Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil sonlari

2021-yil 8-son

  • Vatanim baxting qutlugʻ

    Olimpiada gʻoliblariga

     

    Gʻururim, iftihorim,

    Shiddat-u shahding qutlugʻ!

    Jahonni lol aylagan

    Shon-sharaf – ahding qutlugʻ!

     

    Yo pirim, degan vaqting

    Zamin-samo esh boʻldi.

    Xalq joʻshdi yuragingda,

    Yurting koʻz-u qosh boʻldi.

     

    Qoningda vatan

    ...
  • Shohsupada turgan Oʻzbekistonim

    Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiada oʻyinlarini katta-yu kichik, yosh-u qari cheksiz hayajon va duolar bilan kuzatib bordi. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishga otlangan sportchilarimizning har bir gʻalabasi, har bir zafari, Vatan sharafi himoyasi butun Oʻzbekistonni bir bayroq ostida birlashtirdi.

    Yozgi olimpiada 200 dan ortiq mamlakat

    ...
  • “Istiqlol solnomasi” dostonidan

    Shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqilligimizning 30 yillik bayramini munosib nishonlashga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Xalqimizda toʻyga toʻyona bilan borish azaliy odat. Isteʼdodli shoir Ravshan Isoqov ham bayramga salmoqli sovgʻa bilan keldi. “Istiqlol solnomasi” deb atalgan doston yozdi. Ushbu doston mamlakatimizda 30 yil ichida amalga oshirilgan ulkan

    ...
  • Yaxshilikni oʻz vaqtida qil

    Bolalarga oromgoh juda yoqdi. Havosi toza, atrofi togʻ, hamma yoq yam-yashil maydon. Ammo, aynan shu oromgohning yana bir oʻzgacha tomoni bor edi. Bu yerdagi dam oluvchilar ota-onasidan olgan pulga doʻkondan hech narsa xarid qila olmas, biroq pulni oʻzlari ishlab topishlari mumkin edi. Qanday qilib deysizmi? Turli musobaqalarda gʻolib boʻlib-da! Ona tili, rus, ingliz tili, matematika boʻyicha

    ...
  • Kamtarlik – katta davlat

    Insoniyatning eng oliy axloqiy xislatlaridan biri – kamtarlikdir. Maqollarda kamtarlikka yuksak baho beriladi, kishi jamiyatda oʻzini kamtar tutishi, manmanlikka berilmasligi qayta-qayta uqtiriladi. “Kamtarlik – jasorat toji”, “Kamtarlik odamga husn beradi”, “Kamtarga kamol, manmanga – zavol”, “Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”, “Kamtar boʻlsang obroʻ ortar, manman boʻlsang

    ...
  • Karvon koʻp, rizqi boʻlak

    Insoniyatning eng oliy axloqiy xislatlaridan biri – kamtarlikdir. Maqollarda kamtarlikka yuksak baho beriladi, kishi jamiyatda oʻzini kamtar tutishi, manmanlikka berilmasligi qayta-qayta uqtiriladi. “Kamtarlik – jasorat toji”, “Kamtarlik odamga husn beradi”, “Kamtarga kamol, manmanga – zavol”, “Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”, “Kamtar boʻlsang obroʻ ortar, manman boʻlsang

    ...
  • “Gulxan”ning mahorat maktabi

    Xabaringiz bor, bolajon mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muayyan sohadagi samarali faoliyati, yutuq va iqtidorlilarini munosib baholash, ragʻbatlantirib borish maqsadida “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Bu yil “Yoshlar kuni” arafasida respublikamizdagi eng iqtidorli 29 yigit ana shu yuksak mukofotga sazovor boʻldi.

    ...
  • Kitobni shunchaki oʻqib boʻlmaydi

    Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallifi, kelajakning yoʻlboshchisi. Kitobni maʼnaviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Kitob – bilim manbai, ilm shamchirogʻi, maʼnaviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash oʻrinlidir: quyosh insonning jisman ulgʻayishi uchun qanchalik muhim oʻrin tutsa, kitob maʼnan barkamollik uchun shunday ahamiyatga ega. Oʻqish jarayonining oʻzidayoq

    ...
  • “Buvam chaqqon va tetik”

    Gullagan olcha

     

    Olcha sevar gullashni,

    Yashnab erta bahorda –

    Ziynatini olamga

    Koʻz-koʻzladi nahorda!

    Shamol esa qasdlashib,

    Bilgani yoʻq haddini –

    Toʻkdi uning gullarin,

    Egib zaif qaddini!

    Zabun edi ahvoli,

    Koʻrgan afsus etardi.

    Axir, asray

    ...
  • “Fikrim oʻsar, dil qaynoq”

    Ehtirom

     

    Maqtalgan tillar koʻpdir,

    Kattadir taʼsir kuchi.

    Oʻz tilim-la iftixor

    Etib men koʻkka uchdim.

     

    Oʻqiyman, izlanaman,

    Fikrim oʻsar, dil qaynoq.

    Yeganday boʻldim asal,

    Yalaganday muzqaymoq.

     

    Sakson ming kalom bilan

    Boqdim quvonchga

    ...
  • Olis sayyorada

    Davomi. Boshi bu yerda: Olis sayyorada

    – Yigʻlamanglar. Bizda hatto qizlar ham yigʻlamaydi.

    Bolalar avjiga chiqishdi:

    – Endi nima qilamiz? Qancha puldan qoldik. Kemaga nega chiqdik! Eh, attang!

    Yolqin birdan toʻxtab Toʻlqinga tikildi.

    – Arillama.

    ...
  • “Aql, idrokning koni, bilimlarning makoni”

    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, bolajon ijodkor Zahro Hasanovaning nomi sizga yaxshi tanish. Chunki bogʻchadagi paytingizdayoq Zahro opangizni “Zukko alifbo” kitobidan joy olgan quvnoq sheʼrlarini bayramlarda sharillatib aytib, kattalarni xursand qilgansiz. Boshlangʻich sinf darsliklaridan oʻrin olgan hikoya, sheʼrlarini ustozingiz bilan birga oʻqib muhokama qilgansiz. Ular

    ...
  • Bobolarga munosib

    Mantiqiy tafakkurga tayanib

    Yurtimizda kechayotgan oʻzgarishlarni, yangiliklarni kuzatib borayotgan boʻlsangiz, bu xushxabar sizning qulogʻingizga chalingan boʻlsa ehtimol. Keyingi yillarda mamlakatimizda tabiiy fanlarga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Buni matematika, fizika va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro fan olimpiadalarining quvonchli yakunidan

    ...
  • Kapalak

    Buncha beozorsan, bunchalar goʻzal,

    Taʼrifingni maqtab sabolar yeldi.

    Atigi bir kecha boshimni qoʻyib,

    Harir qanotingda uxlagim keldi.

     

    Bagʻring pok, qalbingda yoʻq erur gʻubor,

    Qanoting keng yozib uchasan quvnoq,

    Samolardan kelgan oq farishtasan,

    Nozik gulbarglarni oʻpasan mushtoq.

     

    Ikki qanotingda

    ...
  • Antiqa tush

    Ona tili darsida

    Sanjar pinakka ketdi.

    Sarguzashtlarni izlab,

    “Asal” shahriga yetdi.

     

    Koʻrib shokalad, qandni

    Koʻzi quvnadi rosa.

    Limonadda choʻmilib,

    Bir zumda boʻldi toza.

     

    Paxtaqand daraxtini

    Ari kabi talarmish.

    Qoʻngʻiroqda koʻz ochsa,

    Ruchkasini

    ...
  • Yuzga bosma, yuzga kir

    Kurrai zamin aylanar shitob,

    Inson undan oʻzmoq boʻlarmi?

    Mashinalar gʻizillar yoʻlda,

    Tezlik boshqarmoqda olamni.

     

    Yoʻllar oʻxshar yillarga goʻyo,

    Bu dunyoga mehmondir har jon.

    Yoʻllarimiz boʻlsin bexatar,

    Ehtiyotda boʻlaylik har on.

     

    Zebra chizigʻi xuddi poyondoz,

    Intizomga posbon

    ...
  • Bobom oʻgitlari

    Orzu qilgin, yetasan albat,

    Yaxshi niyat bu yarim davlat.

    Harakating hozirdan boshla,

    Yalqovliging uloqtir, tashla.

     

    Oʻqi, oʻrgan – boʻlasan dono,

    Bilimdadir koʻp hikmat, maʼno.

    Yaxshilik qil yomonlarga ham,

    Yaxshilik-la goʻzaldir olam.

     

    Hunar oʻrgan, sira tinmagin,

    Oʻrgansang-da yana

    ...
  • “Qaqnus” toʻgaragi aʼzolari ijodidan

    Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Qaqnus” toʻgaragi joʻshqin, izlanuvchan, isteʼdodli yoshlarni oʻz bagʻriga olgan. Toʻgarak rahbari Sarvinoz opa Mamanova oʻquvchilarga adabiyot, ijod, sheʼriyat sirlaridan saboq berib kelmoqda. Quyida toʻgarak aʼzolarining ijod namunalaridan bahramand

    ...
  • Orzu

    Issiq yoz kunlari edi. Toʻrt yashar Baxtiyor adasi bilan togʻasinikiga ketayotgan edi. Yoʻlda ular juda chanqashdi. Adasi mashinasini toʻxtatgach, choyxonaga kirishdi. Choyxona anhor yoqasiga tushgan boʻlib, nariroqda katta koʻprik qurilayotgan edi. Baxtiyor choy sovuguncha oʻsha yoqdan koʻzini olmay, tomosha qilib oʻtirdi: buldozer olamni buzib guldurar, katta samosvallar beton keltirib

    ...
  • Yoʻlini topdi

    Oʻrtoqlari bilan oʻynab qaytgan Firdavs buvisining yoniga bordi. Buvisi gulzordagi rayhonlarning urugʻlagan shoxlarini qaychilab tashlayotgan ekan.

    – Buvijon, iltimos ertak aytib bering.

    – Ertak! Kuppa-kunduzi-ya?

    – Nima, kunduzi ertak aytib boʻlmaydimi?

    – Boʻlmaydi. Kunduzi ertak aytgan odamni Quyosh jazolaydi.

    – Quyosh! Qanday qilib?!

    ...
  • Aka-uka tennischilar

    Yaqinda Toshkent shahar Yunusobod tumani “Uchqun” sport kompleksida “Uchqun CUP” musobaqasi qizgʻin bahslar ostida oʻtdi. Musobaqada Toshkent shahridagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Alibek Atabayev birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Alibek 5 yildan buyon ushbu sport turi bilan shugʻullanadi. Bu davr ichida u anchagina yutuqlarni qoʻlga

    ...
  • Taʼtil taassurotlari

    Urre, taʼtil! Endi mazza qilib oʻynaymiz! Soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglashi bilan orangizda koʻpchilik shunday deb oʻylaydi. Toʻgʻri! Toʻqqiz oylik mashgʻulotdan keyin dam olishga haqlisiz. Biroq, dam olish degani kitob-daftarni javonga taxlab qoʻyib, shataloq otib oʻynash, koʻchada faqat toʻp tepib, samokatda uchip, soyda choʻmilib, soyada uxlash deb oʻylash unchalik ham toʻgʻri emas.

    ...
  • Mitti baliqcha

    Bu voqea ancha yillar oldin men yashagan chekka qishloqda sodir boʻlgan. Yozning issiq kunlari qishlogʻimizda suv kamayib ketardi. Bu esa odamlarga anchagina tashvish keltirardi. Tong sahardan yarim tungacha quduqlar atrofidan odam arimasdi. Hatto suv tugab, chelaklar qop-qora loyga belanib chiqqan paytlarni ham koʻrganman. Yosh bola boʻlsam ham odamlarga qanchalik qiyinligini oʻzimcha his

    ...
  • Siz bilan vaqtimiz chogʻ

    Oʻgʻil-qizim

    Oʻgʻil-qizim, qalbim nuri,

    Ilm izla kecha-kunduz.

    Qoʻling choʻzsang pisand emas,

    Senga hatto olis yulduz.

     

    Oʻgʻil-qizim, qalbim nuri,

    Hunar oʻrgan yoshlik chogʻing.

    Hunar bilan toparsan zar,

    Bezatgaysan umr bogʻin.

     

    Oʻgʻil-qizim, qalbim nuri,

    Sadoqatni

    ...
  • Mother doesnʼt want a dog

    My dear friends, today we will travel world of children poetry. Letʼs introduce Judith Viorst Born in Newark, New Jersey, in 1931, Judith Viorst is the author of many works of poetry and prose both for children and adults.

     

    Mother doesnʼt want a dog

     

    Mother doesnʼt want a dog.

    Mother says they

    ...
  • Har neda meʼyor yaxshi

    Selfi – oʻzini oʻzi suratga olish. Bu gʻalati mashgʻulot koʻpchilikning sevimli odatiga aylanib ulgurdi. Oʻzini har koʻyga solib, turli koʻrinishda fotokollajlar yasayotgan sinfdoshlarimga gohida juda hayron qolaman. Dars tugashi bilanoq “selfiboz”likni boshlab yuborishadi. Biron yaxshiroq kiyim kiyib borsang tamom, “rasmga tushvolay, berib tur”lar koʻpayib ketadi. Bu kabi telefonga

    ...
  • Siz nimani tanlaysiz

    Tik-tok dunyo boʻylab eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq. Uning foydalanuvchilarining 41 foizi 16–24 yoshdagi oʻsmirlardir. Tik-tokerlar kulguli, bachkana hazillar yaratib, koʻproq odamlarni jalb qilish orqali mashhurlikka erishib, moʻmay daromad topib, oʻzlarini “yulduz” hisoblayotganlardir. Ayrim yoshlarni kuzatib turib, tik-tokni oʻziga tortadigan nimasi bor, deb oʻylab qolaman.

    ...
  • Mashhurlar qorongʻida koʻradimi?

    Koʻpchilik odamlar negadir mushuklar va tungi qushlar (boyoʻgʻli, ukki, koʻrshpalak) qorongʻida yaxshi koʻradi, deb oʻylaydi. Bu notoʻgʻri fikr. Tim qorongʻida mushuklar va tungi qushlar hech narsani koʻrmaydi. Biroq ularning koʻzi birozgina Oy shuʼlasi yoki qayerdandir tushayotgan nim yorugʻlikda ham juda aniq koʻradi. Sababi, ularning koʻz kosasida yorugʻlikni his qiladigan oʻziga xos

    ...
  • Tovuqlar nega tosh yutadi?

    Koʻpchilik yurtdoshlarimiz hovlisida xoʻroz, tovuq, kurka va boshqa donxoʻr parrandalarni boqadi. Ayniqsa, keyingi yillarda parrandachilik bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Hech kuzatganmisiz, ana shu donxoʻrlar don choʻqilayotganida kichik toshlarni ham butun-butun yutib yuborishadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kun davomida bu parrandalar 60 gramm, agar

    ...
  • Yurak qachon dam oladi?

    Kattalardan eshitgansiz: yurak tanaga qon haydovchi sifatida 24 soat tinmay ishlaydi. Nafaqat uxlayotganimizda, hatto tush koʻrayotganimizda ham u gup-gup urib turadi. Biz kun boʻyi harakat qilib, tunda hordiq chiqaramiz. Uxlasak toliqqan qoʻl-oyoqlarimiz, koʻzimiz va boshqa tana aʼzolarimiz ham dam oladi. Yurak-chi, u qachon dam oladi? Yurak odatda qisqarib va kengayib ishlaydi. U har

    ...
  • Covid zanjiri uzilsa

    Bolajonlar, xabaringiz bor, koronavirus dunyo boʻylab tarqalganiga bir yarim yil boʻldi. Bu muddat ichida qanchadan qancha kishilar kasallikdan jabr koʻrdilar, koʻplab oilalar yaqinlaridan ayrildilar.

    Aslida, Covid-19dan oʻzingiz va oila aʼzolaringizni himoya qilish unchalik murakkab ish emas, buning uchun hech qanday mablagʻ talab qilinmaydi. Faqatgina sizda

    ...
  • Omon Muxtor

    Omon Muxtor (Muxtorov Omon) 1941-yil 16-iyulda Buxoro shahrida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika boʻlimida tahsil oldi. Respublika bolalar gazetasida, Oʻzbekiston teleradio Davlat qoʻmitasida, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida xizmat qildi. Yigirma yildan koʻproq vaqt “Sharq yulduzi” jurnalida boʻlim

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.