Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2023-yil 11-son

  • Barkamol avlod bolalari

    Qadrli muxlislar, siz o‘quvchilarning bo‘sh vaqtingiz foydali va mazmunli o‘tishida yurtimizdagi “Barkamol avlod” maktablarining o‘rni beqiyos. Bugungi kunda O‘zbekistonda barcha viloyat va tumanlar bo‘yicha 219 ta  “Barkamol avlod” maktablari ishlab turibdi. Ularda 10612 ta to‘garaklar mavjud bo‘lib, 312463 nafar o‘quvchilar jalb etilgan. 79 turdagi to‘garaklarda hunarmandchilik,

    ...
  • Ilm – tilsimli diyor

    Dunyoda shunday insonlar borki, ular sham misoli hayotni yoritadilar, ilm va tajribalari bilan qalbimizga ziyo ulashadilar. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsentMukarram Muhitdinovaana shunday insonlardan. Mukarram opa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (sobiq SAGU)da tahsil olib, Moskva davlat universiteti

    ...
  • Achchiq choy haqida achchiq gap

    Yaxshi udum, yaxshi kalom:

    “Choyga keling, choyga keling!”

    Lekin faqat dasturxonmas,

    Zo‘r dasturlar tuzing, bo‘ling.

     

    Shahd-shiddatda ilm-u fan ham,

    Tezkor, shoshqin zamon bu kun,

    Kimlar uchun oltin – har dam,

    Va bir qadam osmon bu kun!

     

    Chorlar ular ko‘k to‘ridan:

    “Oyga keling! Oyga

    ...
  • O‘rgimchak (odam)ga

    Xo‘b mehribonga o‘xshab

    Aylanasan o‘rgulib.

    To‘ringga tushar o‘lja,

    Mehring – tuzoq, ko‘rgulik.

    Ayyorliging ko‘p ko‘rdim,

    Bari ishing yolg‘ondan.

    E, bor, men ham o‘rguldim

    Sendaqa mehribondan!

     

    Dilshod RAJAB

  • Qora ko‘zoynak (hazil)

    Chiqib olib burunga

    “Hunar”ingni boshlaysan:

    Chor atrofni ko‘zimga

    “Qora” qilib tashlaysan.

     

    Qoralashdan nima naf,

    Kuya surkab bariga?

    Yaxshiyam, boramiz zap

    Oq-qoraning farqiga.

     

    Oynaksan. Shu fe’l bilan

    Odam bo‘lsang, (o‘ksima)

    Qorasini ko‘rsatmay

    Qochar edi do‘sting

    ...
  • Nohaq kesilgan daraxt

    Shoximdan qushlar uchdi,

    Boshimdan hushlar uchdi,

    Tanimga bolta tushdi,

    Qalqib tushdim zarbidan.

    Yerdan oyoq uzgan ko‘p,

    Lekin menda xohish yo‘q,

    Bo‘lar quruq yog‘och-cho‘p,

    Kim uzilsa bag‘ridan.

    Ey, soyamda yotgan zot,

    Mevalarim totgan zot,

    O‘tin qilib sotgan zot,

    O‘tib mening bahrimdan,

    Javobdan

    ...
  • O‘zbekiston bayrog‘i

    Vatanimiz timsolidirsan,

    Eng muqaddas a’molidirsan,

    Oliy ramzi, jamolidirsan,

    O‘zbekiston milliy bayrog‘i!

     

    Olam uzra hilpirar mag‘rur,

    Yon-atrofga sochib shu’la, nur,

    Yuraklarda uyg‘otding g‘urur,

    O‘zbekiston milliy bayrog‘i!

     

    Ajdodlarning ruhin shod etding,

    Orzularin barhayot

    ...
  • Vatan tuyg‘usi

    Nedir Vatan tuyg‘usi? —

    Emas mavhum tushuncha.

    Ma’nosini anglaymiz,

    No‘noqmasmiz biz uncha!

    Muallimning qo‘lida

    Gazeta-yu kitoblar.

    — Yurtni sevmoq iymondan! —

    Deb qiladi xitoblar.

    Misollarni keltirgay

    Goh hadis, goh Qur’ondan.

    So‘zlar buyuk zotlarning

    Dilidagi surondan!

    Har ibora —

    ...
  • Dangasa

    Maqsadiga erishgay

    Intilsa kim, chopsa kim.

    Hatto qorni yondirar,

    Qalovini

    Topsa kim.

    Jon koyitmas dangasa,

    Izlash tugul qalovni –

    O‘chiradi, erinib,

    Yonib turgan

    Olovni!

     

    Rustam NAZAR

  • Buvamning naqli

    Oshsa hamki yetmishdan,

    Buvam chaqqon va tetik.

    Ishlar uzzukun bog‘da,

    Oyog‘ida zil etik.

    Mehr berib, yashnatib,

    Ardoqlar har daraxtni.

    Jini suymas landovur,

    Vujudi shol, karaxtni.

    Ba’zan horib-charchasa,

    Yostig‘ini tuzatib –

    Deymiz: “Endi yoting-da

    Siz ham oyoq uzatib”.

    Buvam kular: “Tirik

    ...
  • Chaqaloq

    Oilada eng kenja

    Ukam hali chaqaloq.

    Beshikda jim yotmaydi,

    Tinchimaydi baqaloq.

    U nimadan bezovta,

    Nega hadeb yig‘laydi?

    Tushuniksiz holati

    Bag‘rimizni tig‘laydi.

    Bu serg‘alva dunyoda

    Ko‘pdir to‘siq va g‘ovlar.

    Cho‘chitarmi uni yo

    Oldidagi sinovlar?

     

    Rustam NAZAR

  • O‘n barmog‘im – o‘n hunar

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ki­chik yoshdagi bola­larning adabiy-badiiy be­zakli respublika jurnali “G‘uncha”ning bosh muharririDilfuza Shomalikovaning yangi kitobi bosmadan chiqdi. “Ensiklopediya” nashriyotida 5000 nusxada chop etilgan “Zag‘izg‘onning arg‘imchog‘i” deb nomlangan ushbu kitobdan  muallifning hikoya, ertak

    ...
  • Angren taassurotlari

    Chin iste’dod sohibi yantoq unmaydigan yerdan gul undirur. Bu naqlning rostligiga Angren shahridagi maktablararo sayohatimiz davomida amin bo‘ldik. Sababi, har bir o‘quvchining mehnat mahsuli, ilhomlanib yaratgan qo‘l ishlanmalari, kreativ mahsulotlarini ko‘rib, ko‘zimiz quvondi. Tabiat ato etgan noyob qobiliyatni ishga solib, haqiqiy san’at asarini yarata olgan o‘quvchilarning ijod

    ...
  • “G‘aroyib bolalar” bilan tanishing

    Turk yozuvchi va dramaturgi Aziz Nesinning kitob­lari qo‘lingizga hech tushganmi? Javo­bin­giz “ha” bo‘lsa, demak siz yozuvchining hajv va sargu­zashtga boy asarlari muxlisiga aylanib bo‘lganingiz aniq. Agar hali o‘qimagan bo‘lsangiz, mutolaaga shoshiling!

    Aziz Nesinning “Hushtak afandim”, “Ona tarbiyasi”, “Futbol qiroli”, “G‘aroyib bolalar” kabi qissa va hikoyalari

    ...
  • Ana javob

    Ominaxon “R” harfin,

    “Y” deb talaffuz qilar.

    “R” deb aytgin desangiz,

    Kulib turib “Y” deyar.

     

    Iye-iye, Omina,

    “R” deyishni bilmaydi.

    “R” deyishni o‘rgangin,

    “Y” deyishing bo‘lmaydi.

     

    – “R”ni “R” deyman men ham,

    Og‘zimda ham  dilimda.

    “R” deyishni bilmaslik,

    Tishim

    ...
  • Sentyabr oyi

    Nokning shoxi bukildi,

    Olma duv-duv to‘kildi.

    Anor kiygan nimchalar,

    Chok-chokidan so‘kildi.

    Kuz fasllar boyi bu,

    Sentyabr oyi bu!

     

    OKTYABR OYI

    Yangi hilol tug‘ildi,

    Hosil-xirmon yig‘ildi.

    Ko‘kdan yerning yuziga

    Qut-baraka yog‘ildi.

    Yilning qaymoq-moyi bu,

    Oktyabr oyi

    ...
  • Jonajon ustoz

    Mahorat bobida hayotdek tengsiz

    Ustozidan o‘zgan shogirdsiz, ustoz.

    Hurmat qatorida barchangiz tengsiz,

    Hech o‘zin o‘ylamas bedorsiz, Ustoz.

     

    Do‘stsiz, tanqidchisiz, tirik kitobsiz,

    Ma’rifatning isi ufurar sizdan.

    Tunga tongni bergan saxiy oftobsiz,

    Yulduzdek porlaylik biz ortingizdan.

     

    Ta’rifda

    ...
  • Bu mening onajonim

    Hayotimning gavhari,

    Oilamiz javhari,

    Yuragimiz malhami,

    Jonajonim onajon.

     

    Mehringiz-la yashnagan

    Kichikkina qalbim bor.

    Siz ila taskin topar,

    Jonajonim onajon.

     

    Gulzodabonu NURMATOVA, 

    Toshkent shahri Yunusobod tumani 247-maktab 8-sinf

  • Ona

    Sochlaringga qorlar yog‘ibdi,

    Tishlaring ham tushibdi, ona.

    Azoblaring bildirmay bizga,

    Yig‘laysanmi tunda pinhona?

     

    Yuzlaringga yillar armoni,

    Chiziq tortib chiqdimi, ona?

    Ko‘z yoshlaring artsa qaro tun,

    Dardlaringni tinglar tor xona.

     

    Bolang bo‘lib dardlaring olay,

    Onajonim, poyingda

    ...
  • Vatanim, madhingni kuylar qizingman

    Zavq-u shavq yo‘g‘rilgan tinch makon uchun,

    Xotirjam tandirda pishgan non uchun,

    Baxtli kulgularim, aziz jon uchun,

    Vatanim madhingni kuylayin o‘zim.

     

    Jaloliddin qoni singgan tuprog‘ing,

    Yeringda ko‘karur oddiy bir xas ham.

    Ko‘ngilga xush yoqar, hatto erta tong

    Masjiddan yangragan baland

    ...
  • O‘xshatish

    Mening nomim o‘x­sha­tish. Oddiy o‘xsha­tish. Mana, masalan, odamlar odamga o‘x­shaydi-ku! Ko‘zi, qoshi, qiyofasi, xarakteri. Xuddi shunday, ni­ma­nidir nimaga o‘xshatsak, gaplarimiz yanada chiroyli chi­qadi. Masalan, nega go‘yo arazlashganday bo‘lib qolding deymiz biz, xuddi ichiga mingta kulgu zarralari tushganday og‘zini yopa olmay kuladi, deymiz. Ha, meni

    ...
  • Mubolag‘a

    Lofchilar haqida eshit­ganmisiz? Ana  o‘sha yer­da men rosa ko‘pman. Ha, bir-bi­ri bilan maqtanishda bahslashayotgan bolalarni tasavvur qiling. Bittasi: “Men 100 ta muzqaymoq yedim”, – deydi. Men ko‘pirtirish, oshirish orqali haqiqat chegaralaridan o‘tib ketaman. Ertaklarda, dostonlarda bahodirlarni tasvirlashda ham men kerak bo‘laman. Alpomish dostonini eslang. Qalmoq

    ...
  • Uloqchalar

    Ona echki bolalagach, bo‘sh vaqtini ko‘chada dugonalari bilan o‘tkazishni juda xush ko‘radigan Shohista qizning zimmasiga har kuni darsdan so‘ng ona-bola jonivorlarni ovul etagidagi bedazor chekkasida bir necha soatga o‘tlatib kelishdek zerikarli yumush yuklatildi. Dastlab xuddi tomchi suvdek bir-biriga juda o‘xshash, qordek oppoq egiz uloqchalarga mehri haddan ziyod baland bo‘lgan qizga bu

    ...
  • Borliqni qutqaring

    Yer sharining eko­logik vaziyati bor­­­gan sari yomonla­sha­yotganini bilasiz. Minglab zavodlar ish­lab turgan, son-sanoqsiz avtomobillar, mashinalar harakatlanadigan bu davrda  atmosfera ifloslanmay qolmaydi. Toza ichimlik suvi kamayib borayotganiga qaramay, suvni ortiqcha isrof qilish, turli chiqindilarni suvga oqizish sabab bebaho ne’mat ham nihoyalanishi

    ...
  • Jaloliddin izdoshi

    Qani, shamshirni ol. Jang qilamiz. Ya-ya-ya!..

    Yodingizga tushdi-a? Albatta, bola­lik davringiz, tayoqdan qilich yasab, tengdoshlaringiz bilan mardi maydonda o‘tgan vaqtlar... Oyinayi jahonda efirga uzatilgan “Amir Temur”, “Bobur Mirzo”, “Mendirman Jaloliddin” kabi vatanparvarlik, mardlik, jasorat haqidagi film va seriallarni ko‘rib, ularning jang san’atiga, qilich va qalqon

    ...
  • Kamera yozuvidagi haqiqatlar

    Onalar majlisiga bordim. Namoyishlar zali to‘la onalarni ko‘rib ajib his qildim o‘zimni. Yuzlab lolani o‘stirgan mehri daryo bog‘bonlar to‘plangan edi go‘yo. Ammo direktor opa so‘z boshlagach... mening qizim tilga olinmasa-da, uyatdan noqulay holga tushdim. Chunki opa umumiy gap orasida kimligini aytmagan ba’zi yuqori sinfda o‘qiydigan qizlarning “kamerasi bor maktabda yigit bilan

    ...
  • Shamolvoyning so‘zlari

    Bog‘bon bobo, ko‘nglingiz

    Og‘ritib qo‘ydim biroz.

    Sho‘xlik qilib, pishmagan

    Olmangiz to‘kkanim rost.

     

    Tan olaman, eshitmay,

    Tinglamayin dodini.

    Bexos sindirib qo‘ydim

    Behining qo‘sh shoxini.

     

    Yong‘oq meni sotdimi?!

    O‘zi avval bilgandim.

    Ko‘tarmabdi-da nomard

    Bitta hazil

    ...
  • Ayiqvoyning orzusi

    Arib hayot tashvishlari,

    Uyim bolga to‘lsaydi.

    Dunyoda bor asalari

    Xizmatkorim bo‘lsaydi.

     

    “Hukmdorim, ozibsiz sal,

    Qimirlamay yoting”, desa!

    Bu tog‘ asal, bu bog‘ asal,

    Tortinmayin toting”, desa!

     

    Sig‘dirolmay qolsa ombor,

    Ne qilmoqni bilardim.

    Qishda uxlamay

    ...
  • Rahmat, beg‘ubor bolakay

    Bugun havo qattiq sovuq. Qahraton qilichini qayragan. Odatim bo‘yicha ishga erta otlandim. Olgan nafasim qalin po‘stinimning yoqasida qirov hosil qilayotganini ko‘rib yoqamni tuzatar ekanman ko‘zim beixtiyor yerda yotgan qip-qizil pulga tushdi. Ikki ming so‘m. Bir bechoragina bola sovuqda cho‘ntagiga qo‘l suqqan-u tushirgan bo‘lsa kerak. Egilib, pulni oldim. Kimniki, deb so‘ray desam,

    ...
  • Oddiygina savol

    “Gulxan” jurnali ijodkorlarini hamisha yurtimizdagi kutubxona, maktablar hamda litseylarda bo‘lib o‘tadigan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarga taklif etishadi. Bunday uchrashuvlar turli mavzularda, turli muhim sanalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Yaqinda poytaxtimizning ko‘zga ko‘ringan, namunali maktablaridan birida mana shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maktab zaliga yig‘ilgan 7-8-9-sinf o‘quvchilari

    ...
  • Kitob – mening hayotimda

    EZGULIK ELCHILARI

    Bolaligimda ma’naviy ko‘­­­makka muh­toj, tashna edim. Us­toz­larim meni kitob­xonlikka yo‘naltira bildilar. 7-sinfga o‘tar chog‘im ruhimda keskin ijobiy, ijodiy o‘zgarish bo‘ldi. Maktabimizdagilar me­ni muxbir va shoir sifatida taniy boshladilar. Badiiy adabiyotga “sho‘ng‘ib”, uning zilol chashmalaridan chanqog‘imni

    ...
  • Men izlanishdaman

    2020-yil G‘u­zor tuma­ni­da­gi 34-maktabni tamomladim. Ammo maktabni tugatishim ka­ran­tin davriga to‘g‘ri keldi. Koronavirus ko‘pchilik qatori bizning oila uchun ham sinovli kechdi. Maktabni kumush medal bilan tugatgan bo‘lsam-da, o‘qishga kirolmadim. Ayrimlar “Medalni sotib olgansan, biliming bo‘lganda o‘qishga kirarding”, deb ta’na qilishdi.

    Shunday

    ...
  • “Ginnes”ga kimlar kiritiladi?

    Uzoq vaqt nafas olmay tura oladigan, eng tez yuguradigan, kitobni juda tez o‘qiydigan, kubik-rubikni soniyalarda yig‘a oladigan odamlar haqidagi faktlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Mana shunday odamlarni izlab topib, ularning iste’dodlarini baholash bilan kim shug‘ullanishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Bu ish bilan “Ginnesning rekordlar kitobi” shug‘ullanadi. 

    Sizga biroz

    ...
  • Zikrilla NE’MAT

    Zikrilla Ne’mat 1961-yilning 13-dekabrida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tahsil oldi. O‘zbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shit” jurnallari Birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasida ishladi.

    Dastlabki

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.