Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2016-yil sonlari

2016-yil 11-son

  • Dalalarda o‘sgan bolalar

    Kengliklarday bag‘irlari keng,

    Ko‘zlarida mehnatning zavqi.

    Dehqon xalqim, halolim, pokim,

    Tuproqlardan teradi haqqin.

     

    Qo‘shiqlarga to‘ladi dunyo,

    Quyosh yaqin kelar yanada.

    Bunda baxtning manzili bordir,

    Hayot ko‘chib kelgan dalaga.

     

    Ariqlarni to‘ldirib yotar

    Suvga tushin aytib

    ...
  • Kuzgi uchrashuvlar

    Mana, kuz faslining so‘nggi oyida siz jurnalxonlar bilan yana uchrashib turibmiz. Shu kunlarda barcha ta’lim maskanlarida respublika gazeta va jurnallariga obuna qilish ishlari avj olgan. Bizning ijodiy jamoamiz ham targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hamda shu bahona muxlislarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Xalq ta’limining viloyat va tuman bo‘limlariga, u yerdagi maktablarga

    ...
  • Ustoz – millat kelajagi

    O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, taniqli adabiyotshunos olim, “Do‘stlik” ordeni sohibi Omonulla Madayev mana qariyb 57 yildirki “muallim”,“murabbiy”, “ustoz” degan unvonni sharaf bilan oqlab kelmoqdalar. Omonulla ustoz nafaqat ibratli olim va pedagog, xalq og‘zaki ijodining chinakam fidoyisi, ya’ni folklorshunos olim. U kishi televideniyeda bolalar uchun mo‘ljallangan

    ...
  • Sog‘ bolalar – badavlat

    Sog‘lom ona va bola,

    Go‘yoki – bog‘ va lola.

    Sog‘ qurilsa kelajak,

    Ular baxtli bo‘lajak.

     

    Ruhi tetik, tani sog‘

    Ilm-fandan ham ogoh.

    Ma’naviy olami keng,

    Odobi oltinga teng.

     

    Sog‘lik o‘zi bir davlat,

    Sog‘ bolalar badavlat.

    Pok niyatli oy bola,

    Sog‘lom bola – boy

    ...
  • O‘zbekiston bayrog‘i

    Yuksaklarda samoga bo‘ylab,

    Hilpiraydi Vatan bayrog‘i.

    Ranglarida bir dunyo ma’no,

    Tinchligimiz ramzi, mayog‘i.

     

    Bir oymomo, o‘n ikki yulduz –

    Yig‘ilishgan, bari jamuljam.

    Oymomo bu – poytaxt degani,

    Yulduzlari yashar xotirjam.

     

    O‘rinboy O‘RINBOYEV,

    Xorazm viloyati Xonqa tumani

    ...
  • Kuz

    Bog‘ yengidan tortib qo‘ydi kuz,

    Daraxt shoxin tebratar shamol.

    Osmon yig‘lar kecha-yu kunduz,

    Saxiy zamin tutar dastro‘mol.

     

    Chaqmoq chaqsa, bulut ortiga

    Qo‘rqqanidan berkinadi oy.

    Soqchi bo‘lib uning yonida

    Jasur bulut ko‘rsatar chiroy.

     

    Madinabonu HABIBULLAYEVA,

    Andijon viloyati

    ...
  • Kitobim

    Kitobim jon kitobim,

    Yonimdagi oftobim.

    Sendan bilim olaman,

    Kitobsevar bolaman.

     

    Biz o‘g‘il-qiz bolalar,

    Bog‘dagi gul-lolalar.

    Kitobni do‘st tutganmiz,

    Dur-u gavhar yutganmiz.

     

     

    Odina OLIMJONOVA,

    Toshkent shahri Bektemir tumani 289-maktab 7-sinf

  • Oilamiz inoq

    Mening oilam quvnoq,

    Yashaymiz shod va inoq.

    Bir-birovga hurmatda,

    Vatan uchun xizmatda.

     

    Yaqinlar mehri daryo

    Orzular bo‘yi samo.

    Baxt kuyi yangrar elda,

    Vatan ishqi bor dilda.

     

    Ibrat BOBONAZAROV,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 7-maktab 6-sinf

  • Tulkioy

    Bo‘g‘irsoqni yeb qo‘yib

    Qorni to‘ygan tulkioy,

    Yotar to‘rda yonboshlab,

    Uxlamoqchi, hoynahoy.

     

    Tuzar puxta rejalar,

    Ov haqida o‘ylaydi.

    Lek yo‘lolmas qishloqqa,

    Olapar bor, qo‘ymaydi.

     

    Habiba TEMIROVA,

    Toshkent shahri 282-maktab 9-sinf

  • Orzular

    Qaniydi orzular amalga oshsa,

    Dunyo ko‘rinardi ko‘zlarga beg‘am.

    Qalblarda qolmasdi qayg‘u va alam,

    Orzular dengizday ko‘pirsa, toshsa.

     

    Ushalmas orzular misoli uchqun,

    Barcha uchqundan o‘t chiqishi gumon.

    Intilib yashaydi har qaysi inson,

    Orzular amalga oshmog‘i uchun.

     

    Sevara

    ...
  • Beqiyos o‘lkam

    Yon atrofi daryo, ko‘llar,

    Uzun-uzun so‘qmoq yo‘llar.

    Chamanlarga zeb beradi,

    Kamalakdek rangli gullar.

     

    Tog‘laridan har saharda

    Chiqar kulib boboquyosh.

    Uning zarrin nurlaridan

    Bulut cho‘chib, to‘kolmas yosh.

     

    Odamlari mehmonnavoz,

    Qalbi daryo, shirinso‘zdir.

    Dushmanlarga tog‘day

    ...
  • Ustozga so‘zim

    Ilmlar dunyosidan

    Dur-u gavhar terasiz.

    Va ularni misqollab

    Shogirdlarga berasiz.

     

    Zakovatga bog‘bonsiz,

    Mehringiz cheksiz ummon.

    Siz borki, ma’rifatga

    Chulg‘anar yorug‘ jahon

     

    Arshillo ESONBOYEV,

    Namangan viloyati Pop tumani 34-maktab 7-sinf

  • Choynak-piyola

    – Buncha semiz bo‘lmasang,

    O‘xshab go‘yo qovoqqa.

    Yo bo‘lmasa qanoti

    Chipor ona tovuqqa...

     

    Qattiq ranjidi Choynak,

    Tumshug‘in burib oldi.

    Shundan so‘ng Piyolaoy

    Bir kunga ishsiz qoldi.

     

    Feruza SANAQULOVA,

    Jizzax shahri 11-maktab 5-sinf

  • To‘kin kuz

    Kirib keldi kuz

    Tez hosilni uz.

    Sabzini kovla,

    Tayyordir o‘ra.

    Kutmoqda uni

    Palovxonto‘ra.

    Qovoqni bo‘lar

    Omborga solsa.

    Onam tayyorlar

    Qish bo‘yi somsa.

    Yong‘oqni qoqib,

    Qoplarga solgin.

    Har kuni tongda

    Bitta yeb olgin.

    To‘kin kuzimiz –

    Yorug‘

    ...
  • Istak

    Tikuvchi bo‘lmoqchiman,

    Shu orzudir yo‘ldoshim.

    Kelajakda mening ham

    Porlab turar quyoshim.

     

    Guldan naqshlar solingan

    Ko‘ylaklarim chiroyli.

    Uni kiygan qizlarning

    Husni go‘zal, ham oyli.

     

    Muxlisa NURIDDINOVA,

    Toshkent shahri

    268-maktab o‘quvchisi

  • Shukrona

    Aziz O‘zbekiston – ona Vatanim,

    Osmoning musaffo, bog‘laring chaman.

    Tuprog‘ing avaylab ko‘zga to‘tiyo,

    Yashaydi bag‘ringda barcha tinch-omon.

     

    Bobolardan meros obidalaring

    Tarixingdan berib turadi darak.

    Sarhading qo‘riqlar mard o‘g‘lonlaring,

    Barcha yaxshiliklar husningga bezak.

     

    Inoyat

    ...
  • Faxr

    Bizning oilada san’at va adabiyotga qiziqish juda katta. Bobom va buvijonim, ota-onam ham qiziqishlarimizni, qobilyatimizni befarq qoldirmaydilar.

    O‘tgan yilning oxirlari edi. Dadam uyga xush kayfiyatda kirib keldilar va biz uchun poytaxtdagi yirik konsert dasturiga chipta olganlarini aytdilar. Quvonchimiz ichimizga sig‘masdi. Pespublikamizning uzoq tumanlaridan birida yashasakda,

    ...
  • Ko‘ngil tarbiyachisi

    Ustozim Mariya Chernova, musiqa odamning ichki dunyosini ulg‘aytiradi, didini tarbiyalaydi, deydilar. Buni qalbdan his qilgan ota-onam, akalarim, men va singlimni musiqa maktabiga o‘qishga berishgan. Jasur akam va singlim Xonzoda pianino bo‘yicha, Javohir akam baraban va childirma bo‘yicha tahsil olishmoqda. Men esa Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining dirijorlik

    ...
  • Sog‘lom bola kim o‘zi?

    Sog‘lom bola kim o‘zi,

    Qandaydir gapi, so‘zi?

    Uch dugona, uch o‘rtoq

    Bahsga kirishdi quvnoq.

     

    Lola boshladi bahsni,

    Diliga tugib ahdni.

    – Bilimli bola sog‘lom

    Bahsga o‘rin yo‘q tamom.

     

    – Bilim emas yo‘q-yo‘q-yo‘q

    Sog‘ jismimdan ko‘nglim to‘q.

    Shudir mening boyligim,

    Shundandir

    ...
  • Mo‘jiza yaratgan ustoz

    – Ozodaxon, ustozing aytdi, harf yozishni bilmayotgan emishsan, – dedi Nazira opa qo‘lida qalam bilan “Alifbe” kitobiga tikilib qolgan qiziga.

    Ozoda bir cho‘chib tushdi, keyin onasiga yuzlanib dedi: – Oyijon, menmas, aslida Huri ustozning o‘zi harflarni tanimaydi. Harflarni hammamizga bir-bir ko‘rsatib, “Bu qaysi harf, bu qaysi harf”, deb so‘rab chiqadi.

    Ertasi kuni

    ...
  • Doimo shay ko‘makka

    Shokoladli tush

     

    Tun parda yoyib

    Yulduz osganda,

    Sho‘x Mirvohidni

    Uyqu bosganda,

    Yotqizdi asta

    Yumshoq to‘shakka,

    Bolakay mudrab

    Ketdi pinakka.

    Keyin oyisi

    dedi erkalab:

    – Shirin tushlar ko‘r,

    shod tur, ertalab!

    Behol Mirvohid

    Ko‘z ochdi

    ...
  • Aytishmachoq

    – Bir, ikki,...o‘n ikki,

    “O‘n ikki”, deb kim aytdi?

     

    – O‘n ikki, deb men aytdim,

    Shartta ortimga qaytdim.

     

    – Yo‘q, qaytmagin, shoshmay tur,

    Savolim bor, javob ber:

    Doim kulib boqadi,

    Tafti tanga yoqadi.

    Berar harorat, yog‘du,

    Qani, ayt-chi, nima u?

     

    – Savoling juda oson,

    Uni

    ...
  • Bayrog‘imiz tug‘ilgan kuni

    18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

     

    Dilshod bugun negadir juda erta uyg‘ondi. Yopishqoq kipriklarini yarim bukilgan mushtlari bilan ishqalarkan, hali tong yorishmaganini sezdi. Shu bahona bo‘ldi-yu, yana biroz mizg‘ish niyatida o‘ringa cho‘zildi. Ammo tashqaridagi deraza oynalaridan bobosi uni kuzatib turgan

    ...
  • Shirinxo‘rlar kasalligi

    “Dunyodagi eng boy odamlar kim?” deb so‘rashsa, shubhasiz, “qandolatchi amakilar”, deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, chupa-chups, shokolad, konfet, muzqaymoqni ko‘rganda ko‘zlari chaqnab, qo‘li beixtiyor cho‘ntagi tomon shoshadigan siz – bolalarni, bekorga shirinxo‘rlar, deb atashmaydi. To‘g‘ri, shirinlik sizni benihoya shodlantirishi mumkin, ammo u tishlaringizning “birinchi raqamli

    ...
  • Pul sarflashni bilasizmi?

    Ota-ona farzandiga nega pul beradi-yu, o‘quvchi uni nimalarga sarflaydi?

    Shu savol bilan o‘quvchilar olamiga sayohat qildik. Bu iqtisodiy masalada ayrim o‘quvchilar sarflaydigan transport yo‘l haqlarini hisobga olmadik.

    Ustoz, Nargizaning ikkita xatosi bo‘lsa ham “5” qo‘yibsiz, menga esa “4”.

    Qizcha yozma ish daftarini topshirdi-da,

    ...
  • Boylik topgan bola

    ertak

     

    Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan.

    Kunlardan bir kuni qarib qolgan ota merosni taqsimlashga kelganda o‘zi qurgan

    ...
  • Tuzatilgan xato

    Go‘zal maktabga chiroyli sochto‘g‘nog‘ich taqib keldi. U dugonalariga judayam yoqdi.

    – Vuy, Go‘zal, buncha chiroyli. Qayerdan olding, bizni bozorda bunaqasi yo‘q edi-ku, – biri olib-biri chug‘urladi qizlar.

    – Oyim shahardan singlim ikkimizga, deb anchagina olib kelibdilar, – jilmaydi Go‘zal.

    Ularning shovqin-suroniga norozi bo‘lib qarab turgan sinf sardori Yulduz gapga

    ...
  • Ey, o‘rtoq, do‘st, dugona, “Gulxan”ga bo‘l obuna!

    Shu kunlarda tahririyatimizga kelayotgan maktublar va elektron manzilimizga yo‘llanayotgan obuna bilan bog‘liq xushxabarlar bizni juda quvontirmoqda. Quyida ularning bir nechtasi bilan tanishasiz.

     

     

    Toshkent shahar Yashnobod

    tumanidagi 206-maktab direktori Mahzuna HAMDAMOVA:

     

    “Gulxan” jurnalini

    ...
  • Tanlovlarda tanilib

    Izzatilla kichkinaligida doira chalayotgan dadasini havas bilan kuzatarkan, mitti barmoqlari havoda beixtiyor ijro harakatlarini bajarardi. Unga sovg‘a qilishgan o‘yinchoq doira, pianinolarini chalib o‘zicha “konsertlar” o‘tkazardi. Farzandining xatti-harakatlaridan quvongan Alisher aka Izzatillada musiqaga ishtiyoq borligini sezib, uni Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga

    ...
  • Bahodir tabib

    Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi,

    ...
  • He promised

    story

     

    Jackie’s father didn’t allow him to stay in the playground after school hours. His father said he must come straight home. But one day Jackie forgot about it and came home very late, very dirty and very tired.

    – Look here, – said his father angrily, – didn’t you promise me that you wouldn’t stay out and play games?

    – Yes, father, – was the

    ...
  • Proverbs

    • Speech is silver, silence is golden.

     

    • Never put off till tomorrow what may be done today.

     

    • Live and learn.

     

    • A friend in need is a friend indeed.

     

    • Two heads are better than one.

     

    • First think, then speak.
  • Riddles

    What has four legs but cannot walk?

     

    Big mouth, small tongue.

    If you pull its tail, it will jump and cry.

    What is it?

     

    Prepared by Sh. KARIMOVA

  • Baliqlar ham “yo‘taladi”

    Baliq ozuqa topib, taomlanayotganda yeguliklarga qo‘shilib, suv ostida bo‘ladigan turli ma’danli zarralar, suv o‘tlari oyquloqqa kirib qolib, shu yerda o‘rnashmoqchi bo‘ladi. Ularni olib tashlash uchun baliqning qo‘llari yo‘q-ku. Shu sababdan u “yo‘talib”, “so‘ramay kirib olgan mehmonlar”ni chiqarib tashlaydi.

  • “Yig‘layotgan” dengiz toshbaqasi

    Dengiz toshbaqasi tuxum qo‘yish vaqtida quruqlikka chiqib, qumloqqa yuzlab tuxum qo‘yadi va ustini qum bilan ko‘madi. Tuxumlar ustini ko‘mayotgan vaqtda, uning ko‘zlaridan yosh oqib “yig‘laydi”. Buning sababi, dengiz toshbaqalari sho‘r suvda yashaganligi uchun tanasida tuz moddasi ko‘payib ketadi. Tuxum qo‘yib, uni ko‘mib ketish vaqtida moddalar almashinuvi kuchayadi va toshbaqa tanasidagi

    ...
  • O‘xshamagan rasm

    Bolalar! Hamidulla Murodov nomi sizga yaxshi tanish. U kishining “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallarida chop etilgan she’r, topishmoq, tezaytishlarini mazza qilib o‘qigansiz, yod olgansiz. Bu yil “O‘zbekiston” nashriyotida ijodkorning keyingi yillarda yozgan hikoyalari “Qaldirg‘ochlar qo‘shig‘i” nomi bilan chop etildi. Quyida ana shu kitobdan joy olgan hikoyalarning biri bilan

    ...
  • Sug‘urlar oilasi

    Daryo qirg‘oqlari, tog‘ oralig‘i va yonbag‘irlarida uchrab turuvchi kemiruvchilar sinfiga mansub sug‘urlarning bir nechta oilasi guruh-guruh bo‘lib hamjihatlikda yashab “shaharcha” hosil qiladi. To‘dadagilarning barchasi opa-singil, og‘a-inilardan iborat, oila birdamligi saqlanadi. Ularni biror narsa cho‘chitadigan bo‘lsa, qattiq chiyillab inlariga kirib yashirinib olishadi. Inlarining

    ...
  • Hayotimda matematika

    Jajji qizaloq edim. Bog‘chada o‘rtoqlarim bilan bog‘cha opamizning qo‘lidan ushlab sayrga chiqqanlarimiz, ertak qahramonlari rolini o‘ynaganlarimiz, bayram tadbirlarida raqsga tushib qo‘shiqlar kuylaganimiz men uchun go‘zal olam edi. Bog‘cha opamning soch turmaklari, rasm chizganda, harflar yozayotgandagi qo‘llarining chiroyli harakatlari, ayniqsa, hamma narsani ko‘ra oladigan, kulib turuvchi

    ...
  • Qiz bolaning ziynati

    Omina maktabdagi eng jamoatchi, a’lochi qiz. Ammo uyda onasi unga umuman ish buyurmaydi. “Sening asosiy vazifang yaxshi o‘qish, uy yumushlarini katta bo‘lsang o‘rganib olasan”, deydi.

    Onasi har tong hovli supurayotganda Omina yugurib borib, oyijon, men supura qolay, desa onasi, sen maktabga tayyorlan, nonushtang tayyor, tag‘in darsga kech qolma, deb unamaydi. Yakshanba kunlari oyna

    ...
  • Mukammallik sari

    Diyorimizning har bir go‘shasida nodir iste’dodga ega bolalar voyaga yetmoqda. “Kimyogarlar shahri”, deb ataluvchi Chirchiq shahrida ana shunday qobiliyatli bolalar bilan yuzlashdik. Shulardan biri Muhammadjon Rofiyevdir. U ushbu mo‘jaz shahardagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinfida tahsil olmoqda. Bizni o‘ziga tortgan jihati uning ingliz tilida qiynalmay, bemalol so‘zlasha

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    – Nima uchun ukang yig‘layveradi? – so‘radi Ilhom o‘rtog‘i Zokirdan.

    To‘rt tomoni to‘siq qilib o‘ralgan bolalar kravatida yotgan olti oylik ukasiga rahmi kelgan Zokir Ilhomga javob berdi:

    – Seni ham unga o‘xshab tishing bo‘lmasa, gapirishni bilmasang, kechgacha mana shu kravatda yotaversang, xuddi shunday yig‘lagan bo‘larding.

     

    – Sherzod, kun salqin bo‘lsa,

    ...
  • Kartoshkali “koptokchalar”

    Kerakli masalliqlar: 3-4 dona kartoshka, 1 dona tuxum, 1 stakan qotgan non talqoni, 2 cho‘mich o‘simlik yog‘i.

    Tayyorlash:

    40 daqiqa suvda qaynatib pishirilgan kartoshkani ezib bo‘tqa holiga keltiramiz. Unga tuz, murch solib, yaxshilab aralashtiramiz. Bo‘tqadan yong‘oqdek “koptokchalar” yasaymiz va ularni avval tuxumga keyin talqonga bulg‘ab

    ...
  • Mazali va foydali salat

    Kerakli masalliqlar: 3-4 dona kartoshka, 1 dona tuxum, 1 stakan qotgan non talqoni, 2 cho‘mich o‘simlik yog‘i.

    Tayyorlash:

    40 daqiqa suvda qaynatib pishirilgan kartoshkani ezib bo‘tqa holiga keltiramiz. Unga tuz, murch solib, yaxshilab aralashtiramiz. Bo‘tqadan yong‘oqdek “koptokchalar” yasaymiz va ularni avval tuxumga keyin talqonga bulg‘ab

    ...
  • Sabzili pirog

    Kerakli masalliqlar: 2 dona qizil sabzi, 200 gr margarin, 150 gramm shakar, un, iste’mol sodasi

    Kremiga:200 gramm smetana, 150 gramm shakar.

    Tayyorlash:

    Qizil sabzini mayda tishli qirg‘ichdan chiqaramiz. Margarinni eritib, shakar, iste’mol sodasi solib atalaymiz. Tayyor massaga qirilgan sabzi qo‘shib yana

    ...
  • Na’matakli sharbat

    200 gramm na’matak, 3-4 dona turshak, yarimta limon, 1 bo‘lak novvot.

    Na’matak va turshakni yuvamiz, limonning suvini siqib, po‘stlog‘ini ham qo‘shib yuboramiz. Novvotni solib, ustidan qaynoq suv quyib, 1-2 soat dimlab qo‘yamiz. Bu sharbat shamollash va grippda juda foydali.

     

    Barno LUTFULLAYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.