Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2023-yil 7-son

  • Beqiyos meros

    Millat saodatin ramzi, surati,

    Erkparvar ajdodlar nidosidir gerb.

    Xalqning or-u shoni, Vatan qudrati,

    Musofirlar dardin davosidir gerb.

    Qalbga muhr solgan iqbol, meros u,

    Yuksak qadriyat u, faxr-u e’zoz u.

     

    Mo‘l-ko‘l rizq-nasiba unda bo‘lgan jo,

    Humo – el duosi – boqiylikka zeb.

    Va oqil rahnamo timsoli –

    ...
  • Ertangi kun uchun

    9-iyul kuni yurtimizda siyosiy jarayon – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Xalqimiz farovonligi, taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bu saylov jarayonlari juda qizg‘in o‘tdi. Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan kelgan kuzatuvchilar jarayonlarga yuqori baho berdi. Vatanimiz, xalqimizning ertangi kuniga befarq bo‘lmagan har bir yurtdoshimiz

    ...
  • Urre, “Shum bola” jahon adabiyoti arenasida

    Bilamizki, siz yev­ro­palik Janni Rodari, An­tuan de-Sent Ekzyuperi, Hans Kristian Andersen asarlarini sevib o‘qiysiz. Biroq hech o‘ylab ko‘r­ganmisiz?  Xorijlik teng­dosh­laringiz qaysi  o‘z­bek adiblarining  asar­ini qi­ziqib mutolaa qiladi?

    Xal­qaro  bolalarni  himoya qilish kuni arafasida  ana shu savolga 

    ...
  • Biryoʻla uchta oʻrin

    Ozarbayjon  poytaxti Boku mezbonlik qilgan  eng yosh maqomchilarning XIII   Xalqaro mug‘om festivali nihoyasiga yetdi. Xalqimizning bebaho xazinasi bo‘lmish maqom san’ati qudratini qo‘shni zaminda namoyish etgan iste’dodli o‘g‘il-qizlar faxrli o‘rinlarni egallab yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldilar.

    Har ikki yilda o‘tkaziladigan “Maqom festivali”

    ...
  • Buzuq soat

    Buzuq soat devordan

    Bitta vaqtni ko‘rsatar.

    Go‘yoki berib yordam,

    Hammaga gap o‘rgatar:

     

    — Yurmayapman atayin,

    Soatlarga ibratman.

    Senlar — baring betayin,

    Men bir so‘zli soatman.

     

    Yana, kamgapman juda,

    Ko‘pincha jim yotaman.

    Bor-yo‘g‘i ikki marta,

    Vaqtni to‘g‘ri

    ...
  • Gurung

    – Osmon  to‘la  yulduzlar,

    Yashnab  turar  chamanday.

    Sanab  chiqdim  ko‘z  uzmay,

    Mingdan  ziyod  chamamda. –

     

    O‘zicha  so‘zlab  Omon,

    Yuzlanar  ammasiga:

    – Qachon  uchib  boraman

    Ularning 

    ...
  • Chumoli va chigirtka

    Chumolini Chigirtka

    Taklif qildi o‘yinga.

    Chumoli der: – Yumush ko‘p,

    Do‘stim, bu gal qo‘ying-a.

     

    – Yuring, jo‘ra, kuylaylik,–

    Keldi yana peshinda.

    – O‘rtoq, qishni o‘ylaylik,

    Xalal bermang ishimga.

     

    Subhidam kelgan vaqtda,

    Oy ohista botardi,

    Chumolivoy uvatda

    Xurrak otib

    ...
  • Hasharchiga mukofot

    Kecha echkim bog‘imda

    Ishni boplab qo‘yibdi.

    Daraxtlarni yo‘g‘imda,

    Oppoq “oqlab qo‘yibdi”.

     

    Shamol o‘tdi ichimdan,

    Yurakkinam to‘kildi.

    O‘ch olaymi echkimdan,

    Barmoqlarim bukildi...

     

    Bu o‘zimning xatoyim,

    Gunoh yo‘qdir echkimda.

    O‘zingdan o‘tsa doim,

    Aytolmaysan hech

    ...
  • Qutlov

    Bugun o‘zining  qutlug‘ 60 yoshini ni­sho­nlayotgan taniqli  shoir Muhiddin Omonning   “Sohir so‘zlar sandliqchasi” deb atalgan  kitobini o‘ziga xos so‘zlar xazinasi – Sizlarning ilk izohli lug‘atchangiz  desak  xato qilmagan  bo‘lamiz. Negaki, kitobdan o‘rin olgan she’rlar vositasida

    ...
  • Arining qasosi

    Sardor sigirini soyaga olib O‘tkir o‘rtog‘i bilan daladan qaytarkan  atrofi  beton  g‘isht bilan o‘ralgan  taxta tilish  sexi yonida to‘xtab qoldi.

    – O‘tkir, qara, anavi devorning orasida  qovog‘arining uyasi bor ekan. Hozir uchta ari ketma-ket kirib ketdi, – dedi g‘ishtlar o‘rtasidagi ochiq joyga ishora qilib.

    –   E, qovog‘ari juda

    ...
  • Suv – doʻsting, ham dushmaning!

    (Doston)

    Yaylovda yurar o‘ynab,

    Komil, Jasur va Zaynab.

    Quvnab yayrashgan sari,

    Manzildan ketdi nari.

    Yaqinlab toshqin soyga,

    Hayqirgan shoshqin soyga.

    Soy shunchalar keng edi,

    Daryolarga teng edi.

    Suvi tiniq, muzsimon,

    Yaxlatadi begumon. 

    Zirillar qirg‘oq,

    ...
  • Taʼtilning totli tashvishlari

    Keling, yozgi taʼtilni qanday tasavvur qilishingizni oʻzim ayta qolay! Salqin sayilgohlar, sersoya xiyobonlar, istirohat va hayvonot bog‘lari, bolalar maydonchalari...Bunga ishonchimning boisi, ayni kunlarda poytaxtimizning “Ashxobod”, “Anhor-Lokomotiv”, “Dream Park”, “Magic City” kabi ko‘ngilochar maskanlari bolalar bilan gavjum. U yerda ko‘pgina tengdoshlaringiz attraksionda

    ...
  • Maroqli dam – yutuqqa hamdam

    Uchtepa tuma­nida­gi 236-maktab  o‘quv­chi­­lari, – tog‘ bag‘ri­dagi  orom­gohlarga bor­mas­dan ham maroqli dam olish mumkin ekan, –  deyishmoqda. Nahotki, de­yi­shga shoshilmang!  Gap shundaki, bu bo­la­­lar yozgi  ta’tilni  mak­­tabda tashkil  qilin­gan  sog‘lomlashtirish

    ...
  • Sonlar baxsi

    Bir kun sonlar yig‘ilib,

    O‘tkazibdi zo‘r yig‘in.

    Har qaysi o‘z fikrini

    Aytibdi birin-sirin.

     

    Qo‘lin beliga qo‘yib

    Nol o‘rtaga chiqibdi:

    – Hammangizdan men zo‘rman, –

    Deb qorniga nuqibdi. 

     

    Qad-qomatin tik tutib,

    Bo‘y ko‘rsatibdi Biroy:

    – Men hammaga ustunman

    Sezmagansiz,

    ...
  • Onasini sogʻingan onam

    Qancha sinov, chidarkan odam,

    Ba’zan buyuk bo‘larkan alam.

    Bo‘lsam, derdim dardiga malham,

    Onasini sog‘ingan onam!

     

    Yuzda kulgu, ko‘zda nihon g‘am,

    Buni bizga bildirmas hech dam.

    Men esa jim, garchi sezsam ham,

    Onasini sog‘ingan onam!

    Cheksiz jafo cheksa-da har on,

    Xasta qalbi tubida pinhon.

    Shuncha

    ...
  • Varragim

    Keng osmonda varragim

    Yozib burgut qanotin.

    Uchar barcha qushlarga

    Ko‘z-ko‘z  qilib qomatin.

     

    Qarab tursam shu tobda,

    Uchib ketmoq istadi.

    Shamolga ergashgan-cha,

    “Qo‘yvor” deya qistadi.

     

    Ayyor shamol xo‘p tortdi,

    Qo‘ymagayman yutqazib.

    Chunki varrak burnidan,

    Olganman ip

    ...
  • Moʻjiza diyor

    Namanganim bog‘ida

    Turfa gullar ochildi.

    Qanday ajib manzara,

    Har yon quvonch sochildi.

     

    Yashnar ona tabiat,

    Gullardan libos kiyib.

    Mo‘jizakor bu diyor,

    Boshiga gullar ilib.

     

    Shudir go‘zal Namangan,

    Oshiq bo‘lasiz ko‘rib.

    Gar kelsangiz biz tomon,

    Ketasiz gulga

    ...
  • Toʻrtkoʻl

    Tog‘ ortidan chiqadi,

    Sekin mo‘ralab quyosh.

    Jilolandi tabiat,

    Maysalar ko‘tardi bosh.

     

     Qalbim torlarin chertib,

     Qo‘shiq kuylaydi bulbul.

     Men shu yurtning qiziman,

     Bag‘rini ochar To‘rtko‘l.

     

    Fazilat Durdiboyeva,

    Qoraqalpog‘iston

    ...
  • Umrim bahori

    Ey qalbim bahori, keldingmi yo‘qlab,

    Dilimga ezgulik cho‘g‘ini tashla,

    Bugun orzu degan cho‘qqiga boshla,

    Navqiron yoshligim – umrim bahori!

     

    O‘ylaymiz, xayollar chegarasi yo‘q,

    O‘smir dunyosidan durdonasi yo‘q,

    Kelajakka ishonch, o‘zdan ko‘ngli to‘q,

    Navqiron yoshligim – umrim bahori !

     

    Manziling

    ...
  • Tabiatning tillo zanjiri

    YOZNING QAYNOQ KUNLARIDA

    Yurtimizda yoz faslining eng issiq va jazirama kunlari boshlandi. To‘g‘risini aytganda, biz  bunday ob-havoga o‘rganib ham qolganmiz. Faqat bir narsa bizni o‘ylantiryapti – suv tanqisligi masalasi. Ijtimoiy tarmoqlarda, televizor kanallari orqali bu borada tez-tez  ekolog mutaxasisslarning chiqishlari namoyish etilmoqda, muhokama,

    ...
  • Vobkentning ixtirochi bolasi

    9-sinf o‘quvchilari! Ayting-chi! Siz bu davrgacha nimalarga erishdingiz? Ilm-fan, san’at, madaniyat, sport yo‘nalishida qanday yutuqlarni qo‘lga kiritdingiz? Menimcha, talaygina bo‘lsa kerak. Unda yaxshi. Aynan sizning auditoriyangizni tilga olishimning boisi, Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi tengdoshingiz Shahzod Erkinov barmoq bilan o‘t oldirsa bo‘ladigan elektrokar yaratdi. Endi uning

    ...
  • Ota-onangiz umraga boradi, agar...

    “Al-Aziz” akademiyasi haqida eshitganmisiz? Menimcha, qulog‘ingizga chalingan. 2019-yilda Yangiyo‘l shahrida tashkil etilgan ushbu akademiya bugun 4800 nafardan ortiq o‘quvchining ta’lim maskaniga aylangan. Ayni paytda, ilm istab kelgan o‘g‘il-qizlar markazdagi 150 dan ortiq malakali ustozdan bilim olmoqda. Akademiyada tibbiyot, dizayn, xorijiy tillar, hunarmandchilik, tikuvchilik kabi

    ...
  • Ilmning omonati

    Qadim zamonda bir usta temirchi bo‘lib, bu hunarni ipidan ignasigacha bilar ekan. Bundan tashqari, u gullarni juda yaxshi ko‘rgani uchun ustaxonasi oldida g‘aroyib gulzor barpo qilgan ekan. Temirchi keksayib kuchdan qola boshlagach, hunarini o‘rgatish uchun shogird olishini e’lon qilibdi. Shunda uning oldiga uchta yigit kelibdi. Temirchi yigitlardan bittasini tanlab olish uchun ularni sinab

    ...
  • Marafon

    Yaqinda ta’til bahona Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobini o‘qib chiqdim. Kitobni tugatdim-u ona tilimga mehrim tovlanib ketdi. Ichimdan “Har bir o‘zbek bu kitobni o‘qishi va uqishi kerak ekan”, degan o‘y o‘tdi. Kimni ko‘rsam shu kitob haqida yoki kitobdan uqqanlarim haqida gapira boshladim. Negadir hamma-hamma bu kitob haqida bilishini istadim. “Marafon” tanloviga kitobdagi eng

    ...
  • Hasad

    (Hikoya)

    Hasan respublika bola­lar kutubxonasi tashkil etgan tanlovda 1-o‘rinni egal­ladi. Mukofotga plan­­­shet berildi. Hasan uni qo‘liga olganida, ko‘z oldiga buvisi keldi.

      Yutug‘ini bag‘riga bosib, o‘qituvchisi bilan birga uyiga keldi. Qarib, mushtdekkina bo‘lib qolgan Karima xola ko‘ziga yosh olib, Hasanni

    ...
  • Ikki sheʼr

    OPAM YEGAN QAND SHIRIN

     

    Kenjatoy qiz Laziza

    Erkatoy, tantiq juda.

    Gohida oshib ketar,

    Qiliqlari behuda.

     

    Opasi Azizaga,

    Taqlid qilib to‘ymaydi.

    Qayga borsa ergashib,

    O‘z holiga qo‘ymaydi.

     

    Chetda turar o‘zining,

    Qator

    ...
  • “Istiqlol”ning quvnoq kunlari

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiya­dorlik jamiyatiga  qarashli “Istiqlol”  bolalar sog‘lom­lash­tirish oromgohi Zomin tumanining  xush­manzara  tog‘larida  joylashgan. Hozir ikkinchi bosqichda 210 nafar bola dam olmoqda. Hordiq kunlari maroqli o‘tishi  uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassomlar”, ingliz tili,

    ...
  • Belbogʻ

    (Toshkent shahridan yozib olindi)

    O‘yinda odatda besh nafar bola ishtirok etadi. Ulardan biri o‘yinboshi, ya’ni o‘yinda adolatni yo‘lga qo‘yuvchidir.

    Tartibga ko‘ra, ikkita bola bir-birlariga orqa o‘girib, oyoqlarini kerib tik turadilar. Ularning oyoqlari tagiga arqondek qilib belbog‘ tashlab qo‘yiladi. Shart shulki, belbog‘ har ikkala ishtirokchi

    ...
  • Hayot – koʻhna, dono muallim

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, taniqli shoirBobur Bobomurod. Ijodkorning “Ko‘zgudagi odam”,  “Yolg‘iz qolgan ayol”, “Elim bo‘ldi davlatli”, “Esiz odam”, “Chimyon taronalari”, “Sukutdagi go‘zal”, “Umr bahori”, “Bir kun kelib”, “Yuragim”, “Xudo bergan o‘zbekka”, “Vatan

    ...
  • Qutlov

    ...Keyingi vaqtda yurtimizda kitobxonlikni ommalashtirishdek ezgu ishga nashriyot-matbaa sohasi xodimlari ham munosib hissa qo‘shayotganini alohida e’tirof etish lozim. So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgani kitobsevar xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning ong-u tafakkurini yuksaltirishda muhim rol o‘ynashi,

    ...
  • Muhiddin OMON

    Muhiddin Omon 1963-yil 18-martda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Qorakesak qishlog‘ida tug‘ildi. 1985-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi. “O‘zbekiston” nashriyotida, “Sog‘lom avlod uchun” jurnalida, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.