Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil sonlari

2021-yil 4-son

  • Qayta ketmas boʻlib keldingmi, bahor?

    Yer-u samovotda Navro‘z nafasi,

    Bog‘-u bo‘stonlarda andalib sasi,

    Bu nafas, bu sasning yo‘q muqoyasi.

    Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?

     

    Dastlab tong chog‘inda ko‘rgandim seni,

    So‘ng Tangri tog‘inda ko‘rgandim seni,

    Gullar yanog‘inda ko‘rgandim seni.

    Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?

     

    Hali

    ...
  • Kitob bayrami – maʼnaviyat bayrami

    Hukumatimiz hamisha siz bolalarning yorqin kelajagingiz haqida qaygʻurgan. Bolalarning tarbiyasi – odobi, maʼnaviyati, bilimi, dunyoqarashi qanday boʻladi, degan savollar yurtimiz rahbariyatining diqqat markazida. Prezidentimiz raisligida joriy yilning 19-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektorda ham aynan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamiyat

    ...
  • Tilxat

    Baland gʻishtin qoʻrgʻonning ikki tabaqali keng, qoʻngʻirtus darvozasi lang ochiq. Xizmatkorlar rango-rang bezatilgan otlarni yetaklab chiqishyapti. Maktabdan qaytayotgan Temurbek padari buzrukvorining qayoqqadir otlanayotganini darhol sezdi. “Otasining tashvishlari koʻp. Xon yoʻqlagan yoki biror bek toʻyga chaqirgan, balki biror choʻponning boshiga tashvish tushgandir. Padari buzrukvori

    ...
  • Hayrat olami

    “Gulxan” jurnali bosib oʻtgan 90 yillik yoʻliga nazar tashlasak, unga mashhur yozuvchi va shoirlar, bolalarga mehr qoʻygan ijodkorlar bosh muharrir boʻlib ishlaganlariga guvoh boʻlamiz. Ular haqida ilgari ham koʻp marotaba eslab oʻtganmiz. Ana shu betakror bosh muharrirlar safidan – Oʻzbekiston xalq shoiri Jumaniyoz JABBOROVham oʻrin olgan. Shoirning tarjimai holi

    ...
  • Xudoyberdi Toʻxtaboyev xotirasiga

    Qadrli jurnalxonlar! Xabaringiz bor, shu yil 21-mart kuni Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, hammamizning sevimli adibimiz, oʻzbek bolalar adabiyotining mustahkam ustunlaridan biri, jurnalimizga 1978–1983-yillarda bosh muharrir boʻlgan, oʻzbek bolalar adabiyotini dunyoga tanitgan hassos ustoz Xudoyberdi TOʻXTABOYEV oramizdan ketdi.

    Ustozning nomi yozgan

    ...
  • “Shamol menga yoqadi”

    Anor

    Namanganda bir bogʻga kirsam,

    Anorlari handalakcha bor.

    Yorib koʻrsam, yoqut donlari

    Xuddi qoʻlda terganday qator.

    Qani, anor donalariday

    Terolsaydim soʻzlar gavharin.

    Bogʻbon kabi xalqimga men ham

    Tutar edim sheʼriy daftarim.

     

     

    Shamol menga

    ...
  • Qargʻa uyaldi

    Qargʻa bilan Musicha,

    Suhbat qurishdi picha.

    Qargʻa dedi, – doʻst, ishon,

    Qornim och, ber, picha don.

    Rahm qilib Musicha,

    Qargʻaga berdi kulcha.

    Kulchani yeb, qorni toʻq,

    “Rahmat” ham degani yoʻq.

    Tomogʻin qirib, uchdi,

    Boshqa daraxtga koʻchdi.

    Oʻtdi necha kun-u oy,

    Yana keldi Qargʻavoy.

    Dedi: –

    ...
  • Bola kulsa, olam kuladi

    Oʻqituvchi:

    – Salimov, qani aytchi, quyosh bilan elektr chirogʻi oʻrtasida qanday farq bor?

    Oʻquvchi:

    – Quyosh tekinga nur sochadi. Elektrga esa pul toʻlanadi.

     

     

    ***

    Valijon koʻchadagi “Matiz”ga qarab turib dadasidan soʻradi:

    – “Matiz” katta boʻlgach “Spark” boʻladimi?

     

    ***

    Ota:

    ...
  • Xans Kristian Andersen

    Har yili 2-aprelni Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida bayram qilamiz. Nega aynan 2-aprel, deb hech oʻylab koʻrganmisiz? Chunki shu kuni dunyo bolalarining sevimli ertakchisi Andersen tavallud topgan. Uning “Suv parisi”, “Qor malikasi”,”Irkit oʻrdakcha” ertaklarini bilmagan, multfilmini sevib tomosha qilmagan birorta oʻzbek xonadoni boʻlmasa kerak. Bayram ana shu buyuk ertakchiga ehtirom

    ...
  • Jajji jodugar

    Otfrid Proysler

    Otfrid Proysler – mashhur nemis yozuvchisi, 1923-yilda tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushidan qaytgach, Bavariyadagi maktabda oʻqituvchilikdan direktorlik lavozimigacha koʻtarilgan. Uning ijodiy faoliyati aynan bolalar orasida ishlagan davrida boshlangan edi. Otfrid Proyslerning ertaklari oʻttizdan oshiq tillarga tarjima qilingan. Adib doʻstlik,

    ...
  • Qoʻrqitib quvonib boʻlmaydi

    Islombekka adasi koʻrinishi judayam xunuk – qop-qora yopishqoq oʻrgimchak oʻyinchoq sovgʻa qildi.

    – Zoʻr ekan, ertaga maktabga olib borib, Muslimaning yelkasiga qoʻyib bir qoʻrqitay, – dedi u sovgʻani qoʻlida aylantirar ekan.

    – Bolam, qiz bola qoʻrqib ketsa, yaxshimi? – soʻradi buvisi hayron boʻlib.

    – Qoʻrqsa, boshqa maqtanmaydigan boʻladi, bolalar mazza qilib

    ...
  • Qachon boʻyingiz oʻsadi

    Bolalar, siz tez-tez buvingiz yoki onangizdan, “bolamning boʻyi oʻsib ketibdi, bahorda olib bergan koʻylagim kuzda kalta boʻlib qolibdi!” – degan gaplarni eshitgansiz.

    Bu – bor gap. Shifokorlarning maʼlum qilishicha, bolalar tanasidagi suyaklar oʻsuvchan boʻladi. Shuning uchun ham boʻyingiz tez oʻsadi, oyogʻingiz oʻlchami kattalashadi. Hammani hayron qoldirib, taʼtil chogʻida

    ...
  • Uyqudan turayotib

    Eng yomon koʻrganingiz tongda sizni uygʻotishga chorlab jiringlagan soat yoki telefon qoʻngʻirogʻining ovozi ekanligi aniq. Ishonavering, bu ovozni nafaqat siz, balki kattalar ham yomon koʻradi. Chunki inson tanasi ertalab oʻrnidan turishni yoqtirmaydi.

    Ammo, 7–8 soat uxlagach, albatta, uygʻonishni odat qiling. Uygʻongach, chuqur nafas oling. Tizzalaringizni navbat bilan

    ...
  • Onam

    Toleimning quyoshi,

    Togʻlarga teng bardoshi.

    Har dam yonimda boʻlgan,

    Mening sirdosh dugonam.

     

    Oʻzi yursa-da oʻychan,

    Bizni erkalab quchgan.

    Cheksa hamki uqubat,

    Bizga ravo koʻrgan baxt.

     

    Gʻamgin paytim shod qilgan,

    Menga kuch-quvvat boʻlgan,

    Mehr chirogʻin yoqqan,

    Qalbim

    ...
  • Bahor

    Yana bahor keldi, hammayoq koʻklam,

    Qir-adirlar toʻldi qizil lolaga.

    Xushboʻy hid taratar bogʻda binafsha,

    Bahor buncha oʻxshar shoʻxchan bolaga.

    Dala, adirlardan keladi oshib,

    Derazam yonida uchar qaldirgʻoch.

    Ular chugʻur-chugʻur qilishar tinmay,

    Goʻyo der: bizga ham eshigingni och.

     

    Shoira

    ...
  • Bulut

    Oppoq xayol singari,

    Uchmoqdasan osmonda.

    Begʻubor qalb singari

    Mavjlanasan samoda.

    Goho yigʻlab, goh shodon

    Olamni yashnatasan,

    Koʻklamning iforini

    Dunyoga taratasan.

     

    Mushtariy YOʻLDOSHEVA,

    Toshkent viloyati Qibray tumanidagi17-maktabning 5-sinf oʻquvchisi

  • Koʻklam tongi

    Tongda chiqib oftob,

    Olamga nurin sochdi.

    Shabnamin toʻkib gullar,

    Zaminga bagʻrin ochdi.

     

    Erkalanib daraxtlar,

    Shivirlaydi zavq bilan.

    Shod tebranib maysalar,

    Qutlar oppoq tong bilan.

     

    Qushlar kuylar chugʻurlab,

    Suvlar oqdi noz bilan.

    Uygʻon sen ham saharlab,

    Ezgu tilak, shahd

    ...
  • Donoqush

    Mening bitta singlim bor,

    Koʻngli bahor, begʻubor.

    Kiprikchalari maysa,

    Olam kular jilmaysa.

     

    Juda tiyrak va zukko,

    Bobom derlar, “Donoqush”.

    Tili shirin va burro,

    Chiqarar doim bir ish.

     

    Dadamning “ayfon”larin,

    Bilmagan joyi yoʻqdir.

    Kezi kelsa oyimga

    Oʻrgatib qoʻyar,

    ...
  • Kechinma

    Men bir qushman, samolarda erkin kezib,

    Qanotlarim qayrilganda suyanuvchi.

    Men bir daraxt, shamollarning shahdin sezib

    Yiqilganda yer poyiga tayanuvchi.

     

    Men bir dengiz, oʻz tomchisin isyonidan,

    Pana joylar izlab yurgan qochmoqlikka.

    Men bir kecha, ming bir dilning ohin tinglab,

    Sirdoshi yoʻq, oʻz sirlarin

    ...
  • Yoshlik

    Yoshlik bu qalbingda yashaydi shoir,

    Yangilik yaratmoq istar yuraging.

    Olis bir marrani etganda ishgʻol,

    Tobora oʻzgarar dilda tilaging.

    Mavjlanar yuksakda nurli istiqbol,

    Kelajak ham senga kulib gul tutar.

    Oʻshanda boʻlasan buyuk bir inson

    Hali seni qancha mashaqqat kutar.

    Yoshlikda yarashar shoʻxlik, shodonlik,

    Gʻayrat,

    ...
  • Orzu

    Orzularim bir jahon,

    Ushalsin, deydi yurak.

    Buning uchun bilaman,

    Juda koʻp oʻqish kerak.

    Maqsad qoʻyib oldimga,

    Oʻqiyman takror-takror.

    Kelajakda albatta,

    Boʻlaman zoʻr shifokor.

     

    Charos TOJIYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 166-maktabning 4-sinf oʻquvchisi

  • Ketma dillardan

    Fasllar kelinchagi

    Xushsurat Bahoroydir.

    Taʼrifga ojiz qalam,

    Gul-u gʻunchaga boydir.

     

    Bu fasl hammamizga

    Ulashar cheksiz shodlik.

    Hasharda keksa-yu yosh,

    Mahallada obodlik.

     

    Qamashtirar koʻzlarni,

    Quyosh nurlarin sochsa.

    Dov-daraxtlar uygʻonar,

    Kurtaklar koʻzin

    ...
  • Sen bilan siz

    Bir kuni Sen bilan Siz bahslashib qolishibdi.

    Sen debdi: – Men shunday bir kuchli soʻzmanki, ogʻzimdan chiqqan har bir “sen” odamlarga buyruq maʼnosini bildiradi. “Sen shuni bajarasan, vassalom”, – deyishadi.

    Buni eshitgan Siz esa: – Yoʻq, siz mana bu gapga quloq soling, deb, bir suhbatni tinglashni taklif etibdi. U yerda ikki kishi shunday shirin suhbat qurishardiki,

    ...
  • Yomgʻir bilan koʻz yoshi

    Osmonda qora bulutlar suzardi. Birdan sharros yomgʻir quydi. Yoʻlda oqib ketayotgan yomgʻir inson koʻz yoshiga duch kelibdi.

    Yomgʻir: – Ey inson koʻz yoshi, sen kuchlimi yoki men? – deb soʻrabdi.

    Koʻz yoshi boʻlsa, Yomgʻirning oʻrinsiz savolidan ajablanib, indamabdi.

    Yomgʻir: – Nega indamaysan! Mening kuchliligimni hamma biladi. Men yer-u koʻkni larzaga solib, sel

    ...
  • Tez aytishlar

    Katta-katta koʻzmunchoq,

    Koʻylagimga koʻrk munchoq.

     

    Chumchuq, chittak chugʻurlashib,

    Chumolini choʻqir shoshib.

     

    Temur turnikda turibdimi,

    Turgʻun tepada yuribdimi?

     

    Mard maydonda mardona,

    Nomard mardga begona.

     

    Oʻyinni oʻylab oʻynadim,

    Oʻyinni oʻynab

    ...
  • Topishmoqlar

    Qattiq, yumshoqdir jismim,

    Xatoni oʻchirgum jim.

    Eng yaqin doʻstim chizgʻich,

    Meni derlar...

     

    Gullari mayda-mayda,

    Boʻyogʻi siyoh rangda.

    Sogʻintirib xush atrin,

    Ochiladi...

     

    Osmon uning otasi,

    Bulutlar-chi onasi.

    Kuz, bahorda joʻshadi,

    Uning shoʻx

    ...
  • Aldovning azobi

    Men oʻqiyotgan gimnaziyada ustozlar anchagina qattiqqoʻl edi. Ular bizga birorta darsni qoldirishimizga ruxsat berishmasdi. Gimnaziyada oʻquvchilar birdan beshgacha boʻlgan ball asosida baholanardi. Men gimnaziyaga kelganimda atigi yetti yoshda edim. U yerdagi tartib-qoidalarni, darslar qay tarzda oʻtilishini bilmas edim. Shuning uchun boʻlsa kerak gimzaniyada oʻtgan dastlabki uch oy men

    ...
  • Ismaloqda shifo behisob

    Qadimdan buvilarimiz bahoriy koʻkatlardan pishiriqlar, turli taomlar tayyorlashgan. Bu bejiz emas, albatta. Ismaloq, jagʻ-jagʻ, yalpiz kabi koʻkatlar qish boʻyi sarxil neʼmatlarga tashna boʻlgan tanangizga kuch-quvvat bagʻishlaydi. Quyida ismaloqning foydali xususiyatlarini sanab oʻtamiz.

    U kamqonlikni davolaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Milklaringiz yalligʻlanganda ogʻzingizni

    ...
  • Aesop's fables

    The sun and the wind

    Once The Sun and The Wind happened to have a quarrel. Both of them claimed to be stronger. At last they agreed to have a trial of strength. “Here comes a traveller. Let us see who can strip him of his cloak?” said the Sun. The Wind agreed and did choose to have the first turn. He blew in the hardest possible way. As a result, the traveller wrapped

    ...
  • Danakdagi bogʻ

    Laziz 4-sinfda oʻqiydi. Odobnoma darsida oʻqituvchi “Bir danakda butun bir bogʻ uxlab yotadi” mavzusini oʻtgach, bolalarga yuzlanib:

    – Siz ham avval kichik edingiz. Ota-onangiz sizlarni tarbiyalab oʻstirganlaridan soʻng qoʻlingizdan ish kelib, dastyor boʻlib qoldingiz. Xuddi shunday, bir dona danak ham yerga tushgandan keyin ona tabiat uni yomgʻir suvlari va oftobning issiq tafti

    ...
  • Ranglar aytgan ertaklar

    Salom-salom, mening tinib-tinchimas, ijodkor doʻstlarim! Hech qiziqib koʻrganmisiz, dunyoning boshqa bir burchagidagi tengdoshingiz ham nimalarnidir qoralashga qiziqarmikin? Agar qiziqsa, ular nimalar haqida yozishadi? Oʻtgan yili Turkiyadaligimda “Pusula” deb atalgan kitob qoʻlimga tushib qoldi. Unda siz kabi jajji ijodkorlarga maslahatlar va ularning mashqlaridan namunalar berilgan edi.

    ...
  • Dunyodagi antiqa va gʻaroyib mevalar

    Bolalar, siz jannatmonand yurtimiz bogʻlarida bolga toʻlib pishadigan olma, anor, nok, anjir, shaftoli nomini eshitishingiz bilan muattar hidlari-yu, shirin-shakar mazasini his qilasiz, ogʻzingizni suvi qochadi.

    Ammo dunyoda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan shakli shamoyil-u taʼmga ega shunaqangi gʻaroyib mevalar ham borki, hayratdan yoqa ushlaysiz. Ishonmasangiz mana,

    ...
  • Jumaniyoz Jabborov

    Shoir va dramaturg Jumaniyoz Jabborov 1930-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Poʻloti qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabni tugatib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil olgan. 1952–1953-yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida oʻqigan.

    Mehnat faoliyatini 1953-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida boʻlim mudiri vazifasidan boshlagan. 1962–64-yillarda “Gulxan” jurnali bosh

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.