Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2024-yil 11-son

  • Bayrog‘im — quyosh

    Senga qarab turib tiklayman qaddim,

    Senga qaraganda ko‘taraman bosh.

    Qo‘limni yuragim ustiga qo‘yib,

    Ko‘zim bilan suygum bayrog‘im - quyosh.

     

    Hilpiraysan baland osmonlarimda,

    Go‘yo to‘lqinlanib tinch kunlarimdan.

    Yuguraman jahon maydonlarida,

    Kubrodek qo‘ymayman hech qo‘llarimdan.

     

    O‘paman va nondek

    ...
  • Kim qayerga intilar?

    Men kitob do‘konlariga kirsam, kutub­xonalarga borsam, u yerdan chiqib ketgim kelmaydi. Qator taxlangan kitoblarni ko‘zdan kechiraman, yangi nomdagilarini qo‘limga olib varaqlayman. Qani endi shu yerda qolsam-u, eng yaxshilarini o‘qib chiqsam, sotib olsam, deyman.

    Kim konsertga, turli tantanalarga borishga qiziqadi, kimdir mehmondorchilikka – tug‘ilgan kunlar, to‘ylarga oshiqadi.

    ...
  • Qalbi uyg‘oq shoir

    Maxtumqulining ijodiy merosi nafaqat Sharq mumtoz she’riyatini, balki jahon adabiyotini ham boyitgan. U XVIII asr adabiyotining buyuk darg‘alaridan bo‘lib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma’rifatli siymo, qalbi uyg‘oq zotdir. Uning she’riyati insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va ma’rifat g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.

    Shoir (1733-1791)

    ...
  • Ekvator bilan Arktikani bog‘lagan bola

    2000-2005-yillar “Sinfdosh” jurnalida ishlab yurgan kezlarim yurtimizdagi taniqli, mashhur insonlarning  bolaligi, maktab davri, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan munosabati haqida maqolalar tayyorlar edim. Yaqinda shaxsiy kutubxonamni  ko‘zdan kechirayotib, shu jurnalning ayrim sonlarini varaqlab, quyidagi suhbatga ko‘zim tushdi. Bu – O‘zbekiston xalq shoiri, ardoqli,

    ...
  • Qo‘shnimizning xurmosi

    Qizim:

    – Dada, qarang bog‘ tomon,

    Shamolda, sinib yomon,

    Qo‘shnimizning xurmosi,

    To‘kilibdi biz tomon.

     

    Terib olib kelaymi,

    Yuvib olib kelaymi,

    Ezilgani, xomlarin,

    Tovug‘imga beraymi?

     

    – Jon qizim, jonim qizim,

    Ajoyib, dono qizim,

    Qo‘shnilarning xurmosin,

    Mayli ter, a’lo

    ...
  • Jurnalist bo‘lmoqchimisiz?

    O‘quvchilar orasida kelgusida ijodkor jurnalist bo‘lishni orzu qilayotganlar talaygina. Ular o‘z maqolalarini “Gulxan”ning ijtimoiy tarmoqdagi kanallari orqali bizga yuborishadi  hamda bu kasbni egallash uchun ko‘proq qanday talablarni bajarish,  qaysi kitoblarni o‘qish kerakligi haqida yo‘l-yo‘riqlar berishimizni so‘rashadi. Filologiya fanlari doktori, taniqli yozuvchi

    ...
  • Savol-javob

    – Dunyo nima, dadajon?

    – Dunyo so‘qmoqdir, bolam,

    Dunyo chaqmoqdir, bolam,

    Dunyo asli Muallim,

    O‘zni uqmoqdir, bolam...

     

    – Ilm nima, dadajon?

    – Ilm ziyodir, bolam,

    Ilm tillodir, bolam,

    Ustozlardan ol ta’lim,

    Ilm dunyodir, bolam...

     

    – Hunar nima, dadajon?

    – Hunar halol non,

    ...
  • Ona-tilim

    Ona tilim – beg‘ubor tilim,

    Kamolingdan yayraydi dilim,

    Sen-la kelgan omad, baxt, ilm,

    Sen bor – qadr, shon topgay elim!

     

    Qalbga kuchsan, dillarga davo,

    Sen mo‘jiza, bebaho navo.

    Qo‘shiqlarda yangrab dilrabo,

    Yuraklarga malhamsan, tilim!

     

    El deb yongan ulug‘lar tili,

    Boqiy bo‘lsin iqboling

    ...
  • Gulzor sehri

    Gulzor aro yurgandim

    Sayr etib subhidamda.

    Xushbo‘y ifor taralar

    Bu beqiyos chamanda.

     

    Go‘zallikni kashf etar

    Gulzordagi turfa gul.

    Shabnam – ko‘z yoshi to‘lar

    Yaproqlarga birma-bir.

     

    Kapalakning qanoti

    O‘ynar gulning yuzida.

    Bolari nima derkin?

    Quloq tutay

    ...
  • Svetofor

    Tinmay tun-u saharda

    Bizga bag‘rini ochib,

    Turar u chorrahada,

    Ko‘zlarin yumib-ochib.

     

    Uxlamaydi kun-u tun,

    Hatto, bo‘lmaydi bemor.

    Ko‘rsatar yo‘lni beun,

    U tahsinga sazovor.

     

    Uchta rangli ko‘zi bor,

    Svetofor doim bedor.

    Issiq, sovuq demaydi,

    Yoz-u qishni

    ...
  • Bolalarning zabardast shoiri

    Taniqli ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 2-darajali “Sog‘lom avlod uchun”  ordeni sohibi, bugungi o‘zbek bolalar adabiyotining fidoyi, jonkuyar namoyandasi, bolalar nashrlarining faol targ‘ibotchisi, “Gulxan” jurnalining tahrir hay’ati a’zosi, qator kitoblar muallifi Dilshod Rajab  qutlug‘ 60 yoshni  qarshilayaptilar. Biz Dilshod akani

    ...
  • Olg‘a chorlovchi shior

    Yaqinda Italiyaning Assizi shah­rida “Global Hippo Association” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan 12-Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasida surxondaryolik 7-sinf o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev faxrli 3-o‘rinni egallab, O‘zbekistonga qaytdi. Endi unga nafaqat Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchilari, balki yurtimizdagi barcha yoshlar havas ila boqadi. Ayniqsa, ingliz

    ...
  • Avloniy nafasi

    Ustozlaringiz sizni gohida muzeylarga olib bo­ri­shadi, to‘g‘rimi?

    Albatta, shunday bo‘lishi kerak, chunki muzeylar siz o‘quvchilarga tarixni, bobolarimizdan qolgan boy madaniy-ma’rifiy, ilmiy merosni o‘rgatadi. Sizga ajdodlarimiz bilan tanishish, ular bilan faxrlanish hissini tuyish imkonini berish bilan birga o‘zingiz ko‘proq qiziqadigan sohani topish, yangi bilimlarni

    ...
  • Muqaddas so‘z

    Yonimda tursa gar bosar savlati,

    Doimo dadamga qilarman havas.

    Muhim emas menga boylik, davlati,

    Har doim yonimda omon bo‘lsa bas.

     

    Hayotda yelkadosh, suyanganim – siz,

    Kuchimga kuch qo‘shar borligingiz.

    Dada – dunyodagi eng muqaddas so‘z.

    Mudom saqlagayman nomus-oringiz!

     

    Parizoda

    ...
  • Matematika ustoziga

    Tenglama, misollar siz bilan oson,

    Vaqtimiz mazmunli  o‘tar har bir on.

    Darsingizda go‘yo jonlanar har son,

    Hisoblar ilmiga yo‘l ochgan inson.

     

    Jadval-u tenglama, yechimlar darsi. 

    Neligin angladik mahraj-u kasri

    Siz sabab osondir hamma-hammasi,

    Hisoblar ilmiga yo‘l ochgan inson.

     

    Sizni

    ...
  • Kuz

    Atrof oltin rangda xuddi olovdek,

    Xazonni uchirar sho‘x-shaddod shamol.

    Anhorda suv oqar tiniq ziloldek,

    Zaminning boshida barglardan ro‘mol.

     

    Dala-polizlarda ish ham boshlandi,

    Hosillar yig‘ilar birdek tinmasdan.

    Gohida bulutning ko‘zi yoshlandi,

    Husnin ko‘z-ko‘z qilar kuz

    ...
  • Niholoy

    Ko‘kka intilgan nihol

    O‘smoqdadir bo‘y cho‘zib.

    Tuproq unga otadir,

    Havo esa onadir.

     

    Yon bag‘irlab o‘sganlar –

    Unga aka-ukalar,

    Turfa xil chaman gullar

    Emish opa-singillar.

     

    Qushlarga boqar bir zum,

    Uchmoq istar niholoy.

    Jajji kurtaklarini

    Ochmoq istar

    ...
  • Yetti pirlar zamini

    Ta’rifin bitsam  gar  yetmaydi  qog‘oz,

    Yagona, durdona, bittadir o‘zi.

    Qancha  maqtov  aytsam,  shuncha  bo‘lur  oz,

    Umri  boqiy, abadiy  yorug‘  yuzi.

     

    Yetti  piri  asrar  xavf-u  xatardan,

    Lol  qoldirar  Minorai  kaloni.

    Iymon 

    ...
  • Quyoshga

    Quyosh nega shoshasan?

    Dasht-u qirdan oshasan,

    Botmay tursang bo‘lmasmi?

    Yoki ko‘ngling to‘lmasmi?

    Bugun biroz shoshmay tur,

    Dovonlardan oshmay tur,

    Men ham o‘ynayin biroz,

    So‘ngra bo‘lar juda  soz!

          

    Shaydo  XUSHMURODOVA,

    Samarqand viloyati Ishtixon

    ...
  • Borliq

    Derazamni ochaman tongda,

    Urilar muattar, muambar islar.

    Dimog‘imni qitiqlar yana,

    Dilim xushlar, tanim yayratar.

     

    Derazamni ochaman tongda,

    Ilk ziyosin tutadi quyosh.

    Ilitaman tanimni shunda,

    Go‘yo meni yutadi quyosh.

     

    Derazamni ochaman tongda,

    Olam o‘zin etadi tortiq.

    Va atrofga

    ...
  • Tufli

    Oltin rangli tufligim,

    Oyog‘imga yarashar.

    Kiyib chiqsam ko‘chaga,

    Havas bilan qarashar.

     

    Biram ko‘rkam, bejirim,

    Buvim olib berganlar.

    “A’lochi bo‘lgin”, deya,

    Duo qilib qo‘yganlar.

     

    Otlanib maktab tomon,

    Olg‘a qadam tashlayman.

    Nur yuzli buvijonim,

    Ishonchingiz

    ...
  • Zanjir

    Qoqio‘t erinibgina ko‘zini ochib, olamga shodlanib boqdi. Uning tabassumidan olam ham yorishib ketgandek bo‘ldi, zaminga quvonch va hayrat ko‘zini tikdi. U o‘zini bag‘riga olgan zamin qanday ekan deb, undagi har xil narsani alohida sinchkovlik bilan kuzatdi. So‘ng chor-atrofni, ko‘zi ilg‘ay olgan barcha narsani diqqat ila nigohidan o‘tkaza boshladi. Oradan kunlar o‘tdi.  Qoqio‘t bu

    ...
  • Farg‘onalik o‘quvchi qiz MICROSOFT kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk vakili

    Farg‘ona viloyati 10-maktabning 11-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Dilafro‘z Jo‘raboyeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga mo‘l­jallangan Microsoft Learn Student dasturi vakili bo‘ldi.

    Endilikda Dilafro‘z Microsoftning O‘zbe­kistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi va o‘zbekistonlik yoshlarni IT sohasiga jalb qilishga o‘z hissasini qo‘shadi. Qanday qilib deysizmi? Keling, bu

    ...
  • Talaba qiz otasiga avtomobil sovg‘a qildi

    Aziza INXA universiteti bitiruvchisi bo‘lib, EPAM kompaniyasida Software Engineer sifatida faoliyat yuritadi. U avtomobilni otasining tavallud kuniga sovg‘a qildi. “Mening IT sohasini tanlashimga sababchi bo‘lgan inson – otam. Ularning kasbi injener mexanik. Men doim otamga havas qilib injener bo‘lishni orzu qilganman. O‘qib, shu kasbni egallab, bugun muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimda

    ...
  • Qulay dastur

    “Google”ga o‘zbek tilida matn o‘qitib ko‘rganmisiz? Masalan, “qo‘rqoq” so‘zini.

    Aytmoqchimizki, ushbu dasturda bizning yumshoq harflarimiz talaffuz qilinmaydi. O‘zbek tilining fidoyi targ‘ibotchilaridan biri, filologiya fanlari doktori Munavvar Qurbonova esa mamlakatimizda birinchi marta sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan o‘zbek nutq sintezatori, ya’ni elektron matnni ovozli

    ...
  • Kelajakka qadam-baqadam

    O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 262-maktabda “Ona tilim – millat ko‘zgusi” nomli ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda “Gulxan” jurnali tahririyati xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zamira Ibrohimova, taniqli shoir Bobur Bobomurod, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, san’atkorlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok

    ...
  • Mening Dog‘istonim – Vatan va xalq qadri

    Rasul Hamzatov — Dog‘istonning mashhur shoir va yozuvchisi bo‘lib, uning “Mening Dog‘istonim” asari Vatan tuyg‘usi, millat ravnaqi, til madaniyati, urf-odatlar davomiyligi, hikmat-rivoyatlar boqiyligi va sof muhabbat haqidagi eng ibratli kitoblardan biridir. Asar 1970-yilda yozib tugallangan. “Mening Dog‘istonim”ga o‘xshash asarlar yozishga urinishlar ham ko‘p bo‘ldi, — deb yozadi O‘zbekiston

    ...
  • Urushning asorati

    Yangi o‘quv yili boshlandi. Birinchi dars – fizika. Sinfga o‘quvchilarga notanish yangi o‘qituvchi kirib keldi. O‘qituvchi to‘lachadan kelgan, sochlari jingalak, qora kostyum-shimda edi. U oqsoqlangancha o‘rindiqqa kelib o‘tirdi. O‘quvchilar bilan salomlashdi. Sinfdan sas-sado chiqmadi. Ustoz “uh” tortib qo‘ydi. Ko‘ngli o‘ksidi. U sana va mavzuni yozish uchun doska yoniga bordi. O‘qituvchi

    ...
  • Javobi yagona jumboq

    Akmal 7-sinfda o‘qiydi. Ko‘rish qobiliyati past bo‘lgani uchun ko‘zoynak taqadi. Bu unga noqulaylik tug‘dirmas edi. Biroq sinfdoshlari, maktabdoshlari “to‘rtko‘z”, “ko‘zoynak”  deb kalaka qilib, ustidan kulishadi. Bir kuni ko‘zoynagini yechib olib, sindirib qo‘yishdi. Sinf rahbari buni sezib, bolalarni tartibga chaqirdi.  Bunday holatlardan bezigan Akmal ko‘zoynagini uyga tashlab

    ...
  • Bu qanday zo‘ravonlik?

    Gap jamiyatimiz uchun yangi so‘z, yangi odat bo‘lgan “bulling” (bullying) haqida ketayapti. “Bullying” – inglizcha so‘z bo‘lib, “ta’qib, zo‘ravonlik” ma’nosini bildiradi. Bunga tahqirlash, ustidan kulish, ataylab e’tibor bermaslik, kamsitish va kaltaklash kabi holatlar kiradi. Ushbu vaziyat qatnashchilari o‘rtacha 13-14 yoshlilardir. Hozirda yoshlarning 50 foizi turli ko‘rinishdagi ta’qibga

    ...
  • Yuz ganj ila

    Yil oxirlab borayotgan bir pallada qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yangiliklar haqida aytmasak bo‘lmas. Sababi, tengdoshlaringiz 2023-2024-o‘quv yili mobaynida xalqaro fan olimpiadalaridan jami 122 medal bilan O‘zbekistonga qaytishdi. Bu natija yurtimiz tarixida hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkichdir. Medal sohiblarining tantanali shukuhiga esa Gulxanjon guvoh bo‘ldi.

    Maktabgacha va

    ...
  • “Ixtirochilar va ixtirolar” chaynvordi

    ixtiro_chaynvordi.jpg

    CHAYNVORD Quyidagi ixti­rolar mualliflarini shakl atrofiga yozing.  1. Ilk fazoda uchish qu­rilmasi, samolyot.   2. Vertolyot. 3. Ba­tareyka.  4. Velosiped.  5. Dvigatel. 

    ...
  • Aziz Yoqubov

    Aziz Yoqubov 1932-yil 15-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

    Mehnat faoliyatini 1958-yilda O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish qo‘mitasining bolalar va o‘smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida boshlagan. 1968-yil Toshkent pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. Shu yili O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. “Kichkina doktor”, “Fotimaning

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.