Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil sonlari

2024-yil 9-son

  • Sentyabr

    Avgustning etagin qo‘yib yuborib,

    Sentyabr kursidan joy oldi muqim.

    Bog‘larning o‘chdi-yu yashil viqori,

    Omonat yaproqlar turar kamsuqum.

     

    Serfarzand onaday bag‘rini ochib,

    Qaytgan farzandlarin quchoqlar maktab.

    Sokinlik qaygadir ketdi-yu qochib,

    Sershovqin bir shovur kezmoqda shitob.

     

    Bolakay ko‘zida

    ...
  • Mamlakatimiz prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

    ...Siz, azizlarni, ko‘p millatli xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim, ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

    Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

     

    ...Muhtaram vatandoshlar!

    Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tiborni beshta ustuvor yo‘nalishga

    ...
  • Yorug‘ kunlar umidi

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Boriboy Ahmedovni o‘zbek xalqi temurshunos olim sifatida yaxshi biladi. Tarixshunos va manbashunos olim, tarix fanlari doktori, professor, sharqshunos, “Beruniy” nomidagi Davlat mukofoti laureati, “Amir Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do‘stlik”, “Mustaqillik” ordeni sohibi Bo‘riboy Ahmedov yaratgan

    ...
  • Bayrog‘imiz baland tutganlar

    Paralimpiya o‘yinlari butun dunyoda chidamlilik, qat’iyat ramzi, qiyinchiliklar ustidan g‘alaba timsoli sifatida tan olinadi. Boisi, unda ishtirok etadigan turli imkoniyati cheklangan sportchilar butun dunyo kishilariga shunchaki raqib bilan kurashayotgan tomon emas, balki o‘zlaridagi jasorat, matonatni namoyon etib, jismoniy muammolarni yengib o‘tgan buyuk shaxslar sifatida namuna

    ...
  • Paralimpiya g‘oliblariga

    Olimp tog‘larining toshiday mahkam

    Sizdagi iroda, bardosh va sabot.

    Kurash maydonida tengsizsiz, zotan,

    (Kurash va sinovlar maydoni – hayot.)

     

    Elim tarixiga boqsam bir nafas,

    Oltin-kumushlarin ketishgan talab.

    O‘kinch-u qayg‘udan nishon ham qolmas,

    Bu kun nishon taqqan mardlarga qarab.

     

    Medallar

    ...
  • Yong‘oq

    Ustoz deydi: – Har kuni

    Unutmang, sizlar shuni!

    Mayli, quruq yoki ho‘l,

    Mevadan yenglar mo‘l-ko‘l.

    Masalan, yong‘oq, mayiz,

    Foydalidir yuz foiz.

    Ko‘ring, yong‘oqning mag‘zi

    Xuddi miyaning ramzi.

    Shart emas ta’rif, bayon,

    Shaklidan bari ayon.

     

    Ochil TOHIR

  • Qat’iyat

    Bo‘lsa maqsad-muddao,

    Qilmay aslo iddao,

    Qo‘lga olib o‘zingni,

    Isbotlasang so‘zingni,

    Senga ishonch oshgaydir,

    Izingdan ergashgaydir,

    Katta-kichik – barcha yosh,

    Bo‘lgaydir senga  safdosh.

    Og‘izda bo‘lsa niyat,

    Ko‘rsatmasang qat’iyat,

    Ko‘kdan enib kelmas kuch,

    Qolgan bari sarob –

    ...
  • Isaak Nyuton

    Boshimga tushdi olma,

    (Dedi: – Menga chalg‘ima).

    Bo‘lsang sen dono, oqil,

    Fikringni tezda jam qil.

     

    Uchmas nega ko‘k tomon?

    Pastga shoshmasa buncha?

    Ko‘nglimdan kechdi shu on

    O‘zgacha bir tushuncha.

     

    Bu chindan ham ajoyib,

    Nega bo‘lmayin g‘oyib,

    Yerga o‘zini otdi?

    Qandaydir bir

    ...
  • Suvda cho‘milish

    Hovuzga  tushib  doim,

    Suvga  sho‘ng‘irkan Qodir.

    Jilmaygancha muloyim,

    Der: “Sog‘likka foydadir:

     

    Suvda cho‘milsa   odam,

    Yayrar tana – borlig‘i.

    Bo‘lib tetik va  bardam,

    Yaxshilanar sog‘lig‘i”.

     

    Ma’qul bo‘lib menga ham,

    Cho‘mildim qilmay kanda.

    Sizga

    ...
  • Orom ol

    Senga ertak aytgali

    Huv oymomo yo‘l oldi.

    Quyosh ham eshitgali

    Qirda yonboshlab qoldi.

     

    Yulduzlar gala-gala,

    Yig‘ildilar birpasda.

    Oymomo ertak boshlar,

    Sen ham quloq sol asta

     

    Ertakni hali uzoq,

    To tonggacha aytadi.

    Sen ungacha orom ol,

    U-chi yana

    ...
  • Kim aybdor?

    Qovun-tarvuz yeb Ali,

    Yuvmadi qo‘l-yuzini.

    Uchib kelib ari ham,

    Chaqib qochdi ko‘zini.

     

    Ko‘zi shishib qovoqdek,

    Kuchayarkan “dod-voy”i:

    – Tarvuzingiz ichida

    Ari bor ekan, oyi.

     

    Xo‘jaqul HAYITOV,

    Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘

    ...
  • Qarigan ekan

    – Yugur, tez yugur, Chori,

    – Buyruq beradi Xumor.

    – Tezroq keltirgin dori,

    Qo‘g‘irchoqqinam bemor.

     

    Dardi og‘ir, yurolmas,

    Eshitmaydi qulog‘i.

    Oyim olgan qo‘g‘irchoq

    Qarigan ekan chog‘i.

     

    Xo‘jaqul HAYITOV,

    Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘

    ...
  • A’lochi bo‘lsa ekan

    Sinfda biz G‘anini

    Deymiz a’lochi, ilg‘or.

    Sevib o‘qir fanini

    “Besh”lari qator-qator.

     

    Ammo bir kun muallim

    Uni biroz koyidi.

    Chunki kitob-daftari

    Yirtiq – bir ahvol edi.

     

    – Yaxshi bola har ishda

    Ilg‘orlikni saqlasin.

    Yirtmay o‘quv qurolin,

    Besh bahoni

    ...
  • Suv keldi

    Ariqchaga suv keldi

    Solib qo‘ydim men izga.

    Jo‘yaklar suvga to‘ldi,

    Jon bag‘ishlar polizga.

     

    Kuzatdim mehr bilan,

    Sug‘ordim hamma yog‘in.

    Isrof qilmay tomchisin,

    Bosdim poliz chanqog‘in.

     

    Qovun-tarvuz kuch olib,

    Endi bo‘lishar katta.

    Rosa pishib yetilsa,

    Rahmat aytar,

    ...
  • Unda umid bor

    –    Ooh, siz sotib olgan rasm juda ham chiroyli ekan.

    –    Nimasini aytasiz, bilasizmi, unda umid bor. Uni har qancha pulga ham sotib olib bo‘lmaydi...

     

    Devor bo‘ylab osilgan bir-biridan chiroyli, alohida ma’no anglatib turgan rasmlarni tomosha qilayotib, qulog‘imga chalingan bu suhbat diqqatimni tortdi.

    ...
  • Matematika – fanlar shohi

    Hisob-kitob ishlarida ajdodlarimizning ilmiy salohiyati ancha yuqori darajada bo‘lgani ma’lum. Demak, ota-bobolarimizning ilmga tashna qaynoq qoni tomirimizda oqayotgani hamisha seziladi, 4-5 yoshar paytingizni eslang. Dasturxon atrofida oila a’zolaringizning soniga qarab nechta piyola qo‘yish kerakligini kichik yoshdan anglagansiz. Bu – oddiy matematika, xolos. Endi murakkab arifmetikani

    ...
  • Adabiyot ko‘chasidan yurganlar...

    Jurnalimizning o‘tgan sonlarida “Zomin-2024” yosh ijodkorlar seminari ishtirokchilarining she’rlarini, adabiyotshunos ustoz Ibrohim G‘afurovning bo‘lg‘usi shoir-yozuvchilarga tilaklari, pand-nasihatlari jam bo‘lgan “Ijodkor so‘zga mas’ul” maqolasini taqdim etgandik. Albatta, jurnalxonlarning orasida ijodkor yoshlar oz emas. Tabiiyki, ular ham Zomin seminari ishtirokchilariga havas qilgan,

    ...
  • Bitta qulfga bir nechta kalit

    Yurtimizda akademik litsey, umumta’lim va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash haqli ravishda umidli, bilimga chanqoq yoshlarni kashf qilib bermoqda. Ayniqsa, bu borada 2022-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining o‘ziga xos o‘rni bor.

    ...
  • Ijodkorning bebaho ne’matlari

    Siz jurnalimiz orqali Zikrilla Ne’mat ijodidan boxabarsiz-a? Sevimli adibingizning she’r va hikoyalarini miriqib o‘qib borarsiz? Ehtimol, ijodkorning kitoblarini ham do‘konlardan xarid qilayotgandirsiz?! Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda bolalar yozuvchisi va shoiri Zikrilla Ne’matning “Qatag‘on o‘pqoni” pyesalar to‘plami hamda

    ...
  • Maqtanchoq burgut

    Burgutcha g‘ayrioddiy chiqib qoldi. Daroz bo‘yi, baquvvat panjasi va ko‘rkam savlati bilan boshqa tengqurlaridan yaqqol ajralib turar, buning ustiga uchishda ham uncha-muncha katta yoshli va abjir burgutlarni dog‘da qoldirar edi.

    U kunlar o‘tgani sayin ulg‘ayib, qanotlari o‘sib, yanada kuchga to‘ldi. Parvozi ham barchani lol qoldira boshladi. Burgutcha uchish mashqlarida tengqurlari

    ...
  • Daraxtlar

    Har faslda daraxtlar

    Bezanadi o‘zgacha.

    Ko‘klam gulga burkanib,

    Nozlanadi yozgacha.

     

    Yozda hosilga kirib,

    Qomati bukiladi

    Sharbat yig‘gan mevalar

    Kuzakda to‘kiladi.

     

    Qishda esa oq qordan

    Kiyadi oppoq libos.

    Ona tabiat – rassom,

    Didi nozik va

    ...
  • Quyosh va oy

    Oyi, sizga bir savol

    Bermasam bo‘lmaydi hech.

    Javobini bilmasam,

    Ko‘nglim ham to‘lmaydi hech.

    Quyosh bobo, Oy esa

    Momo emish, oyijon.

    Bundayin so‘zlar meni

    Rosa qildi-ku hayron.

    Quyosh va Oy farzandi

    Millionlab yulduzlarmish.

    Demak, har ikkisi ham

    Bolani ko‘p suyarmish.

    Koinot

    ...
  • O‘qilmagan kitob

    Ha, men o‘sha do‘stingiz,

    Bilimga boy kitobman.

    Meni o‘qimasangiz,

    Bulut to‘sgan oftobman.

    Betlarim yirtib olib,

    “Samolyot” yasadingiz.

    Ichiga xatlar yozib,

    So‘ng chizib tashladingiz.

    Turfa ma’lumot menda,

    Nahot hecham qadrim yo‘q?!

    Tashlab ketmasman yo‘lda

    Hoy, ko‘nglingiz bo‘lsin to‘q!

    Qo‘lga

    ...
  • Buvimning o‘gitlari

    Buvim aytarlar doim:

    “Erta tongda tursa kim,

    Rizq-u ro‘zi mo‘l bo‘lar,

    Nasibasi ko‘l bo‘lar”.

     

    Keksalar o‘gitiga

    Har dam quloq solaylik.

    Duo olgan omondir,

    Doim duo olaylik.

     

    Soliha AHMADJONOVA,

    Toshkent shahar Uchtepa tumani 193-maktab, 8-sinf

  • Qurol tutmang qo‘llarga

    Nima yetmay qoldi-yu?

    Neni bo‘lib bo‘lmadi?

    Kimdan nuqson o‘tdi-yu?

    Kimning ko‘ngli to‘lmadi?

    Joningizda halovat,

    Taningizda yo‘q toqat.

    Yer-u davlat talashib,

    Topyapsizmi rohat?

    Har yon to‘zon, to‘polon,

    Uylar bo‘lar vayrona.

    Holingizni ko‘rganlar,

    Bo‘layotir hayrona.

    Onangizni

    ...
  • Kapalak

    Gulzor kezasan har on,

    Raqslaring bir jahon.

    Uchavergin har tomon,

    Bo‘lgin hamma vaqt omon.

     

    Jasmina ABDUHAKIMOVA,

    Samarqand viloyati Ishtixon tumani

    77-maktab, 8-sinf

  • Qishloq tongi

    Sahar, buloqlarning jildir-jildiri,

    Yurak tabiatning mehriga to‘yar.

    Sodda insonlarning sodda yo‘llari,

    Beg‘ubor ko‘ngilni ranglarga bo‘yar.

     

    To‘yinaman bugun sofdil kuylarga,

    Qaldirg‘och ovozi bezar qalbimni.

    Shahar ko‘chasida yurib bildimki,

    Qishloq ko‘chasining tog‘dek qadrini.

     

    Taqdirning haq

    ...
  • Kitob

    Kitob yo‘lingdagi ilmning nuri,

    Eng yaqin hamrohing hayot yo‘lingda.

    Kitob o‘qi, undan tonmagin sira,

    Axir hayotingning shudir mazmuni.

    Beg‘ubor davringda senga suyanchiq,

    Bilimli insonning yaqin yo‘ldoshi.

    Yorqin orzularning tilla qanoti,

    Yaxshilik kuychisi, baxtning quyoshi.

    Endi ochilgan yosh g‘uncha misoli

    O‘sib,

    ...
  • Tinimsiz mehnat samarasi

    Yuzingizga husnbuzarlar toshganda, endi nima qilaman, degan savolni o‘zingizga bergandirsiz?! Bugungi hikoyamiz qahramoni bunday vaziyatlarda teridagi nuqsonlarni xamirdan qil sug‘urgandek davolay oladi. U bu darajadagi  ilmga erishish uchun qa-a-ancha zahmat chekmadi deysiz? Javlon Mullaxonov 1984-yil 28-iyul kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Ko‘kcha mahallasida

    ...
  • Qog‘oz va bo‘yoqdan

    Yozuv stolida bir uyum qog‘ozlar. Kunlarning birida odam ularning bittasini qo‘liga oldi. Peroni bo‘yoqdonga soldi va qog‘oz yuzini so‘zlarga, belgilarga, rasmlarga to‘ldirib tashladi.

    – Nimaga mening oppoqqina yuzimni bu qadar chaplab tashlading?, – dedi yuragi to‘lib, stol ustidagi bo‘yoqdon yonida turgan o‘sha “chaplangan”idan g‘amgin tortgan qog‘oz. – Sening o‘chirib bo‘lmas

    ...
  • Kapitan Vrungelning “xatar”i

    Qadrli kitobxonlar, siz bir marta bo‘lsa ham samoda uchish, dengizda suzish yoxud qayergadir sayohat qilishni istaganmisiz?  Orangizda bu kabi orzular qilmagan bola bo‘lmasa kerak. “12 oy – 12 kitob” ruknimiz orqali sizga tanishtirib borilayotgan asarlarning navbatdagisi ham okean bo‘ylab sayohat qilishni, yangi joylarni kashf etishni istagan dengiz kapitani haqida. Sizga bu asar yoqishi

    ...
  • Maqtov

    –    Shu qizing juda ishyoqmas bo‘lib o‘syapti-da!

    Rixsi xola halinchak uchayotgan Xolidaga imo qildi. Rustam aka xolaning katta o‘g‘li. Shaharda yashaydi. Yozgi ta’til bo‘lgani uchun farzandlari bilan qishloqqa kelishgan.

    Qizi Xolida bu yil 8-sinfga o‘tdi. Uzun bo‘yli, nozik, oq sariqdan kelgan, chiroylikkina qiz. Xola shaharga – o‘g‘linikiga borganda

    ...
  • “Oh, mazza!” deysiz-u, lekin…

    Tabiiyki, issiqda tez-tez tashna bo‘lasiz. Shunda do‘konga kirib, peshtaxtalarda qator turgan kola, pepsi, fanta yoki boshqa gazli ichimliklardan birini xarid qilasiz-u, shu yerning o‘zidayoq qopqog‘ini ochib simirasiz.

    Muzdekkina, juda shirin, tanangiz yayraydi, beixtiyor “Oh, mazza!” deb yuborasiz.

    Bu yoqda esa mutaxassislar sizning shu harakatingizdan juda

    ...
  • Sovg‘a sehri

    Bundan sakkiz yil avval she’riyat neligini hali tuzukroq  bilmagan men­dek qiza­loqqa akasi sodda so‘zli, jo‘shqin bir shoirning kitobini berdi-yu, endi  unga shu kitobdan  boshqa hech narsa – na qo‘g‘irchoqning, na koptokning qizig‘i qolmadi. O‘sha kitobning muallifi mening sevimli shoirim Muhammad Yusuf edi. “Xalq bo‘l, elim” kitobini ilk marta qo‘limga olganimda

    ...
  • Xushxabar

    Aziz muxlislar! Se­vimli shoirimiz, qadr­li ijod­kor Tursunboy Adashboyev Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Ola Buqa tumanidagi 8-maktabda ta’lim olgan. Quvonarlisi, yaqinda ushbu maktabga  Tursunboy Adashboyev nomi berildi. Qardosh do‘stlarimiz va adabiyot ix­losmandlariga yangilik muborak bo‘lsin! Bu ta’lim maskanida ko‘plab

    ...
  • Dugonamdan olgan darsim

    Yozgi ta’til tugab, o‘quvchilar sog‘ingan, intiqib kutgan jonajon maktabiga oshiqardi. Har bir bolada o‘zgacha hissiyot... “O‘rtoqlarimni ko‘raman... Kimda qanday o‘zgarish? Kim qanday kiyimda? Yangi o‘quvchi keldimikan?”  degan savollar bilan maktab tomon yo‘l olishgan.

    Bizning qahramonimiz ham bu yil 8-sinfga o‘tdi. Bugun katta hayajon bilan  bosh-oyoq yangi kiyimlari,

    ...
  • Aziz Abdurazzoq

    Aziz Abdurazzoq 1928-yili Toshkentda tug‘ilgan. Maktabni tugatgach, madaniy-oqartuv bilim yurtida tahsil olgan. Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qigan. So‘ng jurnalist sifatida gazeta va jurnallarda faoliyat ko‘rsatgan.

    Shoirning ijodi o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami 1959-yili “Do‘stlarimga” nomi bilan chop etiladi. Shundan

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.