Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2024-yil 2-son

  • Navoiy ruhi

    Necha asr o‘tgan bo‘lmasin,

    U qoldirgan tugamas meros.

    Necha qasr o‘ti so‘nmasin,

    Uning tafti hamon beqiyos.

     

    Karvonlarning izi qolmadi,

    Lekin uning qalam izi bor.

    Dovonlarning muzi qolmadi,

    Navoiyning olam so‘zi bor.

     

    Tunda balki porlamas quyosh,

    Lek shoirning o‘chmas ziyosi.

    Har kimda

    ...
  • Sahrodagi o‘ylar

    Buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ilgan kunlari munosabati bilan Toshkent viloyatining Angren shahriga yo‘l oldik. Poytaxtdan chiqib ikki tomoni keng dalalar, qish libosini  kiygan bog‘-u rog‘lardan o‘tib borar ekanmiz, atrofdagi manzaralarni ko‘rib ko‘zimiz quvondi. Ayniqsa, uzoq Angren va Ohangaronning purviqor tog‘lari, oppoq qor qoplagan asriy

    ...
  • Yurt qorovuli

    Bir zamonlar Hirot shah­riga Mirzo Husayn Boyqaro degan kishi podsho edi. Mirzo Husaynning shahar chetida katta bir bog‘i bo‘lib, unda Sotiboldi degan kishi qorovullik qilar edi.  Mirzo Husayn kunduzi yurtni so‘rar, kech tushdi deguncha, ust-boshini o‘zgartirib, hech kimga bildirmay, Sotiboldining oldiga borar ekan. Ular ikkovlashib ulfatchilik qilishar

    ...
  • Har ne’matga bir shukr

    Har bir millat, har bir xalq eng avvalo, fidoyi o‘g‘lonlari, mutafakkir zotlari, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim-u ulamolari bilan g‘ururlanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, xalqimizning g‘ururi tog‘lardan baland.

    O‘tgan yili yurtimiz rahbarining “Bu­yuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash

    ...
  • Ulkan niyat

    Ota-ona va ustoz,

    Etgum sizlarni e’zoz!

    Mehringiz dilga payvand,

    Bo‘lgum men oqil farzand!

     

    Yurtimga bo‘lib sodiq,

    Bor bilmim etgum tortiq!

    Kerak bo‘lsa Vatanim,

    Tinchi uchun jon-tanim!

     

    Bergum etib himoya,

    Dushman solmasin soya!

    Niyatlar ulkan, katta,

    Ulg‘ayaman

    ...
  • Quyoshli kun

    Quyosh kulib turibdi,

    Qushlar suhbat quribdi.

    Ko‘kda oppoq bulutlar

    To‘p-to‘p bo‘lib yuribdi.

    Do‘stlar ayting jo‘rovoz,

    Bugun havo juda soz!

    Zulxumor ABDURASULOVA,

    Andijon viloyati Jalaquduq tumani

    nafaqadagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

  • Bulutli kun

    Kun avzoyi buzilgan,

    Qora bulut tizilgan.

    Oftob chiqmay uyidan

    Uyqusirab, ezilgan.

    Qoqio‘t guli tugun,

    Havo aynibdi bugun.

     

    Zulxumor ABDURASULOVA,

    Andijon viloyati Jalaquduq tumani

    nafaqadagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

  • Najot – ilm-ma’rifatdan

    Jadid so‘zi – ilmda, fikrda, axloqda, ona xalqiga, yurtga muhabbatda yangilanish demakdir. Tariximizga nazar tashlasak, XIX asr oxiri, XX asr boshida yashab o‘tgan jadid bobolarimiz millatimiz oydinlari edi. Ular har jabhada yangilikka intilishdi. Ozodlikni, hurlikni qadrlashdi. Ona yurtimiz hurligi, xalqimiz kelajagi uchun aziz jonlarini fido qilishdi.

    Yaqindagina

    ...
  • Tandir

    Bobom qurgan bu katta tandir

    Ich-ichidan nurab yotibdi.

    Kuz kunlari yomg‘ir xo‘p yog‘ib,

    Yuvilibdi, u sovqotibdi.

     

    Barchasiga aybdorman o‘zim,

    Uning ustin yopib qo‘ymadim.

    Ne bo‘lsa ham tandir, yiqilma,

    Issiq nonga hali to‘ymadim.

     

    Yomg‘ir yuvib o‘tgan chekkasin

    Men loy bilan suvab

    ...
  • Sichqonchalar

    Omborlarda o‘ynoqlab,

    Kemirib bug‘doy, unni.

    Tashvishsiz o‘tkazardi

    Sichqonchalar har kunni.

    Mushukning sichqon bilan

    Sira ishi yo‘q edi.

    Chunki yalqov mushukning

    Doim qorni to‘q edi.

    Omborida sichqonni

    Uy egasi ko‘rgan on.

    Mushukni haydab solib,

    O‘rniga qo‘ydi qopqon.

    O‘sha kuni bir

    ...
  • Sabzining hikoyasi

    Uzundirman, sal oriq,

    To‘nim bo‘lsa to‘q sariq.

    Uyamdan kovlayotib,

    Oldilar qornim yorib.

    Shuning uchun dehqondan

    Anchagina xafaman.

    Endi yoriq joyimni

    O‘tloq bilan yopaman.

    Ko‘rib qolsang yaramni,

    Ayb bilma, do‘stim, xo‘p.

    Mendek oltin qoziqni

    Intiq kutar qozon

    ...
  • Dori qovoq – oshqovoq

    Mening ismim oshqovoq,

    Qarindoshimdir qovoq.

    Mendan manti qilsangiz,

    Bo‘laman naq bir tovoq.

     

    Bo‘lsangiz agar betob,

    Asal qo‘shib yeng shu tob.

    Ko‘p kasalga davoman,

    Porlaysiz misli oftob.

     

    Muhammadrasul MAMATQULOV

  • Ikkichi

    O‘ylab ko‘rsam ikkining

    Bor bir yaxshi tomoni,

    Buvim aytdi – sonlarning

    Bo‘lmas ekan yomoni.

     

    Bahonalar tap-tayyor,

    Daftar to‘la uch-ikki.

    Endi ikkilarni deb

    Eshitmayman hech dakki.

     

    Ustoz qo‘ygan ikkidan

    Zo‘r kashfiyot qilaman.

    Ikkini to‘rt, uchni besh

    Qilvolishni

    ...
  • Suflyor

    Norjonlarning sinfida

    Borar edi imtihon.

    O‘tirmasdi sira jim,

    Suflyorlik qilib Norjon.

    Goh asta “shpargalka”,

    Goh aytardi pichirlab.

    Bilag‘on sanab o‘zin,

    Tinchimasdi vijirlab.

    Mana navbat, nihoyat

    O‘ziga kelib qoldi.

    G‘ozyurish qilib borib,

    Qo‘liga bilet oldi.

    Chiqdi unga

    ...
  • Ochkoni teng bo‘lishar

    Ishqiboz ikki polvon,

    Kuch sinashar shaxmatda,

    Bellashadi beomon,

    O‘yin qizir g‘oyatda.

    Kishnatib “sipoh”ini,

    Yelib borar Rustamjon.

    Raqibining “Shoh”ini,

    Qurshab oladi shu on.

    Qarab turmas Omon ham,

    Xavfni sezadi zumda.

    Zehnini charxlab ildam,

    O‘ta boshlar hujumga.

    Labin tishlab

    ...
  • Sabrning tagi oltin

    Uch-to‘rt bola jam bo‘lib,

    Baliq ovlardi soydan.

    Yurdim to‘qaydan o‘tib,

    Ular yoniga men ham.

    Darhol sozlab qarmoqni,

    Joy axtara boshladim.

    Mo‘ljal olib yiroqni,

    Qulochkashlab tashladim.

    Uzoq kutdim va lekin,

    Baliq ham ilinmadi.

    Nima qilay? Aytsam chin,

    Quruq qaytgim kelmadi.

    Birdan bunday

    ...
  • Kichik g‘irromlar

    O‘qituvchimizni qattiq xafa qilib qo‘ydik. Yana kimni deng, eng sevimli adabiyot ustozimizni. Aslida-ku, ranjitish niyatimiz yo‘q edi-ya, hamma g‘alva Asila chaqqondan chiqdi.

    Bugun ona tilidan choraklik test olinadigan kun. “A” sinf o‘quvchilarining kechagi testdan ko‘pchiligi past bahoga yechganini eshitib vahimaga tushdik.

    – Qizlar, yuringlar, “A” sinfdan testning kalitini

    ...
  • Gul rangidagi bolalik

    O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning shunday so‘zlari bor: “Taqdir taqozosi bilan rus maktabida o‘qib, ruscha ta’lim olganlar ichida o‘zbek tilining qadr-qimmati uchun kurashgan ko‘plab jonkuyarlar yetishib chiqdi.Ulardan biri mashhur san’atshunos olim Hamidulla Akbarovdir. U mening kursdoshim, yaqin do‘stim. Hamidulla Akbarovrus filologiyasi fakultetini

    ...
  • Saboqlar bor kitoblarda

    Insonlarni haqqa eltar,

    Xitoblar bor kitoblarda.

    Yo‘limizga nur taratar,

    Chiroqlar bor kitoblarda.

    Yosh avlodga yo‘l ko‘rsatar,

    Shitoblar bor kitoblarda.

    Ruhimizga ziyo sochar,

    Saboqlar bor kitoblarda.

    Insonlarning kelajagi

    Bog‘liq bo‘lar kitoblarga.

    Ertamizga mezon bo‘lgan

    Hisoblar bor

    ...
  • Ustozimga

    Qancha sho‘xlik qilsak-da

    Kechirdingiz, ustozjon.

    Siz otaday, onaday

    Do‘st bo‘ldingiz mehribon.

    Ming mashaqqat-la bizga

    Ilm-u odob berdingiz,

    Yutug‘imizdan mudom

    Ko‘kragingiz kerdingiz.

    Omon bo‘ling, ustozjon

    Shogirdlarning baxtiga.

    Sizni ko‘rmoq istayman

    Ko‘ngillarning

    ...
  • Rayhon

    Bo‘ylaringni shamollar eltdi,

    Ifor qo‘shib tong havosiga.

    Ko‘kda uchib qushlar ham keldi,

    Kuylar qo‘shib dil navosiga.

     

    Chaman kabi ariq bo‘ylari

    Go‘zallikka burkangan bu on.

    Seni sevdim buvijonimning

    Chakkasini bezagan, Rayhon!

     

    Aziza RAHMATULLAYEVA,

    H.

    ...
  • Jizzaximsan

    Arg‘imchoqda yelayotgan qizaloqning,

    Do‘ppisida naqshi ma’no Jizzaximsan.

    Bag‘ringdagi ulg‘aytirgan farzandingning,

    Tomirida qon, qalbi daryo Jizzaximsan.

     

    Adolatsiz tuzumlarga qarshi borib,

    Haq yo‘lida jonin tikkan ibratimsan.

    Oddiy ketmon, kaltaklarni qo‘lga olib,

    Damin bilan bosh ko‘targan

    ...
  • Qor yog‘yapti

    Qor yog‘yapti bo‘ralab,

    Kim yasaydi qorbobo?

    Mehrdan eriydi qalb,

    Lekin sovuq ob-havo.

     

    Osmonda ko‘p bulutlar

    Quyoshni to‘sib turar.

    Shundoq bo‘lsa ham yangrar

    Qo‘shiqqa jo‘r yuraklar.

     

    Feruza LUQMONOVA,

    Buxoro shahridagi Prezident maktabi 7-sinf

    ...
  • Vatan

    Yuragimning huzuri,

    Dilimga orom – Vatan,

    Sho‘xliklarimning uzri,

    Beg‘uborligim – Vatan.

     

    Sensan qalbimga malham,

    Ma’yusligim oluvchi.

    Shodliklarga burkanib,

    Dilga quvonch soluvchi.

     

    Bayrog‘ingni ko‘klarga,

    Ko‘tarayin men o‘zim,

    Xizmatingga shaydirman

    Yurakdagi chin

    ...
  • Lolalar ichida go‘zalsiz onam

    Husningiz oldida yulduzlar hayron,

    Bitmoqqa dilrabo g‘azalsiz, onam.

    Yorug‘ yuzingizdan kunduzlar hayron.

    Lolalar ichida go‘zalsiz, onam!

     

    Quyoshdan-da porloq nurli yuzingiz,

    Aslo namlanmasin tiyrak ko‘zingiz.

    Ming dardga davodir har bir so‘zingiz,

    Lolalar ichida go‘zalsiz, onam!

     

    Hech ta’na qilmaysiz,

    ...
  • Do‘ppi kiygan mix

    Bolg‘acha ushlab Salim

    Mix qoqar koyitib jon.

    — Nima qilyapsan, o‘g‘lim?

     So‘rar onasi hayron.

     

    — Oyijonim, mix bilan

    O‘ynaymiz bekinmachoq.

    Hech kim topolmasin deb

    Yashirdim uni shu choq.

     

    Faqatgina do‘ppisi

    Ko‘rinib qoldi, netay?

    — Yo‘qolib qolmayin deb

    Do‘ppi kiygan u

    ...
  • Ijodkor o‘zi kim?

    Ijodkor shaxsni boshqalardan qanday qilib ajrata olish haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov: “Haqiqiy ijodkor o‘z xalqining sodiq farzandi, sodiq posboni, sodiq xizmatkori... Boringki, sodiq quli bo‘lishi kerak”, – deydi.

    Ijodkorni quyidagi keltirilgan o‘ziga xos belgilari orqali ajrata olish mumkin ekan:

    1.  Boshqalardan ko‘proq narsa ko‘ra

    ...
  • Maktab hayoti

    O‘zim o‘qigan maktabga tez-tez borib turaman. Ustozlar, o‘quvchilar, darslar – barchasi qadrli va kishiga o‘zgacha xotiralarni eslatadi. Oxirgi paytlar ayniqsa, psixolog opa bilan ko‘p suhbatlashadigan bo‘lib qoldim. Bolalar olamiga qiziqqanim bois ularning ruhiyatidagi holatlar meni o‘ziga jalb etdi. Ya­qinda ko‘rishganimizda 4-sinfda o‘qiydigan qizaloq haqida gapirib qoldilar. Suhbatni

    ...
  • “El-yurt umidi” – sening umiding

    Maktab, kasb-hunar kolleji, akademik litseyni tamomlash arafasida turgan, aziz muxlislar! Siz ayni paytda “Qaysi universitetga topshirsam ekan? Qay biri menga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?” degan o‘ydasiz. Albatta yurtimiz oliygohlarida o‘qish rejasi bor. Ayrimlaringiz esa nufuzli chet el universitetlarida bilim olish, malaka oshirishdek katta marralarni ko‘zlagansiz.Biroq

    ...
  • Qora go‘zallik

    Tarix davomida yuz minglab kitoblar dunyoning har bir mamlakatida nashr etilgan, ammo sanoqlisigina bir necha million nusxada sotilishga muvaffaq bo‘ldi. “Tarixda eng ko‘p sotilgan 100 ta kitob” ro‘yxatida Charlz Dikkensning “Ikki shahar haqidagi ertak”, Jon Ronald Ruyel Tolkinning “Uzuklar hukmdori” va Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari dastlabki o‘rinlarni

    ...
  • Dunyo loyihalari ichida a’losi

    Bir necha oy avval Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Zayed barqarorlik mukofoti” loyihasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari — Pahlavon G‘ulomov, Saidaziz Abdujalilovlar qatnashdi. Loyihada ishtirok etish uchun 5 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Ular orasidan final bosqichiga chiqqan 33 ta ariza ichida Saidaziz va Pahlavonlarning ishlanmalari ham bor

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    –   Mana bu vitaminlarni ichib olsang, katta bola bo‘lasan, – dedi onasi besh yoshli o‘g‘liga.

    –   Sizdan ham baland bo‘lamanmi? – dedi o‘g‘li.

    –   Ha, vaqtida ichib yursang, balki mendan ham baland bo‘larsan, – dedi onasi.

    –   O‘shanda mana bu baland javonning tepasidagi berkitib qo‘ygan shokoladlaringizni olishga ham bo‘yim

    ...
  • Navoiy bobomiz

    So‘z mulkining sultoni

    Navoiy bobomiz bor.

    Hazratning xazinasi

    Besh asrki bizga yor.

     

    She’r, g‘azal, hikmatlari

    Jo bo‘lgan dilimizga.

    Mashhur “Xamsa” asari

    Besh doston tilimizda.

     

    Hikmatlar mag‘zin chaqsak,

    Ma’nolarga to‘lamiz.

    Bebaho xazinaning

    Merosxo‘ri

    ...
  • Omad sari yo‘l

    Ilyosbek  mashg‘u­lot­ga kelganida zal hali jim-jit, ustozidan bosh­­qa hech kim yo‘q edi. U ki­yim­larini al­mash­tirib, tanani qizdirish  mashq­larini bajara  bosh­ladi. Yon daf­tar­chasiga tikilib o‘tirgan Hu­mo­yun aka Il­­yos­bekning yengil harakatlarini kuzatdi. Chap qo‘­li­ni biroz sust

    ...
  • Rag‘batda “Qashqadaryo tajribasi”

    Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati “Ittifoq” sardoriman. Yaqinda viloyatimizda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lishini eshitib, unda ishtirok etishga qaror qildim. Uchrashuvda viloyat hokimi  yoshlardan taklif va muammolari haqida so‘radilar. Men avvaldan o‘ylab yurganim – eng iqtidorli va namunali maktab o‘quvchilariga “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni joriy etish

    ...
  • Qiziqarli matematika

    ***

    Bolalar har bir stolga beshtadan bo‘­lib o‘tirishsa, bitta stol ortib qoladi. Agar har bir stolga uchtadan bo‘lib o‘tirishsa, uchta bolaga bitta stol yetmaydi. Bolalar va stollar sonini toping.

     

    ***

    Pazandalik kas­biga tayyorlash kurs­i­da har sakkizta qizga bitta o‘gil bola to‘g‘ri keladi. Jami

    ...
  • Nima uchun qora mushukdan qo‘rqamiz?

    Nogoh qora mushuk yo‘lingizni kesib o‘tsa, xayolingizga bu biror bir musibat alomati emasmikan, degan o‘y keladi. Albatta, yo‘lni boshqa tarafga burish mumkin, biroq mushuk bilan uchrashuvdan yoqimsiz his qoladi. Afsuski, ko‘pchilik bu kabi irimlarga hamon ishonadi. Odamlar uyda qora mushuk boqishlari mumkin, biroq uni ko‘chada ko‘rib qolsalar yuraklari taka-puka bo‘lib ketadi. Bunday fikr

    ...
  • Kitoblar va adiblar

    * “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asarida hayvonlar so‘zlashgani uchun bu kitobni o‘qish Xitoyda ta’qiqlab qo‘yilgan.

    * “Gulliverning sayohatlari” kitobida Mars tabiiy yo‘ldoshlarining o‘lchami va aylanish tezligi astronomlar kashfiyotidan yuz yil burun aytilgan edi.

    * “Robinzon Kruzo” asari ilk ingliz romani hisoblanadi.

    * Qur’oni Karim ko‘plab ilmiy va tarixiy

    ...
  • Hamidulla Akbarov

    Filologiya fanlari doktori, professor, kinoshunos olim Hamidulla Akbarov 1936-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning  filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida, keyinchalik  Moskva San’at instituti aspiranturasida tahsil olgan.

    Hamidulla Akbarov o‘zbek kine­matografiya sohasidagi ilmiy-pedagogik izlanishlari davomida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.