Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2022-yil 5-son

  • Gul shahriga aylandi Toshkent

    Ko‘rkam bahor faslining may oyiga bag‘ishlangan jurnalning ushbu sonida  bir qator muhim sanalar, bayramlarni eslab o‘tdik. “Hech nimani unutmadikmi”, deb savol berdik o‘zimizga. E-ha, shu kunlarda Toshkentda ilk marotaba o‘tkazilayotgan gul bayrami haqida aytishni unutibmiz-ku.  Bu bayramning o‘tishi kundan-kun chiroy ochib, gullar shahriga,  yashil shaharga aylanib borayotgan

    ...
  • “Temir”general

    Vatan muqaddas va aziz. Uning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, ajdodlarimizga munosib davomchi bo‘lish har birimizning muqaddas burchimiz. Bugungi tinch va farovon kunlarga yetib kelishimizga qo‘shgan hissasi, ularning Ikkinchi jahon urushi davrida Vatan oldida bajargan farzandlik burchi, Ona vatanga bo‘lgan sadoqati, mardligi va ko‘rsatgan qahramonliklarini eslash – har birimizning

    ...
  • Sinovlarda toblangan sanʼat

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbekiston xalq artisti, Zokirovlar sulolasining yorqin vakili, “Yalla” ansambli badiiy rahbari, o‘zbek xalqining sevimli san’atkori Farrux Zokirov. Mayin va shirali ovoz sohibi “Toshkanim – onam”, “Musiqiy choyxona”, “Uchquduq”, “Shahrisabz” kabi ko‘plab benazir qo‘shiqlar muallifidir. San’atkor jahonning deyarli barcha mintaqalarida “Yalla” ansambli

    ...
  • Toʻp

    To‘pim, to‘p-to‘p etasan,

    Ursam uchib ketasan.

    Havolanib nariga –

    Do‘stlarimga yetasan.

    O‘ynatasan ko‘zimni,

    Hovliqtirib o‘zimni.

    Biroz ko‘proq o‘ynasam,

    Terlatasan yuzimni.

    Senga sira to‘ymayman,

    Bo‘sh ekanman qo‘ymayman.

    Ovunchog‘im, – deb seni

    Do‘stlarim-la o‘ynayman.

    To‘pim, to‘p-to‘p

    ...
  • Turnalar

    Turnalar, hoy turnalar,

    Pastlab uchingiz!

    Bizning ko‘l va daryolar

    Bag‘rin quchingiz!

    Bizlarni xursand qilib,

    Keldingiz shu chog‘.

    Ko‘kimizda tizilib,

    Soling arg‘imchoq!

    Erkin-erkin uchingiz,

    Osmonni bo‘ylab.

    Qo‘rqmay yerga tushingiz,

    Sayrashib-kuylab.

    Bizlar ko‘l, dengizlarni

    Etdik ko‘p

    ...
  • Ertalab

    Osmon tiniq, zangori,

    Beg‘ubor aft-angori.

    Yarqirab nur anhori,

    Oftob chiqdi olamga.

    – Assalom! – der yer pastda,

    – Assalom! – der el asta.

    Qancha orzu-havasda

    Oftob chiqdi olamga.

    Dovon oshib shod-xandon,

    Xursand bo‘lib u chandon,

    Yashasin deb har bir jon,

    Oftob chiqdi

    ...
  • Shu bola siz emasmi?

    Avtobusda zich odam...

    Zo‘rg‘a chiqib oldim men,

    Manzilimga yetgan dam,

    Shoshib tushib qoldim men.

     

    Orqa-o‘ngimga boqmay,

    Tez boraman ilgari.

    Bir yosh bola chaqmoqday

    Yuguradi men sari.

     

    –   To‘xtang amaki, birpas,

    Quloq soling so‘zimga!

    Kutib uni bir nafas,

    Dam

    ...
  • Vaqtning hajmi qancha?

    O‘ylab ko‘rsam, vaqt degan

    Rezinali to‘rxalta,

    Neki tiqsang ichiga

    Sig‘averar, zo‘r xalta.

    Masalan, bir soatda

    Nimalar qilish mumkin?

    Kitob, gazeta o‘qish,

    Samokat minish mumkin.

    Do‘sting bilan urishib,

    Mumkin hatto yarashish.

    Tort yeyayotgan ukangga

    “Yordamlashish”, “qarashish”,

    Alg‘ov-dalg‘ov

    ...
  • Elimda alyorim qolur

    “Koinot qachonlardir bir nuqtaning, bir zarraning portlashidan paydo bo‘lgan deyiladi. Àgar shu fikr to‘g‘ri bo‘lsa, poetik so‘z, ya’ni she’riyatning mohiyatida lohududga sochilib ketgan koinotni to‘plab, sidirib, yana o‘sha nuqtaning ichiga sig‘dirish istagi yotadi”, – deydi Ramiz Ravshan.  Mana shu istak aro umr kechirgan Muhammad Yusuf haqida gap ketganda kimdir erka shoir, kimdir

    ...
  • Musiqadan ilhom olgan qiz

    Endigina ko‘zi ilingan Inobat aya musiqa tovushidan cho‘chib uyg‘onib ketdi. Vaqt allamahal bo‘lgandi. 9 yoshli nabirasining xonasida chiroq yonib turganidan xavotir olib, o‘sha tomonga yurdi. Nabirasi hali ham mashg‘ulotlar bilan bandligini ko‘rdi. Diyora musiqa notalari aks etgan qog‘ozlarni qo‘lda tutgancha nimalarnidir xirgoyi qilardi.

    –   Diyora

    ...
  • Telepat

    (fantastik qissa) boshi o'tgan sonda

    Shundan keyin direktor Qobiljonga ma’noli qarab qo‘ydi-da, boya globusni koptok qilib, voleybol o‘ynagan bolalarni turg‘azib, yo‘lakka olib chiqdi.

    – Rustam sinfinglardagi eng mard bola ekan, – dedi u xo‘mrayib, – hammanglarni aybinglarni o‘z bo‘yniga oldi. Haqiqiy do‘st shunaqa bo‘ladi. Sizlar bo‘lsa, eng qo‘rqoq,

    ...
  • Havas ortidagi qatʼiyat

    Qaddi-qomati kelishgan, qarashlari samimiy, nozik tabiatli qiz Ruxshona badiiy gimnastikaning haqiqiy muxlisi. Bolaligida televizor orqali gimnastikachi qizlarning ohulardek nafis harakatlarini berilib tomosha qilar, chiroyli liboslariga havasi kelardi. Ba’zan ularning harakatiga taqlid qilardi. Farzandidagi qiziqishni payqagan Malika opa Ruxshonani o‘zi tarbiyalanayotgan bog‘chaning badiiy

    ...
  • Oʻxshasaydim onamga

    Har bir so‘zi durdona,

    Boqishlari nurona,

    Yomonlikka begona,

    Mehribon onajonim.

     

    Kulib turar ko‘zlari,

    Bol qo‘shilgan so‘zlari,

    Qani bo‘lsam izlari,

    Mehribon onajonim.

     

    Guldek yashnab yursinlar,

    Baxtimizni ko‘rsinlar,

    Chinor bo‘lib tursinlar,

    Mehribon

    ...
  • Oftobim

    Ilm berar har satring,

    Har nedan shirin atring,

    Noshudlar bilmas qadring,

    Oftobimsan kitobim

    Sen yo‘limda charog‘im.

    Sen dunyoga eshiksan,

    Ma’rifatga beshiksan,

    Kitobxonga intiqsan,

    Oftobimsan kitobim

    Sen yo‘limda charog‘im.

    Yuragimga oziqsan,

    Jonsiz ammo sodiqsan,

    O‘chmaydigan

    ...
  • Ulugʻlar yodi

    Vatan,  deya  jon  berib,

    Jondan  kechganlar  qancha.

    Xazon  yaprog‘i  kabi,

    Bevaqt so‘lganlar qancha.

    Bu  shukuhli  onlarga 

    Yetolmasdan armon-la,

    Mustaqillik  faxrini

    Tuymay ketganlar  qancha.

    Bobolarni yod etib,

    Etaylik ruhlarin  shod.

    Ular

    ...
  • Bahor kelmoqda

    Deraza ortida shivir-shivirlab,

    Ko‘klam shabadasi mayin yelmoqda.

    Daraxtlar, maysalar sochini silab,

    Qalbimni uyg‘otib, bahor kelmoqda.

     

    Maydalab, zarralab yog‘moqda yomg‘ir,

    Bahorning ranglari bag‘ishlar ilhom.

    Tabiat mavjlanib, ko‘ngil uyg‘onib,

    She’r yozgim kelyapti har lahza, har

    ...
  • Kitob bu – doʻstimiz

    Kitob – yaqin do‘stimiz,

    Dunyolarni tanitgan.

    U bilan biz ustunmiz,

    Dadil marraga yetgan.

     

    Kitob – go‘yo bir chaman,

    Ko‘ngillarni yashnatgay.

    Ming yillardan keyin ham,

    Yashar, qo‘llardan tushmay!

     

     Nozimaxon Bahodirova,

    Toshkent shahri Olmazor

    ...
  • Ona

    Yaratuvchi egam yaratib olam,

    Unga qalbi daryo xilqat bitibdi.

    U dunyoda tengsiz, mehribon ekan,

    Hatto podsholar ham boshin egibdi.

    Barcha hurmat hamda iltifot bilan

    Mehr  ko‘zi bilan boqibdi unga.

    U Ona atalmish ulug‘ zot ekan,

    Qalb qo‘rini sochgan dunyo-yu

    ...
  • Adabiyot olami

    Badiiyat ajdodlardan bir meros,

    Sarkash-u oshufta dillarga malham.

    Zulmatni yoritgan nursan betimsol,

    Sening asiringman, shubhasiz, men ham.

     

    Adabiyot – tengsiz lojuvard samo,

    Sohir so‘zlar ichra ming bir jilolar.

    Osmoningda minglab Cho‘lponlaring bor,

    Bag‘ring to‘la turfa go‘zal dunyolar.

     

    Bu dunyoga

    ...
  • Asl oʻgʻlonlar

    Xizmat qilar Vatanga,

    Qo‘rqmas, jasur askarlar.

    Tinchligimiz saqlagan,

    Siz dovyurak, askarlar!

     

    Ular bor ko‘nglimiz tinch,

    Uxlaymiz  bexavotir,

    Baxsh etar baxt-u sevinch,

    Asl o‘g‘lonlar, botir.

     

    Shabnam IzzatillaYeva,  

    Toshkent shahri Mirobod

    ...
  • Kerakli toshning ogʻiri yoʻqmi?

    Maktabga otlanib tursam Halima kelinoyi papka ko‘tarib chiqib qoldi.

    – Rayhona, Kamolani adasi bugun ish­ga barvaqt ketgandi. Iltimos, qizim siz bilan borsin. Papkasini ko‘tarishib ketasiz, – dedi u xijolatomuz ohangda.

    –   Bo‘ldi, bo‘ldi, bering, – shoshilib kelinoyimni qo‘lidan papkani oldim. Oldim-u, bir qalqib ketdim. Chunki papka anchagina og‘ir

    ...
  • Ochkoʻz chumolilar

    Bor ekan-u, yo‘q ekan, och ekan-u, to‘q ekan. Qadim zamonda ulkan daraxt osti­da chumolilarning qasri bo‘lgan ekan.

    Chumolilar o‘z malika­lariga bo‘ysunib,  daraxtning ildizi­ni kemirib yashar ekan. Oxir- oqibat ildizlari lat yegan daraxt quriy boshlabdi.  Bundan daraxt tepasida yashovchi  asalarilar mali­kasi norozi bo‘libdi va chumolilar

    ...
  • To'rtliklar

    Lolaqizgʻaldoq

    – Ayt-chi, lolaqizg‘aldoq,

    Ko‘ksing nega qora dog‘?

    – Tabiat degan rassom

    To‘kib qo‘yibdi bo‘yoq.

     

    Turnalar

    Turnalarmiz, tizilib,

    Chiqmaymiz safimizdan.

    Saf tortishni o‘rgansin

    Askarlar, mana, bizdan.

     

    Hayvonot

    ...
  • Yaxshilik

    Atrof jim-jit. Quyosh­ning zarrin nurlari butun bor­liq bo‘ylab tarala boshladi.

    Uyqudan barvaqt uyg‘ongan Yurik derazadan tashqariga qaradi. U kunning ajoyibligidan zavqlanib  atrofga tikilar ekan, kimgadir yaxshilik qilish, shu yo‘l bilan hammaning mehrini qozonish haqida o‘ylab qoldi.

     Yurik  kimga, qanday yaxshilik qilsam ekan, deb uzoq o‘yladi. U

    ...
  • Prezident sovgʻasi sohibasi

    Kitob o‘qigan bolalarga “Spark” avtomashinasi sovg‘a qilinyapti. Bunday e’tibor va bu kabi katta sovg‘a, iste’dodli, intiluvchan bolalarga, kelajak avlodga bo‘lgan ulkan e’tibor, g‘amxo‘rlikni ko‘rib quvonamiz. Shu bois ham kitob bilan bog‘liq tanlov va tadbirlarning sanog‘i ko‘p. Bular  qatorida “Yosh kitobxon” tanlovi alohida  o‘rin tutadi.

    Bugungi

    ...
  • Tirbandlik

    “Suv sathi sabab qayiq yo‘nalishini o‘zgartira olgani kabi, inson birgina qarori bilan manzilini belgilaydi”.

     

    Naziraning bugungi kuni kutil­ma­gan xabarlar, takliflar bilan boshlandi. Madaniyat markazidagi ustozi qo‘ng‘i­roq qilib, yoshlar oyligi doirasida o‘tka­zilishi kutilayotgan konsert dasturiga bosh­lovchilikka taklif qildi.

    ...
  • Ezgulik mukofoti

    Ezgulik – insondagi eng oliy fazilat. Yaxshilik qilish orqali biz hech nima yo‘qotmaymiz, aksincha, o‘zligimizni anglab boramiz. “Yaxshilik qil” iborasini bobo-yu buvijonlarimizdan juda ko‘p bora eshitganmiz. Kimningdir og‘irini yengil qilib, unga yordamingiz tegsa, ko‘nglingiz behad yorishib ketadi. Bu hisni yaqindagina men ham tuydim.

    Bir kuni qayerdandir taksida qaytayotgan edik.

    ...
  • Til bilgan – el biladi

    Maktab. Barcha bolalar o‘zlari uchun belgilab qo‘yilgan joyda tizilib turishibdi. Ular dars boshlanishini intiqlik bilan ku­tishmoqda. Ba’zi bolalar endi kelyapti. Ba’zilar esa maktabga bir soat yoki undan ham oldin kelishadi. Nega ular maktabga bunaqa erta keladi, tushunish qiyin.

    Shu kuni men ham safda sinfdoshim Mu­hammadyusuf bilan gaplashib turgandim. Bir payt qop-qora,

    ...
  • Mening bobom

    Mening bobom – shifokor. Hozir nafaqadalar. Shunga qaramay, hanuz mahalla-ko‘y xizmatida. Biz ta’tilda har doim oilamiz bilan qishloqqa bobomlarni ko‘rishga borganimizda, ularni uydan topib bo‘lmaydi. Ayni vaqtda Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi “Dog‘is­ton” MFY raisi. Bobom hamisha mahalla-ko‘y ishlari bilan band. Mahalla ahli o‘z muammolarini hal qilishda ko‘mak so‘rab, ba’zan

    ...
  • Buyuk orzular sari...

    Bolalikdan juda qiziquvchan bo‘lganman. Kitob o‘qish va she’rlar mashq qilishdan zavqla­nardim. Izlanishlarim, ota-onamning menga bo‘lgan ishonchi, ustozlarimning berayotgan saboqlari, do‘stlarimning qo‘llab-quvvatlashi na­ti­jasida qator yutuqlarga erishdim. Ogahiy stipendiyasi sohibasiman. She’rlarim “Tong yulduzi”, “Yoshlar ovozi”, “Gulxan”, “G‘un­cha” kabi markaziy

    ...
  • Ikki sheʼr

    Ilinj

    Dunyoni qalbiday beg‘ubor bilgan,

    Orzularga oshno farishtalarim.

    Baxtingizni ko‘rmoq – yagona tilak,

    Siz ila tutashgan jon rishtalarim.

    Qo‘sh kabutar misol otangiz bilan

    Sinovli dunyoda ko‘rdik quvonch, g‘am,

    Faqat siz tufayli intildik olg‘a,

    Ulg‘aydingiz, siz-la ulg‘aydik biz ham.

    Mahliyo – baxt

    ...
  • Sahna – ibrat maktabi

    Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nigora Qayumova tashkil etgan “Drama” to‘garagi mana to‘rt yildirki o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. To‘garakning maqsadi maktabdagi adabiyot va san’atga qiziqqan iste’dodli o‘quvchilarni bir yerga jamlab, ularga sahna madaniyati, nutqni ravon qilish, g‘azal va she’rlarni ifodali o‘qish, so‘z

    ...
  • Xayr, maktabim…

    Oppoq lentalarni taqib, bolalik hayratlari bilan ilk bor maktabga kelgan kunimni yaxshi eslayman. Maktabdagi ustozlar men kabi ko‘zlarida qo‘rquv va hayajon balqib turgan jajji bolakaylarni quchoq olib kutib olishdi. Sinfxonada esa “yangi” do‘stlarim bilan tanishdim.

    Kunlar, oylar, yillar o‘tib, 11-sinfni tamomlash ostonasiga ham yetib kelibmiz. Ustozlarimiz doimo xuddi ota-onamizdek

    ...
  • Sinovlar qoʻngʻirogʻi

    Mana, sanoqli kunlardan so‘ng yuraklarimizga titroq solib, so‘ngi qo‘ng‘iroq bong uradi. Bu esa biz bitiruvchilar uchun sinov qo‘ng‘irog‘idir. Keyin bitiruv imtihonlariga tayyorlanamiz. Undan so‘ng barchamizni yanada mas’uliyatliroq sinovlar kutadi. Kim oliygohlarga hujjat topshiradi, kim kasb-hunar bo‘yicha o‘qishga kiradi, kim ishga.

    So‘nggi qo‘ng‘iroq... U hali ja­ranglamasdan

    ...
  • Isʼhoqxon Toʻra Ibrat

    Ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Is’hoqxon To‘ra Ibrat 1862-yil Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilasida tavallud topgan.

    Otasi Junaydulla xo‘ja, onasi Hurbibi otin xat-savodli kishilar bo‘lib, maktabdorlik qilishgan. Is’hoqxon ota-onasi qo‘lida savod chiqardi.

    Ibrat 1886-yili Qo‘qon madrasasini tugatgach, ona qishlog‘i

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.