Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2024-yil 4-son

  • Qodiriyni o‘qib

    Yillar o‘tib borsa-da, hamon

    Qo‘msab-qo‘msab o‘qiymiz sizni.

    Siz bamisli zangori osmon,

    Biz qo‘msaymiz osmonimizni.

    Chaqir toshli tungi yo‘llardan

    Otda yelib o‘tamiz birga,

    Aylantirib Kumushning oddiy

    So‘zlarini bokira she’rga.

    Yana ortga qaytamiz keyin,

    Kelajakka boqamiz maftun.

    Nimadandir ichikib,

    ...
  • Tabiatning chin farzandi

    Bu yilgi bahor biroz kechikkan bo‘lsa-da,  nam va sovuq havo, sharros yomg‘irlari bilan atrofni yashillikka burkadi. Mart oyida barq urib, birin-ketin ochiladigan bahoriy gullar sovuqning zahridan cho‘chibmi, ko‘klamning ostonasida ikkilanib kutib qolishdi. Saxiy quyoshning bir mo‘ralab boqishi ularning ildiziga iliqlik bag‘ishladi. Ular  bir xatlab, ona zamin bag‘ridan bosh

    ...
  • 9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun

    Sohibqiron Amir Temur – tarixda juda katta nom qoldirgan buyuk sarkarda, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining  bosh bo‘g‘ini.

    Quyida Sohibqiron haqida dunyo olimlarining eng sara fikrlarini sizga  taqdim etamiz. 

     

    ***

    JASUR SHAXS

    Amir Temur yoshligidayoq aqlining

    ...
  • Nayrangboz

    Karim dorboz bir oz olashovur, dag‘alroq o‘yinchi edi. U simdorda o‘ynar, pala-partish ko‘z bog‘log‘ichlik, nayrangbozlik qilar edi. Keyin do‘ppimi, patnismi tutib, g‘ij-g‘ij tomoshabinlardan pul yig‘ib olishar edi.

    Bezgakdan yangi turgan edim. Karim dorboz (shu kun Toshpo‘lat dorboz yo‘q edi) simdor o‘yinidan so‘ng nayrang ko‘rsata boshladi. U avval bir necha butilka-shishalarni

    ...
  • Barhayot shoir

    Muhammad Yusuf qo‘shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o‘xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.

    Muhammadning she’rlari bir qarashda juda sodda, jo‘n yozilganga o‘xshab tuyuladi. Ammo unga o‘xshatib yozib ko‘ring-chi? Qo‘lingizdan kelmaydi! Uning oson yoziladiganga o‘xshab ko‘ringan misralari

    ...
  • Shukr qil

    Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,

    Ko‘zing yorug‘ dunyoni ko‘rganiga shukur qil.

    Shivirlagan maysalar gilam bo‘ldi yo‘lingga,

    Oqar suvlar uyingga kelganiga shukr qil.

     

    Boshin egib daraxtlar, yuz ming noz-u ne’matlar,

    Dasturxonni to‘ldirib turganiga shukr qil.

    Bahor bilan qo‘shilib, darvozangga urilib,

    Ayvoningga

    ...
  • Tongda yoshligimni elchi yubordim

    Oltmish yil, umrimning chorrahasida,

    O‘zini unutib yig‘layotgan qiz.

    Sehrli olamning hur nafasida,

    Sening nigohingni ko‘raman yolg‘iz.

     

    Oltmish yil, otilib ketgan lahzalar,

    Bahorning gullagan peshonasida.

    Quyoshni orziqib kutdim har sahar,

    Sog‘inchim sel bo‘lgan ostonasida.

     

    Oltmish yil, azobga

    ...
  • Ertak

    Kichkinalik paytimni

    Xotirlayman men doim:

    Ertak aytib berardi

    Otam kulib muloyim.

    Tushunmasam ham garchand,

    Bo‘lmasa-da so‘z yangi –

    Jim eshitib yotardim,

    Sehrlardi ohangi!

    O‘quvchiman hozir men,

    To‘ldim naq sakkiz yoshga.

    Aqlim yetar ertakning

    Ma’nosini anglashga.

    Lekin endi

    ...
  • Va’da

    Chet tilidan har darsda

    Bo‘ladi g‘oyib —

    Qo‘yish lozim Sobirni

    Jiddiyroq koyib.

    Butun sinf hujumga

    O‘tgach, amalda,

    Taslim bo‘ldi aybdor —

    Qoldi qamalda.

    Qilmishiga pushaymon,

    Boqdi mo‘ltirab: —

    Chet tilidan qochmayman

    Men endi sira!

    Va’dasini buzmaydi

    O‘shandan buyon:

    ...Hozir

    ...
  • Men so‘z berdim o‘zimga

    Men so‘z berdim o‘zimga,

    Endi quloq solmayman.

    Mayli, ukam ranjisin,

    Tarafini olmayman.

    Bo‘lsa noshud va anqov

    Kaltak yesin, pand yesin —

    Tushmayman men o‘rtaga,

    Kim nima desa desin.

    Yanglishdim bir-ikki gal

    Uning yonini olib.

    Endi sal ranj uchun ham

    Meni izlar dod solib.

    Mustaqil zarb

    ...
  • Ahmad al-Farg‘oniy

    (boshi otgan sonda)

    ...To‘zon sardobalar ko‘zini berkitgan, endi yo‘lda sardoba chiqib qo­lar, degan xayolga borish ham befoyda. Tunda karvon to‘dasi jamlanib dam ola boshladi. Negadir Ahmadning uyqusi kelmadi. Uni osmondagi yulduzlar g‘ujg‘on o‘ynab sehriga tortaverdi. Olis-olislardan qushlar “Somon yo‘li” bo‘ylab qibla tomon

    ...
  • Ko‘zgudagi tarbiya

    Biz bolalar har doim ham ustozlarimizning “Ahil-inoq bo‘linglar” degan nasihatlariga quloq solavermaymiz. Shuning uchun gohida o‘zaro tortishamiz, bir-birimizning ko‘nglimizni behudaga ranjitib qo‘yamiz.

    Kunlarning birida sinfdosh dugonam  bilan bahslashib  qoldik. Ikkimiz birpasda  arazlashib, boshqa-boshqa partalarga o‘tirib oldik. Shu topda qo‘ng‘iroq chalinib sinfga

    ...
  • Be’g‘ubor odam edi

    Universitetni tamomlab viloyat radiosida muxbir vazifasida  ishlay boshlaganimga bir oy bo‘lganida bosh muharririmiz Abdulla Sobirov Xonqa tumanida yashovchi taniqli kulol Rahimberdi Matjonov haqida ovozli eshittirish tayyorlash yuzasidan topshiriq berdi. “Madir” qishlog‘iga borib hunarmand bilan miriqib suhbatlashdim. Otaxon tabiatan odamoxun kishi ekan, kulolchilik san’atining tarixi,

    ...
  • Maqsadlari ulkan bolalar

    Yaqinda Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi kommunikatsiyalar boshqarmasi  o‘zbekistonlik bir qator media soha jurnalistlari hamda OAV vakillari uchun Qahramonmarash, Adiyaman va Malatya viloyatlariga press-tur uyushtirdi. Turkiyalik mas’ullar hamrohligida hamkasblarimiz bilan o‘tgan yili kuchli zilzilani boshidan kechirgan oddiy odamlar taqdiri bilan tanishdik. Yaqinlari,

    ...
  • Ustoz

    Ustoz-shogird desa, boqardim hayron,

    Bunda jo bo‘larkan buyuk ehtirom.

    Qandayin shogirdman, savollar bisyor,

    Ustoz, minnatdorman yillar o‘tsa ham.

     

    Mehringizdan asli yuksalib ijod,

    Poydevori so‘z-la qurildi chindan.

    Bergan ta’limingiz qalbda barhayot,

    Yutuqqa erishsam, bahosi sizdan.

     

    Derdingiz:

    ...
  • Ona

    Siz ila o‘tkazgan aziz onlarim

    Hayot sarlavhamda o‘yib yozilgan.

    Qalamdan to‘kilgan har bitta satrim

    Ko‘nglimda dard bo‘lib, qator tizilgan.

     

    Onajon... jon onam, qalbimning nuri,

    Sizsiz yuragimda armon urar jo‘sh.

    O‘tgan kunlarimning yo‘qdir sururi,

    Endi kulolmayman, hislarim bo‘m-bo‘sh.

     

    Hayot Ona

    ...
  • Bolalik

    Kapalak misoli har tomon uchgan,

    Cheksiz xayollarim ummoni o‘zing.

    Sokin tun bag‘rida yulduzga boqib,

    Oyni so‘roqlagan nigohim o‘zing.

     

    Bog‘larda yoqimli sayragan bulbul,

    Go‘yo so‘zlar edi qadim ertaklar.

    Shamolning kuyida tebranar edi,

    Anhorga soyabon qator teraklar.

     

    Bari yodimdadir –

    ...
  • Bahor

    Sharqirab suvlar,

    Isidi kunlar,

    Ochilib gullar,

    Bahoroy keldi.

     

    Yalpizlar o‘sib,

    Ko‘kka bo‘y cho‘zib,

    Qish yo‘lin to‘sib,

    Bahoroy keldi.

     

    Gullar bezanib,

    Daraxt yasanib,

    Shodlanar tanim,

    Bahoroy keldi.

     

    Azizbek JUMAYEV,

    Toshkent

    ...
  • Bizning to‘garak

    Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini nafaqat Farg‘onada, balki respublikamizda ham yaxshi bilishadi. Bu – fidoyi va jonkuyar ustozlar, bilimli va iqtidorli o‘quvchilar mehnati tufayli, albatta.  Endigina adabiyot, badiiyat olamiga kirib kelayotgan yosh ijodkorlarning mashqlari sizga manzur bo‘ladi, deb umid qilamiz. Ulardan kelgusida badiiy yuksak, yanada pishiq va mukammal asarlar

    ...
  • Qat’iy qaror

    Ixtiyor har doim darsga kech qoladi. Dars boshlanib o‘n-o‘n besh daqiqa o‘t­gach sinfga boshini egib: “Mumkinmi?” deb kirib keladi.

          Maroq bilan dars tingla­yotgan sinfdoshlari uning bu ishiga g‘ashlari kelib “uff” deb yuborishadi. So‘ng qovoqlarini uyib, birin-ketin jaxl bilan unga qarab: “Toshbaqa!”, “Toshbaqa!” deb qo‘yishadi. So‘ng u

    ...
  • She’riyat gultoji

    She’riyat gultoji bo‘lgan ulug‘ zot,

    Sizga havas ila boqar yosh avlod.

    Bo‘lsin mahliqolar sizga qo‘shqanot,

    Zulfiyaxonimni eslaylik bu kun!

     

    Sizga noma bitdim bugun saharda.

    Ilk novda ko‘z ochmish ushbu nahorda,

    Namuna bo‘ldingiz xulq-u odobda,

    Zulfiyaxonimni eslaylik bu kun!

     

    Qarang, izdoshlarning

    ...
  • Bag‘ring chaman

    O‘yingda Vatan,

    Niyating ulkan,

    Oshaver dovon,

    Bag‘ring bir chaman,

    Yashnayver, “Gulxan”!

     

    Yuzlaring zarhal,

    So‘zlaring teran,

    Sen – o‘chmas mash’al.

    Har doim yuksal,

    Yashnayver, “Gulxan”!

     

    Doim bo‘l ishchan,

    Qalbda yon gulxan!

    Quchoq ochamiz!

    Mushtoq

    ...
  • Yaponcha maqtash

    Yaponlarning yaxshi xislatlaridan biri – bolalarni bog‘cha yoshidan boshlab arzimagan ishi uchun  “O jozu” (Zo‘r uddalading), “Sugoi” (Qoyil) kabi so‘zlar bilan ruhlantirib katta qilish.

    Bir kuni yapon fuqarosiga kichik bir ishni o‘rgatgan edim, shunaqa maqtadiki, uyalib ketdim. “Buncha zo‘rsiz!”, “Qoyil!”, “Dahshat!”, “Juda aqlli ekansiz!” kabi so‘zlarni qalashtirib tashladi.

    ...
  • Yosh shifokor kundaligi

    Ba’zida atrofdagi insonlarga emas, allaqachon olamdan o‘tgan ijodkorlarga bog‘lanib qolamiz. Ular bilan asarlarini o‘qish jarayonida uchrashamiz, qahramonlarning hislarida ularning kechinmalarini anglaymiz. Tunlari kitobni quchib yotish asnosida muallif bilan uxlaymiz. Va kitobni sevish orqali aslida ijodkorni sevamiz.

    Mixail Bulgakov dunyo kitobxonlarining sevimli yozuvchisi,

    ...
  • Jamiyatning ilg‘or kishisi

    Jurnalist de­­ganda o‘z ishi­­­­­­ning mohir us­­­­ta­si, har qanday  va­­ziyatga xolis yondasha ola­digan, insonlarga yordam bera­digan, ado­latparvar, yan­­gi­liklarga intiluvchan, iz­lanishdan charchamaydigan, nutqi ravon, notiq, jamiyatning ilg‘or kishisi ko‘z oldimga keladi. O‘ylaymanki,  bu

    ...
  • 108 daqiqa

    Yulduzlarga yetib bo‘lmas­ligini har bir ahmoq biladi, ammo aqllilar ahmoqlarga e’ti­bor bermay, harakat qiladilar.

     

    (Garri Anderson)

     

    Buyuk kashfiyotlar yaratilishi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealar sodir bo‘lishi uchun ba’zan uzoq vaqt talab etilmaydi. Hozir sizlarga bir soatdan ko‘proq,

    ...
  • O‘zgarishni o‘zingdan boshla

    Oilada ikki farzandmiz: opam va men. Ba’zan bolalik xotiralarimni eslasam, opam ko‘z o‘ngimda gavdalanadi. Biz doim birga o‘ynardik va hech kimga bir-birimizni xafa qildirib qo‘ymasdik. Biroq, barcha opa-singillar kabi bizda ham kelishmovchilik bo‘lib turardi. Ayniqsa, uy yumushlarini bajarishga kelganda doim janjal chiqardi. Shu sababdan ham onam uydagi barcha yumushlarga ikkimizni birdek

    ...
  • Havosiz qancha yashaymiz?

    Havosiz yashashni ta­sav­­vur qila olasizmi? Biz uni ko‘rmaymiz, lekin mavjudligini har lahzada his qilamiz,  nafas olamiz! Shu ko‘rinmas havo bizga eng aziz ne’mat – tiriklikni beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson oziq-ovqatsiz uch haftagacha (ba’zilar hatto ikki oygacha), suvsiz uch-to‘rt kungacha yashashi mumkin. Ammo, havosiz atigi 3 daqiqa yashay oladi,

    ...
  • Kim yurtiga sodiq bo‘lsa…

    Uka yoki singlingizga kimdir qattiq gapirsa, jahlingiz chiqishi aniq. Ha, chunki siz oilangiz posboni, qo‘rg‘onisiz. Yaqinlaringizga ozor yetsa, chiday olmaysiz. Bu sizdagi vatanparvarlik sifati, albatta.

    Aynan “Shon-sharaf” muzeyida O‘z­bekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Jangovar harakatlar va qurolli mojarolar nogiron faxriylari” jamoat birlashmasi, “G‘a­laba” bog‘i

    ...
  • Gullar – zabonsiz do‘stlar

    O‘tgan sonlarda “Qizlarjon” rukniga ko‘zim tushdi. Shu sahifadagi voqeadan ilhomlanib, men ham sizlarga maktub yozyapman.

     Ismim Gulchiroy, lekin meni ko‘plar “Gulchi” deb chaqirishadi. Nega deysizmi?!

    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchim Nasiba opadan gul parvarishlashni o‘rganganman. Ular xonaki, ko‘cha gullari haqida ko‘p ma’lumotlarni biladilar. Sinf xonamizda ellikka yaqin

    ...
  • 1-aprel – Xalqaro kulgi kuni

    ***

    O‘qituvchi jahl bilan o‘quvchidan so‘radi.

    – Nima uchun uy vazifalaringni dadang bajarib beradi?

    –    Chunki oyimning vaqtlari yo‘q-da!

    –    Borib dadangga ayt, senga boshqa qarashmasin. Bo‘lmasa, seni sinfdan qoldiraman.

    –    Dadam ham endi qarashmaydilar. Kechagi uy vazifamga “2”

    ...
  • Ustoz adib asarlari kriptogrammasi

    krossvord_ustoz_adib.JPG

    KRIPTOGRAMMA. Aziz muxlis! Shakldagi raqamlarda atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy yozib qoldirgan nasriy va sahna asarlarining nomlari yashiringan. Ularni quyidagi kalit so‘zlari javoblari orqali hal etish bilan bilib oling.

     Kalit so‘zlar: 1. Bo‘lg‘usi

    ...
  • Axtamquli

    1964-yil 20-mart kuni Surxon­daryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Shotiro‘d qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘z­be­kiston Milliy universiteti qo­shi­­dagi Oliy adabiyot  kursida  tah­­­­­­sil olgan. Mehnat faoliyati da­vo­mida “Tong yulduzi” gazetasida mu­­harrir (2007-2008-yillarda), 2008-2023-yillarda bo‘lim muharriri

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.