Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil sonlari

2021-yil 12-son

  • Buyuk kitob

    Adolatni soʻylar bu kitob,

    Baxtimizni kuylar bu kitob.

    Mehr berdi ota-onamga,

    Bolamni ham oʻylar bu kitob.

     

    Yuragimdan toshayotgan soʻz,

    Qonun bilan yashayotgan soʻz.

    Xizmat qilib el-u yurtimga,

    Asrlardan oshayotgan soʻz.

     

    Soʻzlasin yer, soʻzlasin osmon,

    Davlat qurish emasdir oson.

    Bu

    ...
  • Isteʼdodlar beshigi

    Minglab oʻquvchilarning haqiqiy sir­doshi, maʼnaviy doʻstiga aylangan Gulxanjon  yoʻl yurishdan, yoʻl yursa ham moʻl yurishdan hech qachon erinmagan. Negaki, u oʻz muxlislarini juda yaxshi koʻradi, ularning yutuq va natijalaridan quvonadi. Zaruriyat tugʻilganda ularga yordam qoʻlini uzatadi. Isteʼdod uchqunini payqasa, uni tarbiyalab, parvarishlab respublikaga koʻz-koʻz qilishga

    ...
  • Gʻafur Gʻulom Erkin Vohidov haqida

    Gʻafur akaning shogird tanlashda oʻziga xos usullari boʻlardi.

    Yoshlarning gazeta va jurnallarda bosilgan sheʼrlarini diqqat bilan oʻqirdi. Oʻz taʼbiri bilan aytganda, boqsa odam boʻladiganlarni uyga chaqirib sheʼr oʻqitib koʻrar, gapga solib, bilimi, odobi, yurish-turishi, fahm-farosati qanaqaligini obdan kuzatardi. Didiga oʻtirib qolganlarini safarga oʻzi bilan olib ketardi. Qaytib

    ...
  • Eʼtirof

    Men – Boysunda oʻzicha sheʼr pichirlab yurgan bola – tirik ruh bilan toʻlgʻonib turgan sheʼriyatning, jumladan, Erkin Vohidov sheʼriyatining mavjlarida adabiyotga yaqinlashdim. Adabiyotning ilk haqiqiy darslarini ularning sheʼriyatidan ham oldim.

    Esimda, oʻsha paytlar yoshlar nashriyoti oʻnta shoirning moʻjaz kitobchalarini bir qutiga jamlab, nashr etdi. Bu kitobchalarni jonsaraklik

    ...
  • Qoʻngʻiroq

    Bir kuni ustoz xonadoniga shoirning ashaddiy muxlisi, do‘stim Olimjon bilan yo‘qlab borganimizda, eshik qo‘ng‘irog‘i sadosini eshitgan hamrohim menga qarab: “Aka, maktabning qo‘ng‘irog‘iga o‘xsharkan-a, ovozi”, – dedi. Men: “Rostanam bu juda katta maktab, ichkarida bizni ustozlarning eng ulug‘i kutyapti. Har safar shu ostonaga kelib, qo‘ng‘iroq chalaman-u katta darsga, saboq olgani kirib

    ...
  • Yosh shoirga

    Tilay g‘ayrat senga, yosh shoir ukam,

    Fazl-u hikmat senga, yosh shoir ukam.

    Biz ham kuylab o‘tdik imkonlar qadar,

    Endi navbat senga, yosh shoir ukam.

     

    Mustaqil hur ma’vo seningdir, sening,

    Ozod, emin sado seningdir, sening.

    Biz shivirlab aytgan tuyg‘uni endi

    Kuylash oshkoro seningdir, sening.

     

    Nafosat

    ...
  • Vatan qadri

    Chashma qoshida tiniq suv

    Qadrini bilmas kishi,

    Sayr etib gulshanda gulni

    Ko‘ziga ilmas kishi.

    Vah, bu ne g‘aflatki inson –

    Ko‘ksida tutmish vatan,

    Kim vatan ichra vatanning

    Shukrini qilmas kishi.

    Yurt nedir, yurt dog‘i nedir,

    Yurtdan ayrilgan bilar,

    Anglaguvchi yurt firoqin

    Yurtda topilmas

    ...
  • Toshkent darbozasi

    Mening yurtim bugun endi

    Jahon birlan tutashgandir,

    Tutash taqdir, tutash ruhdir,

    Tutash jondir, tutash qondir.

    Nedir xat porlaguvchi

    Poyitaxt darbozasi uzra,

    Bu yurtga xush kelibsiz,

    Marhabo, “Welcome to Tashkent”dir.

     

    Erkin Vohidov,

    Oʻzbekiston xalq shoiri

  • Bir nihol

    Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,

    Bu nihol nomini Yaxshilik ata.

     

    Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,

    U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

     

    Gul-u niholingga baxsh etib hayot,

    Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.

     

    Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,

    Bog‘ing vatan degan nom olsin, ey

    ...
  • Yetuklik asosi

    Aziz o‘quvchi, huquq insonga biror ishni amalga oshirish uchun berilgan, qonun bilan mustahkamlangan imkoniyat va imtiyozdir. Haq-huquqlar qat’iy qaror topgandagina ilm o‘rganishga ishtiyoqingiz, yangilikka intilishingiz yuzaga chiqadi. Yurtimizda 40 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlar siz va aka-opalaringizning ma’naviy, jismoniy va intellekt jihatdan kamol topishingiz uchun yaratilgan.

    ...
  • Bolalikning oppoq ranglari

    O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg, tarixchi va tarjimon, adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi Xalqaro mukofot, Ozarbayjon Yozuvchilar birligining Mikoyil Mushfiq mukofoti, Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti vaDo‘stlik ordeni sohibi Xurshid Davronni tanimagan, bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. Kelajak avlodga ibrat namunasi sifatida biz Xurshid

    ...
  • Biz – qudratlimiz

    – Men   ko‘p  kitob o‘qigan, adabiyotga qiziqadigan bugungi kun bilan hamnafas  o‘quvchi bilan suhbatlashmoqchi edim, –  dedim Yashnoboddagi 152-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shoira Ergashevaga. U  biroz o‘ylanib turdi-da, 9-“V” sinfidagi  Ziyoda   Rayimovani chaqirib  

    ...
  • Dilbandlarga

    Duo qiling, ko‘zlarida nam bo‘lmasin,

    Shodlik bering, murg‘ak dilda g‘am bo‘lmasin,

    Mag‘rur yursin boshlari hech xam bo‘lmasin,

    Quvnab yursin bu dunyoning bolalari!

     

    Zamin gulzor, ular gul-u lolalari,

    Hech bir inson eshitmasin nolalarin.

    Onalarning qalbi, yurak poralari,

    Chopqillashib yursin dunyo

    ...
  • Asrang dunyoni

    Bolalarning mehri o‘zgacha,

    Ko‘zidagi sehri o‘zgacha,

    Qalbidagi zavqi o‘zgacha,

    Ular uchun asrang dunyoni.

     

    Baxti kulgan o‘zbek bolasi,

    To‘lib-toshgan sho‘x shalolasi,

    Qalbni o‘rtamasin nolasi,

    Ular uchun asrang dunyoni.

     

    Kelajakka ishonch-la boqar,

    Vaqti kelib oq sutni oqlar.

    Bir kun

    ...
  • Ehtirom

    Sehrgar adib, ajoyib

    Xudoyberdi To‘xtaboyev!

    Bolalarning olamini,

    Quvonchini, alamini

    His qilgancha dil-dilidan,

    Qalam tushmadi qo‘lidan.

    Yaratdilar o‘nlab kitob –

    Dilni yoritguvchi oftob.

    “Sehrli qalpoqcha” sehri

    Kitobga bog‘ladi mehrim.

    Bosh ko‘tarmay o‘qiyverdim,

    O‘zim ham she’r

    ...
  • Buyugim

    Zaminning yulduzi – yorqin, betakror

    Mehrning timsoli munisam onam.

    Jannatning guli u – tabarruk ifor,

    Umidli ko‘zlari ko‘rmasin hech nam.

     

    Irodasi metin To‘maris misol,

    Ammo ko‘ngli guldek nozigim onam.

    Saodat qasrida topyapman kamol,

    Qalbi daryo, buyuk jonfido onam.

     

    Shahnoza

    ...
  • Ona

    Shamolda xas kabi sarsonlar bo‘lsam,

    Qalbim gulbog‘ini qoplasa soya,

    Barcha tashvishlarim so‘nar misli sham,

    Ona, sizni yodga olsam kifoya.

     

    Garchi qarshingizda boshimni egib,

    Dardlarimni aytib yig‘lay olmayman.

    Shukr, g‘uborlarim ketar tark etib,

    Ona, sizni yodga olsam kifoya.

     

    Nigina

    ...
  • Ustozlar

    Ilk bora qo‘limga qalam tutdingiz,

    Ranj-u mashaqqatni ichga yutdingiz,

    Mehnatingiz hosilin yillab kutdingiz,

    Sizga rahmat deyman, aziz ustozlar.

     

    Siz onam – boshimni asta silagan,

    Otamsiz, umrimni mudom tilagan,

    Siz yo‘lchi yulduzim – baxtga yo‘llagan

    Sizga rahmat deyman, aziz ustozlar!

     

    Siz misli

    ...
  • Quva tumanidagi 8-maktab oʻquvchilarining ijodiy ishlaridan

    Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 8-maktabda adabiyotga havasmand bolalar ko‘p. Ular Nigora Jo‘rayeva rahbarlik qilayotgan to‘garakda ijod sirlarini o‘rganib,  o‘zlarini qiziqtirgan, hayajonga solgan mavzularda she’rlar mashq qilishyapti. Sizga ijodkor o‘quvchilarimiz yozgan she’rlardan yo‘llar ekanmiz, bu mashqlar jurnal mushtariylarini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

    ...
  • Aybsiz aybdor

    Taniqli rus bolalar yozuvchisi Nikolay NOSOV 1908-yil Kiyevda aktyorlar oilasida tug‘ilgan. 1938-yildan uningMurzilka jurnali bilan hamkorligi boshlangan. “Jonli shlyapa”, “Bodring”, “Ajoyib shim”, “Mishkaning bo‘tqasi”, “Bog‘bonlar”, “Xayolparastlar” nomli hikoyalari  o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olingan.Yozuvchining aksariyat

    ...
  • Maktub

    Ustoz!.. sizni qanday ulug‘lasam ekan – mehri um­mon ustoz deymi, yo qadri baland, qalbi daryo ustoz desammikan?!  Yoxud jonfido ustoz, buyugim deymi, yoki suyukli ustozim...Har biri sizga mos, sizga munosib, har birida mehringiz va mehnatingiz qorishiq,  bar­davom...

    Yodingizdami, mehri ummo­nim, o‘r­toqlarim meni “g‘ilay” deb kamsitishganida, dunyo ko‘zimga

    ...
  • Tabiat tomoshasi

    Osmon tip-tiniq, samoda birorta ham bulut yo‘q. Faqat shamol u yoqdan bu yoqqa betinim yugurib ajoyib raqs namoyish qilardi. Saboning nafis xiromidan hayratlangan yaproqlar o‘zini qarsak chalishdan to‘xtatolmas, konsert zalida o‘tirgandek daraxt shohlariga turnaqator bo‘lib joylashib olgan qushlar betinim chug‘urlashar, go‘yoki o‘z tillarida “ofarin” deyayotgandek edi. Ariqdagi zilol suv ham

    ...
  • Dunyoning ixtirochi bolalari

    Bolalar, orangizda izlanuvchan, yangilikka o‘ch, bilimli tengdoshlaringiz ko‘pchilikni tash­kil etadi. Yaqinda Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidaTurk dunyosi bolalarining 5 - Bilim va madaniyati” festivali  bo‘lib

    ...
  • Mehr maskani

    Toshkent  shahar  Olmazor  tumanidagi 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram kich­kintoylarning badiiy chiqishlari bilan boshlandi.  Maktab o‘quvchilari ijrosidagi xorijiy raqs bayramga fayz bag‘ishladi.

    Tadbir  mehmoni – Jamoat xavsizligi universiteti kursantlarining qurol

    ...
  • Achchiq bodomning shirin tuhfasi

    Aziz o‘quvchilar, tabiatda shunday ne’matlar borki, ularni iste’mol qilish unchalik ham yoqimli bo‘lmaydi. Biroq shifobaxsh xususiyatlari juda ko‘p. Masalan, achchiq bodom. U dori sifatida tabobatda qadimdan ishlatilib kelinadi. Uning tarkibidagi vitamin E yallig‘lanish, shamollashni davolashga yordam beradi. Achchiq bodom yog‘i uch mahal ikki oshqoshiqdan sakkiz kun ichilsa,

    ...
  • Oilam

    1.  Oila desam, biri tan,

    Biri jondek ko‘rinar.

    Mo’jazgina mustahkam,

    Bir vatandek ko‘rinar.

     

          Naqarot:

    Oila – otam,

    Oila – onam,

    Oila – ukam ko‘zlari.

    Oila – singlim,

    Oila – bobom,

    Buvijonim

    ...
  • Doimiy hamkorlikda

    Maktabimizda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlar tez-tez o‘tkaziladi. Tayyorgarlik jarayonida “Gulxan” jurnalida berilgan she’rlardan foydalanamiz. Chunki bu nashrga o‘quvchilarim obuna bo‘lishgan. Yaqinda jurnal bosh muharriri Zahro Hasanovaning “Kitob – sen osmonimsan” kitobi taqdimotini maktabimiz ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Mahmuda Valiyeva  hamda men

    ...
  • “Gulxan” bilan hamnafas

    Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 97-maktabda  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimi, taniqli shoira Umida  Abduazimova tashabbusi bilan  “Yangi O‘zbekiston yoshlari “Gulxan” bilan  hamnafasmiz” shiori ostida ijodiy  uchrashuv tashkil  etildi.

    O‘quvchilar  jurnalda  chop etilgan she’r va  qo‘shiqlardan ijro 

    ...
  • Xurshid Davron

    Xurshid Davron 1952-yilning 20-yanvarida Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida  tug‘ildi. 1969-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakulteti kechki bo‘limiga o‘qishga  kirib, kunduzi qurilish tashkilotlarida ishladi.

    Harbiy xizmatdan qaytgach (1971-1973), o‘qishni davom ettirdi. 1974-1992-yillarda turli nashriyotlarda

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.