Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil sonlari

2021-yil 5-son

  • Xotira maydonin kezgan bolajon

    Xotira maydonin kezgan bolajon,

    Unutma, bu yerda ruhlar bedordir.

    Bu qutlugʻ maskanda Vatan deb oʻtgan

    Ne-ne oʻgʻlonlarning nidosi bordir.

     

    Boshin egib turgan ul Motamsaro –

    Ona haykaliga nazar sol bir zum.

    Hamon oʻz oʻgʻlini intizor kutgan

    Ul buyuk siymoga aylagil taʼzim!

     

    Jangohlardan kelgan shum

    ...
  • Yangi Oʻzbekistonda yangi imkoniyatlar

    Jurnalimizning aziz muxlislari. Shu kunlarda siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Sizning boʻsh vaqtingizni mazmunli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatiga eʼtibor qaratdilar va viloyat, tuman, shahar hokimlari zimmasiga bir qator vazifalarni yukladilar. Qisqa muddatda “Barkamol avlod” markazlarida zamonaviy toʻgaraklar ochish va har

    ...
  • Sirli, sehrli, mitti buloqcha

    “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, tabiatni asrash mavzusidagi asarlari uchun Xalqaro YUNESKO mukofoti sohibi, taniqli yozuvchi Abdusaid KOʻCHIMOVning nafaqat Hamdoʻstlik mamlakatlarida balki Xitoyda ham koʻplab muxlislari bor. Chunki uning “Halqa”, “Hayot hukmi” kitoblarini xitoyliklar ham qoʻlma-qoʻl qilib oʻqishgan.

    Darvoqe, Abdusaid aka asarlarining

    ...
  • Davron boboning nabiralari

    Davron bobo kelmagandi,

    Koʻpdan beri Toshkentga.

    Qoʻsh nabira yetagida

    Mehmon boʻldi boshkentga.

     

    Hobil bilan Qobiljonning,

    Metro edi ilinji.

    Eskalator yerostiga

    Olib tushdi birinchi.

     

    Aka-uka hayron qoldi,

    Metroda oʻzga olam.

    – Bu Navoiy nomli bekat,

    Xoʻsh qalay, Hobil

    ...
  • “Shuning uchun men boyman!”

    Vatan

    Senga bitta savol bor,

    Menga quloq sol, hoy, qush.

    Vayronada yashaysan,

    Noming esa naq Boyqush,

    Ayt-chi, nahot, sen boysan?

     

    – Asl boylik neligin

    Tushunmaysan, chamasi.

    Bu vayrona boʻlsa ham,

    Oʻzimniki hammasi,

    Shuning uchun men

    ...
  • Vaqtning hajmi qancha?

    Oʻylab koʻrsam, vaqt degan

    Rezinali toʻrxalta.

    Neki tiqsang ichiga

    Sigʻaverar, zoʻr xalta.

    Masalan, bir soatda

    Nimalar qilish mumkin –

    Kitob, gazeta oʻqish,

    Samokat minish mumkin.

    Doʻsting bilan urishib,

    Mumkin hatto yarashish.

    Tort yeyayotgan ukangga

    “Yordamlashish”, “qarashish”,

    Algʻov-dalgʻov

    ...
  • Soʻrov

    Yaproqlarning boshin silading,

    Daraxtlarga oʻrgatding oʻyin.

    Bulutlarni “yum-yum” yigʻlatding,

    Buzib qoʻyib nogohon “toʻyin”.

    Shamol, bitta yuzingni koʻrsat,

     

    Goh uvlaysan, goh chiyillaysan.

    Seni kimdir quvlarmi bu payt?

    Kayfiyating bilmay hayronman.

    Xursandmisan, xafamisan, ayt,

    Shamol, bitta yuzingni

    ...
  • Qodiriy zakosiga beshik xonadon

    Muzeylar oʻtmishdan kelajakka xabar beruvchi maskan. Gohida tinch, gohida suronli davrlardan bugunga qadar saqlanib qolgan tarixiy buyumlar, yodgorliklar borki, bularni faqat muzeyda uchratish mumkin.

    Muzeylar kuni arafasida jamoamiz bilan poytaxtimizning Samarqand darvoza koʻchasida joylashgan Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga bordik. Adib yashab ijod qilgan ushbu xonadon

    ...
  • Qalblarni soʻzlatgan adib

    Bugun mamlakatimizda “Sariq devni minib”ni oʻqib, sehrli qalpoqchasi boʻlishini orzu qilmaydigan, “Shirin qovunlar mamlakatida yoxud sehrgarlar jangi” romanini mutolaa qilib, qovunlarni oʻzgacha ishtiyoq bilan yeb, urugʻlarini sanab koʻrmoqchi boʻlmagan, “Jannati odamlar”ni oʻqib, bobosini yoki buvisini mahkam quchoqlab qoʻymagan, “Quyonlar saltanati”ni oʻqib, quyonchilikka qiziqib qolmagan,

    ...
  • Sokinlik bagʻridagi tugʻyonlar

    Aziza 1-sinfda oʻqib yurganidayoq Alisher Navoiyning rasmiga qarab oʻxshatib chiza boshladi. Nabirasidagi qobiliyatni koʻrgan Anifa opa Toshkent tumanidagi 32-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga olib bordi. Unga ustozlik qilishni zimmasiga olgan Munisa Turgʻunova yaxshi rassom boʻlish uchun mehnatdan qochmaslik, tartib-intizomga rioya qilish zarurligini tushuntirdi. Aziza sanʼat

    ...
  • “Ajoyib” fikrning azobi

    – Bobojon, sinfdoshim Jasur katta bolalarga qoʻshilib nos chekar ekan. Shu haqida oʻqituvchimizga aytsam, chaqmachaqar boʻlib qolmaymanmi? Oʻzi odamlar sigaret, nosvoyni nega chekishadi? Axir turgan-bitgani sogʻliqqa ziyon boʻlsa. Mana, siz balki nos chekmaganingiz uchun ham sogʻlom, tetikdirsiz, – dedi Nazokat supada choy ichib oʻtirgan bobosiga kuyib-pishib. Bobosi unga qarab jilmayib

    ...
  • Kitob – hayot koʻzgusi

    Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 212-maktabning 4-”D” sinf oʻquvchilari “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob – hayot koʻzgusi” mavzusida tadbir oʻtkazdi. Unda nashriyotlar tomonidan jahon va oʻzbek yozuvchilarining bolalar uchun chop etilgan asarlari oʻquvchilarga taqdim etildi.

    Bugungi axborot asrida sanoqli soniyalarda internet tarmogʻi orqali istagan maʼlumotlarni topish

    ...
  • Yaqin doʻst

    Menga bergan bilim, idrok,

    Yoʻlim yoritgan mayoq,

    Hayotdan bergan saboq,

    Bu kitobdir, bu kitob.

     

    Satrida ming xil maʼno,

    Oʻqib boʻlgaysan dono.

    Moziydan berar sado,

    Bu kitobdir, bu kitob.

     

    Bilsang u bir oftobdir,

    Shiringina mudroqdir,

    Eng yaqin doʻst, oʻrtoqdir,

    Bu kitobdir, bu

    ...
  • Ayol

    Vatan mehri joʻsh urib turgan,

    Yuraklarga talpingan ayol.

    Qalbi shirin quvonchga toʻlgan,

    Hayot uchun yaralgan ayol.

     

    Ayol – buvim, onam, ustozim,

    Bu olamning quyoshi goʻyo.

    Ayol sabab hayot chiroyli,

    Ayol sabab yasharar dunyo.

     

    Diyora BAHODIROVA,

    Toshkent shahridagi

    ...
  • Qulupnay

    Qulupnay, hoy, qulupnay,

    Misli qirmiz gʻunchaday.

    Sen turasan bozorda,

    Qimmatliging ozor-da.

     

    Koʻzimni kuydirasan,

    Suymasam suydirasan.

    Xush koʻrganim qulupnay,

    Kelgin seni yeb qoʻyay.

     

    Husnidaxon MAMADALIYEVA,

    Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi

    22-maktabning

    ...
  • Oʻzbekiston Vatanim

    Oʻzbekiston Vatanim,

    Oʻzingsan ona yurtim.

    Bagʻringda bolang kabi,

    Ulgʻaydim, davrim surdim.

     

    “Intilganga tole yor”,

    Degan goʻzal hikmat bor.

    Oʻqib, oʻrganib bir kun

    Boʻlaman senga dastyor.

     

    Sen buyuksan yagona,

    Noming mashhur jahona.

    Mendek minglab qizlarga,

    Oʻzingsan buyuk

    ...
  • Oʻzbek onasi

    Soʻzi mehrligim, yuzi nurligim.

    Dunyoning koʻrkidir oʻzbek onasi.

    Qoʻli gul-u qalbi billur kabi sof,

    Alvon gullar ichra bitta donasi.

     

    Sochlarini shamol silab ohista,

    Allalar beshikda koʻzi qorasin.

    Koʻhinur misoli bebaho boylik,

    Topolmassan izlab yer-koʻk orasin.

     

    Bir bora jilmaysa olam

    ...
  • Nurli boʻstonim

    Koʻnglimdan joy olmish sohir bir navo,

    Boshqalar bir dunyo, men oʻzga dunyo.

    Bir ojiz qalamim qoʻlda hamrohim,

    Soʻzning ishqi meni qilmoqda ado.

     

    Yaralgandan beri bu koʻhna ochun,

    Qancha oshiq ashʼor bitdi sen uchun.

    Men ham soʻz zargari boʻlmoq istayman,

    Soʻzning ishqi meni qilmoqda zabun.

     

    Yuzlanaman

    ...
  • Qand oʻgit

    Bobom bilan buvimning,

    Qoʻllariga suv quyib.

    Oppoq sochiq tutaman,

    “Balli” deydilar suyib.

     

    Suhbatlarin olaman,

    Soʻzlaridir oʻgit, pand.

    Dildan quloq solaman,

    Nasihati goʻyo qand.

     

    Dilobar YOʻLDOSHEVA,

    Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi

    6-maktabning 8-sinf

    ...
  • Tilak

    Yaratmoqchi boʻlsang baxtning kitobin,

    Yoʻlingda toʻsiqlar paydodir, inon.

    Lekin ularga hech eʼtibor berma,

    “INSON” maqomini olgan ey, inson!

     

    Shodlikdan bezagin umringni shodon,

    Yorqin porlab tursin uning har satri.

    Gʻamlar kelolmasin hatto qoshingga,

    His qilma umuman alamning zahrin.

     

    Dilingda

    ...
  • Xotira muqaddas

    Aziz bobojonlar, joni fidolar,

    Sizni eslagaydir bugun bu olam.

    Nomingiz dillarda mangu barhayot,

    Shoningiz sharaflab, yodga olsak kam.

     

    Mardlarcha koʻksingiz qalqon qildingiz,

    El-yurt tinchligini muqaddas bilib.

    Tinch, goʻzal hayotni tuhfa qildingiz,

    Urush dahshatlarin ortda qoldirib.

     

    Rayhon

    ...
  • “Toychoqday irgʻishlaymiz”

    Ari chaqdi Nabini

    Ari chaqdi

    Nabini.

    Kelib-kelib

    Labini.

     

    Oʻzi ham yurib

    Sayoq,

    Qoʻliga olib

    Tayoq,

     

    Yoqib shu ish

    Jiniga,

    Suqdi ari

    Iniga.

     

    Minib gʻazab

    Otini,

    Ari

    ...
  • Yigʻlayotgan tuflilar

    Firdavsga adasi chiroyli loklangan qora tufli olib berdi. Firdavs tuflini uyoq-buyogʻiga qarab, rosa suyindi. Yomgʻir tinishi bilan yangi tuflini kiyib koʻchaga otlandi.

    – Firdavs, qayoqqa? – soʻradi buvisi.

    – Oʻrtoqlarimga tuflimni koʻrsatib kelay.

    – Loklangan tuflini nam havoda koʻchaga kiyib chiqma. Hali oftob chiqqach, borasan.

    – Nega? – hayron boʻldi

    ...
  • Qoʻshqanotlar parvozi

    Aziz bolalar! Ushbu suratlardagi tengdoshlaringiz – aka-uka Jahongir va Shohjahon Azimjonovlar sportning Pencak Silat turi boʻyicha uch karra Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kubogi gʻolibi. Suhbat jarayonida Jahongirdan nima uchun aynan shu sport turini tanlagani, uning qiziqishlari haqida soʻradim.

    Sinfdoshim Sarvar Abdullayev sport mashgʻulotlariga muntazam qatnar edi.

    ...
  • “Gulxan” kashf qilgan moʻjiza

    Maktabda oʻtadigan bir tadbirga tayyorlanish uchun oʻquvchilar bilan yigʻildik. Shunda oʻquvchilarimdan biri qoʻlidagi oʻqilaverganidan varaqlari urinib qolgan “Gulxan” jurnali, bir-ikki dona “Tong yulduzi” gazetasiga ishora qilib, ushbu jurnal va gazetalarda oʻtkazmoqchi boʻlgan tadbirimiz mavzusiga oid sheʼrlar va qimmatli maʼlumotlar borligini aytdi.

    Bolalar nima uchun

    ...
  • Ratan Tataning Londonda soʻzlagan nutqi

    Salom, salom mening tinib-tinchimas doʻstlarim! Bugun “English time” sahifasi orqali Ratan Tataning Londonda soʻzlagan nutqidan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 20-maktabning ingliz tili oʻqituvchisi Muattar MIRZAYEVA tarjimasida bahramand boʻlamiz, letʼs go!!!

     

     

    Donʼt educate your children to be rich. Educate them to be Happy,

    ...
  • Six best Doctors in the world

    Six best Doctors in the world: 1. Sunlight 2. Rest 3. Exercise

    4. Diet 5. Self Confidence & 6. Friends Maintain them in all stages of Life and enjoy healthy life.

    * * *

    Dunyodagi eng yaxshi shifokorlar 6 ta: 1. Quyosh nuri. 2. Hordiq. 3. Badantarbiya. 4. Meʼyorida ovqatlanish. 5. Oʻziga boʻlgan ishonch. 6.

    ...
  • Qadriyat

    Bepoyon va serquyosh Oʻzbekistonmizning har bir ziyo maskanlarida bayram va tadbirlar oʻzgacha shukuh va koʻtarinki kayfiyatda oʻtishi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligidan.

    Ana shunday bayramlardan biri 9-may – Xotira va qadrlash kuni ham yurtimizda tinchlikka, qadriyatga ehtirom sifatida nishonlanadi.

    II jahon urushi veteranlari, mehnat faxriylari bilan boʻlgan uchrashuvlar

    ...
  • Xayr, jonajon maktab

    Maktab – bilimlar maskani. U bizni oʻn bir yil oʻz bagʻrida aqlan va jismonan ulgʻaytirdi, bilim berdi, asrab-avayladi, katta hayotga tayyorladi.

    Tegrasi togʻlar bilan oʻralgan tabarruk oshyon – bu mening qadrdon maktabim. Faxrlansam arziydi, oʻz bagʻridan ne-ne buyuk insonlarni uchirma qilgan soʻlim Angren shahridagi 4-maktabning bitiruvchisiman! Oʻtgan yillar mobaynida bir qator

    ...
  • Muhim masala

    Bugun bolalarni kitobga, kitobxonlikka yoʻnaltirish muhim masalaga aylandi. Sababi aniq, XXI asr bolalari kompyuter, televizor va telefonga qattiq bogʻlanib qolishmoqda. Ularning maʼnaviy va ruhiy salomatligini asrash, yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash uchun bolalarning qoʻliga qiziqarli kitoblar bilan birga rang-barang jurnallar ham tutishimiz shart deb oʻylayman. Yaqinda

    ...
  • Oʻquvchining koʻzgusi

    Farhod jamoat ishlarida ancha faol, oʻzlashtirishi ham yaxshi. Ammo men uni yaxshi oʻquvchilarim qatoriga qoʻsha olmasdim... Negaki, u biroz shoshqaloq, pala-partish. Yozuvi xunuk. Bu uning nafaqat yozuv, balki matematika, ingliz tili, “Atrofimizdagi olam”dan tutgan daftarlari, hatto kundaligida ham lop etib koʻzga tashlanib, yaxshi oʻquvchi emas, deganday boʻlaverardi. Bu fikrdan qutulish

    ...
  • Pyureli kotlet

    Masalliqlar: 2–3 dona kartoshka, 1 ta piyoz, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq un, tuz, murch va ozgina qiyma.

    Tayyorlanishi: Kartoshka suvda qaynatib olingach yaxshilab eziladi. Piyoz, qiyma tovada alohida-alohida qovuriladi. Soʻng masalliqlarni bir idishga solib tuz, murch, tuxum, un qoʻshib aralashtiriladi. Gaz pechi listiga talqon

    ...
  • Limonli pirog

    Masalliqlar: xamiriga:380 gramm un, 250 gramm margarin, 200 ml smetana, yarim choy qoshiq isteʼmol sodasi (sirkada soʻndirilgan); orasiga solishga: 2 dona kichkina limon, 200 gramm shakar, 1 choy qoshiq kraxmal.

    Tayyorlanishi: 1. Qirgʻichdan oʻtkazilgan margarinni un bilan

    ...
  • Yongʻoqli salat

    Masalliqlar:250 gramm qaynatilgan tovuq goʻshti va dudlangan mol goʻshti, 200 gramm tayyor sabzi salati, 150 gramm karam, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi, 1 osh qoshiq un, 1–2 osh qoshiq suv, mayonez, yongʻoq magʻzi, tuz.

    Tayyorlanishi: 1. Dudlangan goʻsht, qaynatilgan tovuq goʻshti va

    ...
  • Abdusaid Koʻchimov

    Abdusaid Koʻchimov 1951-yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan. 1967-yilda tumandagi 37-oʻrta maktabni bitirgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqidi. Mehnat faoliyatini “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshladi. 1972–1984-yillarda “Lenin uchquni” (hozirgi “Tong yulduzi”) gazetasida muxbir, boʻlim mudiri,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.