Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2017-yil 5-son

  • Favvora tinchlik ramzi,

    Suv taratar har yonga.

    Ajoyibdir jilosi,

    Xush yoqadi insonga.

    Yozning qaynoq taftida

    Favvora berar salqin.

    Undan orom olaman,

    Suvin purkaydi jo‘shqin.

    Dilga huzur baxsh etar

    Bu ajoyib favvora.

    Ularga boqib turib,

    Mehrim oshar tobora.

    Favvoralar aksida

    Nur yog‘dirar

    ...
  • Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ahlini, ayniqsa, faxriylarimiz qalbini to‘lqinlantirib yubordi. Tahririyatda bu katta e’tibor va rag‘bat haqida o‘ylab o‘tirar ekanman, eshik taqillab keksa otaxon ko‘rindi. Salom berib

    ...
  • Uch yildirki, Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi 104-maktabda “Adabiyot olamida”, “She’riyat olamida” hamda “Yosh qalamkash va notiq” to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

    Tahririyatga yuborilgan to‘garak a’zolari ijodini kuzatar ekanmiz, ularning ijodiy mahorati tobora oshib, fikr doiralari kengayib borayotganligini kuzatib quvondik. Bu muvaffaqiyatlar, avvalo, ularning

    ...
  • yoxud o‘tmishdan saboq, bugundan shukrona

     

    Maktab darvozasidan otilib chiqqan to‘rt-besh nafar o‘quvchining barchasini qo‘lida yegulik. Qay biri xot-dog, qay biri shirinli-gu yana biri qandaydir tezpishar “ovqat”ga chug‘urlashgancha og‘iz solishmoqda. Diqqat bilan quloq tutsam hammasi bir bo‘lib sheriklaridan birining

    ...
  • Rivojlangan davlatlarda hatto chaqaloqlarni ham kutubxonalarga olib borisharkan. Iye, chaqaloqlar qanaqa qilib kitob o‘qishadi, deb hayron bo‘layotgandirsiz?! Ular bolalar maydonchasi, xiyobonlar o‘yingohlar qatori kutubxonalarga sayohat qilisharkan. Kutubxonada emaklab yuradigan go‘daklar bo‘limi, 2-3 yoshli bolakaylar bo‘limi, maktab ostonasidagi

    ...
  • Pishiqchilik

    Tipratikan g‘arq pishgan

    Olmazordan borardi.

    Olishga hech iloj yo‘q,

    Havas bilan qarardi.

    “Tap” etdi-yu naqsh olma

    Ignasiga qadaldi.

    Ajablanib, bu holga

    Tushunolmay lol qoldi.

    U yon, bu yon boqib der:

    – Hazilmi bu, ne qiliq?

    Sado keldi

    ...
  • – Televizor oldida

    Hecham ko‘rmadim seni.

    Qo‘lingdan kitob tushmay

    Lol qoldiryapsan meni.

     

    – Maqtanchoqlikka yo‘yma,

    Bu gaplarimni sira.

    Kitob varaqlamasam

    Ko‘nglim tortadi xira.

     

    Televizor ko‘rmayman,

    Desam bo‘ladi yolg‘on.

    Bolalarbop dasturlar

    Bizga

    ...
  • Hovoncha

    Ichimga nedir solib,

    Dastam bilan urishar.

    Donni olishar tuyib,

    Ishlari ko‘p yurishar.

     

    Ne solsam talqon bo‘lar,

    Zarba mazam qochirar,

    Har zarbadan ingrayman,

    Donlar har yon sochilar.

     

    Ish bitar, surar chetga,

    Men bo‘laman hang-u

    ...
  • Chumolining javobi

    Baqa dedi: – chumoli,

    Qiyin bo‘ladi holing.

    Og‘ir yukni ko‘tarib,

    Ne azob, charchab, horib.

    – Bu har kungi odatim,

    Tark etmayman mehnatim.

    Vaqtim-chi, juda ham ziq,

    Uyga tashiyman oziq.

    Quloq sol o‘rtoq menga,

    Bir gapni aytay senga.

    Mehnatni sevgin

    ...
  • Sharl Peroning “Zolushka” nomli ertagini barchangiz o‘qigansiz. Unga ishlangan filmni qayta-qayta tomosha qilgansiz. Ertakda mehribon Feya Zolushkaga bazmga borishi uchun qovoqdan yasalgan bejirim soyabonli arava sovg‘a qiladi. Qovoqning antiqa aravaga aylangani barchangizni hayratga solgani aniq. Ammo bunday hodisa faqat ertaklarda bo‘lishi ham bor gap. Biroq iste’dodli dizayner va rassom

    ...
  • Sardorning xotirasi yaxshi emas. Qancha harakat qilsa ham, she’rni to‘laligicha yodlab ololmaydi. Yo‘q, yodlaydi. Ammo doskaga chiqishi bilan hammasi esidan chiqib ketadi. Bu haqida o‘rtog‘iga aytgandi, o‘rtog‘i shunday maslahat berdi:

    – Men yodlashning oson yo‘lini bilaman. She’rni daftarga uch-to‘rt marta ko‘chirib yozaman. Avval daftarga qarab ovoz chiqarib o‘qiyman. Keyin uni

    ...
  • Mashhur musavvir va ixtirochi adib Leonardo da Vinchi siz bolalarga ham ko‘plab ertaklar yozganidan xabardorsiz. Ushbu ertaklarda tabiat, jonivorlar va o‘simliklar, turli-tuman ish qurollari, buyumlar tilidan saxovat, sabr-toqat, ota-onalarning farzandiga mehri ulug‘lanadi. Yolg‘onchilik, maqtanchoqlik, manmanlik, hasadgo‘ylikning ayanchli oqibatlari haqida qisqa, lo‘nda hikoya qilinadi.

    ...
  • Marg‘iyona Sotimboyeva Pop tumanidagi 25-maktabning 3-sinfida o‘qiydi. Bir necha yildan beri u tumandagi BO‘SMning badiiy gimnastika guruhida murabbiy Munisa Sultonovadan sportning ushbu eng nafis turi sirlarini chuqur o‘rganmoqda. Qiyinchiliklardan cho‘chimagan qizaloq salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Tuman miqyosidagi qator musobaqalar g‘olibasi bo‘lgan Marg‘iyona, kuni kecha Buxoroda

    ...
  • Qiziltepa tumanidagi 3-maktabda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini xotirlash maqsadida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” loyihasi asosida “O‘tganlar xotirasini yod etish

    ...
  • Said bobo Alimardonov bu yil 93 bahorni qarshi oldilar. Ular 18 yoshida Ikkinchi jahon urushiga jo‘nab ketganlar. Shiddatli kechgan Stalingrad, Leningrad janglarida ishtirok etib, o‘qlar yomg‘iri, tanklar nishonidan omon chiqib, bugungi osoyishta kunlarimizga tamal toshi qo‘yganlar. Janglarda bir necha bor jiddiy jarohat olganlar.

    Shunda ham qat’iyat va sobitqadamlik bilan

    ...
  • Osmonlarda uchdim burgutday,

    Oymomoni quchdim bulutday.

    Bor bo‘lsangiz mening ko‘ksim tog‘,

    Ota, siz hammadan yaxshiroq.

     

    Omadimdan quvonib, boyib,

    Xato qilsam qo‘yasiz koyib.

    Umrim yo‘lin yoritgan chiroq –

    Ota, siz hammadan yaxshiroq.

     

    Yasmina

    ...
  • Singlim der: “Opajonim,

    O‘ynaylik mehmon-mehmon.

    Men yasanib kelayin,

    Siz kuting bo‘lib mezbon.

     

    Muzlatkichga yaqinda,

    Tort qo‘yib ketgan oyim.

    Shirinliklar javonda,

    Novvotli bo‘lsin choyim”.

     

    Dedim: “Nega menmas, sen

    Mehmon bo‘lasan doim?”

    Singlim deydi:

    ...
  • Oyning soyga qarab, qilgan pardozin,

    Yulduzlar kuzatib olar andoza.

    Shabboda qizlari chalarlar sozin,

    To‘kilar orzular qalblardek toza.

     

    Tun gashtin his qilar haqiqiy shoir,

    U sevar dilidan tunning qizini.

    She’r bitib, sokinlik madhiga doir,

    Tun yo‘lin poylaydi uzmay

    ...
  • Johilning bog‘iga kelmaydi bahor,

    Yomonlik tilar u kechda, ham nahor.

    Johil har insonga tashvish istaydi,

    Holiga goh yig‘lab, kulging qistaydi.

    Ey do‘st, so‘zlarimga quloq sol bir on,

    Johillik dillarga keltirar qiron.

    Insonga xos emas, bundayin illat,

    Ul sabab yo‘q bo‘lur, butun bir

    ...
  • Qarang, savat liq to‘ldi,

    Hamma jamuljam bo‘ldi.

    Qovun dedi: – kulinglar,

    Dasturxonga kelinglar.

     

    Xursand bo‘libdi anjir,

    O‘ynatib rosa zanjir.

    Kuylabdi karam faqat

    Ko‘ylagi qavat-qavat.

     

    Nokvoy tushar o‘yinga,

    Gilos taqib bo‘yinga.

    Oshqovoq ham tez

    ...
  • Lola yaprog‘ida shabnam tomchisi,

    Yarqirab ko‘rinar shoda dur misol.

    Zarrin nurlar sohir tongning jarchisi

    Ular-la yangi kun ko‘rsatar jamol.

     

    Shunda qo‘lga olib qalam qog‘ozni,

    Ko‘ngil torlarini chertaman bexos.

    Bizning tonglar shunday sirli va mas’um,

    Siz ham quloq tutib, tinglang bir

    ...
  • Aziz juda sho‘x bola,

    Xo‘p to‘polonchi bo‘lgan.

    Kattalarning gapini,

    Na qulog‘iga ilgan.

    Bir kun ukasi Rustam,

    Chizdi Aziz suratin.

    Men suratga berdim nom

    Ko‘rib uning jur’atin.

    Azizjonning ko‘zlari

    Yonib turgan cho‘g‘ edi.

    Ammo uning suratda,

    Quloqlari yo‘q edi.

    – Oyim

    ...
  • “Hamid Sulaymonov”, deb

    Ataladi mahallam.

    U ham bir kichik o‘lkam,

    Ko‘chalari keng, ko‘rkam.

     

    Olimlar yashar unda,

    To‘y, bazm, bayram kunda.

    Katta-kichik inoqdir

    Ahillik bizga xosdir.

     

    Ishonmaysiz, gapimga,

    Kelib ko‘ring bir unga.

    Shunga amin

    ...
  • Arra, bolg‘a, mix, randa,

    Majlis qurishar tongda.

    Randa taxta tekislar,

    Ular kuchli, to‘kislar.

     

    Bolg‘a mixni qoqadi,

    Unga bu ish yoqadi.

    Reja tuzar, kelishar,

    Ajoyib uy qurishar.

     

    Azamat AHADOV,

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani

    20-maktab

    ...
  • Yolg‘iz qolgan chog‘da hamrohing bo‘lgay,

    Birgalikda ko‘ngling quvonchga to‘lgay,

    Kitobsiz bilimlar yengilgay, so‘lgay,

    Yo‘ling yoritguvchi – ziyodir kitob.

     

    Bilgil katta boylik faqat kitobdir,

    Buyuk bobolardan shunday xitobdir,

    Tilaklar ijobat, orzu ro‘yobdir,

    Yo‘ling yoritguvchi – ziyodir

    ...
  • Dasturxon ustida

    Shaydir ikki do‘st,

    Tinmay xizmat qilar

    Choynak-piyola.

     

    Nonlar ushatilgan,

    Qand-qurs, chaq-chuq mo‘l,

    Achchiq ko‘k choy ichar

    Amma-yu xola.

     

    Mushtariy SHAIMOVA,

    Toshkent viloyati Zangiota tumani

    29-maktab 4-sinf

  • Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 27-maktab 8-sinf o‘quvchisi Sabina Komilova, Jizzax viloyati Zarbdor tumani 3-maktab 6-sinf o‘quvchisi Hamida Sherqulova, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 71-maktab 5-sinf o‘quvchisi Sevinch Usmonturdiyevalar ham she’rlaridan namunalar yuborishgan.

    Mashqlar talab

    ...
  • Biz miriqib nafas oladigan havo qanday kimyoviy elementlardan iborat? Suvning tarkibini bilasizmi? Tuproqning-chi? Mevalar tarkibi bilan qiziqqanmisiz? Diqqat qilsak, butun dunyo kimyo(viy unsurlar)dan iborat ekanini anglaymiz.

    Kimyo – ilm-fan xaritasidagi haqiqiy mo‘jizalar mamlakati.

    Odamlar ilk bor toshdan buyum yasay boshlaganida yoki temirni kashf etgan paytlaridayoq

    ...
  • Tug‘ilganimizdan to yashayotgan lahzamizgacha hayotimiz qator raqamlar bilan bog‘liq ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Asr, yil, oy, hafta, kun, soat, daqiqa va soniya... Barchasi raqam va hisob-kitoblardan iborat. Bugun sizlarga ana shunday algoritmik funksiya va informatika dasturlariga qiziquvchi, bu borada yaxshigina yutuqlarga erishgan yoshlarni

    ...
  • Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, yam-yashil, go‘zal o‘rmonda tipratikanlar oilasi yashar ekan. Bu oila juda ahil-inoq, ozoda va quvnoq, mehribon va ko‘ngli oq tipratikanlardan iborat ekan. Oilaning kattalari: ota tipratikan va ona tipratikanlar bo‘lib, ularning to‘rtta farzandi bor ekan. To‘ng‘ich o‘g‘ilning nomi O‘lmasvoy, ikkinchi o‘g‘ilning nomi Tolmasvoy, uchinchi o‘g‘ilning nomi Yoqimtoy,

    ...
  • Nargiza 8-sinfda o‘qiyapti. Bugun adabiyot darsida ustozi “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida insho yozishni topshirdi. Ustoz aytgan mavzu Nargizani o‘ylantirib qo‘ydi. Chunki u shu choqqacha bu haqida o‘ylab ko‘rmagan edi. To‘rt yil avval dadasi, kasbimning davomchisi, shifokor bo‘lasan, deb akasini kerakli fanlardan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga borishini tayinladi. Biroq, akasi qo‘shnimiz Adham

    ...
  • Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida “Kitob ma’naviyatning ikki qanoti” deb nomlangan kitob marafoni bo‘lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi X. To‘xtaboyev, taniqli bolalar shoiri Dilshod Rajab, bolalarning sevimli “Gulxan” jurnali xodimlari M. Hamidova, I. Umarova, “O‘ratepa” mahallasi faollari

    ...
  • Mixail Zoshchenko

     

    Hikoya

     

    Bolaligimda yer yumaloq shaklda ekanligini bilmaganman. Bir kuni menga buni qo‘shnim Styopka tushuntirdi:

    – Yer yumaloq shaklda. Agar faqat to‘g‘riga yuraversang, butun yer sharini aylanib, qayerdan yurgan bo‘lsang, shu yerga qaytib

    ...
  • Yozning issiq kunlari edi. Ayvonimiz shiftining burchagidagi mo‘jazgina loysuvoq iniga parto‘shak to‘shab, ikki qaldirg‘och palaponlarining uchirma bo‘lishini intizorlik bilan kutardi. Ular bolalarining qornini to‘yg‘azish uchun tinmay yemish tashiydi. Bu qaldirg‘ochlar har yilgi mehmonimiz.

    Kunlarning birida – tushlikdan so‘ng mizg‘ib qolibman. Qattiq chug‘ur-chug‘urdan cho‘chib

    ...
  • Yaqinda “Gulxan” jurnalidagi “Partadosh qanday tanlanadi” maqolasini o‘qib chiqdim. Haqiqatdan partadoshning to‘g‘ri tanlanishi o‘quvchining bilimi oshishida, iqtidorini namoyish qilishida muhim o‘rin tutarkan. Mening partadoshim Qamariddin sinfimizning a’lochi o‘quvchilaridan. Unga qarab chiroyli yozishga, barcha fanlardan a’lo baholar olishga harakat qilib, a’lochi o‘quvchilar safiga

    ...
  • Jurnalning 2-sonida berilgan “Boshni toshlardan asrab” maqolasi tengdoshlarimiz uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Chunki ko‘pchilik maktab o‘quvchilari, ayniqsa qizlar qo‘llariga turli naqshlarni soldirishni odat qilib olganlar. Bu ularning tarbiyasiga, axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Negaki, bu holat atrofdagilarning diqqatini o‘ziga tortadi. Davlatimiz bizga ilm olishimiz uchun

    ...
  • Keksalar duosin oling

    Qarisi bor uyning fayzi bo‘lakcha,

    Duolar yog‘dirar go‘yoki osmon.

    Balki mening gapim o‘xshar ertakka

    Ular duosidan olam charog‘on.

     

    Qarisi bor uydan rizq-ro‘z arimas,

    Xonadon hamisha ziyoga to‘lar.

    Qarisi bor uyda dillar qarimas,

    Sababi bu uyda farishta

    ...
  •  

    CHAYNVORD 1. O‘zbek xalq dostonlari turkumi. 2. Avazxonning Isfaxon malikasi yo‘lidagi sarguzashtlari tasvirlangan doston. 3. Go‘ro‘g‘lini voyaga yetkazgan cho‘pon. 4. Dostonlarda bayon etilgan Sharq muzofotlaridan

    ...
  • Javobingizni tekshiring

    1-songa qarang, “Yangi yil” topqirlik mashqi:

     

    CHAYNVORD 1. Oy. 2. Yaponiya. 3. Ayamajiz. 4. Zang. 5. Grinvinch. 6. Cho‘pon. 7. Nuridinov. 8. Vaqt. 9. Toshkent. 10. Tet. 11. Tinchlik. 12. Kurant. 13. Tovuq. 14. Qor. 15. Raqs. 16. Sutka. 17. Avstraliya.

    “YIL

    ...
  • Zarur masalliqlar: 1 dona gulkaram, 100 gr qaynatilgan mol go‘shti, 2 dona qaynatilgan tuxum, 1 dona pomidor, oz-ozdan ko‘katlar (petrushka, kashnich).

    Tayyorlanishi:Gulkaramni qaynayotgan suvga solib 15 daqiqa davomida pishirgach, biroz sovitib, gullari bo‘yicha kesib olamiz. Keyin barcha masalliqlarni to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab tog‘orachaga

    ...
  • Zarur masalliqlar:350 gr gulkaram (kichkina bir bosh), 100 ml smetana, 75 gr qattiq pishloq, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq saryog‘, yarim osh qoshiq un, tuz, murch, maydalangan yong‘oq mag‘zi.

    Tayyorlanishi: 1. Gulkaramning gullarini ajratib, qaynab turgan tuzli suvda 5 daqiqa pishirgach, sovuq suvga solamiz. Keyin suvini yaxshilab

    ...
  • Zarur masalliqlar: 3 ta tuxum, 1 bo‘lak pishloq, 1 dona pomidor, 2 osh qoshiq sut, bir chimdim tuz, yog‘.

    Tayyorlanishi: Idishga tuxumlar chaqilib ozgina ko‘pirtiriladi. Tuz va sutdan solib bir xil massa tayyorlanadi. O‘rta olovda, qizigan tovaga ozgina yog‘ solib tuxumli massadan bir cho‘mich quyiladi. Uning ustiga ozgina qirg‘ichdan o‘tkazilgan

    ...
  • Zarur masalliqlar:0,5 kg qiyma, 1 ta o‘rtacha kattalikdagi kartoshka, 1 bosh o‘rtacha piyoz, 2 osh qoshiq mayonez, yog‘, murch, tuz.

    Tayyorlanishi: 1. Idishga qiymani solib, ustidan kartoshka va piyozni qirg‘ichdan chiqariladi. Mayonez, tuz va murch qo‘shib aralashtirib kotlet yasaymiz.

    2. Tovaga yog‘ solib o‘rta olovda kotletlarning ikki

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.