Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil sonlari

2021-yil 9-son

  • Birinchi qoʻngʻiroq

    Qoʻlimizda bir quchoq

    Gul bilan keldik yana.

    Yangi oʻquv yiliga

    Chorlar qoʻngʻiroq, ana.

     

    Har yon gulga burkanib

    Bayramona tus olgan.

    Maktab hovlisi bugun

    Toʻyxonaga aylangan.

     

    Ustozlar koʻzida nur

    Porlab bizni kutadi.

    Oʻquvchilar mehrini

    Gulga qoʻshib

    ...
  • Ulugʻ saodat yoʻlida

    Shu kunlarda jonajon Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik toʻyini keng nishonlayapmiz. Yurtimizning qay goʻshasiga qaramaylik, bayramga qizgʻin tayyorgarliklarga koʻzimiz tushadi. Yangi uylar, yangi yoʻllar, sayilgohlar, katta korxona va oliygohlar, maktab va bogʻchalar... Ularni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. 1991-yilda tugʻilgan bolalar bu yil 30 yoshga toʻlishdi. 30 yosh bu

    ...
  • Umid ortidagi quvonch

    Foziljon ORIPOV! Bu nom yarim asrdirki, “Gulxan” oʻquvchilari ardogʻida. U kishi jurnalda “Oʻyla, izla, top” rukniga asos solgan, desak xato boʻlmaydi. Mana 50 yildirki, oʻzbek bolalari Foziljon aka tuzgan rang-barang mavzuli boshqotirma – krossvord, chaynvord, skanvord, rebuslarni yechish barobarida bilimlarini oshirib, aqllarini charxlab, fikrlarini

    ...
  • “Dunyo faqat bolalarniki...”

    Sahar turdim, quyoshni kutdim,

    Shudringlarda chaydim yuzimni.

    Buloqlarga labimni tutdim

    Va borliqda koʻrdim oʻzimni.

     

    Koʻzlarimdan toshdi shuurim,

    Toʻlib ketdi bagʻrimda navo.

    Mangulikday tuyuldi umrim,

    Mangulikday tuyuldi dunyo...

     

    * * *

    Togʻlarga chop, dalalarga

    ...
  • “Toʻlishdi kuch-aqlimiz”

    Chumoli polvon

     

    Chim ustida chumoli

    Yurar dorboz misoli.

    Turar har kun ertalab,

    Langar choʻpin yelkalab.

    U kun boʻyi yuk tashir,

    Tartib bilan birma-bir.

    Doʻstlari karvon-karvon,

    Safda – chumoli

    ...
  • Olis sayyorada

    Davomi. Boshlanishi: Olis sayyorada

    Nimani qidiryapsan? – narida qolganlardan biri soʻradi.

    – Birov borga oʻxshaydi. Gaplashgani eshitilgandek boʻldi. – Toshyurak yana atrofga sinchiklab qarab, orqasiga qaytdi.

    – Vahimachi boʻlib qolibsan, – dedi

    ...
  • Oq qumda oyoqyalang

    Bu yilgi yozgi taʼtil har doimgidan koʻra qiziqarli va taassurotlarga boy boʻldi. Dadam sayyohlik firmasi orqali Hind okeanida joylashgan Maldiviya orollariga yoʻllanma sotib oldilar. Biz oilamiz bilan samolyotda Male shahriga bordik. U yerdan bizni va yana bir qancha sayyohlarni gazelga oʻxshash mashinada suzuvchi samolyotgacha olib kelishdi. Bu samolyotda biz Hind okeani ustidan uchib,

    ...
  • Besh tashabbus

    Kelajakka chorlovchi nurdir,

    Aniq maqsad qalblarga qoʻrdir,

    Yoshlar uchun koʻprikdir, yoʻldir,

    Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

    Chaqnab turgan iqbol yoʻlida...

     

    Maqsad aniq, yoʻlimiz aniq,

    Koʻzlar chaqnar, emasdir siniq,

    Yuraklarda olov bor, tiniq,

    Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

    Chaqnab turgan iqbol

    ...
  • Sokin tun

    Yorishdi osmonda yana toʻlin oy,

    Samo ummonida erkin suzadi.

    Yonidan yulduzlar olayotib joy,

    Billurdek yaltirab koʻkni bezadi.

     

    Charaqlab turadi Choʻlpon yulduzi,

    U mening yulduzim, koʻnglim chirogʻi.

    Har tun tinglar qalbim hislarin, soʻzim,

    Shu bois bilinmas yoʻlning yirogʻi.

     

    Osuda tin olar mukammal

    ...
  • Tarixim – faxrim

    Yurtim ona tuprogʻi tabarruk, aziz,

    Ne-ne buyuk zotlar yotgan qadamjo.

    “Tarix bu oʻzlikdir”, deyilmas bejiz,

    Moziylardan bizga beradi sado

     

    Bobom Temur ruhi yashaydi mangu,

    Mudom chorlab turar buyuk ishlarga.

    Qadamlar shahdamdir, niyatlar ezgu,

    Dunyo havas qilgay Oʻzbekistonga!

     

    Navoiy

    ...
  • Daryo

    Mavjlanib oqaver dilim shod etib,

    Mavjingdan qoʻshiqlar yaralar daryo.

    Yuzlarimni yuvib suving-la har tong,

    Qalbimga iliqlik taralar daryo.

     

    Shoshqin toʻlqinlaring qirgʻoqdan toshar,

    Yurt uchun shaylangan jangchidek goʻyo.

    Gohida sokinsan, gohida toshqin,

    Irmoqlar jamidan yaralgan

    ...
  • Sheʼriyat

    Gohida oʻynatib, kuylatuvchi ham,

    Gohi gʻam selida yigʻlatuvchi ham,

    Oʻtli yaralarga eng yaxshi malham,

    Oʻzi otash boʻlgan olov sheʼriyat.

     

    Ruhing va taningga boʻladi xoqon,

    Choʻlponlar koʻksida toʻqnashgan toʻfon,

    Riyo va zulmatga qiladi isyon,

    Seldayin vayronkor, asov sheʼriyat.

     

    Tiz choʻkgil

    ...
  • Yurtim

    Yurtim, taʼrifing tillarda doston,

    Madhingni kuylab magʻrurman har on.

    Sendan uzoqlashgan jamiki inson,

    Sogʻinch tuygʻusi-la oʻrtanar har on.

     

    Osmoni musaffo, sokin tonglari,

    Sarxil mevalarga toʻla bogʻlari.

    Vatanim, bagʻringda quvnab oʻtmoqda,

    Baxtli bolalikning totli chogʻlari.

     

    Ozodbek

    ...
  • Vatan uchun kurashganlar

    Qoʻlida qurol olib, yurt uchun kurashganlar,

    Janggohlarda yov bilan ayovsiz savashganlar.

    Bobom bilan yonma-yon ogʻir janglarga kirib,

    Reyxstagga gʻalaba bayrogʻin qadashganlar.

     

    Inida parchalay, deb oʻsha qonxoʻr zolimni

    Jang maydonida aslo pisand qilmay oʻlimni,

    Bobom kabi oʻq tegib yarador boʻlsangiz-da,

    Zafarlarga

    ...
  • Yaqin doʻstim

    Har kun, har dam men bilan birga,

    Hamrohimdir dala-yu qirda.

    Katta-kichik, rangi ming turda,

    Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

     

    Uni oʻqib, qalbim bezayman,

    Turfa yurtni, elni kezgayman.

    Samolarga qoʻlim choʻzgayman,

    Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

     

    Zeriktirmas meni hech qachon,

    Maʼlum boʻlar

    ...
  • Rus xalq topishmoqlari

    Tishlamaydi, hurmaydi,

    Qadam tashlab yurolmas,

    Lekin u turgan joyda,

    Hech kim uyga kirolmas.

     

    * * *

    Ajoyib bir gʻalvir bor,

    Ichida uylar qator.

    Baʼzilari qop-qora,

    Chiziqli, yogʻli, sara...

     

     

    * * *

    Qavat-qavat

    ...
  • Oʻyinchoqlar mamlakatining podshosi

    Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Biz yashaydigan joydan uzoq-uzoqlarda oʻyinchoqlar mamlakatining podshosi bor ekan. Uning sehrli koʻzgusi hamda uchar qanotlari boʻlib, podsho har kuni oqshom payti sehrli koʻzguga qarab butun olamdagi bolalarning oʻyinchoqlarini koʻrib chiqar ekan. Qaysi bola oʻyinchoqlarini oʻynab boʻlganidan soʻng yigʻishtirib qoʻymasa, podsho uchar qanotlarini yelkasiga

    ...
  • Ona tulki

    Sardor qoʻylarini qirning kungay tomoniga haydadi. Tabiatdan zavqlanib, koʻm-koʻk maysa ustiga choʻzildi. Bir oz yotgan edi hamki, iti qoplonning qattiq hurgani, qandaydir jonivorning gʻingshigani eshitildi. Boshini koʻtarib qaradi. Itining oyogʻi ostida tulki bolasi yotardi. Sakrab turib uni itining hamlasidan qutqardi. “Onasini yoʻqotib qoʻygan shekilli”, oʻyladi Sardor. Tevarak-atrofni

    ...
  • Koʻksimdagi iftixor

    Men 2004-yil “Mehr-muruvvat yili” da tugʻildim. Oʻsha paytlar Oʻzbekistonimiz bunyodkorlik, ilm-maʼrifat, mehr-muhabbat, himmat va muruvvat ustuvor boʻlayotgan, oʻz farzandlarining barkamol avlod boʻlib voyaga yetishini istayotgan, shunga mustahkam zamin yaratayotgan davr edi.

    Mana 17 yildan buyon yurtimizda koʻpgina oʻzgarishlar yuz berdi. Oxirgi 5 yilni olib qaraydigan

    ...
  • Classic books for children

    Recently Times has announced 100 all-time lists of classic books for children. And I decided to share some of them with you. So dear friends, letʼs go incredible world of literature.

     

    Where the Wild Things Are, by Maurice Sendak. The adventure that has inspired generations of children to let out their inner monsters, showing how imagination

    ...
  • Kitob oʻqish zaralimi?

    Koʻpchilik odamlar kitobni yotib oʻqishni yaxshi koʻradi. Biroq bu sogʻliq uchun juda zararli. Chunki odam yotib kitob, gazeta, jurnal oʻqiganda miyada qon aylanishi tezlashib, miya faoliyatining meʼyordan tashqari bosimda harakatlanishiga, qon tomirlarining kengayishiga sabab boʻladi. Bu bosim koʻz nuriga ham yomon taʼsir qiladi. Natijada koʻp oʻtmay, koʻzning koʻrish qobiliyati susayadi.

    ...
  • Qanday farqlaymiz?

    Tovuq tuxumlarini suvda pishgani bilan xomini yonma-yon qoʻysak, ularni ajratib boʻlmaydi. Tagʻin farqlash uchun ularni chaqib oʻtirmang. Tuxumlarni stol ustida bir aylantirib koʻring. Pishmagan tuxum oʻzini darrov sotib qoʻyadi, yaʼni bir-ikki aylanib toʻxtaydi. Qaynatilgani esa xomiga nisbatan ikki uch marta koʻproq aylanadi. Nima uchun, degan savol tugʻilishi tabiiy. Qaynatilgan tuxumning

    ...
  • Nega junjikamiz?

    Shifokor olimlar eti uvishayotgan, sovuqdan junjikayotgan odamlarning tana haroratini oʻlchab koʻrishibdi. Ularning harorati odatdagidan 1–2 daraja yuqori chiqibdi. Junjikish – bu muskullarning tez qisqarishidan hosil boʻladigan holat. Odatda, koʻproq harakat qilsak, tanamiz qizib, hatto terlab ham ketamiz. Aksincha boʻlsa-chi, yaʼni sovuq havoda harakatlanishimiz kam boʻlsa, etimiz

    ...
  • Gullar yomgʻirdan soʻng koʻproq xushboʻy taratadimi?

    Maʼlumki, gullardagi efir moylari yomgʻirdan soʻng koʻproq bugʻlanadi. Natijada gullar atrofga yanada koʻproq ifor taratadi. Buning sababi shundaki, yomgʻirdan keyin uning tomchilari gulning nektarli qismiga yigʻilib, hid taratuvchi moddalari bilan uning tarkibiga aralashib ketadi. Ikki suyuqlik aralashmasi quyosh nurida koʻproq bugʻlana boshlaydi. Demak, yomgʻir tomchilari ularni har

    ...
  • Gʻamxoʻr gul

    Konstantin Paustovskiy

    Dunyo miqyosida tan olingan ijodkor Konstantin Paustovskiy 1892-yil 31-mayda Moskva shahrida tugʻilgan. U Kiyevdagi gimnaziyada oʻqiyotganda oʻzining birinchi “Suv ustida” hikoyasini yozadi. Hikoya “Chiroqlar” jurnalida nashr etiladi. 1912-yilda u Kiyev universitetiga oʻqishga kiradi. Oradan biroz vaqt

    ...
  • Mumtoz sheʼriyat shaydosi

    Nemis yozuvchisi Tomas Mann “Vaqt aqlli, yetuk va mukammal boʻlib yetishishimiz uchun bizga inʼom etilgan qimmatbaho sovgʻadir,” degan edi. Haqiqatdan, vaqt soʻzining zamirida cheksiz imkoniyatlar, orom nimaligini bilmaydigan harakatlar mujassam. Ammo, bu imkoniyatlardan har biringiz turlicha foydalanasiz.

    Bugungi lavhamiz qahramoni – Dilbarxon Ahmadova vaqtdan qanday

    ...
  • Pecheniy

    Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 140 gramm shakar, bir chimdim tuz, 130 ml.oʻsimlik yogʻi, 2,5–3 piyola un, 1 choy qoshiq razrixlitel, 2 osh qoshiq kakao.

    Tayyorlanishi: Tuxum bilan shakarga tuz solib koʻpirtiriladi. Aralashma oqarib koʻpirgandan keyin yogʻ solib, yana aralashtiriladi. Soʻng un bilan razrixlitel qoʻshib

    ...
  • Nonushta uchun

    Kerakli mahsulotlar: 1 bogʻ koʻkpiyoz (yana boshqa koʻkatlar qoʻshsa ham boʻladi), 2 dona tuxum, 3 osh qoshiq un, 3 osh qoshiq yogʻ, 0,5 choy qoshiq razrixlitel, un, tuz, murch, (tuyilgan qizil qalampir), quritilgan sarimsoq talqoni.

    Tayyorlanishi: Koʻk piyoz mayda qilib toʻgʻraladi va tuxum, ziravorlar, razrixlitel, un, yogʻ

    ...
  • Tvorogli quymoqchalar

    Kerakli mahsulotlar: 400 gramm tvorog, 100 gramm shakar, 820 gramm un, 1 dona tuxum, 0,5 qoshiq vanilin.

    Tayyorlanishi:Idishga tvorog, shakar, un, tuxum, vanilin solib xamir qoriladi. Xamirni qattiq aralashtirib qorib boʻlmaydi, suyulib ketishi mumkin. Stol ustiga un sepib tvorogli qorishma uzun, qalin arqon shakliga

    ...
  • Isajon Sulton

    Isajon Sulton 1967-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Avazboy qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1985–1990-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

    Adibning “Munojat” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Bogʻi Eram” (2015) nomli kitoblari chop etildi. “Ozod” romani

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.