Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2020-yil 2-son

  • Fevral

    Fevral. Ey do‘st!

    Keldingmi, qani,

    Bir ko‘rishib qo‘yaylik avval.

    Oylar ichra

    garchi qadding past,

    Lekin qadring baland, mukammal.

     

    ...Mir Alisher

    tavallud kuni,

    Ortga tashlab ne sanalarni,

    Vatan uzra

    boshlab yuborar

    Hidoyatli tantanalarni.

     

    O, bobomning

    nomi

    ...
  • Yangi dovonlar sari

    Joriy yilning 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi eʼlon qilindi. Bu Murojaatnoma Yangi Oʻzbekistonni shakllantirishga qaratilganboʻlib, xalqimizni ezgu tashabbuslar atrofida birlashtirish, barchaning vatanparvarlik kayfiyatini yuqori darajaga

    ...
  • Hikoyatlar

    Doʻstlar doʻstlarning vafosini asragaylar

    Abu Homid bir kuni oʻrtogʻi bilan yoʻlda borardi. Oʻrtogʻi aytdi:

    – Sen shu yerda kutib tur. Shu yaqinda kichkina ishim bor. Hozir kelaman.

    Bordi va kelmadi. Abu Homid oʻsha yerda turdi. Kechasi qor yogʻdi. Ertasi kuni oʻrtogʻi keldi. Koʻrdikim, doʻsti qor ostida zoʻrgʻa tebranib turibdi. Uni qordan tozalab

    ...
  • “The Story of Babur” by Parvati Sharma

    Dear friends! Do you know any fiction book about Babur? “The Story of Babur”by Parvati Sharma is a delightful childrenʼs book on the fascinating childhood of Babur. The book takes us on the wondrous journeys that Babur embarked upon.

    Little Babur is a curious child. He is trusting, bright,

    ...
  • Sehrli ovoz sohibasi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, mahoratli suxandon, serqirra sanʼatkor Dildora RUSTAMOVAni barchamiz yaxshi taniymiz. U oʻzining xushsurati, yoqimli ovozi, goʻzal tabassumi, iliq muomalasi hamda kasbining ustasi sifatida xalqimiz nazariga tushgan,

    ...
  • Mustaqil kashfiyot

    Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Boburjon Ortiqov oʻrtoqlariga mustaqil oʻrganib ham kashfiyot qilish mumkinligini isbotladi.

    Qanday qilib deysizmi? Bobur fizika, informatika darslariga juda qiziqadi. Atrofdagi fizik hodisalarni kuzatadi. Bilmaganlarini ustozi Shoista Dushaboyevadan soʻraydi. Televizorda tengdoshlari yaratayotgan aqlli mashinalar

    ...
  • “Otim – uchqur qanotim...”

    Ot va it

    Bor mening yoʻrgʻa otim,

    Otim – uchqur qanotim.

    Safarga chiqar boʻlsam,

    Men egarda oʻltirsam,

    Qushdayin uchib borar,

    Manzilga tez yetkazar.

    Itim bor qamish quloq,

    Uyda mudom koʻz-quloq.

    Agar safarga chiqsam,

    Otim boʻlar yoʻriqchim.

    Itim uyda qoladi,

    U beminnat

    ...
  • Vatanni boshga koʻtar

    Ey bolajon, bolajon,

    Fikri-yu zehni chaqqon,

    Yurtimizga boqsang gar,

    Dilda toshar hayajon.

     

    Har sohada burilish,

    Har qadamda qurilish,

    Yangilanish, poklanish,

    Oldingi safda yurish.

     

    Kerak endi porlamoq,

    Kerak endi chaqnamoq.

    Chin insoniy burchingni

    Lozim toʻla

    ...
  • “Bolalarga kitob bering” toʻplamidan

    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, qator mukofotlar sovrindori, taniqli shoiraZulfiya MOʻMINOVAkeyingi yillarda bolalar uchun ham barakali ijod qilmoqda.Uning bir nechta ertaklarini “Gulxan”ning oʻtgan yilgi sonlarida eʼlon qilganmiz.

    ...
  • Chustdan chiqqan champion

    Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi, boks boʻyicha 5 karra Oʻzbekiston chempioni, Oʻzbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” guruhining sobiq aʼzosi, hozirda professional ringda faoliyat yuritayotgan Murodjon Ahmadaliyev Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan.

    Murodjon bolalikdan bokschi boʻlishni orzu qilgan. Uning orzulariga mamlakatimizda

    ...
  • Yetuklikning asosi

    Gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda ustoz ijodkorlarning ommaviy axborot vositalarining taqdiri, jurnalistikamiz ertasi, matbuot sohasining ogʻir ahvolda ekanligi haqida qaygʻurib, kuyinib yozganlarini oʻqib qolyapman. Gazeta va jurnallarning adadi keskin tushib ketishi koʻpchilikni oʻylantirib qoʻydi. Nega bu mavzu seni qiziqtiradi, deb hayron boʻlayotgandirsiz?! Sababi, men ham

    ...
  • Men oʻqishni xohlayman

    Tahririyatdan: Quyida eʼlon qilinayotgan voqeiy hikoyaning muallifi kimyo fanlari nomzodi, dotsent Ziyodulla Qodirov boʻladilar. Olimning bolaligi Ikkinchi jahon urushining ogʻir va mashaqqatli yillariga toʻgʻri kelgan. Ustoz umr yoʻllarida boshidan

    ...
  • Ajoyib gʻoya

    Qishning qahraton kunlaridan birida menda ajoyib gʻoya tugʻildi! Boshpanasiz va sovuqda izzillab yemish izlaydigan qushlar uchun in qurib berish! Men tushdan keyin oʻqiyman, darslar tugagandan soʻng uyga kelib, gʻoyamni dadamga aytdim-da, yordam berishlarini soʻradim.

    – Oʻgʻlim, qushlarga in qurish uchun kech boʻldi. Hademay qorongʻu tushadi. Bugun juma. Keling, yaxshisi bu ishni

    ...
  • Antiqa kashfiyot

    Bahrom bugungi darsda “2” baho oldi. Oʻqituvchi uning kundalik daftariga qizil siyohli ruchkada “2” baho qoʻydi va jimjimador qilib, imzo chekdi. Bahrom bir “uf” tortdi-yu, sekin joyiga borib oʻtirdi.

    Bahromning dadasi “Oʻgʻlim, shu 5-sinfni “5” bahoga yakunlasang, velosiped sovgʻa qilaman”, deb vaʼda bergan. Lekin aksiga olib kompyuter oʻyinlari Bahromning es-hushini egallab oldi.

    ...
  • Oʻzbekistonda

    Oʻzgachadir bahorning koʻrki,

    Uchramaydi hech bir dostonda.

    Nur sochadi saxiy quyoshi

    Faqatgina Oʻbekistonda.

     

    Togʻlarida ohular oʻynar,

    Dovrugʻ soldi butun jahonga.

    Bogʻlarida bulbullar sayrar,

    Faqatgina Oʻzbekistonda.

     

    Amudaryo sharqirab oqar,

    Koʻz tegmasin nurli boʻstonga.

    Navolari

    ...
  • Mayor ustozga

    Maktabimga keldi ajoyib inson,

    Harbiycha kiyimda, boʻylari tikka.

    Koʻksini bezagan qirrali nishon,

    Barchamiz havas-la boqamiz unga.

     

    Gapirsa, soʻzida ibrat, magʻzi bor,

    Yaxshi ustoz boʻlib qalbga topdi yoʻl.

    Bilimga, tartibga chorladi bizni,

    Savollar qiynasa, javob berdi moʻl.

     

    Sharafli kasbi bor,

    ...
  • Bobur armoni

    Qalbimda iztirob, ming dard-u alam,

    Seningchun tebranar qoʻlimda qalam,

    Garchi oʻzga yurtda sulton boʻlsam ham,

    Sogʻindim, sen tomon talpinadi jon,

    Meni quchogʻingga olgin, Andijon!

     

    Yurt ishqi qalbimni ayladi ado,

    Yuragim tubida yangrar bir sado:

    Roziman, yurtimda boʻlsam ham gado!

    Sogʻindim, sen tomon talpinadi

    ...
  • Vatan

    Buvim yuzidagi ajinlar goʻyo,

    Hayot zahmatidan soʻzlaydi burro.

    Koʻp ajib sirlaring boʻlsa-da, dunyo,

    Vatan, tuprogʻingni aylay toʻtiyo.

     

    El-u yurt hamisha yashasin omon,

    Doimo tinch boʻlsin shu kun, shu zamon.

    Ezgulik koʻpaysin, yoʻqolsin yomon,

    Tuprogʻing koʻzimga aylay toʻtiyo.

     

    Madina

    ...
  • Ona

    Koʻz ochib, dunyoni ilk bor koʻrganda,

    Hayot tashvishidan edik begona.

    Qadam bosib, endi tilga kirganda,

    Birinchi soʻzimiz boʻlgandi – “Ona”.

     

    Ona bu – poklikdan yaralgan navo,

    Ona moʻtabardir, u Momo Havo.

    Tiriklik suvini sut qilib bergan,

    Tunlari uxlamay beshik tebratgan.

     

    Ona borki, dilda yoʻqdir

    ...
  • Navoiy ummoni

    Tarix kitobida qoldi izingiz,

    Oʻsha iz qalbimda olovdek yondi.

    Ezgulikka chorlar har bir soʻzingiz,

    Siz tufayli dilda ijod uygʻondi.

     

    Ibratli, maʼnoli ezgu hikmatlar,

    Yoʻl koʻrsatar bizga, yuksakka chorlab.

    Ming asr oshsa ham nazm koʻkida

    Abadiy yulduzdek turasiz porlab.

     

    Hamida

    ...
  • Qoʻltiqtayoq

    Ey, yogʻoch qoʻltiqtayoq,

    Doʻkondagi bir matoh,

    Nochor senga tayanar,

    Bundan barchamiz ogoh.

     

    Tutqichingni oʻrnini

    Egallasaydi qoʻllar.

    Seni oʻrning bilinmay,

    Tekis boʻlardi yoʻllar.

     

    Ey, xunuk qoʻltiqtayoq,

    Yotaver shu doʻkonda.

    Muhtoj boʻlmaylik senga,

    Chang bosgin shu

    ...
  • Beparvo boʻlma

    Beparvo boʻlsang doʻstim,

    Tushar boshingga kulfat.

    Yodda tut, ushbu soʻzim

    Kitobga boʻlgin ulfat.

     

    Yomonlarning makridan,

    Gʻanimlarning qahridan

    Ogoh boʻlgin hamma vaqt

    Kitob qutqarar faqat.

     

    Maʼmurjon NAFASOV,

    Qashqadaryo viloyati Kitob

    ...
  • Askar akam

    Qoʻriqlar vatanimiz,

    Bizning jon-u tanimiz,

    Shu gulshan chamanimiz,

    Askar akam, mard akam.

     

    El dardida yashaydi,

    Shaxdam qadam tashlaydi,

    Sodiqlikka boshlaydi,

    Askar akam, mard akam.

     

    Sira orom bilmaydi,

    Koʻzga uyqu ilmaydi,

    Yovga shafqat qilmaydi,

    Posbon akam, mard

    ...
  • Baxtim

    Qalbimni yoritar misoli quyosh,

    Har doim yonimda tirgak va sirdosh,

    Ularning hamrohi sabr va bardosh,

    Otam bor – dilimda soʻnmaydi shaxtim,

    Onamning sogʻligi – eng oliy baxtim.

     

    Sizlarga aytaman, ming bora rahmat,

    Mehringiz bebaho, topilmas davlat,

    Yonimda boʻlsangiz ketmagay omad,

    Otam bor – dilimda soʻnmaydi

    ...
  • Sandal

    Yangi qurilgan uyimizga onam keldi. Oʻtirgach, “Muborak boʻlsin, shu uyda tup qoʻyib, palak yoygin”, deb duo qildilar. Keyin asta atrofga razm solib, bir nima qidirganday boʻldilar.

    – Sandal qurmadingmi? Ayozda joning huzur qilardi.

    – Ha-a, – kallamni qashlab, nima deb javob berishimni bilmay tursam, kichkina oʻgʻlim soʻrab qoldi:

    – Dada, sandal nima?

    – Sandal

    ...
  • Toshteshar jarchi

    Togʻ tarafga ovga chiqqan kishini eng avval, jarchi qush – Toshteshar kutib oladi. Ular togʻda unchalik koʻpmas. Biroq har biri minglab togʻ jonivorlarini kelayotgan xavfdan ogohlantirib, asrab qolishga qodir. Bu qushlar oʻz uyalarini odam chiqa olmaydigan qoyatoshlar yuziga tandircha shaklida uradi. Jussasi chumchuqdan kattaroq, olaqanot bu qushchaga xudo ovozdan bergan. U ovchini koʻrishi

    ...
  • “Yaxshilik deb yashaylik” tanlovi

    Qadrli doʻstlar, “Gulxan” jurnali “Yaxshilik deb yashaylik nomli insholar, rasmlar va fotosuratlar tanlovini eʼlon qiladi! Martin Lyuter Kingning bir gapi bor: Hayotning har bir inson doimo oʻziga berishi kerak boʻlgan eng dolzarb savoli mavjud:Bugun atrofingizdagilar uchun qanday yaxshilik

    ...
  • “Onam allasida yashaysan, Vatan...”

    Boʻri va quyon

    Yolgʻiz yoʻlda boʻriga

    Duch kelib qoldi quyon.

    Xayrli tun! – dedi-yu,

    Qochmoqchi boʻldi shu on.

     

    – Quyosh endi chiqdi-ku,

    “Xayrli kech” nimasi?

    Jinni boʻldingmi? – dedi

    Qotib boʻri ensasi.

     

    Quyon der: – Uzr, janob,

    Qoldim soʻzdan adashib.

    Sizni

    ...
  • Adabiy kecha

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 270-maktabda alloma bobolarimiz – gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Buyuk siymolarga taʼzim” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Adabiy kechani maktab direktori Yoqutxon Fayziyeva ochib, ulugʻ ustodlarning dunyo tamadduniga va adabiyotimizga qoʻshgan bemisl xizmatlari haqida

    ...
  • Moviy halqa – vahshiy halqa

    Hisob-kitoblarga qaraganda, sayyoramizda bir daqiqada yarim million dona sigaret chekilar ekan.

    * * *

    Agar bundan yuz yil avval, odamzodni “Tamaki va ayollar”, ellik yil muqaddam “Tamaki va yoshlar” mavzusi xavotirga solgan boʻlsa, bugungi kunda kashandalar davrasi yanada yoshardi. Endi ommani “Tamaki va bolalar” muammosi jiddiy tashvishlantirmoqda.

     

    Bu

    ...
  • Oʻttiz yillik koʻmakchim

    1989-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tugatib, oʻzim oʻqigan maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ish boshladim. Pedagogik faoliyatim davomida “Gulxan” jurnali mening koʻmakchim boʻlib kelyapti. Shogirdlarim bilan jurnalning har bir yangi sonidagi maqola, sheʼr, hikoya, topishmoqlarni oʻqib boramiz.

    Sinfdan tashqari oʻqish darslarida “Gulxan” jurnali har bir

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1. Geografiya:U Turkiya, Gurjiston, Rossiya, Ukraina, Ruminiya va Bolgariya boʻylab uzluksiz “sayohat qiladi”. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.

    2. Topishmoq. Bir palakda 12 ta qovun, 11 tasi yeyildi, oʻn ikkinchisini yeyish esa mumkin emas. Savol: Ushbu topishmoqdagi oʻn ikkinchi qovun nimani

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan yurtimizning deyarli barcha taʼlim dargohlarida shoh va shoir hayoti, ijodiga bagʻishlangan tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 235-maktabning maʼnaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Jamila Saydaliyeva tashkilotchiligida tayyorlangan bayram tadbiri ham oʻziga xos

    ...
  • Antiqa xabarlar

    Kep qoling – “tovuqqand”

    Mahallamizda “tovuqqand” firmasi ishga tushdi. Unda bolajonlar uchun bir-biridan mazali va oʻzgacha taʼmga ega “tovuqqand”lar ishlab chiqarila boshlandi. Turli mevalarning mazasini beruvchi, rangli boʻyoqlardan foydalanilgan holda “Aldagani bola yaxshi” shiori ostida ishlab chiqarilayotgan “tovuqqand”lar, maktab, bogʻchadan qaytayotgan

    ...
  • Jabrdiyda ayiq

    Konstantin Ushinskiy


    – Bolalar! Bolalar! – deya qichqirdi enaga.

    – Bu yoqqa kelinglar, ayiqni tomosha qilinglar. Bolalar chopqillab, yoʻlak chetiga yigʻilishdi. U yerda esa anchagina odam toʻplangan edi. Nijegorodlik erkak qoʻlidagi uzun hassaga oʻxshash zarang tayoqqa zanjir bilan bogʻlangan ayiqni

    ...
  • Oy toʻlishgan tunda

    Shifokorlar oyimga parhez sifatida quyon goʻshtini tavsiya qilgani uchun Farhod amakim bizni toqqa – quyon oviga olib chiqdi. – Koʻproq butalar tagiga qarab yuring. Jonivorlar qishda jingʻil, yulgʻun, saksovullarning shox-shabbasi va butalar poʻstlogʻi bilan oziqlanadi, – dedilar amakim.

    Yer kalish botgulik qor bilan qoplangan. Mashinada yuqorilab borarkanmiz, roʻparamizdan kulrang

    ...
  • Ku-sam

    Eramizdan avvalgi 3000-yillarda Hindistonda shaxmat (shatranj) kashf etilgan. Milodiy 100-yillarda esa Rossiyada 64 katakli rus shashkasi ixtiro qilingan.

    Shaxmat va shashkani ikki kishi oʻynaydi: biri gʻolib, ikkinchisi magʻlub (yoki durang). Shashka va shaxmatdan yaratilgan oʻzbekona Ku-Samni esa toʻrt kishi oʻynaydi. Uch oʻyinchining kayfiyati koʻtariladi, bir kishi magʻlub

    ...
  • Ariga qasd qildim

    Bugun tongdan yaxshi kayfiyat bilan uygʻondim. Qushlar sayrab, tongni olqishlayotganga oʻxshaydi. Zinadan tushayotib, shipdagi chiroqqa koʻzim tushdi. Atrofini arilar oʻrab olishibdi. Juda jahlim chiqdi. Keyin oʻzimga-oʻzim arilarga qarab, “hali senlarnimi... qarab turlaring, koʻrsatib qoʻyaman! Oʻzingni uyingday kerilasan”, dedim-da, nima qilishni oʻylay boshladim.

    Nima qilsam ular

    ...
  • Quddus Muhammadiy

    XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.

    Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan. Ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.