Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2020-yil 1-son

  • 90 yilki

    Toʻqson yilki, muxlislar

    Koʻksida porlaganim.

    Toʻqson yilki, lovullab,

    Yoniga chorlaganim.

     

    Yoshi ulugʻ boboning

    Bolaligisan, “Gulxan”,

    Qalbiga quvonch bergan

    Donoligisan, “Gulxan”.

     

    Seni uqib, oʻqigan

    Hayotda boʻlmadi kam.

    Gurillayver, Gulxanjon

    Shamol, boʻron tursa

    ...
  • Moziyga qaytib

    Moziyga qaytib ish koʻrish xayrli, deydilar. Boshlanayotgan Yangi yilda “Gulxan”ning tabarruk 90 yoshini nishonlar ekanmiz, jurnalimiz tarixiga, u bosib oʻtgan yoʻlga imkon qadar nazar tashladik. Maqsadimiz, jurnalxonlar safiga qoʻshilgan yangi muxlislarimizga “Gulxan” haqida kengroq maʼlumot berish. Uning uzoq yillik toʻplamlarini varaqlab, turli yillarda eʼlon qilingan eng yaxshi maqola,

    ...
  • Qayta topilgan quvonch

    Urush yillari koʻplab matbuot nashrlari qatori bolalarning “Yosh kuch” jurnalining nashr etilishi ham toʻxtab qolgandi. Bolalarga bolalik quvonchini qaytarish kerak edi. Oʻzbekiston pioner va oʻquvchilarning jurnali “Pioner” nomida 1952-yil yanvaridan qayta nashr etila boshlandi. Oʻn yillik uzoq tanaffusdan soʻng jurnal oʻz oʻquvchilarini qayta topishi kerak edi. Bolalar oʻz jurnallarini

    ...
  • Orzular koʻzgusi

    Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Farhod Musajonov, Yusuf Shomansurovlarning ilk ijodlariga oq yoʻl bergan dargoh “Gulxan” jurnali boʻldi. 1962-yilda “Gulxan” davrasida 72 ming oʻquvchi jam boʻlgandi. Shaxsga sigʻinish yillarida koʻpgina isteʼdodli shoir va yozuvchilarimiz nomi yomonotliqqa chiqib, nohaq qamalgan edi. 1954–1955-yillarda ularning koʻpchiligi oqlanib, ozodlikka chiqdi. Biroq

    ...
  • Goʻzallik jarchisi

    Bolalik inson umrining eng tiniq, begʻubor davri. Dunyoni, atrof-muhitni qabul qilishga eng tashna, hayratga boy, gʻoyat qiziquvchan, koʻrgan-eshitganlarini xotirada saqlab qolishda betakror fasldir. Bu faslda oʻrganish, bilim jamgʻarish, oʻqigan-uqqanlarini xotirada muhrlash tabiiy quvvati juda kuchli boʻladi. U goʻyo har kuni moʻjizaga duch keladi. Odam va olamning yangi-yangi qirralari

    ...
  • Tashakkur

    Men “Gulxan” jurnaliga 1964-yilning 23-fevralida bosh muharrir etib tayinlandim. “Gulxan” esa bolalar dunyosida oʻz obroʻsiga ega boʻlgan baquvvat jurnal. Bu tahririyatga qadam qoʻyganimda hali yosh, oʻta joʻshqin edim. Mirzachoʻlda yoshlar yetakchisi boʻlib ishlab, hayotning oʻziga xos achchiq-chuchugini totib kelgan edim. Men “Gulxan”ga qaynoq muhabbat, oʻtli ishq bilan kirib keldim. Shu

    ...
  • Qalbim toʻrida

    Respublika bolalarining sevimli jurnali “Gulxan”ning asl maqsadi – Oʻzbekiston bolalarining hayoti, qiziqishlari, orzu-istaklari, adabiyot va sanʼatga, bilim olishga qiziqishini oshirishdan iborat boʻlgan. Hozir ham shunday.

    Respublikamizda bu jurnalni oʻqimay katta boʻlgan birorta bolani topish amri mahol. Men ham oʻz umrimning 36 kuni kam besh yilini shu mehribon jurnalga

    ...
  • Minnatdorman

    Har bir kishi bosib oʻtgan yoʻlini, quvonchini, shodliklarini oʻylaganda nimani topganini, nimani yoʻqotganini, nimaga erishganligini, nimaga erishmaganini oʻylaydi, albatta! “Gulxan” jurnalidagi salkam 7 yillik faoliyatim mobaynida, ishchan, qobiliyatli, mehnatsevar xodimlar bilan ishladim. Jamoaning Temurjon, Tojivoy, Mirvosil, Mamasoli, Maʼmurjon, Muhabbatxon, Xolidaxon, Vasilaxon,

    ...
  • Bolalikka qaytish

    “Gulxan” jurnalida ishlagan kezlarim hayotimning eng yorqin va begʻubor yillari boʻlgan. Gʻayratli, koʻngli toza xodimlarning har biri “Gulxan”ning obroʻsi, mavqei uchun kurashardi. 1986-yilning 5-sonidan boshlab “Gulxan” oq qogʻozda, rangli chiqa boshladi. Nusxasi 500 mingdan oshdi. Baʼzi kunlar xatlar boʻlimining hisobchilari qopga solib, mingdan oshiq xatlar olib chiqardi. “Mutlaqo maxfiy

    ...
  • Isteʼdod nurlari

    Xizmatlaringni, dil-u joningni aziz bolajonlarga baxsh etishdan ortiq ne mukofot bor?!

    “Gulxan” jurnalxonlarni oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashni oʻzining muqaddas burchi deb bildi. Shu maqsadda tashkil etilgan “Buyuk bobolarimiz” ruknida Shayx Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Hoji Ahrori Valiy, Pahlavon Mahmud kabi hali oʻquvchiga uncha yaxshi

    ...
  • Bizning badiiy muharrir

    Mirvosil aka hali oʻzi ham “Gulxan”ni sevib oʻqib yurgan kezlarida, yaʼni 17 yoshida jurnalga ishga kelgan.

    Butun vujudi bilan ishga kirishgan yosh texnik muharrir ustozi, jurnal badiiy muharriri A. N. Siglinsevning etagidan mahkam tutdi. Oʻz ishining barcha nozik tomonlarini puxta oʻrgandi. Badiiy muharrirlik chogʻida ham ishni ana shu ruhda davom ettirdi. “Gulxan”ga eng iqtidorli

    ...
  • Iqtidorlar maktabi

    Mamlakatimizda kamol topayotgan bolalarni bilimdon, an’analarga sadoqatli, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishida Respublika bolalar jurnali “Gulxan”ning alohida o‘rni bor. O‘quvchilarning milliy qadriyatlarimizni qadrlovchi,  alloma bobolarga munosib barkamol avlod bo‘lib  voyaga yetishida ham jurnalning hissasi katta.

    Toʻqson yillik faoliyati davomida jurnalda Gʻani Jahongirov,

    ...
  • Oilaviy hamroh

    “Gulxan” jurnali bolaligimdan eng yaqin hamnafas nashrim boʻlgan. U bizning oilaviy doʻstimiz. Dunyoqarash, hayotni anglashda menga koʻmakchi boʻlgan jurnal ayni vaqtda farzandlarimga ham tom maʼnoda ustozlik qilmoqda.

    Oʻsmirlik davrimdagi ilk hikoyalarim ham aynan “Gulxan”da bosilgan. “Gulxan” meni jamoatchilikka tanitish, soʻzimni aytishda minbar, hayot yoʻlimni topishda koʻmakchi

    ...
  • Ijodiy faoliyatimning eng goʻzal va unutilmas davri

    Men hamisha shu yuksak fikrni takror-takror aytamanki: Vatanim sharafi uchun xalqimning xizmatini qilganlardan biriman. Juda yuksak darajadagi vazifa va mansablarga sazovor boʻlganman. Bularning barchasini sanasam, bir necha varaqdan oshar. Biroq hayotimning va ijodiy faoliyatimning eng goʻzal va unutilmas davri bolalarimizning sevimli nashri – “Gulxan” jurnalida ishlaganim, desam toʻgʻri

    ...
  • Iqboli buyuksan

    Avvalo, rahmatdir

    Onaga,

    Soʻng esa albatta,

    Otaga.

    Bizlarga eslatmish

    Hayotni,

    Unutmang hech qachon

    Ustodni.

    Sen oʻzbek elining

    Farzandi,

    Istiqlol yurtining

    Dilbandi.

    Yashasang – makoning

    Gulshandir,

    Sheʼr yozsang –

    Oynomang “Gulxan”dir.

    Vataning

    ...
  • Minora

    Buxoroda boʻlganingda –

    Koʻrganmisan, Gulnora?

    Shaharning qoq oʻrtasida

    Turar ulkan minora.

    Bulutlarning unga hatto

    Tegib oʻtar koʻylagi.

    Qancha yurtdan havas bilan

    Kelishadi koʻrgani.

    Qay tomondan boqma unga

    Darrov koʻzga tashlanar.

    Qancha ertak, fojialar...

    Minoradan boshlanar.

    Qariyb ming yil

    ...
  • Kim nimani xush koʻrar?

    Olmos qalam

    Qoldi birdan guldirab

    Koʻkda momaguldirak.

    Ona tovuq joʻjalarin

    Boshlab qochdi, chuldirab.

     

    Yomgʻir yerni iydirar,

    Yashil chaqmoq kuydirar,

    Eski tandir ostida

    Qora kuchuk dildirar.

     

    Yashin – koʻkning ohimi?

    Chaqmoq gohi-gohimi?

    Chizar olmos

    ...
  • Oltin beshik

    “Gulxan”ni barcha oʻzbek ijodkorlarining oltin beshigi desam, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Olis-yaqin shahar-qishloqlardagi havasmand oʻquvchilarning ilk mashqlari birinchi boʻlib shu jurnalda dunyo yuzini koʻrgan. Shu jumladan mening ham birinchi mashqim 1981-yilda chop etilgan, ostiga “Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi 32-maktabning 8-”A” sinf oʻquvchisi Isajon Sultonov” deb yozib

    ...
  • Hayot maktabi boʻldi

    “Gulxan” jurnaliga ishga kelganimda Shuhrat domla bilan ilk marta koʻrishdim. Rahim Bekniyozning “Momiqjon” qissasi eʼlon qilinayotgandi. Masʼul kotib rahmatli Narimon Orifjonov:

    – Shuhrat domlaga oʻqitib kel, – dedi. Shuhrat aka oʻshanda tahrir hayʼati aʼzosi edilar.

    Eshik qoʻngʻirogʻini bosdim. Xiyol oʻtmay, eshik ochilib, nuroniy bir chehra namoyon boʻldi.

    – Keling,

    ...
  • “GULXAN”im gurulla

    Dildan qutlagayman, “Gulxan”jon, bugun

    Ulkan mashʼalaga aylanganingni.

    Hattoki yuz minglab muxlislaringning

    Qalbida nur boʻlib joylanganingni.

     

    80 yil!... Bobomning yoshi bilan teng,

    Koʻksi oppoq soqol, qoʻlida aso.

    Koʻpni koʻrgan doʻstim, tengdoshimsan, deb

    Qoʻlidan “Gulxan”ni qoʻymaydi

    ...
  • Menga soʻz bering

    (Jurnalning 1988-yil yanvar sonidan olindi.)

    Hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Dadil turib, haq gapni aytolmagan, oʻz yoʻlini aytishga intilmagan, eʼtiqodini himoya qilolmagan bola oʻz kelajagini oʻylab koʻrarmikan?

    Bugun sen oʻz jurnalingdan soʻz soʻrayapsan! Fikrlaring bir oz tarqoq boʻlsa ham,

    ...
  • Xalqimizning suyukli ijodkorlariga aylangan shoir, yozuvchilarimizning ilk mashqlaridan

    “Gulxan”ni haqli ravishda isteʼdodlar beshigi deya olamiz. Bugun xalqimizning suyukli ijodkorlariga aylangan shoir, yozuvchilarimizning ilk mashqlari “Tengdoshlaring ijodi” ruknida jurnalda chop etilgan. Fikrimiz isboti uchun ulardan ayrimlarini eʼtiboringizga havola qilyapmiz.

     

    Ketmon, bolta, xaskash, keksa tol

    ...
  • Tuganmas buloq

    Mening bolaligim Surxondaryo vohasining togʻli Vahshivor qishlogʻida oʻtgan. Agar adashmasam, oʻshanda 5-6-sinflarda oʻqir edim. Bir kun otam xursand boʻlib kirib keldi. “Gulxan” jurnalida mening sheʼrlarim chiqibdi. Butun shahar-u qishloqlarga ovoza boʻlibdi. Kelgusida men zoʻr shoira boʻlarkanman. Bu gapni otamga qoʻshni qishloqdagi muallim aytibdi. Bu gap meni juda hayajonga soldi.

    ...
  • “GULXAN” oʻqib olim boʻlganman

    Asli kasbim oʻqituvchilik boʻlsa-da, jurnalistika – mening quvonchim, 50 yildan buyon yozaman va bundan faxrlanaman.

    Oʻquvchilik yillarimdan buyon “Gulxan” mening eng sevimli jurnalim hisoblanadi. Esimda, 5-sinfda butun sinfimiz “Gulxan”ga toʻliq obuna boʻlganmiz. Bu qoida maktabni bitirgunimizcha davom etgan. U paytlar jurnal oq-qora rangda nashr qilinar edi. Men oʻzbek va jahon

    ...
  • “Gulxan”ga sheʼriy maktub

    Onasi, ikki opasi bilan yetti yildan buyon ijaralarda yashab yurgan qizchaning ijroqoʻm raisiga maktubi:

    Onam har gal yigʻlab qaytgan panohga

    Men ham bugun maktubimni yoʻllayman.

    Onam dardin yigʻlab aytgan panohda

    Yurak bordir, qalb bordir, deb oʻylayman.

    Rais bobo, maktub yozguchi bu qiz

    Bori yoʻgʻi toʻrtinchida

    ...
  • Ishqibozlar

    Televizorda futbol boʻlish-boʻlmasligini Samad otasining xatti-harakatiga qarab biladi: agar otasi kechki taomdan soʻng yarmini kattakon chizma stoli egallagan chogʻroqqina xonasiga kirib ketsa, demak futbol yoʻq – bemalol multik koʻrishi mumkin. Agar televizor qarshisidagi yumshoq kresloga yastanib oʻtirib olsa... Tamom.

    Bugun ham otasi ishdan qaytib, tezgina ovqatlandi-da, borib

    ...
  • Orzuga chorlovchi mayoq

    Ijodkor oʻz yoʻlini tanlashida kimdir, nimadir sabab boʻlar ekan. Bolalik paytlarimda rassom boʻlish orzusida “Gulxan” jurnaliga rasmlar yuborar edim. Oʻsha paytlarda “Gulxan” jurnalini oilamiz davrasida sevib mutolaa qilar edik. 1978-yil fevral sonida men chizgan 4 ta rasm afsonaviy musavvir Chingiz Axmarovning oq yoʻli bilan muqovaning uchinchi sahifasida chop etildi. Bu yosh iqtidor uchun

    ...
  • “GULXAN” – xalqning jurnali

    60-yillar boʻlsa kerak, jurnalda “Baxtli bolalik” nomli foto-suratlar tanlovi eʼlon qilindi. Oʻsha vaqtlarda men oddiy qishloq bolasi surat olishga juda ishqiboz edim. Maktabda tashkil qilingan suratkashlik toʻgaragiga qatnardim. Dadam Toshkentga borib, “Smena” fotoapparatini olib kelganlar. Men bolalarni kuzatib yurib, oʻzimga yoqqan holatlarni suratga tushirdim-da, “Gulxan” tanloviga

    ...
  • Lovvulayver, “GULXAN”im

    Oʻzbekiston bolalari va oʻsmirlarining sevimli nashri bejiz “Gulxan” deya nomlanmagan: bu jurnal olovi qalbi qaynoq bolaligimizning sevimli hamrohi. Oʻylab koʻrsam, bu tahririyatda uzoq emas, uch yil ishlagan ekanman. Biroq mening ijodiy faoliyatimning poydevori shu nashrda yaraldi. Ijodkor oʻzini kashf qilishi uchun jamoada atrofdagilar xayrixoh boʻlishi kerak. “Gulxan”da shunday samimiy

    ...
  • Iffatli boʻlish nima

    Tahririyatdan:Gulxanning 1966-yil 9-sonidan boshlab qizlarga uy tutish, mehmon kutish, pazandalik, qanday kiyinish, odob va muomala kabilar haqida suhbatlar berib borilgan. Ilk suhbatga folklorshunos olima Muzayyana ALAVIYAtaklif qilingan. Garchi oradan yarim asrdan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, onaxon ijodkorimizning

    ...
  • Soʻnmas saboq

    “Gulxan” jurnali, taʼbir joiz boʻlsa, adabiy maydondagi serotash gulxan kabi yillar davomida koʻplab yosh ijodkorlarni atrofida jipslashtirib, ularning qalbiga nur va iliqlik baxsh etib kelayotgan nashrlardan biri. Ishonamanki, 90 yil davomida oʻzbek adabiyotining ne-ne taniqli va atoqli namoyondalari undan shunday ragʻbat va madad olgan. Quvonchlisi, bu gulxanning qoʻri hamon yal-yal

    ...
  • “GULXAN” bilan 15 yil

    Toʻqqiz yosh. U paytlari oʻzimcha sheʼr deb, bir nimalar qoralab yurar edim. Haqiqiy sheʼriyatni, chin adabiyotni esa menga “Gulxan” oʻrgatdi. Tahririyatga tez-tez xat yozib yuborardim va aksariyat hollarda ular jurnalda chop etilardi. Ilk maktublarim, ilk sheʼrlarim, ilk maqolalarim mana shu qadrdon jurnalning sahifalarida jurnalxon doʻstlarimga yetib borar edi. Bu esa shu kungacha erishgan

    ...
  • Yomgʻir tindi... Qoʻshiq tugadi...

    Tanishing: ijodkor tengdoshingiz!

    Salimjon Ashurov Surxondaryo oblast Lenin yoʻli rayonidagi 17-maktabda taʼlim oladi. Aʼlo oʻqiydi, jamoat ishlarida aktiv qatnashadi. Salimjon bir necha yillardan beri sheʼr, hikoyalar mashq qilib keladi. Uning bir nechta sheʼrlarini jurnalimiz sahifalarida oʻqigansiz.

    Bugun biz

    ...
  • Toʻtiqush va Koʻrshapalak

    Fidji xalq ertagi

    Oʻrmonda yashovchi Toʻtiqush va Koʻrshapalak qalin doʻst ekanlar. Ularning biri kunduzi, ikkinchisi tunda uchsa ham oʻrmonda bir vaqtda uchib, suhbatlashishga imkon topishar ekan. Bir kuni Koʻrshapalak Toʻtiqushga:

    – Koro orolidagi palma mevasi pishibdi, – debdi.

    – Menga ularning yumshoqligi yoqadi, oʻsha yoqqa

    ...
  • Topishmoqlar

    Makoni uy, lek unda

    Yashashga yoʻq hech toqat.

    Soʻngsiz koʻkka intilib,

    Gʻoyib boʻlar u faqat.

     

    * * *

    Toʻrt fasl ham tushmaydi

    Oq qalpogʻi boshidan,

    Paydo boʻlar daryolar

    Uning koʻzi yoshidan.

     

    * * *

    Ikki oʻrtoq olamni

    Birga kuzatar har

    ...
  • Qadrdon nashrimiz

    Oʻquvchilik davrimdan qadrdon boʻlgan “Gulxan” jurnalida ilk topqirlik mashqim 1975-yilda chop etilgan. Shundan beri muntazam qatnashib kelmoqdaman. Bu davrda ustoz Narimon Orifjonov, Temur Ubaydullayevlardan bolalar uchun boshqotirma tuzishning oʻziga xos jihatlarini, shakllar ham mazmunga, ham bolalar dunyoqarashiga muvofiq boʻlish kerakligini, tezkorlikni oʻrgandim. Oʻzim

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.