Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 7-son

  • Qutlov

    Bolalar-u bolalar, eshitmadim demanglar! Siz “Gulxan”ning deyarli har bir sonida mazza qilib o‘qiyotgan bir-biridan qiziq ertak, hikoya va maqolalar muallifi, jurnalimiz bosh muharriri o‘rinbosari  Muhabbat Hamidova Vatanimizning II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Kasb bayrami kuni ertalab tarqalgan xushxabarni eshitib, butun jamoamiz bilan quvonib

    ...
  • Javlon urib yashash baxti

    Zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atining yorqin namoyandalaridan biri – O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, akademik, professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali sohibiJavlon UMARBEKOVni xalqimiz yaxshi taniydi. Mahoratli rassom qariyb yarim asrlik ijodiy yo‘li davomida zamonaviy o‘zbek san’atiga ulkan hissa

    ...
  • Kimyo – qiyin emas, qiziq fan

    Sizningcha, dunyodagi e-e-ng qiyin fan qaysi? Matematika deysizmi? Balki, fizikadir? Kim uchundir esa kimyodan qiyin fan yo‘q. Sahifamizning bugungi mehmoni Shahzoda Hakimova hozirda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida o‘qiydi. Bu degani, Shahzoda har kuni matematika, fizika, kimyo bo‘yicha o‘nlab, yuzlab masalalar ishlaydi. E-h-h, o‘zini qiynab nima

    ...
  • Yetim qo‘zi

    (Boshi o‘tgan sonda)

    Ertasiga tong otar-otmasdan Salomat meni yulqilab uyqudan uyg‘otdi. Har kuni choshgohgacha uxlab o‘rgangan odamga tonggi mazali uyqudan kechish oson emas ekan. Yulqilayvergach, noiloj o‘rnimdan turdim. Bir-ikki piyola choy ichdik-da, sog‘in sigirni oldimizga olib, dalaga ketdik. Otiz dambasining eng o‘tli yeriga molning qozig‘ini qoqqan

    ...
  • Kitob javoningizga

    Saodat Musayeva “Chirchiq tongi” gazetasida faoliyat yuritadi. Shuningdek, “Gulxan”ning eng faol jamoatchi mualliflaridan biri. Yaqinda Saodat opaning “Poytaxt exclusive”, “Arjumand media” nashriyotlarida birin-ketin uchta ajoyib, rangli, rasmlarga boy hikoya, ertak va she’rlari jamlangan kitoblari chop etildi. Ijodiy jamoamiz nomidan opani yangi kitoblari bilan

    ...
  • Chumoli

    Shoshilmasdan chumoli

    Asta – asta qimirlab,

    Butun boshli boshoqni

    Sudrab borar g‘imirlab.

     

    Bir zumga dam olmaydi,

    To‘xtamaydi yo‘lida.

    Qishning g‘amini yeydi,

    Yozning saratonida.

     

    Oysha RAHMATULLAYEVA,

    Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani

    53-maktab 3-sinf

  • Alla

    Ukam tunda yig‘ladi,

    Onam alla kuyladi.

    Allani tinglab ukam

    Orom olib uxladi.

     

    Onam bor mehrin qo‘shib,

    Aytar alla, ertaklar.

    Yurakdan chiqqan nola

    Yaxshilikka yetaklar.

     

    Rayhona ABDULLAYEVA,

    Toshkent viloyati Angren shahri

    7-maktab 6-sinf

  • Tong

    Tong otar – bobo quyosh

    Nurlarin taratadi.

    Sharqdan ko‘targancha bosh,

    Bizlarni uyg‘otadi.

     

    Kapalak uchar har yon,

    Qo‘nadi guldan gulga.

    Onam yopar shirmoy non

    Ertalabdan tandirda.

     

    Fariza Jumayeva,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

    27-maktab 7-sinf

  • Bog‘bonim

    Orzular tuganmas pok yuragimda,

    Ollohim madadkor har bir onimda!

    Orzular ro‘yobin ko‘rmoqlik uchun,

    Bo‘lsin ota-onam doim yonimda!

     

    Ota-yu onamdir mening boyligim,

    Har qanday holimda hotamtoyligim.

    Mehribon, bebaho,  jondan azizlar,

    Sizlar tufaylidir dunyom, borligim.

     

    Mehringiz taftida yuribman

    ...
  • Qushlar – do‘stimiz

    Ayvonimda in qurib,

    Musicha tuxum qo‘ydi.

    Bundan sevinib buvim,

    Qut-barakaga yo‘ydi.

     

    Qarab-qarab qo‘yaman,

    Xabar olib turaman.

    Polopon ochib chiqsa,

    Men ham uni suyaman.

     

    Qushlar bizning  do‘stimiz,

    Biz ularga mehribon.

    Cho‘chitmaymiz ularni –

    Doim bo‘lishsin

    ...
  • Ruchkaga

    Nega yozmaysan, ruchka,

    Qoldingmi yoki kuchdan.

    Masalani yechmasam,

    Quruq qolaman “besh”dan.

     

    Tixirlik qilaversang,

    Jazoingni olasan.

    Maktabga ketgan chog‘im,

    Uyda yolg‘iz qolasan.

     

    Senga o‘rtoq bo‘lmayman,

    Qo‘limga ham olmayman.

    Dangasa bo‘lgan ruchka

    Chiqadi-da

    ...
  • Manzara

    Deraza ortida yana shabada,

    Shivir-shivirlab u mayin esmoqda.

    Qarang, buncha tarovatli manzara,

    Qalbimga jilmayib bahor kelmoqda.

     

    Tabiat uyg‘onmoqda, soylar oqmoqda,

    Maydalab, zarralab yomg‘ir yog‘moqda.

    Osmondagi qushlar sho‘xchan uchmoqda,

    Qalbimga jilmayib bahor kelmoqda.

     

    Daraxtlar kurtak otib,

    ...
  • Xumo qush

    Yurtimning tog‘larida,

    Chiroyli bog‘larida,

    Bag‘ri keng osmonida,

    Qanot yoygin xumo qush,

    Parvoz qilgin xumo qush!

     

     Sen borsan – emassan tush,

     Har zarrasi ziyo qush,

     Biz yoshlarga berib kuch,

     Qanot yoygin, xumo qush!

     Parvoz qilgin, xumo

    ...
  • Ustoz

    Gar bo‘lsa bu hayot misli bir kitob,

    Unga mazmun bergan tabarruk ustoz.

    Bilim osmonida porlagan oftob,

    Qancha e’zozlasak asli shuncha oz.

     

    Uztozdir yo‘limiz yoritgan chiroq,

    Ilm sirlaridan u bergan ta’lim.

    Zahmatli yo‘lida oqar ming irmoq,

    Irmoq-shogirdlari, daryo –  muallim.

     

    Ifora

    ...
  • O‘rik

    Yuvib yesang, bolajon

    Baquvvat bo‘lar yurak.

    O‘rikka mehr bergan,

    Bog‘bon boboga rahmat.

     

    Mashhura Usmonova,

    Jizzax viloyati G‘allaorol tumani

    66-maktab 10-sinf

  • Uchar kiprik

    Akaning kiprigi uzilib, ko‘zining kosasiga qo‘nibdi.

    – Qarang, kiprigingiz! – deb akasining qovog‘idan olib kaftiga qo‘yibdi singlisi. – Niyat qilib, samoga puflab uchiring!

    Akasi biroz o‘ylanibdi-da, nimani so‘rashni anglab shunday debdi:

         Ey kiprikjon, kiprikjon,

         Sen uchgin Moskov

    ...
  • Qo‘ligul qiz

    Barchinoy Shavkatova Toshkent shahar, Sergeli  tumanidagi  104-maktabning  11- sinfini tamomladi.  U  izlanuvchan, o‘z ustida ishlaydigan qiz:  kashta  tikadi, munchoqdan  tillaqosh,  gul, zanjir  yasaydi. Jemper, do‘ppi, nimcha va o‘yinchoqlar  to‘qishni, tikishni biladi. Pazandachilik  kursida o‘qib,  turli  shirinlik va

    ...
  • Sehrli so‘z

    – Bobo, bobojon, uxlab qoldingizmi? – so‘radi Firdavs dodasi dam olayotgan xonaga kirib.

    – Ha bo‘tam, biroz ko‘zim ilinibdi.

    – Endi ko‘zingiz ochildimi?

    – Ochildi, bo‘tam. Ni­ma gap, tinchlikmi?

    – Bobo, yo‘q demasangiz menda bit­ta taklif bor. Fatxulla tog‘aning  do‘koniga boraylik.

    – Eee, qoq peshinda do‘­konda nima qilamiz? –

    ...
  • Ikki she’r

    Chuvalchang

    – Oyijo-o-o-on? – deb yugurdi,

    Hovliga Muhammadjon.

     – Qarang oyi, bog‘dan men,

    Ilon tutdim kattakon.

     

    Xavotirdan oyisi

    O‘zin ushladi arang.

    Qarasa-ki bolasi,

    Tutibdi-ya chuvalchang.

     

    Mazali o‘lka

    Giloslarning qizargan

    ...
  • Buvimning nasihati

    Men yoz faslini yaxshi ko‘raman. Nega deysizmi? Chunki ta’tilga chiqamiz-da. Men har yili yozgi ta’tilda qishloqqa, ya’ni tog‘amlarnikiga borishga oshiqaman. Agar bilsangiz, shaharning eng suluv joylari ham qishloqning musaffo havosi yo‘g‘rilgan tabiatiga teng kelolmaydi. Xullas, ming marta eshitgandan bir bor ko‘rgan yaxshi. Shu kabi o‘ylar bilan yo‘lda ketarkanman buvijonimning

    ...
  • Orzulari ijobat bolalar

    Bugungi kunda azim Toshkentning Chilonzor tumanidagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga ko‘pgina bolalar shifo istab, kelajakni jismonan va ruhan sog‘lom barpo etish maqsadida borishgan. Markazda 160 ta o‘rin mavjud bo‘lib, hozirda 101 nafar bola davolanmoqda. Bemor bola va uni parvarishlovchi ota-onasi uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 130 dan

    ...
  • Jasurning qo‘rquvi

    (voqeiy hikoya)

    Eshik ochilganday bo‘l­­­di. Uyquga cho‘zilgan Jasurning ko‘ziga qan­daydir sharpa ko‘rindi. Ko‘­zini yumib oldi. U yoqqa ag‘anadi, bu yoqqa ag‘anadi, ammo uni bat­tar qo‘rquv tuy­g‘usi chir­­­mayverdi. Ko‘z oldidan alag‘-jalag‘ man­za­­­ralar o‘ta bosh­ladi. Qilichini

    ...
  • So‘ngi ta’til

    Men bu yil 10-sinfni tamomlab, bola­lik va o‘smirlikning so‘nggi ta’til kun­la­rini o‘tkazyapman. Kelgusi yil ta’tilga chiq­masligimni o‘ylasam, maktab davri oltinga teng ekanini tushunyapman va ulug‘larimizning “Bir narsani yo‘qotmaguningcha uning qadriga yetmaysan” – degan purma’no so‘zlari yodimga tushyapti.

    Nazarimda o‘n yil bir zumda o‘tdi-ket­di. Endi

    ...
  • Dadil qadamlar

    –   To‘qqiz yoshimdan dzyudoga qatnasha boshladim. Ammo, bu sport turi bo‘yicha musobaqalar juda kam o‘tkazilar, bu esa imkoniyatlarimizni namoyish qilishga to‘sqinlik qilardi. Ma’ruf amakim bir paytlar yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanganlar. Ular shu kurash turida o‘zimni sinab ko‘rishimni, muntazam musobaqalarda qatnashib tursam, mahoratim oshishini maslahat berdilar. Shundan

    ...
  • Bilim va mehnat oltindan qimmat

    Suhrob Xayrullayev Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 18-maktabning 9-sinfini a’lo baholar bilan tugatdi. U maktab direktori Niyoz G‘aybullayev, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Uyg‘un Xidirov, sinf rahbari Sadoqat Eshmurodova va ko‘plab o‘qituvchilarning nazariga tushgan. Ayniqsa, mazkur o‘quv yilida viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan “Yoshlar — kelajagimiz” media platformasi Buxoro

    ...
  • Siz bilmagan ajoyibotlar

    Bolalikdan geografiya, fizika fanlariga juda ham qiziqaman. Endi xarflarni taniy boshlagan 5-6 yoshimda  “U kim, bu nima” deb nomlangan bolalar ensiklopediyasini mutolaa qilganman. Yoshim kichik bo‘lgani uchun ilmiy dalillarga asoslangan qalin va katta xajmdagi  kitob menga biroz  “og‘irlik” qilgan. Ammo, bir-biridan rangin rasmlar berilgan shu 2 jildli kitobni qayta-qayta

    ...
  • Yashillik bag‘rida

    Toshkent – turli xil tarixiy binolar, yodgorliklar, shuningdek, go‘zal yashil bog‘lar, xiyobonlarga boy serquyosh va zamonaviy shahardir. Ona tabiatning ana shunday tarovatli maskanlaridan biri Yaponiya madaniyatiga muvofiq bezatilgan yapon bog‘idir. Ushbu ajoyib go‘sha Toshkentning “O‘zekspomarkaz” hududida joylashgan. Bog‘ 2001-yil 25-avgustda ochilgan. Bog‘ tabiatning go‘zalligi va uning

    ...
  • Abdurauf Fitrat

    Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat madaniyatimiz tarixida shoir, nosir, dramaturg, publitsist, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf, san’atshunos va jamoat arbobi sifatida munosib o‘rin olgan.

    U 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Buxoro, Istanbul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk

    ...
  • Tinchlik bo‘lsin!

    Kel, Quyosh, do‘st bo‘lamiz,

    Kezamiz keng olamni.

    Yer sharin pok qilamiz,

    Olib qog‘oz-qalamni.

     

    Menda so‘z bor, senda – yog‘du,

    Qalblarni yoritamiz.

    Biz yerga tutib ko‘zgu,

    Dardlarni aritamiz.

     

    Yomonlarni yaxshiga,

    Aylantirib qo‘yaylik.

    Urushqoqni yaxshi gap

    Bilan yo‘lga

    ...
  • Savob

    Kim osmonga tosh otdi?

    Kim bulutni yig‘latdi?

    Ho‘ng-ho‘ng yig‘lar ketma-ket,

    Jiqqa ho‘ldir qishloq, kent...

     

    Balki, sabab tosh emas,

    Messiga qilib havas,

    Rizo qattiq tepgandir, –

    To‘pi borib tekkandir?..

     

    Osmon darvoza emas,

    To‘xta, Rizo! Bas qil, bas!

    To‘p o‘rniga bilim

    ...
  • Himoya

    Yurt tuyg‘usi aslida

    Yuraklarda yashaydi.

    Osmoni tinch, osuda

    Tilaklarda yashaydi.

     

    Qizmi yoki o‘g‘lonmi,

    Vaqtida tarbiyalang.

    El-yurt berar bahoni,

    Tarbiya ham ulug‘ jang...

     

    Riyokorlik, yolg‘ondan

    Himoyalang bolani.

    Quruq ketmang jahondan,

    Yaxshidan bog‘

    ...
  • “O‘rmondan gapiramiz”

    To‘qayzorda duv-duv gap –

    Bodroq misol sochildi:

    “Eshitdingmi, o‘rmonda,

    Yangi efir ochildi!”

     

    –   Diqqat! diqqat!  Azizlar,

    Gapiramiz O‘rmondan!

    Sizlarga sog‘-omonlik,

    Tilaymiz erta tongdan.

     

    Boshlovchimiz To‘tiqush

    Chiqib qoldi xo‘b gapdon.

    Shuning chun

    ...
  • Tilak

    (yosh ijodkorlar to‘g‘aragi a’zolariga)

    Sayrab-sayrab qushlar tinadi oxir,

    Sharqiragan soylar tortadi sokin.

    Bulutlar goh tarqab, goh qoplar ko‘kni,

    Umidlar so‘nmaskan qalblarda lokin.

     

    Yilt etgan shu’laga tikaman nigoh,

    Shudir baxt, shuuringiz yoritsa so‘zim.

    Oqqan daryo oqib qoladi, deya

    O‘zanlar

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.