Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iste’dod – millat mulki

  • Vodiy nasimlari

    “Yosh tarjimon” – “Young translator” tanlovimizning g‘oliblaridan biri Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dinora Qurbonaliyeva. G‘olibimizga tanlov sovrinini topshirishda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Orifjon aka Dehqonov menga hamroh bo‘ldi. Maktab darvozasi oldiga yetib kelishimiz bilan viloyat teleradiokompaniyasi operatori tasvirga olishni boshlab

    ...
  • Yutuqlar kaliti

    Jurnalimizda e’lon qilingan “Yosh tarjimon” tanlovi sovrindori Durdona Xudoyberganova Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi. G‘olibni taqdirlash uchun Bo‘kaga yo‘l oldik.

    – 7-maktab tumanimizning eng chekkasida Tojikiston bilan chegaradosh O‘rtatepa qishlog‘ida joylashgan. Maktab kichkina, lekin yutuqlari katta. “Zamonaviy ta’lim samaradorligiga erishgan ta’lim

    ...
  • Madinaning marralari

    Agar o‘quvchilardan qaysi fanga ko‘proq qiziqasan, deb so‘ralsa aksariyat o‘g‘il bolalar jismoniy tarbiya yoki matematika, qizlar esa adabiyot fani, deydi. Tengdoshingiz Madina biologiya fanini yaxshi ko‘rar ekan. Tuproqda unayotgan har bir giyoh, niholning mo‘jizasi va turfa xilligiga bo‘lgan qiziqish uning izlanishlar olib borishiga turtki bo‘ldi. O‘smir qiz ilmiy ixtirolari bilan iqtidorli

    ...
  • Sehrli barmoqlar

    Asilaning oyisi Dilfuza opa bolalar bog‘chasida musiqa o‘qituvchisi. U har bayramda kichkintoylarga qo‘shiq va raqslar o‘rgatadi. Asila oyisi har gal pianino chalganda barmoqlarining sehrli harakatlariga mahliyo bo‘lib, kuy tugaganini sezmay qolardi. Jajji qo‘lchalari bilan pianinoni ushlab oyisi kabi quvnoq musiqalar chalishni juda-juda istardi. Maktabga borgach, eng yaxshi ko‘rgan darsi

    ...
  • Intizomning do‘sti

    Sport o‘z nomi bilan intizomli, irodali, shijoatlilar do‘sti. U chidamni charxlaydi, sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishimizni ta’minlaydi. Ammo ba’zan jarohatlar, kutilmagan zarbalar sog‘lig‘imizga aks ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Sharq yakkakurashlari orasida Penchak silat nomli sport turi borki, u bilan shug‘ullanuvchilar xavfli jarohatlar olmaydi, sog‘lig‘ini xatarga qo‘ymaydi. Sababi,

    ...
  • Qatimlari tillodan

    Mehrimni qoʻshib tikdim

    Madaniy merosimiz boʻlgan xalq amaliy sanʼati uzoq oʻtmishga, betakror anʼanalariga ega. Zardoʻzlik ham ana shunday qadimiy sanʼat turlaridan biri hisoblanadi. Buxoro XVI asrda zardoʻzlik markaziga aylangan. Sababi, barcha zarur xom ashyolar shu yerning oʻzida tayyorlangan. Tilla suvi yuritilgan iplar, zar tikiladigan matolar, toʻqilgan

    ...
  • Dutor bilan dillashib

    Rivoyat qilishlaricha, dutorni birinchi boʻlib Qambar bobo ismli mashhur ovchi va musiqachi tut daraxti boʻlagidan yasagan ekan. Dastlab uchta dutor yasab, ularni chalib koʻrgan. Har biri turfa ovoz chiqarganidan hayratlangan. Ulardan biri barglarning shivirlashiga oʻxshash yengil ohang taratgan boʻlsa, boshqasi togʻ aks-sadosi singari yangragan, uchinchisi esa suvning jildirashi kabi ovoz

    ...
  • Navbahorlik chempion

    – Esimdan chiqmaydi. Bir kuni maktabdan kelsam, xonamda karatechilar kiyimi turibdi. Sevinib ketdim. Otamdan minnatdor boʻldim. Ularni karate bilan shugʻullanishga qanday koʻndiraman, deb oʻylab yurardim. Bu esa roziliklarining belgisi edi. Ertasigayoq maktabda ochilgan karate toʻgaragiga bordim,-deydi Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 9-maktabning 10-sinf oʻquvchisi, Osiyo chempioni

    ...
  • Mustaqil kashfiyot

    Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Boburjon Ortiqov oʻrtoqlariga mustaqil oʻrganib ham kashfiyot qilish mumkinligini isbotladi.

    Qanday qilib deysizmi? Bobur fizika, informatika darslariga juda qiziqadi. Atrofdagi fizik hodisalarni kuzatadi. Bilmaganlarini ustozi Shoista Dushaboyevadan soʻraydi. Televizorda tengdoshlari yaratayotgan aqlli mashinalar

    ...
  • Chustdan chiqqan champion

    Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi, boks boʻyicha 5 karra Oʻzbekiston chempioni, Oʻzbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” guruhining sobiq aʼzosi, hozirda professional ringda faoliyat yuritayotgan Murodjon Ahmadaliyev Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan.

    Murodjon bolalikdan bokschi boʻlishni orzu qilgan. Uning orzulariga mamlakatimizda

    ...
  • Bobomga munosib boʻlaman

    Jahongir Norboyev Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 18-maktabning 11-sinf oʻquvchisi. U boshlangʻich sinfda oʻqib yurgan kezlaridayoq matematika faniga qiziqar, oddiy misollardan tortib murakkab masala, mantiqiy amallar, kasr, mahraj, surat kabi atamalar mazmun-mohiyatini ustozlaridan chuqurroq oʻrganishga intilardi. Kasbi matematika oʻqituvchisi boʻlgan Joʻrabek aka oʻgʻlining aqlini

    ...
  • Chempion qiz

    Mashgʻulotdan charchab qaytayotgan Durdonani kimdir orqasidan ismini aytib chaqirdi. Oʻgirilib, roʻparasida oʻziga havas bilan qarab turgan 8-9 yoshli qizaloqni koʻrdi.

    – Opa, siz chempionmisiz?

    – Kim aytdi? – jilmaydi Durdona.

    – Televizorda koʻrdim. Kikboksingchi, chempion, deyishdi. Menga ham chempionlikni oʻrgating, – astoydil yalindi qizaloq.

    – Asalim,

    ...
  • Nafis sanʼat zahmati

    – Buvim qoʻli gul kashtachi edilar. Birinchi bor qoʻlimga igna olib, qiyqim matolardan qoʻgʻirchogʻimga koʻylakcha tikkanman. Bu ishimni kuzatib turgan buvim: – buni oʻzing tikdingmi? Buncha chiroyli boʻlmasa, oʻzim oʻrgilay chevar nabiramdan, – deya peshonamdan oʻpib qoʻygan. Buvim zargarlikdan ham yaxshigina xabardor edilar. Bir kuni qarasam mayda, rangdor toshchalardan bilakuzukka

    ...
  • Toʻmaris nabirasi

    Shahnoza juda chaqqon, serharakat qiz. Gʻayrati ichiga sigʻmaydi. Qizidagi bu fazilatni sezgan onasi uni 2015-yilda qilichbozlik majmuasiga olib bordi. Sportning bu turi Shahnozaga oʻzbek jang sanʼati, basketbol, voleybol oʻyinlarida shugʻullangan chogʻlarida his qilolmagan zavqni berdi. Shahnoza qilichbozlikni oʻzlashtirishga qatʼiy ahd qildi. Uni sportdan koʻra koʻproq goʻzal sanʼat,

    ...
  • Boʻyoqlar yaratgan goʻzallik

    Jurnalimizning elektron manziliga Asalxon Baxtiyorovaning ijodiy ishlarini yuborgan Baxtiyor bobo nabirasining tasviriy sanʼatga anchadan buyon qiziqishi haqida toʻlqinlanib yozibdilar. Asalxon Qarshi shahridagi 1-IDUMning 8-sinfiga oʻtibdi. Biz Asalxon chizgan rasmlarni koʻzdan kechirar ekanmiz uning oʻz ustida tinimsiz izlanib, tasviriy sanʼatga doir qoʻllanmalarni oʻqib-oʻrganganiga guvoh

    ...
  • Ustoz oʻgiti – omad kaliti

    Qahramonimiz Mohinur Rahmonova 2004-yilning 7-avgustida Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi Pahlavon Mahmud mahallasida tugʻilgan. U hozir tumandagi 6-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi.

    Sergʻayrat qiz bolaligidan sport bilan doʻst tutindi. Maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Gulyor Rahmonovadan belbogʻli kurash sir-asrorlarini oʻrganishga kirishdi.

    Ustozining

    ...
  • Saidbekning yutuqlari

    36 yildan buyon boshlangʻich sinflarga dars beraman. Har gal birinchi sinfni qabul qilib olganimda avvalgilarga oʻxshamagan isteʼdodlarni kashf qilaman. Saidbek Rumxonov ham mening yangi topilmam. U oʻqishga kelgan dastlabki kunlaridanoq sersavolligi, har bir mavzuni sinchiklab soʻrashi, soʻz boyligining koʻpligi bilan eʼtiborimni tortdi. Buning sababini oilasi bilan tanishgach bilib

    ...
  • Opa-singil sportchilar

    – Onajon, Zarina opamga oʻxshab chaqqon boʻlgim keladi, biroq uddalay olmayapman. Nima qilsam ekan?! – dedi Mohira maktabdan qaytgach. – Hali jismoniy tarbiya oʻqituvchisi opamni maqtadi.

    – Dadang kelsin, gaplashamiz, – qizini bagʻriga oldi, Manzura opa. Kechki ovqat paytida Manzura opa Mohiraning gapini Rahmatilla akaga yetkazdi.

    – Boʻldi, buning chorasini topamiz, – jilmaydi

    ...
  • Ragʻbatdan yuksalgan isteʼdod

    Siz oʻquvchilik chogʻidayoq Xalqaro grossmeyster darajasini olgan isteʼdodli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni yaxshi taniysiz. Uning yutuqlaridan xabardorsiz, unga havas qilasiz. Yaqinda yana bir yosh shaxmatchimiz ana shu nufuzli darajaga sazovor boʻldi. Eng qizigʻi, uning ham ismi Nodirbek!

    Nodirbek Yoqubboyev – Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidan. Aslida, xorazmliklar alloma

    ...
  • Kamolotga yetaklagan ishtiyoq

    – Ibi Asaljon, man guzarga chiqib keldim ohi, san haliyam shu yerga qimirlamay oʻtiribsanmi? – anchadan buyon televizorga tikilib oʻtirgan nabirasining yelkasidan turtdi buvisi. – Shu oʻrischa musiqa sanga yoqoptimi, bacham?! – hayratlandi buvisi gapiga åʼtibor ham bermay kuy ohangida tebranayotgan qizalogʻiga.

    – Judayam yoqopti, bibijon. Men ham shu qizga oʻxshab skripka chalishni

    ...
  • Yoshlik – istaklar ummoni

    Akrobatika yunoncha akrobatik – oyoq uchida yuraman, yuqoriga chiqaman degan maʼnoni anglatadi. U sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlagan holda sakrab bajariladigan, kuch va epchillik namoyish qilinadigan sport turidir. Akrobatikada harakatlar aylanish, umbaloq oshish va salto orqali amalga oshiriladi.

    Nigina ham akrobatikaning haqiqiy

    ...
  • Yosh dasturchi

    Izzatilla Otajonov sinf rahbari Marhabo opa Qurbonovaning oʻng qoʻli. Marhabo opa juda kuyinchak rahbar. Har bir oʻquvchisining uyiga borib sharoiti bilan tanishadi, ota-onalar bilan suhbatlashadi. Ularga qaysi jihatdan koʻproq eʼtibor berish kerakligini maslahatlashadi. Ana shu hamkorlik tufayli u Izzatillaning ham nimalarga qiziqishini yaxshi bilib oldi. Izzatilla oilada toʻngʻich farzand

    ...
  • Sokinlik bagʻridagi tugʻyonlar

    Aziza 1-sinfda oʻqib yurganidayoq Alisher Navoiyning rasmiga qarab oʻxshatib chiza boshladi. Nabirasidagi qobiliyatni koʻrgan Anifa opa Toshkent tumanidagi 32-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga olib bordi. Unga ustozlik qilishni zimmasiga olgan Munisa Turgʻunova yaxshi rassom boʻlish uchun mehnatdan qochmaslik, tartib-intizomga rioya qilish zarurligini tushuntirdi. Aziza sanʼat

    ...
  • Qoʻshqanotlar parvozi

    Aziz bolalar! Ushbu suratlardagi tengdoshlaringiz – aka-uka Jahongir va Shohjahon Azimjonovlar sportning Pencak Silat turi boʻyicha uch karra Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kubogi gʻolibi. Suhbat jarayonida Jahongirdan nima uchun aynan shu sport turini tanlagani, uning qiziqishlari haqida soʻradim.

    Sinfdoshim Sarvar Abdullayev sport mashgʻulotlariga muntazam qatnar edi.

    ...
  • Ixtirochi bolalar

    Mamlakatimizda ilm-fan, yoshlarning ilmiy izlanishlari, yaratuvchanligi, tashabbus va tadbirkorligiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ular yaratgan yangilik va izlanishlar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shunga javoban yoshlar orasida tinmay izlanayotgan, Vatanimiz yuksalishi yoʻlida bor kuchi, bilimi bilan harakat qilayotgan ixtirochi bolalar, katta yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan oʻquvchi, talabalar

    ...
  • Ichonch bergan kuch

    Zarnigor Doniyorova maktabimizning 5-sinfini tugatdi. Hammamiz uni nafaqat aʼlochi oʻquvchi, balki sportchi qiz sifatida ham yaxshi taniymiz, unga havas qilamiz. Qarashlari tiyrak, qaddi – qomati kelishgan, nozik tabiatli qiz Zarnigor koʻpdan buyon badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi. Murabbiy Lutsiya Yarulinaning suyukli, qobiliyatli shogirdi. U tuman, viloyat, hatto respublika

    ...
  • Bobolarga munosib

    Mantiqiy tafakkurga tayanib

    Yurtimizda kechayotgan oʻzgarishlarni, yangiliklarni kuzatib borayotgan boʻlsangiz, bu xushxabar sizning qulogʻingizga chalingan boʻlsa ehtimol. Keyingi yillarda mamlakatimizda tabiiy fanlarga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Buni matematika, fizika va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro fan olimpiadalarining quvonchli yakunidan

    ...
  • Mumtoz sheʼriyat shaydosi

    Nemis yozuvchisi Tomas Mann “Vaqt aqlli, yetuk va mukammal boʻlib yetishishimiz uchun bizga inʼom etilgan qimmatbaho sovgʻadir,” degan edi. Haqiqatdan, vaqt soʻzining zamirida cheksiz imkoniyatlar, orom nimaligini bilmaydigan harakatlar mujassam. Ammo, bu imkoniyatlardan har biringiz turlicha foydalanasiz.

    Bugungi lavhamiz qahramoni – Dilbarxon Ahmadova vaqtdan qanday

    ...
  • Shabada elektr stansiyasi

    “Elektrotexnik ishlar” toʻgaragiga qatnashni boshlagan birinchi kunlarimdanoq butun xayolimni qayta tiklanuvchan muqobil elektr toʻk manbalari va ulardan amaliyotda foydalanish masalasi aylanardi. Chunki har yili erta bahordan to kech kuzgacha oila aʼzolarimiz bilan birgalikda dalada chayla qurib yashaymiz, u yerda esa har doim ham elektr toki boʻlavermaydi. Bu ham kamlik qilgandek, baʼzida

    ...
  • Sinovlarda sinalgan sabr

    Aziz oʻquvchilar! Siz har bir kuningiz samarali oʻtishini nazorat qila olasizmi?! Qimmatli vaqtingizni behuda ishlarga sarflamay, foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga harakat qilasizmi?! Bu savollarga koʻpchiligingiz javob berishga qiynalishingiz tabiiy. Sababi, oʻquvchilarning aksariyati bebaho vaqtini nimalarga sarf qilayotganiga umuman ahamiyat

    ...
  • Oqlangan ishonch

    Sizga Muhammadali Rahimov nomi tanishmi? Nahotki, eshitmagan boʻlsangiz! Axir, sportning erkin kurash turi boʻyicha dovrugʻ qozongan oʻquvchi, 9-”B” sinfdan chiqqan chempion-ku!

    – Polvonlik Muhammadalining qonida bor. Otasi Saidakbar ham Sariosiyoning dovrugʻli polvoni boʻlgan, – deydi Muhammadalining sinf rahbari Inobat opa Hamroyeva, – Muhammadali

    ...
  • Uyqusiz tunlar, telefonsiz kunlar mukofoti

    Mana besh yildirki, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan o‘quv­chi yoshlar o‘rtasida o‘tka­zilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovida shu kungacha respublika bo‘yicha 3 milliondan ortiq kitobxon ishtirok etdi. Ulardan  bolalar va o‘smirlar  toifasidan 154 nafar o‘quvchi viloyat bosqichlariga,  42 nafar kitobxon esa poytaxtda o‘tkazilgan final bellashuvlariga yetib

    ...
  • Umidlari ummon Umida

    1-3-may kunlari Gret­si­ya­ning Rodos shah­rida shaxmatning “rapid” va “blits” yo‘nalishlarida o‘s­­mir­lar o‘rtasida ja­hon chempionati bo‘lib o‘tdi. Un­da Xal­qaro shax­mat akademiyasi o‘quvchisi Umida Omonova har ikkala tur bo‘yicha g‘olib bo‘lib, “Jahon chempioni” degan sharafli nomga ega bo‘ldi. 40 ta mamlakatdan kelgan 330 nafar sportchi

    ...
  • Kimyo – qiyin emas, qiziq fan

    Sizningcha, dunyodagi e-e-ng qiyin fan qaysi? Matematika deysizmi? Balki, fizikadir? Kim uchundir esa kimyodan qiyin fan yo‘q. Sahifamizning bugungi mehmoni Shahzoda Hakimova hozirda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida o‘qiydi. Bu degani, Shahzoda har kuni matematika, fizika, kimyo bo‘yicha o‘nlab, yuzlab masalalar ishlaydi. E-h-h, o‘zini qiynab nima

    ...
  • Talaba ustoz

    “Hunarni asrabon  netgumdir oxir, Olib tufroqqami ketgumdir, oxir”. Mutafakkir bobomiz Аlisher Navoiyning ushbu hikmati Toshkent Pediatriya instituti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mohira Boltayevaning hayotiy shioriga aylangan. Talaba qiz bugungi kunda Olmazor tumanidagi Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan

    ...
  • Vobkentning ixtirochi bolasi

    9-sinf o‘quvchilari! Ayting-chi! Siz bu davrgacha nimalarga erishdingiz? Ilm-fan, san’at, madaniyat, sport yo‘nalishida qanday yutuqlarni qo‘lga kiritdingiz? Menimcha, talaygina bo‘lsa kerak. Unda yaxshi. Aynan sizning auditoriyangizni tilga olishimning boisi, Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi tengdoshingiz Shahzod Erkinov barmoq bilan o‘t oldirsa bo‘ladigan elektrokar yaratdi. Endi uning

    ...
  • Singlimning siri

    Odina  ABDUMO‘MINOVA 2000-yil 21-avgustda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Bolalar adabiyoti yo‘nalishida ijod qiladi. She’rlari “Sirdaryo g‘unchalari” (2016), “Quvnoq bolalar” (2018), “Boyovut g‘unchalari” (2019), “Suyunchi” (2023), “Parvoz” (2023) nomli yoshlar bayozlaridan o‘rin olgan. 2020-yilda Respublika Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil

    ...
  • Bebosh timsohcha

    Timsohcha arz ayladi,

    Betoqat bo‘lib bir kun.

    Baqirgancha der: Oyi,

    Gaplarim tinglang bir zum.

     

    Qanotsiz tug‘ildim-ku,

    Nega men ucholmayman?

    Qushlarga o‘xshab men ham,

    Osmonni qucholmayman?

     

    Yurganimiz botqoqlik,

    Kezamiz nuqul loyda.

    Jonga tegdi bu yerlar,

    Yashamoqchiman

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.