Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mashhurlar bolaligi

  • Bolalikning oydin xayollari

    Bahor fasli haqida gap borganda she’r, she’riyat yodga tushadi. O‘lkamizda bahor O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kundan boshlanadi. Buni qarangki, xalqimizning yana bir zabardast ijodkori, Zulfiyaxonimning suyukli, iste’dodli shogirdi, O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva ham avji bahor pallasida tug‘ilgan. Shu boisdanmi Oydin opa ijodining anchagina

    ...
  • Oyni ko‘zlagan bola

    Berdaq, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Oyimxon Shomurotova, Otajon Xudoyshukurov... Qoraqalpoq zamini azaldan betakror iste’dodlar vatani bo‘lib kelgan.

    Oqqan daryo oqaveradi, deydi xalqimiz. Ushbu mashhur san’atkorlar ro‘yxati yoniga yana bir yosh iste’dod nomi qo‘shildi. U bugun dunyo opera san’ati osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlayotgan Jenisbek

    ...
  • Eng yaxshi do‘st

    Sevimli nashringiz – “Gulxan” jurnali yillar davomida iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqarib kelmoqda. Hozir xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan O‘zbekiston xalq shoiri, “Fidokorana xizmatlari uchun” ordeni sohibi Iqbol Mirzo ham “Gulxan”ning ana shunday kashfiyotlaridan. Chunki bag‘dodlik o‘quvchi Iqboljon

    ...
  • Yillar ortidagi quvonch

    Iste’dodli san’atkor, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab nufuzli tadbirlar boshlovchisi Dilnoza KUBAYEVAni hammangiz yaxshi bilasiz. Uning nafaqat teatr sahnalarida, balki turli kinofilmlarda ijro etgan rang-barang rollarini ko‘rib ta’sirlangansiz, unga qo‘shilib goh

    ...
  • Ranglar ortidagi hayot

    O‘zbekiston xalq rassomi Akmal NUR(Nuriddinov) 1959-yil Namanganda tug‘ilgan. 1984-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. 1990-yildan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ijodkor uyushmasi a’zosi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

    Rassomning

    ...
  • Orzularidek ulug‘ shoir

    O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg va jamoat arbobi Erkin Vohidovni o‘zbek xalqining katta-yu kichigi juda yaxshi biladi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Erkin Vohidov garchi bugun jisman oramizda bo‘lmasa ham yaratgan barhayot asarlari tufayli

    ...
  • Ustoz – millat kelajagi

    O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, taniqli adabiyotshunos olim, “Do‘stlik” ordeni sohibi Omonulla Madayev mana qariyb 57 yildirki “muallim”,“murabbiy”, “ustoz” degan unvonni sharaf bilan oqlab kelmoqdalar. Omonulla ustoz nafaqat ibratli olim va pedagog, xalq og‘zaki ijodining chinakam fidoyisi, ya’ni folklorshunos olim. U kishi televideniyeda bolalar uchun mo‘ljallangan

    ...
  • Matonatdan yaralgan san’at

    Mashaqqatli yo‘l

    Buyuk kompozitor Ludvig Van Betxoven 1770-yil dekabr oyida Bonn shahrida dunyoga kelgan. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi bo‘lgan. Otasi Iogann Van Betxoven – saroy xonandasi (tenori) bo‘lib, ashula, musiqa nazariyasi va klavesin (fortopianoga o‘xshash qadimiy cholg‘u asbobi)dan dars berardi.

    Ludvigning oilasi kichikkina uyda

    ...
  • Mangulik madhiyasi

    Har tong bayram va tantanalarda davlatimiz madhiyasini eshitar ekansiz, so‘zi va musiqasining ajib bir sehri yuragingizni qamrab oladi. Qalbingiz orzu va umidlar sari oshiqadi... Ana shu madhiyamizning musiqa muallifi Mutal Burhonov ekanligi barchamizga ayon. “Maftuningman”, “Mahallada duv-duv gap” “Boy ila xizmatchi”, “Abu Ali ibn Sino”, “Istiqlol yo‘llari” kabi ko‘plab badiiy filmlar

    ...
  • Insonni ulug‘lagan ijodkor

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov yillar davomida o‘z ahamiyati va qadrini yo‘qotmay kelayotgan asarlar yaratgan adibdir. Orangizda uning asarlarini o‘qimagan, ulardan zavq olmagan o‘quvchi topilmasa kerak. Ijodkorning dardi ham, quvonchi ham yuragingizga yaqin. Tili sodda, ravon va samimiy... Shuning uchun bo‘lsa kerak bu yozuvchi asarlari qayta-qayta nashr qilinayotgan,

    ...
  • Orzular yo‘lidan

    Sho‘x-shodon bolaligi Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi Norin qishlog‘ida o‘tgan Bahodir ko‘zga tez tashlanuvchi, tirishqoq edi. U borliqqa mehr bilan boqib, atrofdagi har bir jonzotning harakatini zimdan kuzatar, qushlarning sayrashiga, ayniqsa, bedanalarning ovoziga butun vujudi bilan quloq tutardi. Maktabda ham faol va a’lochi o‘quvchi sanalgan. Turli bayram, badiiy kechalar

    ...
  • Qodiriyning so‘lmas bog‘i

    Hammaning bolalik va yoshlik yillari bor, lekin barcha ham bu bebaho damlarning qadriga yetavermaydi. Yoshlikni g‘animat bilib, uning shod-quvnoq, o‘yin-kulgiga boy beg‘ubor damlaridan kechib, ko‘p vaqtini o‘qish va ilm olishga bag‘ishlaganlargina ko‘zlagan maqsadlariga erishadi.

    O‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, asarlari jahonning o‘nlab tillariga tarjima

    ...
  • Navolarga baxshida umr

    Taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov kuyunchak rahbar sifatida nafaqat “Bulbulcha”ning, balki oynayi jahon orqali efirga uzatiladigan, millionlab bolalarning mehrini qozongan “Qo‘shig‘im, jon, qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuv muxlislarining ham fidoyi ustozi, butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan

    ...
  • Oqlangan ishonch

    O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Mirolim QILICHEV“Jasur”, “Umid”, “Uqubat” filmlaridagi bir-biridan ajoyib rollari bilan sizga yaxshi tanish. U 2014-yili “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan.

     

    Va’da

    1987-yil Buxoro viloyati Romitan tumani Chandir qishlog‘ida tug‘ilganman. Tumanimizdagi

    ...
  • Kuyla, Sanobar

    Har yili “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni nishonlash arafasida yurtimiz teleradiokanallari orqali dillarga huzur bag‘ishlab yangraydigan, bayram madhiyasiga aylanib qolgan “Ustozlar” qo‘shig‘ini hammamiz yaxshi bilamiz. Uning so‘zlari barchamizga yod bo‘lib ketgan. Qo‘shiq qachon yaratilgan, she’rini qaysi shoir yozgan, kuyini kim bastalagan? Kim ijro etgan? Shular haqida

    ...
  • Yaxshidan qolgan bog‘lar

    Bolalar, siz teleekran orqali yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan ko‘plab bino va inshootlar, jumladan, poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi, Milliy axborot agentligi va qator matbuot nashrlari tahririyatlari joylashgan hashamatli bino, uning yonidagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, o‘z bag‘riga to‘rt mingdan ziyod tomoshabinni sig‘diradigan “Istiqlol” san’at saroyi, 375 metrli

    ...
  • Sog‘inchli kunlar

    Teatr va kino san’atining yorqin namoyondasi, san’at arbobi, betakror iste’dod sohibi, ajoyib inson, talabchan ustoz O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov O‘zbek Milliy teatrida aktyor sifatida umrining oxiriga qadar samarali faoliyat ko‘rsatdi. “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Kuzning birinchi kuni”,

    ...
  • Navo sohibqironi

    Bobom – o‘zbek musiqa san’atining birinchi akademigi Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Buvioysha ona jigargo‘shalariga alla aytar, laparlar xirgoyi qilar, ertaklar so‘zlab berardi:

    Sizlar mening bog‘imsiz, suyanishga tog‘imsiz, alla,

    Qorong‘i kechalarni yondirgan chirog‘imsiz, alla,

    Uyqu ko‘zning quvvati, alla jonning

    ...
  • Dostonlardan kuch olgan yoshlik

    O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon elimizning chinakam ijodkori, milliy adabiyotimizning zabardast vakili. Bugun o‘zining 75 yoshini nishonlayotgan ustoz mudom ijod quchog‘ida. Odamlarga, dunyoga aytar so‘zi, niyati ko‘p.

    O‘ylaymizki, ijodkorning ushbu sahifamizdan joy olgan bolalik xotiralari biz uchun qiziqarli, ham ibratli.

    ...
  • Sehrli ovoz sohibi

    Bolalikda hammamiz teleekran orqali namoyish etilayotgan g‘aroyib, quvnoq va qiziqarli multfilmlarni sevib tomosha qilamiz. Ular orqali yaxshi va yomonni, ezgulik va yovuzlikni, oq va qorani ajrata oladigan, farqlaydigan bo‘lamiz. Demak, hayotda yaxshi inson bo‘lib yetishishimizda multfilmlar alohida ahamiyatga ega ekan.

    Keyingi paytlarda xorijda yaratilayotgan animatsion

    ...
  • Kashtalardan rang olgan orzu

    O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilovani tanimagan, bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. U sizga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani asosida ishlangan film qahramoni Kumushbibi obrazi orqali yaxshi tanish. Gulchehra Jamilovaning maftunkor chehrasi, turli kinofilm va teatr sahnasida ijro etgan bir-biridan ajoyib rollari, multfilm qahramonlarini (Qizcha va

    ...
  • O‘zbekning ilk darvozaboni

    O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor SA’DIYEV 1946-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Davlat mukofoti va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Teatr, kino sahnasida ko‘plab ajoyib rollar ijro etgan, yuzlab obrazlarga mahorat bilan ovoz bergan taniqli san’atkor. Uning xoh ijobiy, xoh salbiy ijro etgan rollari bo‘lsin, tomoshabin

    ...
  • Duolardan kamol topgan qiz

    Hali yosh bo‘lishiga qaramay xush ovozi, xush fe’li bilan xalqimizning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan, “Nihol” mukofoti sovrindori, iste’dodli san’atkor, xonanda Gulasal Abdullayevabugun tahririyatimiz mehmoni. O‘ylamizki, uning bolalik chog‘lari qanday o‘tganligi siz aziz o‘quvchilar uchun qiziqarlidir...

     

    ...
  • Ishonchni oqlagan qiz

    Aziz o‘quvchilar! Bolalar shoirasi Kavsar TURDIYEVAning qiziqarli, quvnoq ijodi bilan darslik kitoblar orqali yaxshi tanishsiz. “Katta oyi” badiiy filmi, “Irkitvoy va Kirketjon”, “Sumalak va ming tilak”, “Zumrad va Qimmat” nomli bir qator multfilmlar Kavsar opangiz ssenariysi asosida tayyorlangan. Bu ijodkor bir-biridan ajoyib kitoblari, she’rlari orqali ko‘nglingizdan

    ...
  • “Bek”dan chiqqan bek bola

    Qiziq-qiziq hangomalari bilan barchani xandon otib kuldiruvchi qiziqchi Avaz OXUNni tanimagan, bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Uning qiziqchilik sohasidagi o‘ziga xos uslubi xalqimizning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan. Ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, hozirjavob so‘z ustasi Avaz Oxunning bolalik xotiralari bilan sizlarni

    ...
  • Bolalikning beg‘ubor ovozi

    Kerakli raqamlarni terganimdan so‘ng telefon ortidan yosh qizaloqning ovozi eshitildi. “Buvingizni chaqirib bera olasizmi?” degan savolimga qizaloq, “Qaysi buvimni”, deya ajablandi. “Svetlana Murodxo‘jayevaga qo‘ng‘iroq qilayotgandim”, desam, “Bu menman, o‘zimman”, degan quvnoq ovoz eshitildi...

    Ha, bolajonlar bugun siz bilan 76 yoshida ham bolalarcha beg‘ubor ovozini

    ...
  • Chingiz Aytmatovni qoyil qoldirgan aktrisa

    Zangori ekranda Qunduz amakining qissalarini miriqib tinglab, ora-chora gap tashlab qo‘yadigan Qunduz qizni chiroyli ovozda gapirtirib, barchangizni ekranga mahliyo qilib qo‘ygan, suyukli san’at maskaningiz Respublika yosh tomoshabinlar teatri sahnasida yuzlab o‘g‘il va qiz bolalar, beozor jonivorlar obrazlarini yaratgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora

    ...
  • O‘rtangan haqiqatlar

    Taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, jamoat arbobi, akademik, ustoz Naim KARIMOV o‘zbek adabiyoti tarixi va kelajagi uchun beqiyos mehnat qilgan va qilayotgan olim. Uning “Usmon Nosir”, “Usmon Nosirning so‘nggi kunlari”, “Hamid Olimjon”, “Hamid Olimjonning poetik

    ...
  • Sirli sandiqdagi xotiralar

    Sirli sandiq nomi bilan mashhur iqtidorli olim va pedagog, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy JUMANIYOZOV ishtirok etgan davraga kirsangiz, tadbirda qatnashsangiz ustozning notiqlik qobiliyatiga qoyil qolasiz. U kishi “Xalq dahosining ko‘zgusi”, “Eski o‘zbek yozuvi”, “Alifbo saboqlari”, “Xalq ijodi – haq ijod”, “Alifbo”, “Nutqiy mahorat”, “Turkiy savod”, “Dong qozongan

    ...
  • Tuproq koʻchalarda ulgʻaygan mehr

    Taniqli oʻzbek shoirasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sharifa SALIMOVA1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining xushmanzara Parkent tumanida tugʻilgan.

    Sharifa opaning “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulogʻi”, “Tongga qasam”, “Vatan suvrati” kitoblari sheʼriyat muxlislari, adabiyot ixlosmandlarining sevimli asarlari qatoridan

    ...
  • Hayotning saodatli lahzalari

    Bundan bir necha yil avval “Gulxan” jurnalida yozuvchi Shoyim Boʻtayevning “Narvon” nomli jajji qissasi eʼlon qilindi. Ana shu qissa sabab jurnalxonlarimizdan qarama-qarshi fikrlar bildirilgan, bahs-munozaralarga sabab boʻluvchi koʻplab maktublar olgandik.

    Shoyim Boʻtayev ana shunaqa – qanday asar yozmasin, xoh u kichik hikoya boʻlsin, xoh qissa oʻquvchini chuqur

    ...
  • Odam boʻlish mashaqqatlari

    Yorqin tuygʻularga, ifodalarga boy, joʻshqin va jozibadorligi, goh shodon, goh mahzun ohanglarga yoʻgʻrilgan sheʼr va dostonlari bilan xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon AZIM yurtimizning eng goʻzal goʻshalaridan biri Boysun oʻgʻloni.

    Shoirning xalq hayotini bunchalar teran anglashi boisini bilishni istasangiz, bolalik

    ...
  • “Kichik ustoz”dan katta ustozlikka yoʻl

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor, atoqli olim, “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti sohibi Boyboʻta DOʻSTQORAYEV yurtimizdagi koʻplab jurnalist va olimlarning qadrli ustozi va murabbiyidir. Oʻzbekiston jurnalistikasining dargʻalaridan biri boʻlgan ustozning ilmiy mavzudagi qator maqola va kitoblarini mutolaa

    ...
  • Har bir inson noyobdir

    Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, adabiyotshunos olim, taniqli tarjimon Ibrohim Gʻofurovning bolalik xotiralarini tinglar ekansiz, teran mushohadali soʻz zargarini kamolga yetkazgan azim Toshkentning koʻhna manzaralari koʻz oldingizda jonlanadi. Yupungina kiyingan kichkina Ibrohim bilan qadimiy Shoshning tor koʻchalari, gavjum bozor va guzarlarida, soʻlim bogʻlarida

    ...
  • Bolalikdan uzoq bolakay

    Tarixda buyuklar koʻp boʻlgan. Ularning hayot yoʻli, amalga oshirgan olamshumul ishlari yillar oʻtsa-da oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Sababi, ularning barchasi odamlar turmush tarzini yengillatish, baxtli hayot sari odimlash, umuman olganda, dunyoni oʻzgartirish uchun butun umrini oʻz sevgan mashgʻulotlariga sarf etgan.

    Tomas EDISON

    ...
  • Sarguzashtlar bergan boylik

    Buyuk yozuvchi boʻlish uchun ijodkorning buyuk bolaligi boʻlishi kerak.

    E. Xeminguey

     

    XX asrning eng mashhur adiblaridan biri, Nobel mukofoti sohibi, “Alvido qurol”, “Quyosh baribir chiqaveradi”, “Chol va dengiz” asarlari bilan oʻzbek kitobxonlarining ham suyukli ijodkoriga aylangan amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning bolalik

    ...
  • Ilm istagan koʻngil

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Umida ABDUAZIMOVAni hammangiz yaxshi taniysiz. Umida opa uzoq yillar “Tong yulduzi” gazetasi va “Gʻuncha” jurnaliga bosh muharrirlik qilgan. Ajoyib ijodkor “Bir bola”, “Akamning kitobi”, “Bogʻlarda bahor”, “Burch”, “Aql qaymogʻi”, “Qimmatbaho tosh”, “Oyqiz haqida

    ...
  • Sehrli ovoz sohibasi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, mahoratli suxandon, serqirra sanʼatkor Dildora RUSTAMOVAni barchamiz yaxshi taniymiz. U oʻzining xushsurati, yoqimli ovozi, goʻzal tabassumi, iliq muomalasi hamda kasbining ustasi sifatida xalqimiz nazariga tushgan,

    ...
  • Umr yoʻllarini yoritgan nur

    Respublikamizning qaysi viloyati, tumaniga borib: “Gulxan” jurnalidan keldim, desak, suhbatdoshimiz beixtiyor jilmayib: “Opa, Hamidova opa ishlayaptilarmi?! Men falon yilda u kishidan xat olganman. Juda ajoyib jurnalist: Maqola, lavhani ham hikoyadek qiziqarli qilib yozadilar, deyishadi. Bu eʼtiroflar bejiz emas. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,

    ...
  • Oʻzlikni anglatgan olam

    Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi professori, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati Oydin ABDULLAYEVAni koʻpchiligimiz bilamiz. U xalqaro tanlovlar gʻolibi, bir qator oʻquv qoʻllanmalar muallifi, boʻlajak kompozitorlarga taʼlim berayotgan tajribali murabbiy. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylangan birinchi

    ...
  • Oq ranglarga oshnoligim

    Aslida bugungi sahifamiz mehmoni Dilshod Rajabni sizga tanishtirib oʻtirishga hojat yoʻq. Chunki boshlangʻich sinf darsliklarining (matematikadan tashqari) deyarli hammasida shoirning shoʻx va ravon, yodlash juda oson, goʻzal sheʼrlari bor. Siz ularni mazza qilib oʻqiysiz, sharillatib yodlab ustozdan maqtov eshitasiz. “Besh” baho olib quvongansiz. Shoirning “Otamning

    ...
  • Koʻngilni yoritgan mehr giyohi

    Taniqli oʻzbek shoirasi, bolalar ijodkori, “Doʻstlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibasi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibasi Zulfiya MOʻMINOVAni katta-yu kichik juda yaxshi taniydi. ShoiraningBolaga kitob bering nomli sheʼrini esa bugun respublikamizda yod olmagan bola boʻlmasa kerak.

    Zulfiya opaning “Vatan tashlab ketmaydi”,

    ...
  • Mehrning goʻzal tarbiyasi

    Maktablarda oʻtkazilayotgan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlariga borganimizda falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi notiqlik boʻyicha murabbiy, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jamila opa SHERMUHAMEDOVAbilan tez-tez koʻrishib turamiz. Garchi maktablarning tadbirlar zali oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan liq toʻla

    ...
  • Qiyinchilikda toblangan isteʼdod

    Bolajonlar, sizga yaxshi maʼlumki, badiiy filmlarda yoki qiziqarli multfilmlarda shahzodalar, kuragi yer koʻrmagan alp bahodirlar oʻzining keskir qilichlarini oʻynatib, dushmanlarning dodini beradi, yurtini yomonlardan himoya qiladi. Lekin oʻsha keskir, tigʻi oʻtkir qilich duch kelgan temir-tersakdan yaratilmaydi. Qolaversa, uni bolgʻa bilan shunchaki urib, majaqlab yasashning ham imkoni

    ...
  • Baxtga eltgan eʼtiqod

    Qadrli jurnalxonlar! Bugungi kunda kino olamida katta shov-shuvga sabab boʻlgan “Ibrat” badiiy filmini koʻrib xayolingiz va tasavvuringizdagi maʼrifatparvar shoir, olim, matbaachi, muallim Isʼhoqxon Toʻra Ibratni topa oldingizmi?! Shubhasiz, topgansiz. Zero, filmda tarixiy manbalar asosida Ibratning hayoti va faoliyati toʻlaqonli yoritilgan.

    Shuni yodda tutishimiz

    ...
  • Ajdodlar va avlodlar oʻrtasidagi koʻprik

    Shunday insonlar borki, ular ajdodlar va avlodlar oʻrtasida ulkan koʻprik vazifasini oʻtaydi. Ular orttirgan bilim, tajriba, salohiyat va ilmiy tadqiqotlari bilan mutafakkir ajdodlarimizning maʼnaviy merosini xalqimiz xotirasida asrlar davomida yashab kelishida beminnat xizmat qilmoqda.

    Ushbu sahifamiz orqali sizlarni filologiya fanlari nomzodi, “Naqshbandiya” jurnali

    ...
  • Hikmatga toʻla umr

    Abdulla Oripov Navroʻzda tugʻilgan. Adabiyot maydoniga ham Navroʻzday kirib kelgan! Navroʻzni bilasiz – yil boshi, yangilanish fasli. Abdulla Oripov Vatanimizning eng oliy mukofoti – “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga birinchilardan boʻlib sazovor boʻlgan. Shoirning elga tanilishiga “Gulxan” jurnali ham katta hissa qoʻshgan. Uning “Qishlogʻimni kuylayman” deb ataluvchi bir dasta sheʼri ilk

    ...
  • Yillar qanotidagi sinovlar

    Eh, bolalikning qiyqiriqlarga toʻla quvnoq va chang koʻchalarini kim ham sogʻinmaydi, deysiz?! Ming afsuski, yoshingizga yosh, yillaringizga yillar ulanib ketaverar ekan. Va qarabsiz-ki, koʻz ochib yumguncha ulgʻayib ham qolarkansiz. Endi koʻcha changitib toʻp surishlar qayda... Zuvillab chopishlar yoʻq. Kattalarga hech kim ertak aytmaydi. Ular bolalarcha arazlasholmaydilar ham. Kattalar

    ...
  • Umid ortidagi quvonch

    Foziljon ORIPOV! Bu nom yarim asrdirki, “Gulxan” oʻquvchilari ardogʻida. U kishi jurnalda “Oʻyla, izla, top” rukniga asos solgan, desak xato boʻlmaydi. Mana 50 yildirki, oʻzbek bolalari Foziljon aka tuzgan rang-barang mavzuli boshqotirma – krossvord, chaynvord, skanvord, rebuslarni yechish barobarida bilimlarini oshirib, aqllarini charxlab, fikrlarini

    ...
  • Meni “telezavr” deyishadi

    Qadrli jurnalxon, ehtimol sarlavhani oʻqib, “dinozavr” yer yuzida yashagan eng qadimiy jonivor ekanligi yodingizga tushgandir. Ammo mentelezavr haqida sirayam eshitmagan ekanman. U bilan tanishsa boʻlarmikan, deb hayron boʻlgandirsiz. Hayron boʻlmang, Telezavrni siz juda yaxshi taniysiz. Juda yuzma-yuz uchrashmagan boʻlsangiz ham, baribir taniysiz. Chunki Telezavr bu

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.