushlar galasi bilan to‘qnashish oqibatida bir yoki bir nechta qushning samolyot dvigateli ichiga kirib ketishidir. Bunda dvigatel parraklarining harakat muvozanati buzilishi natijasida turli darajadagi xavf-xatar yuzaga kelishi mumkin.

  • Mobil telefon samolyotga zarar yetkazadimi?

    Soha mutaxassislari fikricha, zarar yetkazmaydi. Ammo mobil telefonlar ham o‘zidan o‘ta yuqori chastotali signallar tarqatishini hisobga olsak, ha, deyishga asosimiz bor. Shu sababli parvoz vaqtida o‘z va o‘zgalar xavfsizligi uchun yaxshisi, “sotka”ngizni o‘chirib qo‘yganingiz ma’qul.

  • Nega samolyotlar to‘qnashib ketmaydi?

    Mana shu ehtimoliy xavfning oldini olish uchun ham har bir davlatning o‘z havoyo‘llari va bu parvozlarni nazorat qilib turuvchi ishchi guruhi mavjud. Shuningdek, bugungi zamonaviy laynerlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv haqida xabar yetkazuvchi qurilmalar bilan jihozlangan.

  • Samolyot bilan qaysi qush tenglasha oladi?

    Bugungi kunda dunyodagi eng zamonaviy samolyot ham uzog‘i bilan 12000 metr balandlikka ko‘tarila olish imkoniyatiga ega. Qushlarning imkoniyati esa bundan ancha past. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobida baland uchuvchi qushlarga doir qiziq, shu bilan birga, kishini hayratga soluvchi bir ma’lumot qayd etilgan ekan. Ya’ni 1973-yilning 29-noyabr kuni Abidjan (Kot-d’Ivuar) osmonida 11 277 metr

    ...
  • Mehrning mevalari

    – Umida Abdujabborovna, 6-sinfdagi Doston Karimovning rasm chizishga yaxshigina layoqati bor ekan. U bilan alohida shug‘ullansammikan, – dedi navbatdagi darsdan so‘ng tasviriy san’at o‘qituvchisi Rahimjon Rasulovich direktorga maslahat ohangida.

    – Juda soz, biroq bu tashabbusni yanayam kengaytirsak-chi, – jilmaydi Umida opa, – maktabimizda Dostonbekka o‘xshash iste’dodli bolalar ko‘p,

    ...
  • Ikki she’r

    Oqqushlar

    Besh-olti yosh edim chamasi,

    Ko‘lga olib borganda bobom.

    Bir to‘p oqqushlarning galasi

    Suv yuzida etardi xirom.

     

    Yuraklarda zarra g‘ubor yo‘q,

    Qamishzorlar chayqalar beg‘am.

    Bir xil rangdan iborat borliq,

    Qanday go‘zal edi bu olam?!

     

    Ertaklarga to‘la ko‘zlarim,

    G‘am

    ...
  • Quyosh yerga parvona

    Ovsey Driz,

    yahudiy shoiri

     

    Sirli hodisa

    Qo‘shiq kuylar bir bola,

    Qo‘sh darvoza yonida.

    Ajabtovur kuy sehri –

    Jo‘sh urardi qonida.

     

    Qo‘lida zarang taxta,

    Temir eshik jaranglar.

    Ajabtovur sadodan

    O‘tgan-ketgan alanglar.

     

    Skripkachi usta

    ...
  • Vatanim bolasiman

    Joldasboy Nurllayev,

    Qoraqalpoq shoiri

     

    Vatanim bolasiman

    Men otamning bolasi,

    Men Vatanning bolasi,

    Men onamning erkasi,

    Ko‘zining oq-qorasi.

     

    Orol bo‘yi makonim,

    Men Amuning o‘g‘liman.

    To‘lib-toshgay Orolim,

    Yuragi

    ...
  • Sizni buyuk ishlar kutmoqda

    Xuddi yil fasllariga o‘xshab bolalarning fe’l-atvori ham turlicha bo‘ladi. Kimdir o‘rtoqlari bilan o‘yindan beri kelmasa, kimningdir do‘sti yo‘q. Yana biri arazchi bo‘lsa, boshqasiga gap ta’sir qilmaydi, bittasi so‘zamol, ikkinchisi kamgap. Shu sababli ular xarakter xususiyatlaridan kelib chiqib, ba’zi muammolarga duch kelishadi. Bu borada uzoq bosh qotirib o‘tirmasdan keling, yaxshisi,

    ...
  • Yosh ko‘ngillar e’tirofi

    “O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov har bir uchrashuvda bolalarga qarata,Mening aziz bolalarim, hammangizni bag‘rimga bosaman, barchangizni yaxshi ko‘raman, derdi. Ana shu mehr bois qishloqlarda ham shahar maktablaridan qolishmaydigan o‘quv muassasalari, sport zallari qurildi, kerakli sharoitlar yaratildi. Bu esa biz aka-singillarga ham olis tog‘lar

    ...
  • Qizil olma

    Qadim zamonda podshohning voyaga yetgan sohibjamol qizi kasal bo‘lib qolibdi. U hech narsa yemay, kun-u tun qimirlamay yotaverganidan, ozib-to‘zib ketibdi. Saroy tabiblari qizni qanday dard bilan og‘riganini topisha olmabdi. Darg‘azab podshoh mulozimlariga buyuribdi:

    – Nahotki, mening mamlakatimda qizimni davolaydigan tabib topilmasa?! Qayerdan bo‘lmasin, tabib topib

    ...
  • Uy isidi

    Abdulhay Nosirov juda bolajon ijodkor. Shundanmi, dilini zavqqa to‘ldirgan kuzatuvlarni goh she’r, goh hikoya tarzida sizga ilinadi. U kishining o‘nlab she’rlari qo‘shiq bo‘lgan. Hammamiz mazza qilib tinglaydigan “Men oftobning qiziman”, “Qizg‘aldoq” qo‘shiqlari muallifi ham Abdulhay aka bo‘ladilar.

    Kuni kecha “O‘zbekiston” NMIUda

    ...
  • Cho‘pon toychoq

    Do‘rmondagi “Ijod uyi” tomon yo‘l oldim. Har galgidek tanish bekatga kelib tushdim. Masofa unchalik olis emas, ikki chaqirimcha yayov yurish kerak. O‘tgan yili may oyida kelganimdagi go‘zal manzaralarni xayoldan o‘tkazib ikki yuz metrcha yurganimni bilaman, Qibray tarafdan “Yo‘ldan qoch!” deya chinqirganicha pishqirib poyezd kelayapti. Oldinda esa temiryo‘lning qoq o‘rtasidan bir yoshgina

    ...
  • Birinchi qor

    Ushlasangiz bir mayin,

    Yog‘aversin tinmayin.

    Biram oppoq beg‘ubor,

    Xush ko‘rdik, birinchi qor.

     

    Berkitib oftoboydan,

    Issiq, degan saroydan.

    Sumalak – sovuq dastyor,

    Erima, birinchi qor!

     

    Sadoqatoy NORMAHMATOVA,Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

    41-maktab o‘quvchisi

  • Hiyla

    Mushuk dedi Sichqonga:

    – Senga ajib sovg‘am bor.

    Kelsang, birga o‘ynaymiz,

    Ko‘rsataman don-ombor.

     

    Don tashishga o‘rgangan

    Sichqon chiqdi inidan.

    Poylab turgan Mushukvoy

    Tappa bosdi dumidan.

     

    Gulnihol MUHAMMADJONOVA,

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 2-maktab 7-sinf

  • Qorparcha

    Sekin-asta qo‘ndi qo‘limga,

    Qorparchalar bunchalar mitti.

    To‘shar oq libosin yo‘limga,

    Yumshoqqina pardayin xuddi.

     

    To‘polon qilsa ham izg‘irin,

    Do‘stim, qishning kelgani yaxshi.

    Xuddi zardek yoqqan qorparcha

    Kumush qishning ziynati, naqshi.

     

    Robiya AVAZOVA,

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l

    ...
  • Sabzavotlar

    Savatchamni to‘ldirdi,

    Sabzi, turp va pomidor.

    Osh-ovqatni boyitgan

    Turfa xil vitamin bor.

     

    Dumalaydi rediska,

    Salatbopdir baqlajon.

    Sabzavotli taomlar

    Dasturxonimda mehmon.

     

    Laziza QIYOMOVA,

    Toshkent shahar 285-maktab 5-sinf

  • “Gulxan”

    Bolalikning sururli

    Dami go‘zal sen bilan.

    Hayotimning mazmuni

    Do‘stim erursan, “Gulxan”.

     

    Seni olsam qo‘limga,

    Shodlik to‘lar dilimga.

    Go‘yoki mislsiz baxt,

    Nur taralar yo‘limga.

     

    Behro‘z RASHIDOV,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani

    Ko‘zi ojizlar maktab-internati, 8-sinf

  • Varrak

    Ukamning yaxshi ko‘rgan

    Varragi sinib qoldi.

    Qanotlari qayrilib,

    Ucholmay rosa toldi.

     

    Qo‘limga yelim olib,

    Atrofida aylandim.

    Varrakni tuzatmoqqa

    Mehrim bilan shaylandim.

     

    Niyating xolis ekan,

    Ahil bo‘lsak juda soz.

    Orzularingdek baland

    Varraging qilsin

    ...
  • Bayram

    Orzularga oson yetib bo‘lmaydi,

    Mehnat-u mashaqqat men bilan hamdam.

    Har qilgan yaxshi ish ma’naviyatdir,

    Onamning kulgusi men uchun bayram.

     

    O‘rganib tolmayman, irodam toshdan,

    G‘ovlarni yengaman mushkul bo‘lsa ham.

    Orzularim albat ushalgusidir,

    Dunyoni ko‘rganim eng katta bayram.

     

    Gulshoda

    ...
  • Vatanim

    Tog‘laridir purviqor,

    Bog‘laridir maftunkor,

    Onamdayin mehri bor,

    Mening ona Vatanim.

     

    Gullari nafis, anbar,

    Boyligi oltin, marmar.

    Quyoshi sochadi zar,

    Mening ona Vatanim.

     

    Madinabonu JUMAYEVA,

    Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 22-maktab 9-sinf

  • Ona mehri

    Ukam rosa yig‘ladi,

    Onam “alla” kuyladi.

    Uni tinglab mittivoy

    Orom olib uxladi.

     

    Yurakdan chiqqan “alla”,

    Yaxshilikka yetaklar.

    Onam bor mehrin qo‘shib

    Aytar “alla”, ertaklar.

     

    Mahmud PARDABOYEV,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 42-maktab 6-sinf

  • Do‘stimsan, kitob

    Gar o‘qisam yorishar dilim,

    Sahifasi zakovat, bilim.

    O‘qib, uqib olyapman ta’lim,

    Mening yaqin do‘stimsan, kitob.

     

    Marjona XOLXO‘JAYEVA,

    Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani

    25-maktab 7-sinf

  • Shukronalik

    Erta tong uyg‘oning,

    Musaffo osmon.

    Yangi kun bergani

    Bizga katta baxt.

    Derazam yonida

    Qushlar chug‘urlab,

    Tinchlikka, hurlikka

    Aytar salovat.

     

    Aziza QAYUMOVA,

    Buxoro shahar 30-maktab 9-sinf

  • Sog‘inchim

    Tunlaringda gullar ochilsa,

    Kuy taralib allalasa kunduzni.

    Oymomo quyoshga ertaklar aytsa,

    Qizim, deb erkalatsa yulduzni.

    Qachon to‘shalarkan zaminga gilam

    Shunchalar sog‘indim men seni ko‘klam.

     

    Zarnigor SHERMATOVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani 206-maktab 9-sinf

  • Shuningdek… (2017-yil, 1-son)

    Shuningdek, “Nishona” sahifamizga Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 16-maktab o‘quvchisi Parizoda Ro‘ziboyeva, Navoiy shahar 12-DIUM 7-sinf o‘quvchisi Umidjon Rahmonov, Toshkent shahar Bektemir tumani 289-maktab 8-sinf o‘quvchisi Mohichehra Ma’murjonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 13-maktab-internati, 6-sinf o‘quvchisi

    ...
  • Tariximiz ko‘zgusi

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 25 yilligi nishonlanmoqda. Shu kunlarda mamlakatimiz mudofaa qudrati, turli tarixiy davrlarda yuz bergan harbiy voqealar, davlatchilikning yuzaga kelishi va Qurolli Kuchlarining shakllanishi, buyuk sarkardalar hamda qahramonlar haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyiga sayohat

    ...
  • G‘oliblik yarashgan qiz

    Qizaloqlik paytlarida radio, televideniye orqali yangraydigan qo‘shiqlar ohangiga monand tebranib, o‘z holicha nimalarnidir xirgoyi qilib yuradigan Mohichehradagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqni, eng avvalo, buvisi payqadi. Nabirasi biroz ulg‘aygach, uning maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarga qiziqishini sezib quvondi. “Nasib bo‘lsa, qizalog‘im xonanda bo‘ladi”, degan ezgu niyatni ko‘ngliga tugib,

    ...
  • Havas

    Ahmadjon bu yil oltinchi sinfda o‘qiyapti. U juda sergap va sho‘x bola. O‘qituvchilarining aytishicha, Ahmadjonning harbiy bilim yurtida o‘qiyotgan Rustam ismli akasi bor ekan. U maktabda juda a’lochi, zehnli, og‘ir-bosiq bola bo‘lgan ekan. Ukasi esa uning aksi. Xotirasi yaxshi bo‘lsa ham, uni keraksiz narsalarga ishlatadi. Qaysi sinfga yangi o‘quvchi keldi, kim yaxshi mushtlasha oladi,

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    Kim kimga o‘xshaydi

    – Oyimning aytishlaricha, mening burnim otamnikiga, ko‘zim buvimnikiga o‘xshar ekan, – dedi Sardor.

    – Mening qulog‘im amakimnikiga o‘xshaydi, – dedi Umid.

    – Mening shimim akamniki, – deb gapga aralashdi Shavkat.

     

    Ota-bola suhbati

    – Bugun maktabda nimalarni o‘rgandinglar? – so‘radi ota

    ...
  • Iqror

    Har kuni ertalab boshim qattiq og‘rib, o‘zimni lohas his qilaman. Buvim esa “Bu hammasi uyqudan kech turish va kam harakat qilishdan. Qiz bola epchil, chaqqon bo‘lishi lozim”, deya ta’kidlaydilar. Choyni xush ko‘ruvchi buvim har gal choynak ko‘tarib kirsam, meni maqtovlarga ko‘mib tashlaydilar...

    Bu gal ham hozir maqtov eshitaman, degan o‘yda choyni ohista quyib uzatdim. Buvim choyni

    ...
  • Kitob bilan do‘stlashib

    Gulxanjon! Senga shuni faxr bilan aytishim mumkinki, maktabimiz o‘quvchilarining barchasi kitobxon. Qachon kutubxonaga kirsam, u yer bolalar bilan gavjum bo‘ladi. Chunki kutubxona mudirasi Ro‘zibibi opa Fayziyeva bolalar bilan doim muloqotda.

    40 yillik tajribaga ega bo‘lgan kutubxonachimiz bolalarni kitobga qiziqtirish yo‘llarini juda yaxshi biladi. Kutubxonaga kelgan yangi kitoblar

    ...
  • Xayollar…

    Mening xayollarim... Oh, buncha chiroylisizlar-a! Hayot bermagan zavqni sizlar berasizlar go‘yo. Men sizlarni dunyodagi eng chiroyli gullarga o‘xshatgim keladi, ifori olamni tarovatga to‘ldiradi. Gulni shunchalar sevamizki, uni ko‘rgandan so‘ng qanday uzib olganimizni sezmay qolamiz. Keyin... Keyin so‘lib qoladi.

    Yo‘q! Go‘zallik so‘lmasligi kerak. Demak gul emas. Balki bahordir!

    ...
  • O‘n yoshli champion

    Nafisa kichkinaligidan sportga havas qilib ulg‘aydi. Yon qo‘shnisi – Feruza opasining xalqaro musobaqalar, respublika chempionatlarida 3 marotaba 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani haqidagi xabar uning mitti yuragida ham sportga qiziqish uyg‘otdi. Chempion opasining shoda-shoda medallarini qo‘liga olib ko‘rarkan, ich-ichidan “Men ham sport bilan shug‘ullanib, yuksak marralarni qo‘lga kiritaman”, deb

    ...
  • “Aqllilik” balosi

    Yaqinda poytaxt universitetlaridan birida o‘qishni tamomlab, maktabga yangi kelgan Orif muallimning: “Bolalar, bilasizmi, Toshkent teleminorasi dunyodagi o‘nta eng baland inshootdan biridir”, degan gapidan so‘ng, o‘quvchilar birdan “O‘-o‘-o‘”, deb yuborishdi. Faqat orqa partada o‘tirgan, sinfdoshlari bilan hadeb bahslashavergani uchun ular tomonidan “Aqlli” degan kinoyaviy laqab orttirgan

    ...
  • “Shoir”

    Yuliya Markova

     

    Kechagina Anton Vertalyotov ixtirochi bo‘lmoqchi edi, o‘tgan kuni – haydovchi, bir hafta oldin esa tankchi bo‘lish orzusida edi. Ammo bugun shoir bo‘lishga qat’iy qaror qildi.

    “Mix” nomli maktab devoriy gazetaning navbatdagi soni chiqdi. Bu gazeta iste’dodli bolalar haqida bo‘lib, gazetaning har bir sonida

    ...
  • Qorparcha

    Oppoq osmondan o‘ynab-o‘ynab tushayotgan qorparcha yerga tezroq yetib borishga oshiqdi. Chunki uning qanday ekanligini ko‘rishga qiziqayotgan edi-da. Yerga yaqinlashar ekan, yon-atrofida do‘stlarini ko‘rib quvondi. Birovi oldinroq, birovi keyinroq uchib kelishyapti. Ular bu safarga chiqmaslaridan avvalroq qorbola haqida eshitishgan. Barchalari qorbolaga aylanishni niyat

    ...
  • Diqqat tanlov yakunlandi! Tanishing – g‘oliblar

    2016-yili jurnalimizda “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan “Sog‘lom bola – boy bola” tanlovi e’lon qilinganidan xabardorsiz. Tanlov shartlarini to‘la anglab yetgan o‘quvchilar she’r, hikoya, maqola, lavha, fotosuratlar va rasmlar orqali chinakam sog‘lom bola qanday bo‘lishi, nima uchun sog‘lom bola boy bo‘lishini badiiy tasvirlar, aniq fikrlar orqali ifodalashga harakat qilishgan. Biz

    ...
  • Yangi yil

    CHAYNVORD 1. Vaqt o‘lchov birligi. 2. Yangi yil birinchi bo‘lib kutib olinadigan mamlakat. 3. Qishning so‘nggi haftasiga berilgan nom. 4. Soat jarangi. 5. Dunyo vaqti deb qabul qilingan Buyuk Britaniya hududidan o‘tuvchi meridian. 6. Mo‘g‘ulistonda qorbobo bo‘lib xonadonlarga tashrif buyuradigan kasb egasi. 7. “Rio – 2016” olimpiada o‘yinlarida rekord o‘rnatib, chempionlikka

    ...
  • Uch qarich til, bahaybat baqa va uyquchi yalqov

    • Dunyodagi eng katta yong‘oq Seyshel orolida o‘sadi. 1 dona yong‘oq 13-25 kilogrammgacha tosh bosadi.
    • Dunyodagi eng kichik gul volffiyaning diametri 1 millimetr, ya’ni taxminan to‘g‘nog‘ichning uchiday keladi.
    • Dunyoda eng katta hisoblangan kitsimon akulaning uzunligi 12-20 metrni, og‘irligi 15-20 tonnani tashkil etadi. Eng mitti tikanli akulaning uzunligi esa 40-45
    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.