Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil sonlari

2017-yil 10-son

  • 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

    Shunday edi doim bilim tavozu,

    Ustoz ta’limidan yashnadi orzu.

    Bir kishi dedi-ki: “Bunda ne sir bor

    Otadek ustozga ta’ziming bisyor?”

    Dedi: u qormishdi suv bilan loyim,

    Bunisi jon-dilim o‘stirdi doim.

    Bundan tanam bo‘ldi jonimga mezbon,

    Undan abadiylik topdi ushbu jon.

     

    Abdurahmon

    ...
  • Tezkor davr talablari

    Yurtimizda katta o‘zgarish va yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Har kuni bir muhim yangilik, har kuni yangi qaror va farmonlar e’lon qilinmoqda. Bularning hammasi ona diyorimizning gullab-yashnashi, siz bolalarning yorug‘ kelajagingiz yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlardir.

    1-oktabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar bayramini katta tantana bilan nishonladik. Shu munosabat bilan

    ...
  • Momoning sirli sandig‘i

    – Buvijon, buvijon, anavi ona qo‘yni qarang, – dedi shahardan mehmon bo‘lib kelgan besh yashar Olimjon hovlida o‘tlab yurgan sovliqqa qarab. – Qo‘ychasini ham yetaklab olgan! Bizni tishlab olmaydimi?

    Nevarasining hayrat va ozgina qo‘rquv aralash pinjiga tiqilganini ko‘rgan Nortosh momo miyig‘ida kulib, Olimning sochlarini siladi.

    – Qo‘rqma, bolajonim, qo‘y – yuvosh jonivor,

    ...
  • Kuyla, Sanobar

    Har yili “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni nishonlash arafasida yurtimiz teleradiokanallari orqali dillarga huzur bag‘ishlab yangraydigan, bayram madhiyasiga aylanib qolgan “Ustozlar” qo‘shig‘ini hammamiz yaxshi bilamiz. Uning so‘zlari barchamizga yod bo‘lib ketgan. Qo‘shiq qachon yaratilgan, she’rini qaysi shoir yozgan, kuyini kim bastalagan? Kim ijro etgan? Shular haqida

    ...
  • Robotlar olamida bir kun

    XXI asr – olamshumul kashfiyotlar davri, deb atalmoqda. Chunki haydovchisiz o‘ziyurar avtomobillar, og‘zaki buyruqning o‘zidayoq yonib-o‘chuvchi maishiy texnika vositalari, masalan, “Ovozingni balandlat!” buyrug‘idan so‘ng baralla yangrab ketadigan televizorlar, “22 darajali haroratda ishla!” buyrug‘idan so‘ng ishga tushib ketadigan xona sovutgichlari, stollar ostida “emaklab” gilamlarni

    ...
  • Qalbi olov yoshlarmiz!

    Askar-askar o‘ynaymiz

    Askar-askar o‘ynaymiz,

    Askarlikka tanlaymiz.

    Eng kuchli kim, sinaymiz,

    Bir, ikki, uch... sanaymiz!

    Kim tez chopsa, yugursa,

    Marrasiga ulgursa,

    Eng chopag‘on askardir,

    Kim ekan u? Asqardir!

    Kim yil bo‘yi chiniqsa,

    Tog‘lar, bog‘larga chiqsa,

    Asl o‘g‘lon

    ...
  • Ehtirom

    Qadim Ellikqal’a bog‘-bo‘stonida,

    Ustozga ehtirom ramzini ko‘rdik.

    Shaharning markaziy xiyobonida

    Barchamiz sevinib, hayratda turdik.

     

    Ustozning qo‘lida durdona kitob,

    Yoshlarni o‘qishga chorlab turibdi.

    Uni ardoqlagan maskani maktab,

    Ko‘ngilga soladi ma’rifat – oftob.

     

    Oddiy, salobatli bu ko‘rkam

    ...
  • Nabira

    O‘xshar ekan nabira,

    Misoli sho‘x uloqqa,

    Chiqaradi jahlingni,

    So‘zing olmay quloqqa.

     

    Uning jajji ko‘zlari,

    O‘xshar qaynoq buloqqa.

    Sabringni to‘ldiradi,

    Tutaverib so‘roqqa.

     

    Ayb ustida ko‘rsang ham,

    Tushmas aslo tuzoqqa.

    Koyimoqchi bo‘lsang gar,

    Qochib ketar

    ...
  • Beshigim

    Momolardan qolgan meros,

    Qo‘ydim senga mehr, ixlos.

    Onam kabi bag‘ring issiq,

    Yangraganda alla-qo‘shiq.

    Tebranarding asta-asta,

    Uxlab qolardim birpasda.

    Alla – beshik ekan asli,

    Insonning ulg‘ayish fasli.

    Dilga mehr jo bo‘larkan,

    Nomi-chi, Vatan bo‘larkan.

     

    Imomnazar

    ...
  • Tolmas nega qizardi?

    Oilamiz o‘tgan kuni

    Katta hashar o‘tkazdi.

    Chala yotgan ishlarni

    Poyoniga yetkazdi.

     

    Dilbar opam gul ekdi,

    Nargiza suv tashidi.

    Dadam, oyim ikkisi,

    Ishda bizga bosh edi.

     

    O‘zim bog‘da ishladim,

    Ariq ochdi Nor akam.

    Faqat Tolmas ko‘rinmas,

    Hashar bo‘ldi

    ...
  • Yosh ko‘ngillar gulshani

    “Gulxan” jurnali menga qirq yillik qadrdon. Esimda, o‘tgan asrning 80-yillarida, ya’ni quyi sinflarda o‘qigan kezlarimda obuna mavsumiga tayyorgarlik ko‘rardik. Uzoq-yaqin qarindoshlarimizning kundalik daftarimizdagi “5” baholarimizni ko‘rib ilingan “mukofot”larini tiyinlab yig‘ib borardim. Ba’zan otam bog‘imizda yetilgan meva-chevamizdan bozorda sotib kelsalar, bir-ikki so‘mlik bo‘lib

    ...
  • Yangi kitob

    Nilufar katta tanaffusda maktab hovlisida o‘rtoqlari bilan biroz o‘ynadi.

    Darsga qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirib sal oldin partasi ustida qoldirib ketgan shoir Muhammad Yusufning she’rlar to‘plamini bir-bir varaqlar ekan, kitob orasidan uch varaq yirtib olinganligini ko‘rdi-yu, hozirgina shodon chaqnab turgan ko‘zlariga yosh qalqdi:

    – Kitob... kitobimni qara, – deya

    ...
  • Abdulaziz – elda aziz

    Karate bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni Abdulaziz Otaboyev o‘quvchilar bilan uchrashuvdan qaytayotgandi. Maktab darvozasidan o‘n-o‘n besh qadam uzoqlashganda, ortidan kimdir chaqirdi. O‘girilib qaradi. Ikkita bolakay u tomonga yugurib kelardi.

    – Aka, men bilan Dilshod mashg‘ulotda edik. Uchrashuvga qatnasholmadik. Lekin sizga savolimiz bor edi, – dedi ulardan

    ...
  • Tabiatga shogird tushing

    (yosh rassomlar mashqlariga bir nigoh)

     

    Gulxanjon o‘z muxlislaridan har kuni ko‘plab maktub oladi. Xatlar bilan birma-bir tanishar ekanmiz, beixtiyor ko‘nglimiz ravshan tortadi. Ayniqsa, mushtariylarimiz chizgan rasmlar... Rassomlikka qiziquvchilarning zukko va topqirligi, intiluvchanligidan sevinamiz. Ammo rasmlarning barchasi ham tasviriy ifoda san’ati

    ...
  • Siz – mumtoz

    Siz – mumtoz

     

    Mehr jo‘shar qalbimizda

    Sizga har dam, ustozlar.

    Mehnat-u ilm-u mashaqqat

    Sizga hamdam, ustozlar.

     

    Xayolingiz, o‘ylaringiz

    Ilm bilan qorishgan.

    Ma’rifatning ziyosidan

    Yuzlaringiz yorishgan.

     

    Fidoyisiz, aziz ustoz,

    Zakiylik sizga

    ...
  • Xonqizi

    Yashil bargga qo‘nasan

    Qora xolli xonqizi.

    Gul oralab yurasan,

    Qoldirmay oyoq izi.

    Shohlarning naslimisan,

    Malikasan, xonqizi.

    Qidiraman, topmayman,

    Saroying qayda o‘zi?!

     

    Madinabonu MUHAMMADRIZAYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Koson tumani

    Agrobiznes kolleji o‘quvchisi

  • Buyuklarga bag‘ishlov

    Havas qil menga, falak,

    Buyuklar naslidanman.

    Hikmatlardan suv ichgan

    Zaminman aslida man.

     

    Quyosh, yulduz yorqindir,

    Lek ularda bilim yo‘q.

    Tafakkurim chirog‘i

    Porlar – shundan ko‘nglim to‘q.

     

    Nuriddin FATHULLAYEV,

    Toshkent shahridagi 1-yuridik kolleji o‘quvchisi

  • Bilim bog‘i

    Bilim bog‘i cheksiz mevaga to‘la,

    Sarhadi bepoyon, shunchalar ham keng.

    Insoniyat anglagan bilimlar esa

    Bu bog‘ning bir shingil mevasiga teng.

     

    Uning chin bog‘boni donolar erur,

    Ma’rifat peshvosi – qalbi go‘zallar.

    Bu boqqa kirdimi bir iz qoldirur –

    Asrlar oshguvchi she’r, bayt, g‘azallar.

     

    Baxtimni,

    ...
  • Rayhon

    Hovli sahnidagi suluv rayhonlar

    Shamollar uyg‘onsa tebranar mayin.

    Xushbo‘y tarovati dilni qitiqlar,

    Bunda ijod ishqi uyg‘onar tayin.

     

    O‘zbekiston erur uning Vatani,

    Har bitta o‘zbekning uyin bezaydi.

    Shifobaxsh nasimlar bo‘yin taratsa,

    Momom yoshligini undan izlaydi.

     

    Sevinchxon

    ...
  • Onasini xursand qilganlar

    A’lo o‘qib, ozoda yurar,

    O‘zin oqil farzand bilganlar.

    Baxtning zavqin tuydirib turar,

    Onasini xursand qilganlar.

     

    Yomonlikka yaqin bormaydi,

    Oydin, ravon yo‘lda yurganlar.

    Yaxshi o‘g‘il, dono qiz bo‘lar,

    Onasini xursand qilganlar.

     

    Dilshodbek G‘ULOMQODIROV,

    Andijon viloyati

    ...
  • Vatan

    Chaman-chaman gulzor kezib,

    Quvnaylik, kutar bog‘lar.

    Bobolarning sabotiday

    Qara, mag‘rurdir tog‘lar.

     

    Otamning umididay,

    Mehri yanglig‘ onamning.

    Yur, ko‘raylik, ey do‘stim,

    Yashnaganin dalamning.

     

    Aziz bizga shu ko‘chalar,

    Yotsak, ko‘ngil g‘ashlanar.

    Ostonadan tinch,

    ...
  • Tadbirkor

    Kecha-yu kunduz bedor,

    Vaqtni o‘tkazmas bekor,

    O‘z ishida fidokor

    Bu ajoyib tadbirkor.

     

    Biri ochar korxona,

    Yurtdoshlarga ishxona,

    Mehnatlari mardona,

    Bu ajoyib tadbirkor.

     

    Kezar Chinni, Ozorni,

    Obod qilar bozorni,

    To‘kin tutar ro‘zg‘orni,

    Bu ajoyib

    ...
  • Chinni piyola

    Chinni piyola

    Choynakning do‘sti.

    Kamtarlik ila

    Tog‘ kabi o‘sdi.

     

    Ichganimda choy,

    O‘zgacha shirin.

    Bila olmasman

    Piyola sirin.

     

    Sevinch MO‘MINOVA,

    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 53-maktab

  • Dovuchcha

    Nordon, yashil dovuchcha

    Turar shoxda jilmayib.

    Olgim kelar hovuchlab,

    Qolmasmikan kamayib?

     

    O‘ylab o‘tirmay A’zam

    Daraxtga chirmashdi xo‘p.

    Shoxi singach bog‘bondan

    Dakki ham eshitdi ko‘p.

     

    Bu ham mayli qizig‘i,

    Boshlandi-ku dars payti.

    Voy qornim, deb buralib,

    Ustozga “dardin”

    ...
  • Shuningdek… (2017-yil 10-son)

    Shuningdek, sahifamizga Qashqa dar yo viloyati Nishon tumanidagi 35-ixti soslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Marjona Soatova, 6-sinf o‘quvchisi Sevinch Rayimova, 7-sinf o‘quvchisi Mushtariy Xolnazarova, 8-sinf o‘quvchisi Husnora Boboqulovalar, Jizzax shahri 11-maktab 7-sinf o‘quvchisi Sevinch

    ...
  • Ustozga ehtirom

    Shaxmatchilar oilasida tug‘ilgan Daler Vohidov Samarqand shahridagi 14-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. Dadasi Tohir aka shaxmat bo‘yicha grossmeyster. U kishi shogirdlari qatori farzandlariga ham shaxmat o‘yini usullarini o‘rgatib kelmoqda. Katta o‘g‘li Jahongir shaxmat bo‘yicha respublikada o‘z o‘rniga ega. Har safar akasi musobaqalardan g‘alaba bilan qaytganda, birinchi

    ...
  • Tog‘dagi hodisa

    Davomi. Boshi bu yerda:

    Tog‘dagi hodisa, Tog‘dagi hodisa

     

    Jamshid sal o‘ziga kelib asta ko‘zini ochdi. Bu odamni ko‘z qiri bilan kuzata boshladi. Ana konservani ochib yedi. Keyin unga qandaydir

    ...
  • Katta umidlar ostonasida

    Yurtimizda tirishqoq, intiluvchan, xalqimiz faxriga aylanib borayotgan tengdoshlaringiz juda ko‘p. O‘zbekistonlik karatechilar ham ayni paytda nafaqat Osiyo, balki jahon miqyosida ham eng kuchli jamoalardan hisoblanadi. Sportchilarimizning turli musobaqalardan olib kelayotgan ko‘plab medallari fikrimiz isbotidir.

    Kuni kecha Toshkent shahar Den-To Fudokan

    ...
  • Odobingiz ko‘zgusi

    Avtobusda borar ekanman, navbatdagi bekatdan chiqqan o‘quvchilar diqqatimni tortdi. Buyurtma asosida tiktirilgan bo‘lsa kerak, barchalarining egnida bir xil rangdagi o‘quvchilar formasi. O‘g‘il bolalar oq ko‘ylak, qora shimda, qizlar oq kofta ustidan nimchali yubka kiyishgan. Dastlab ularga havas bilan boqdim, keyin esa negadir kayfiyatim tushib ketdi.

    E’tiborimni tortgani, yonimdagi

    ...
  • Orzulari tongday oq

    Maktabda xulqi va odobi bilan o‘rnak bo‘layotgan, tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muvaffaqiyatlarga erishayotgan tengdoshlaringizga hammamiz havas qilamiz. Ularning o‘rnida bo‘lib qolgimiz keladi. Dilbar Normahmatova ham ana shunday iqtidorli yoshlarimizdan biri. U poytaxtdagi Uchtepa tumani 283-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. 2016-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining nasr

    ...
  • Aziz kashfiyotchi

    Shirin so‘zlariga mehr qorishiq,

    Nigohlari oftob nurini emgan.

    Hayot yo‘llariga shoirlar oshiq,

    U faqat biz uchun dunyoga kelgan.

     

    Titroq lablariga yo‘lovchi kulgu,

    Zahmat yelkasiga mingashib olgan.

    Yaxshilikdan to‘lib yashaydi mangu,

    U ikkinchi ona nomini olgan.

     

    Ko‘kdagi yettinchi farishta

    ...
  • Eng yaxshi usul

    Nikolay VNUKOV

    (hikoya)

     

    Qiziq, ingliz tilini nega buncha qiyin qilib yaratishgan ekan-a? Oltinchi sinfda “Bu kitob”, “Bu sening kitobing”ga o‘xshash iboralarni o‘rganib, yodlab ko‘pincha “besh” baho olardim. Keyinchalik mavzular qiyinlashgani sari baholarim tushib keta boshladi.

    ...
  • Ularga ishondik

    Ko‘p qavatli uylar orasidan o‘tib ketayotgandim. Garajlar yonida maktab formasidagi 5-10 o‘quvchiga ko‘zim tushdi. Ularning turishlari bejo. O‘rtada, kichikroq bo‘yli bolani ikkitasi qo‘lidan ushlab olibdi. Bittasi unga qattiq-qattiq gapiryapti. Men to ularning yoniga yetib borgunimcha, uning yelkasiga musht tushirib qoldi.

    – Hoy, bola, nega o‘rtog‘ingni uryapsan? – dedim jahl

    ...
  • “Yosh qalamkash” to‘garagi a’zolari ijodidan

    Mana bir necha yildirki, G‘ijduvon tumanidagi 27-maktabda “Yosh qalamkash” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Adabiyotga, shoirlikka qiziqqan bolalardan tashkil topgan bu to‘garakka adabiyot muallimi, ijodkor o‘qituvchi Zuhra opa Hamroyeva rahbarlik qiladi. Zuhra opa havaskorlarga she’r yozish qonun-qoidalarini o‘rgatibgina qolmay, ulardan mustaqil fikrlash, atrofni kuzatish,

    ...
  • Kartoshkali “tipratikanchalar”

    Kerakli mahsulotlar:5 dona kartoshka, 300 gramm qiyma, 2 dona piyoz, 2 dona tuxum, tuz, qalampir, 4 bo‘lak sarimsoq donalari, 100 gramm guruch, 100 gramm pishloq.

    Tayyorlanishi: qiymaga mayda qilib to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq bo‘lakchalari, qaynatib pishirilgan guruch, tuxum va ta’bga ko‘ra murch, qalampir, tuz qo‘shib

    ...
  • Shaftoli pirogi

    Kerakli masalliqlar: 200 gramm qaymoq, keragicha un, 100 gramm sariyog‘, 100 gramm shakar, 2 osh qoshiq sut, 2 dona tuxum, 2-3 dona shaftoli, ozgina tuz va vanelin.

    Tayyorlanishi: sariyog‘, tuz, 1 dona tuxum, sut va un solib xamir qorib olamiz. Zuvalani sellofanga solib 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yamiz. Qaymoqqa shakar, 1 dona

    ...
  • Shaxmatli pecheniylar

    Kerakli mahsulotlar: 500 gramm un, 150 gramm shakar, 1 choy qoshiq tuz, 300 gramm xona haroratida eritilgan sariyog‘, 1 chimdim vanelin, 2 dona tuxum, 50 gramm kakao.

    Tayyorlanishi: barcha mahsulotlarni aralashtirib qo‘lga yopishmaydigan qilib xamir qoramiz. Xamirni 2 ga bo‘lib, birinchi bo‘lagiga kakaoni qo‘shib qora xamir

    ...
  • “Kuz” salati

    Kerakli mahsulotlar: qaynatilgan 2 ta tovuq oyog‘i, 200 gramm qovurib olingan qo‘ziqorin, 1 dona piyoz, 2 dona qaynatilgan qizil sabzi, 2 dona tuzlangan bodring, 2 dona sarimsoq bo‘lakchalari, 100 gramm konservalangan jo‘xori, tuz, murch, 200 gramm mayonez yoki qaymoq, 50 gramm karam, oz-ozdan shivit, petrushka.

    Tayyorlanishi: tovuq

    ...
  • Krossvord 2017-10-son

    baliq

     

    KROSSVORD Eniga: 4. Janubiy Amerika tuyasi. 6. Baroq dumli o‘rmon kemiruvchisi. 8. Yirik dengiz yirtqichi. 12. Markaziy Amerikada tarqalgan itlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi. 14. Dashtliklarda yashovchi kamyob kiyik turi. 15. Tanasi kosasimon sudralib yuruvchi. 16.

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.