Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 4-son

  • Buyuk Amir Temur monologi

    Bag‘ishlab suyukli elga Turonni,

    Tangrim lutf etdi so‘ng Sohibqironni.

    Dedi: “G‘animlarga o‘lja tarqoq el,

    Birlashtir yurtingni, yech muammoni”.

     

    Jon fido etib men, qilib shijoat,

    Ayladim uch qit’a ulusini zabt.

    Moziyning sarg‘aygan sahifasiga

    Zeb bermish men qurgan azim saltanat.

     

    Bilursiz siz meni,

    ...
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqidan

    ...Navro‘z va yoshlik tushunchalari bir-biriga bag‘oyat yaqin va mushtarakdir.

    Bugun azm-u shijoatli millionlab farzand­larimizga g‘urur bilan qarar ekanmiz, bu haqiqatga takroran ishonch hosil qilamiz.

    Mana shu hayajonli daqiqalarda, ezgu orzu-intilishlar bilan hayotga kirib kelayotgan yosh avlodimizga – aziz bolalarimga murojaat qilib aytmoqchiman:

    Qadrli

    ...
  • Bola edim – poshsho edim-da...

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, o‘nlab roman, qissa va hikoyalar muallifi, zabardast ijodkor Erkin A’ZAM. Adibning kinossenariylari asosida yaratilgan “Chantrimore”, “Piyoda”, “Dilxiroj”, “Erkak”, “Zabarjad”, “Parizod”, “Suv yoqalab”, “Jannat qaydadir”, “Qarzdor” nomli filmlari televizorda namoyish etilganda, barchamiz katta qiziqish bilan tomosha

    ...
  • Mangu ibrat manbayi

    Sohibqiron Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni haqida jurnal sahifalari orqali siz o‘quvchilarga ko‘p marta  qiziqarli ma’lumotlar taqdim etganmiz.

    Bu safar esa  Sohibqironning bog‘ yaratish ilmi, mahorati, mehr-ishtiyoqi borasida nafaqat millatimiz, balki butun dunyo ahliga betakror namuna ko‘rsatgani haqida suhbatlashamiz.

    Amir Temur o‘zining bog‘

    ...
  • Amir Temur – adolatli hukmdor

    Maktabimizda buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – adolatli hukmdor” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

    Unda Amir Temurning adolat, odob, axloq, tarix, siyosatshunoslik, vatanparvarlik mezonlarini yuqori cho‘qqiga ko‘tarib, in­soniyat tamadduniga  beqiyos hissa qo‘shgan buyuk shaxs ekani haqida atroflicha so‘z

    ...
  • Abdurahmon Akbar sheʼrlari

    Bolalarning sevimli shoiri Abdurahmon Akbar hayot bo‘lganida 60 yoshga to‘lardi. U qisqa umri davomida bolalar ko‘ngliga manzur bo‘ladigan, mavzusi hech qachon eskirmaydigan o‘nlab kitoblar yozishga ulgurdi. Uning quvnoq she’rlarini ko‘plab avlodlar sevib o‘qiyveradi. Bu asarlar shoirning ikkinchi umri bo‘lib yashashda davom etmoqda.

     

    Norning

    ...
  • Oymomojon, qoʻy uxlay…

    Ukam shirin uyquda,

    Singlim orom olmoqda.

    Akam Said “xur-xur”lab,

    Mayin xurrak otmoqda.

    Mening ko‘zimda esa,

    Eh, uyqudan darak yo‘q.

    Derazadan oymomo,

    Imlar meni ko‘zi lo‘q.

    Gaplashaman xayolan,

    Kulcha oymomo bilan,

    Mars tomon yo‘l olaman

    Raketada daf’atan.

    Qani Zuhro yulduzin,

    Ipga bog‘lab

    ...
  • Xushxabar

    Ijodkor, kitobsevar do‘stlar, eshitmadim demanglar, 2-aprel –Xalqaro bolalar kitobxonligi   kunida  bayramga ajoyib sovg‘a sifatida mam­lakatimiz bo‘ylab  yoqimli  xushxabar tarqaldi – O‘zbekiston Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashiga qabul qilindi!

    Bu nima degani? Nega buncha  xursandchilik deysizmi? Albatta xursand bo‘lamiz-da,

    ...
  • Yoʻlimdagi yaxshilar

    Gullar shahri Namanganning Mingbuloq tumanidagi 13-maktabda qariyb 40 yil ingliz va nemis tilidan saboq bergan, ayni kunda ushbu bilim maskanida ijodiy targ‘ibotchi bo‘lib ishlayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mu­rabbiy, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, Xalq ta’limi a’lochisi Rahimaxon Jo‘rayevaning yangi kitobi shunday nomlangan. Ilm kishisi o‘zidan nur, yog‘du taratuvchi chiroqqa

    ...
  • Telepat

    Taniqli yozuvchi Erkin USMONOV  “Gulxan” jurnalining sadoqatli do‘stlaridan  edi. Bunday  deyishimga sabab, u kishi  butun umr jurnal bilan hamkorlik qildi. Qanday asar yozmasin,  hikoyami, sarguzasht qissami darhol tahririyatimizga olib kelardi.Bu  asarni birinchi bo‘lib “Gulxan”chilar o‘qisin, bu bolalar juda ziyrak, bilimdon.

    ...
  • Tandir

    Nuragan paxsa devor

    Bag‘rida eski tandir.

    Mung‘ayib bazo‘r turar,

    Ko‘rgan labini burar.

    Ichi-tashi yorilgan,

    Bilmam qachon qurilgan,

    – Tashlaylik sharta  buzib,

    Yotavermasin to‘zib, –

    Dedim dadamga bir kun.

    Dadam biroz oldi tin:

    – Bu bobong qurgan tandir,

    Buving yopgan non, patir.

    To‘ydirgan

    ...
  • Boʻynoq

    Kuchugim mitti Bo‘ynoq

    O‘zi judayam o‘ynoq,

    Yugurar u yon, bu yon,

    Tinim bilmaydi bir on.

     

    Izlar nimalarnidir,

    Bilmam, tashvishi nedir?

    Topibdi suyak, arang!

    Xursand likillar qarang.

     

    Nozima RUSTAMBEKOVA,

    Urganch shahridagi 30-IDUMning

    5-sinf o‘quvchisi

  • Navoiy bobom

    Ushalmas orzular bir kun ushalar,

    Poyingga anvoyi gullar to‘shalar.

    Yorishar uzoq va yaqin go‘shalar,

    Navoiy g‘azalin bir bor o‘qisang.

     

    Ilmga  mehrni qalbga joylaysan,

    Elingga xizmatga o‘zing shaylaysan.

    Ezgulik neligin shunda anglaysan,

    Navoiy g‘azalin takror o‘qisang.

     

    Mohinur

    ...
  • Otam

    Uyimizning fayzi, ko‘rki,

    Oilamiz quvonchi.

    Farzandlarning qo‘rg‘onisiz,

    Kelajakka ishonchi.

    Har kuningiz o‘tar bizning

    Hayotimizni o‘ylab.

    Charchamaysiz farzandlarga,

    Dono o‘gitlar so‘ylab.

    Siz suyangan tog‘imizsiz,

    O‘zingiz ulug‘ qo‘rg‘on.

    Gaplaringiz bizlar uchun

    Maktab bo‘lar,

    ...
  • Kabutar

    Qalbi libosidek oq kabutarlar,

    Samolarda juft-juft qiladi parvoz.

    Go‘yoki sevinchdan raqsga tushib,

    Tinchlik kuyin kuylar baralla ovoz.

     

    Lazzatxon Qosimova,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Beruniy tumanidagi 67-maktab o‘quvchisi

  • “Gulxan atrofida” toʻgaragi aʼzolari ijodidan

    Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 152-maktabda tashkil qilingan “Gulxan atrofida” nomli yosh qalamkashlar to‘garagi a’zolarining she’riy mashqlarini bir o‘qib ko‘ring-a!

     

    Karim uyaldi

    O‘ynab-o‘ynab ko‘chada,

    Uxlar yarim kechada.

    Turolmaydi hech qachon,

    Tongda soat ursa bong.

    Maktabiga kechikar,

    Choyni ham turib

    ...
  • Oʻrmondagi sarguzasht

    O‘rmonga yaqin bir qishloqda juda quvnoq va tantiq Oppoqvoy degan quyoncha yashar ekan. U har tong dadasi bog‘chaga olib borayotganda, bugun borgim kelmayapti. Iltimos, bir kungina uyda qolay, – deb yalinar ekan. Ammo, buning iloji yo‘q ekan. Chunki oyisi va dadasi “O‘rmon mevalari” firmasida  ishlashar ekan. Oppoqvoy bugun ham nonushtadan so‘ng, “bog‘chaga borgim kelmayapti”, – deb

    ...
  • Uyqusiz tunlar, telefonsiz kunlar mukofoti

    Mana besh yildirki, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan o‘quv­chi yoshlar o‘rtasida o‘tka­zilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovida shu kungacha respublika bo‘yicha 3 milliondan ortiq kitobxon ishtirok etdi. Ulardan  bolalar va o‘smirlar  toifasidan 154 nafar o‘quvchi viloyat bosqichlariga,  42 nafar kitobxon esa poytaxtda o‘tkazilgan final bellashuvlariga yetib

    ...
  • Beparvolik kasri

    Bahor. Yomg‘irli kunlar. Shahnoza dera­zadan yomg‘ir yog‘ishini tomosha qilyapti. “Eh-h, yomg‘ir tezroq tugay qolsaydi, o‘r­toqlarim bilan mazza qilib o‘ynardik”, – deb xo‘rsindi u. Nihoyat yomg‘ir tindi.  Bulutlar ortidan quyosh ko‘rindi. Shahnoza yugurib oshxonaga onasining oldiga bordi.

    –  Oyijon yomg‘ir to‘xtadi. Endi ko‘chaga chiqib o‘ynasam,

    ...
  • Ijodkor sinfdoshlar

    Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 1-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘z nufuziga ega maskanlardan biri.

    Maktabda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi, shoir Ahmad Bolibekov rahbarlik qilayotgan “Yosh ijodkorlar” to‘garagiga 20 dan ziyod iqtidorli o‘quvchi jalb qilingan. Quyida ijodidan namunalar e’lon

    ...
  • Dam shu damdir…

    Kattalar hayotini bi-i-i-r kuzatsak unda insonlar asosan 3 toifaga bo‘linishini ko‘ramiz. Birinchisi hayot oqimi bo‘ylab suzuvchilar. Bunday odamlar odatda real hayotda nima foydali bo‘lsa, shu ishni qilishni ma’qul ko‘radilar. Ikkinchi toifa odamlar oqimga qarshi suzuvchilar. Ular birinchi turdagidan farqli ravishda o‘ziga “Nima uchun?” degan savolni bera oladigan odamlardir. Undaylar

    ...
  • Kitobim – oftobim

    Poytaxtning Uchtepa tumanidagi 193-IDUMda Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan boshlang‘ich sinflar ishtirokida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

    “Kitobim – oftobim” deb nomlangan ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olima Zamira Ibrohimova mehmon bo‘ldi. Bayramda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda sahna

    ...
  • U hamisha gulga talpinadi

    Jurnal sahifalaridagi nabodot va hayvonot olami haqidagi qiziqarli lavhalari bilan sizlarning hurmatingizga  sazovor bo‘lganGulxanning qadrdon do‘sti pedagog-jurnalist Abdulla Saidovbugun o‘zining tabarruk 75 yoshini nishonlamoqda. Biz barcha jurnalxonlar nomidan u kishini qutlug‘ yosh bilan  samimiy muborakbod

    ...
  • Kim yaxshi

    – Salom, jajji qizaloq,

     Jingalaksoch ko‘zmunchoq.

    Senga bir savolim bor,

    Javob bergin o‘ylabroq.

     

    – Dadajoning yaxshimi,

    Yoki oyingmi ko‘proq?

     

    Ko‘zlarin pirpiratib,

    Qizcha o‘ylandi ozroq.

    Savol oddiy bo‘lsa ham,

    Javob edi “og‘irroq”

    “Oyim yaxshi” desinmi,

    Yoki “Dadam

    ...
  • Gurulla osmon qadar

    “Gulxan”jonim – qadrdon do‘stim,

    Qanot berding orzularimga.

    Ishonch berding, ko‘klarni quchdim,

    Samimiylik, tuyg‘ularimga.

     

    Sochlarimga oq oraladi,

    Nuroniylik yuzimda balqqan.

    Hamon ko‘nglim yoritib turar,

    Yuragimda sen yoqqan gulxan.

     

    Umrim bo‘yi hamrohim bo‘lib,

    Ezgulikka chorlaganing

    ...
  • Libos qadr oʻlchovimi?

    Qo‘shni dugonam bilan mak­tabga doim birga  ketamiz.  Shun­­day kunlarning bi­ri­da dugo­nam­ning darvozasi yoni­ga borib, endigina chaqirmoqchi bo‘l­­gan edim,  tasodifan ich­­ka­ridan kimningdir qat­tiq-qattiq gapirayotgani eshi­­­­­­tildi. Men qotib qoldim. Baqirayotgan dugonamning

    ...
  • Ochkoʻzning jazosi

    Qadim zamonda ishtahasi karnay, yebto‘ymas Olmaxon bor ekan. U kun bo‘yi o‘rmondan yiqqanini tuni bilan yeb chiqarkan. Qishning g‘amini, ertasini hech o‘ylamas ekan. Bir kuni onasi uni yoniga chorlab, tanbeh beribdi:

    –  Olmaxoncham, men seni kuzatib kelyapman. Sen shu kunlarda juda ko‘p yong‘oq, meva-cheva va urug‘larni yeb tashlayapsan. Bu odating oxir-oqibat yaxshilikka olib

    ...
  • Mahallamiz fayzi

    Biz bolalar ota-ona, buvi-buvalarimizdan “Mahallang – uying” degan gapni ko‘p eshitamiz. O‘ylab qarasam, kattalarning gapi juda to‘g‘ri ekan. Mahalla odamlar yashaydigan bir qancha uylardan iborat bo‘lgani uchun ham shunday deyilar ekan.

    Yashnobod tumanidagi Olmos mahallasi yaqin yillarda qurilgan yangi hovli-joylar bilan kengayib, yanada obod bo‘ldi. Biz ana shu mahallaning “Katta

    ...
  • Shukrona

    Inson bo‘lib tug‘ilganim baxtim erur,

    Qo‘llar ochiq holatda ham rizqin terur.

    Ikki kaftim birlashtirib ne so‘rasam,

    Yaratganim so‘rganimdan ortiq berur.

     

    Har bir ishning o‘ziga xos hikmati bor,

    Hatto kulfat xosiyatsiz kelmas zinhor.

    O‘zi suygan bandasini sinar deya,

    Quvongayman garchi qalbim cheksa

    ...
  • Erkin Usmonov

    Erkin Usmonov 1952-yilda Toshkentning Eski shahar qismida, ziyoli oilada tug‘ildi. Bobosi mashhur sozgar, xalq ustasi – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Usta Usmon, otasi esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirsoat Usmonov edi.

    Bolalik chog‘laridan hozirgi “Tong yulduzi” gazetasi qoshidagi “Yosh qalamkashlar” to‘garagiga qatnashdi. “K.K.” nomli birinchi fantastik

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.