Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nishona

  • Boychechak

    Oppoq chechak, oy chechak,

    Goʻzallikka boy chechak.

    Yer bagʻrida uyalib,

    Kulib turgan boychechak.

     

    Nelar soʻzlaysan aytgin,

    Shabbodaga shivirlab.

    Qushlar ham senga har kun,

    Salom aytar chugʻurlab.

     

    Buncha moʻjaz, nafissan,

    Yarashibsan qirlarga.

    Betakror, ajib hissan,

    Shodlik

    ...
  • Suvning degani

    Hovuchingda turmayman,

    Zilol, biroq berangman.

    Toʻfon boʻlib toshaman,

    Dengizlardan oshaman.

     

    Isrof qilma bekorga,

    Avayla har tomchimni!

    Toshlar otma anhorga

    Buzib hadeb tinchimni!

     

    Oqay toza va tiniq,

    Qonib ichgin, yuzing yuv!

    Qaynatib ich, ich iliq,

    Dard keltirar, muzdek

    ...
  • Qulupnayga oʻxshaydi

    Kumush ajoyib qizcha,

    Gapga chechan va quvnoq.

    Goʻyo chiroyli gʻuncha,

    Qiqirlab kular har choq.

     

    Gapga tutdim bir kuni:

    “Sevgan mevang qaysi?” – deb.

    Javobin aytdi asta,

    Qulupnaydan bitta yeb:

     

    – Opajon, sizga aytsam,

    Barcha meva yoqar xoʻp.

    Lekin eng xush koʻrganim –

    Qulupnayni

    ...
  • Zerikkan quyon

    Oʻz inida bir Quyon,

    Alanglab u-yon, bu-yon.

    Kunin koʻrar beozor,

    Garchi ini biroz tor.

     

    Bir kun Quyon zerikdi,

    Uyidan asta chiqdi.

    Oʻylab qoldi shu mahal:

    “Qayga boray bemahal?!

     

    Agar ayyor Tulkioy,

    Pisib kelsa hoyna-hoy,

    Qochishga yoʻq xilvat joy,

    Tutar vaqtni bermay

    ...
  • Orzularim

    Sheʼriyat osmonining

    Boʻlsam yorugʻ Zuhrosi.

    Sheʼrlar yozgim keladi,

    Men nazmning shaydosi!

     

    Jajjigina yulduzman,

    Choʻlpondek boʻlsam deyman,

    Toki urar yuragim,

    Demak, bir yoniq soʻzman.

     

    Shahzoda ZARIPOVA,

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Toʻrtkoʻl tumanidagi

    ...
  • Quyoshim

    Bahra olib nuringdan,

    Baxtga choʻmildi boshim.

    Yoʻllarimni yoritgan,

    Sen koʻkdagi quyoshim.

     

    Onam desam onamdek,

    Hokisorsan, samimiy.

    Otam desam otamdek,

    Qatʼiyatli murabbiy.

     

    Muhabbating taftidan,

    Qolmas dilda gʻuborim.

    Gullayvergin, yashnayver,

    Mening ona

    ...
  • Yana bodom gulladi

    Yana bogʻimizda bodom gulladi,

    Yana shoʻx bulbullar qoʻshiq kuyladi,

    Quyosh bobo koʻkdan asta moʻralab,

    Ona tabiatni nurga chulgʻadi.

     

    Salom, ona zamin, tabarruk diyor,

    Koʻklamni sogʻingan bobo dehqonim.

    Mana iliq kunlar, baraka bisyor,

    Bahorni sogʻingan aziz insonim.

     

    Koʻklam qaldirgʻochdan salom

    ...
  • Yaqin doʻst

    Menga bergan bilim, idrok,

    Yoʻlim yoritgan mayoq,

    Hayotdan bergan saboq,

    Bu kitobdir, bu kitob.

     

    Satrida ming xil maʼno,

    Oʻqib boʻlgaysan dono.

    Moziydan berar sado,

    Bu kitobdir, bu kitob.

     

    Bilsang u bir oftobdir,

    Shiringina mudroqdir,

    Eng yaqin doʻst, oʻrtoqdir,

    Bu kitobdir, bu

    ...
  • Ayol

    Vatan mehri joʻsh urib turgan,

    Yuraklarga talpingan ayol.

    Qalbi shirin quvonchga toʻlgan,

    Hayot uchun yaralgan ayol.

     

    Ayol – buvim, onam, ustozim,

    Bu olamning quyoshi goʻyo.

    Ayol sabab hayot chiroyli,

    Ayol sabab yasharar dunyo.

     

    Diyora BAHODIROVA,

    Toshkent shahridagi

    ...
  • Qulupnay

    Qulupnay, hoy, qulupnay,

    Misli qirmiz gʻunchaday.

    Sen turasan bozorda,

    Qimmatliging ozor-da.

     

    Koʻzimni kuydirasan,

    Suymasam suydirasan.

    Xush koʻrganim qulupnay,

    Kelgin seni yeb qoʻyay.

     

    Husnidaxon MAMADALIYEVA,

    Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi

    22-maktabning

    ...
  • Oʻzbekiston Vatanim

    Oʻzbekiston Vatanim,

    Oʻzingsan ona yurtim.

    Bagʻringda bolang kabi,

    Ulgʻaydim, davrim surdim.

     

    “Intilganga tole yor”,

    Degan goʻzal hikmat bor.

    Oʻqib, oʻrganib bir kun

    Boʻlaman senga dastyor.

     

    Sen buyuksan yagona,

    Noming mashhur jahona.

    Mendek minglab qizlarga,

    Oʻzingsan buyuk

    ...
  • Oʻzbek onasi

    Soʻzi mehrligim, yuzi nurligim.

    Dunyoning koʻrkidir oʻzbek onasi.

    Qoʻli gul-u qalbi billur kabi sof,

    Alvon gullar ichra bitta donasi.

     

    Sochlarini shamol silab ohista,

    Allalar beshikda koʻzi qorasin.

    Koʻhinur misoli bebaho boylik,

    Topolmassan izlab yer-koʻk orasin.

     

    Bir bora jilmaysa olam

    ...
  • Nurli boʻstonim

    Koʻnglimdan joy olmish sohir bir navo,

    Boshqalar bir dunyo, men oʻzga dunyo.

    Bir ojiz qalamim qoʻlda hamrohim,

    Soʻzning ishqi meni qilmoqda ado.

     

    Yaralgandan beri bu koʻhna ochun,

    Qancha oshiq ashʼor bitdi sen uchun.

    Men ham soʻz zargari boʻlmoq istayman,

    Soʻzning ishqi meni qilmoqda zabun.

     

    Yuzlanaman

    ...
  • Qand oʻgit

    Bobom bilan buvimning,

    Qoʻllariga suv quyib.

    Oppoq sochiq tutaman,

    “Balli” deydilar suyib.

     

    Suhbatlarin olaman,

    Soʻzlaridir oʻgit, pand.

    Dildan quloq solaman,

    Nasihati goʻyo qand.

     

    Dilobar YOʻLDOSHEVA,

    Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi

    6-maktabning 8-sinf

    ...
  • Tilak

    Yaratmoqchi boʻlsang baxtning kitobin,

    Yoʻlingda toʻsiqlar paydodir, inon.

    Lekin ularga hech eʼtibor berma,

    “INSON” maqomini olgan ey, inson!

     

    Shodlikdan bezagin umringni shodon,

    Yorqin porlab tursin uning har satri.

    Gʻamlar kelolmasin hatto qoshingga,

    His qilma umuman alamning zahrin.

     

    Dilingda

    ...
  • Xotira muqaddas

    Aziz bobojonlar, joni fidolar,

    Sizni eslagaydir bugun bu olam.

    Nomingiz dillarda mangu barhayot,

    Shoningiz sharaflab, yodga olsak kam.

     

    Mardlarcha koʻksingiz qalqon qildingiz,

    El-yurt tinchligini muqaddas bilib.

    Tinch, goʻzal hayotni tuhfa qildingiz,

    Urush dahshatlarin ortda qoldirib.

     

    Rayhon

    ...
  • Qochoq xoʻroz

    Bevaqt qichqirgach Xoʻroz,

    Quvdi egasi shovvoz.

    Arazlab Dakang shoʻrlik,

    Der: “Bu qanday koʻrgilik?!”.

    Qochib azob, qiynoqdan,

    Qoʻndoq topdi qishloqdan,

    Egasi qudratli boy,

    Biram tinch, xotirjam joy.

    Hayvonlar erkin yashar,

    Tekin yemishlar oshar.

    Yashabdi unda ancha,

    To tabaka

    ...
  • Quyoshga kulib qara

    Tun tashlar qora poʻstin,

    Tong ajoyib manzara.

    Gar mahzun boʻlsang, doʻstim,

    Quyoshga kulib qara.

     

    His qil quyosh taftini,

    Dard-u gʻamlaring unut.

    Choʻzsa nurli kaftini,

    Sen ham unga qoʻling tut.

     

    Tomchi-tomchi koʻzyoshing,

    Toʻkilsa qatra-qatra.

    Boʻlar yaqin sirdoshing,

    Quyoshga

    ...
  • Traktor

    Tarillaydi motori,

    Quloq qomatga kelar.

    Traktorchi amaki

    Oh, bunga qanday chidar?!

     

    Yerni zavq-la haydaydi,

    Bu temir dinozavr.

    Erta-yu kech tinmaydi:

    Pisandmas dasht, qir, zovur.

     

    Qoʻshzanjirli gʻildirak

    Zalvoridan titrar yer.

    Traktorga u tirgak –

    Goʻyo baquvvat bir

    ...
  • Odobli bola

    Har bolaning chiroyi

    Goʻzal xulq-u odobida,

    Hamda kulib turib aytgan,

    Boldek shirin kalomida.

    Kattalarga xizmatda u

    Kichiklarga izzatda,

    Yumushlarni pisand etmas,

    Xoʻp toblangan mehnatda.

    Ezgu ishga qodirdir u,

    Bitta soʻzli botirdir u.

    Yigitlik or-nomusiga,

    Vaʼdasiga sodiqdir

    ...
  • Oʻzbekiston

    Sen goʻzalsan, sen ulugʻ,

    Dunyoda sen yagona,

    Betakrorsan, muqaddas,

    Oʻzbekiston, jon ona!

     

    Betakror chiroyingni

    Koʻrgan koʻngil charogʻon,

    Porloq istiqbolingdan

    Hattoki falak hayron.

     

    Marding boʻlib koʻtargum

    Gʻalaba mayogʻingni,

    Jahonga mashhur etgum

    Oʻzbegim,

    ...
  • Maktabim

    Koʻzlari chaqnagan, ilmga tashna

    Qancha oʻgʻil-qizni oldi bagʻriga,

    Shirinsoʻz ustozlar charchoqni sezmay,

    Yetakladi bizni bilim bogʻiga.

     

    Faqat yashash uchun tugʻilmas odam,

    Yuragim qaʼridan pichirlar bir sas,

    Kerak boʻlsa chaqmoqqa aylanaman,

    Maktabim, men bilan faxrlansang bas.

     

    Amina

    ...
  • Farishtam

    Mening farishtam, onam

    Yaxshiyamki siz borsiz.

    Siz borsiz – fayzli olam

    Har ishda madadkorsiz.

     

    Soʻzlaringiz yoqimli,

    Oʻqigin deysiz aʼlo.

    Hayotning yoʻllarida

    Maslakdoshsiz bebaho.

     

    Sevinch ERGASHBOYEVA,

    34-maktabning 3-sinf oʻquvchisi

  • Tilak

    Mening bobom va buvim

    Biri oy, biri quyosh,

    Umr kechirmoqdalar

    Koʻp yillar boʻlib yoʻldosh.

     

    Bobojonim yetdilar

    Paygʻambarning yoshiga,

    Barcha boʻldi jamuljam

    Shukronalik oshiga.

     

    Buvijonim shu kuni

    Boshladilar sumalak,

    Qoʻsha qarisinlar, deb

    Barchamiz qildik

    ...
  • Sogʻinch

    Bilim oʻchogʻi boʻlgan,

    Maktabimni sogʻindim.

    Bagʻri bolaga toʻlgan,

    Maskanimni sogʻindim!

     

    Onlayn dars baribir,

    Yoqmas ekan hammaga.

    Oflayn dars oldida,

    Oʻxshar fonogrammaga.

     

    Karantin tugar qachon,

    Maktabga shoshayapman.

    Qadrdon doʻstlarimni,

    Sogʻinib

    ...
  • Rang

    Yam-yashil ikki yuzim,

    Daraxtlarga libosman.

    Hayot ramzidir tusim,

    Hatto quyosh havasmand.

     

    Shabbodada shod boʻlib,

    Quvnab qarsak chalaman.

    Koʻz quvnaydi boqsangiz,

    Goʻyo Quvnoq bolaman.

     

    Dilbar AHMADOVA,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 43-maktabning 7-sinf oʻquvchisi

  • Momaqaymoq

    Zaminni gilamdek burkaydi oʻtlar,

    Momaqaymoq shodon koʻklamni qutlar.

    Bir qattiq shamol esib qolsa agar,

    Uchib ketar shoʻrlik misli oq ukpar.

     

    Durdona KUSHMATOVA,

    Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 7-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

  • Vatan

    Oʻz yurtingni sevmoq iymondan erur,

    Mard oʻgʻlonlar asragan el qoʻrgʻonim.

    Nasibasi butun, rizq-roʻzi toʻkin,

    Jannatdir bogʻlaring, Ota makonim.

     

    Yurtim, erking uchun qancha bahodir

    Oʻgʻlonlaring boʻldi yovlarga qalqon.

    Zarra tuprogʻing-chun har nega qodir

    Tanti farzandlaring bor – mard-u

    ...
  • Kim boʻlmoqchisan?

    Novda ochganda kurtak

    Berar hosildan darak,

    Balki bogʻbon boʻlajak,

    Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

     

    Shodlik baxtga hamnafas,

    Qalbingda oliy havas,

    Yetuk olim, yo zoʻr shaxs,

    Ayt-chi, kim boʻlmoqchisan?

     

    Koʻksi uzra faxr-shon

    Toshib uradi javlon.

    Ertangi Oʻzbekiston,

    Ayt-chi, kim

    ...
  • Oʻzbekiston

    Oʻynab-kulib oʻsayapman,

    Oʻzbekiston bagʻrida.

    Koʻzim quvnab toʻymaydi,

    Dalasidan, togʻidan.

     

    Jannatmakon atalmish,

    Har manzil bogʻu-boʻston.

    Sharafingga, shoninga,

    Koʻz tegmasin hech qachon.

     

    Shunday ajib diyorda

    Tinch, osuda yashaymiz.

    Nomingga dogʻ tushirmay,

    Avaylaymiz,

    ...
  • Kapalak

    Buncha beozorsan, bunchalar goʻzal,

    Taʼrifingni maqtab sabolar yeldi.

    Atigi bir kecha boshimni qoʻyib,

    Harir qanotingda uxlagim keldi.

     

    Bagʻring pok, qalbingda yoʻq erur gʻubor,

    Qanoting keng yozib uchasan quvnoq,

    Samolardan kelgan oq farishtasan,

    Nozik gulbarglarni oʻpasan mushtoq.

     

    Ikki qanotingda

    ...
  • Antiqa tush

    Ona tili darsida

    Sanjar pinakka ketdi.

    Sarguzashtlarni izlab,

    “Asal” shahriga yetdi.

     

    Koʻrib shokalad, qandni

    Koʻzi quvnadi rosa.

    Limonadda choʻmilib,

    Bir zumda boʻldi toza.

     

    Paxtaqand daraxtini

    Ari kabi talarmish.

    Qoʻngʻiroqda koʻz ochsa,

    Ruchkasini

    ...
  • Yuzga bosma, yuzga kir

    Kurrai zamin aylanar shitob,

    Inson undan oʻzmoq boʻlarmi?

    Mashinalar gʻizillar yoʻlda,

    Tezlik boshqarmoqda olamni.

     

    Yoʻllar oʻxshar yillarga goʻyo,

    Bu dunyoga mehmondir har jon.

    Yoʻllarimiz boʻlsin bexatar,

    Ehtiyotda boʻlaylik har on.

     

    Zebra chizigʻi xuddi poyondoz,

    Intizomga posbon

    ...
  • Bobom oʻgitlari

    Orzu qilgin, yetasan albat,

    Yaxshi niyat bu yarim davlat.

    Harakating hozirdan boshla,

    Yalqovliging uloqtir, tashla.

     

    Oʻqi, oʻrgan – boʻlasan dono,

    Bilimdadir koʻp hikmat, maʼno.

    Yaxshilik qil yomonlarga ham,

    Yaxshilik-la goʻzaldir olam.

     

    Hunar oʻrgan, sira tinmagin,

    Oʻrgansang-da yana

    ...
  • “Qaqnus” toʻgaragi aʼzolari ijodidan

    Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Qaqnus” toʻgaragi joʻshqin, izlanuvchan, isteʼdodli yoshlarni oʻz bagʻriga olgan. Toʻgarak rahbari Sarvinoz opa Mamanova oʻquvchilarga adabiyot, ijod, sheʼriyat sirlaridan saboq berib kelmoqda. Quyida toʻgarak aʼzolarining ijod namunalaridan bahramand

    ...
  • Besh tashabbus

    Kelajakka chorlovchi nurdir,

    Aniq maqsad qalblarga qoʻrdir,

    Yoshlar uchun koʻprikdir, yoʻldir,

    Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

    Chaqnab turgan iqbol yoʻlida...

     

    Maqsad aniq, yoʻlimiz aniq,

    Koʻzlar chaqnar, emasdir siniq,

    Yuraklarda olov bor, tiniq,

    Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

    Chaqnab turgan iqbol

    ...
  • Sokin tun

    Yorishdi osmonda yana toʻlin oy,

    Samo ummonida erkin suzadi.

    Yonidan yulduzlar olayotib joy,

    Billurdek yaltirab koʻkni bezadi.

     

    Charaqlab turadi Choʻlpon yulduzi,

    U mening yulduzim, koʻnglim chirogʻi.

    Har tun tinglar qalbim hislarin, soʻzim,

    Shu bois bilinmas yoʻlning yirogʻi.

     

    Osuda tin olar mukammal

    ...
  • Tarixim – faxrim

    Yurtim ona tuprogʻi tabarruk, aziz,

    Ne-ne buyuk zotlar yotgan qadamjo.

    “Tarix bu oʻzlikdir”, deyilmas bejiz,

    Moziylardan bizga beradi sado

     

    Bobom Temur ruhi yashaydi mangu,

    Mudom chorlab turar buyuk ishlarga.

    Qadamlar shahdamdir, niyatlar ezgu,

    Dunyo havas qilgay Oʻzbekistonga!

     

    Navoiy

    ...
  • Daryo

    Mavjlanib oqaver dilim shod etib,

    Mavjingdan qoʻshiqlar yaralar daryo.

    Yuzlarimni yuvib suving-la har tong,

    Qalbimga iliqlik taralar daryo.

     

    Shoshqin toʻlqinlaring qirgʻoqdan toshar,

    Yurt uchun shaylangan jangchidek goʻyo.

    Gohida sokinsan, gohida toshqin,

    Irmoqlar jamidan yaralgan

    ...
  • Sheʼriyat

    Gohida oʻynatib, kuylatuvchi ham,

    Gohi gʻam selida yigʻlatuvchi ham,

    Oʻtli yaralarga eng yaxshi malham,

    Oʻzi otash boʻlgan olov sheʼriyat.

     

    Ruhing va taningga boʻladi xoqon,

    Choʻlponlar koʻksida toʻqnashgan toʻfon,

    Riyo va zulmatga qiladi isyon,

    Seldayin vayronkor, asov sheʼriyat.

     

    Tiz choʻkgil

    ...
  • Yurtim

    Yurtim, taʼrifing tillarda doston,

    Madhingni kuylab magʻrurman har on.

    Sendan uzoqlashgan jamiki inson,

    Sogʻinch tuygʻusi-la oʻrtanar har on.

     

    Osmoni musaffo, sokin tonglari,

    Sarxil mevalarga toʻla bogʻlari.

    Vatanim, bagʻringda quvnab oʻtmoqda,

    Baxtli bolalikning totli chogʻlari.

     

    Ozodbek

    ...
  • Vatan uchun kurashganlar

    Qoʻlida qurol olib, yurt uchun kurashganlar,

    Janggohlarda yov bilan ayovsiz savashganlar.

    Bobom bilan yonma-yon ogʻir janglarga kirib,

    Reyxstagga gʻalaba bayrogʻin qadashganlar.

     

    Inida parchalay, deb oʻsha qonxoʻr zolimni

    Jang maydonida aslo pisand qilmay oʻlimni,

    Bobom kabi oʻq tegib yarador boʻlsangiz-da,

    Zafarlarga

    ...
  • Yaqin doʻstim

    Har kun, har dam men bilan birga,

    Hamrohimdir dala-yu qirda.

    Katta-kichik, rangi ming turda,

    Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

     

    Uni oʻqib, qalbim bezayman,

    Turfa yurtni, elni kezgayman.

    Samolarga qoʻlim choʻzgayman,

    Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

     

    Zeriktirmas meni hech qachon,

    Maʼlum boʻlar

    ...
  • Mehribon onajonim

    Soʻzlari bol, durdonam,

    Gʻamxoʻrlikda yagonam,

    Hayotda eng mardonam,

    Tengi yoʻq, jonajonim,

    Siz – mening onajonim!

     

    Har dam boshim silaysiz,

    Menga umr tilaysiz,

    Xudodan baxt soʻraysiz,

    Tengi yoʻq, jonajonim,

    Siz – mening onajonim!

     

    Oʻzim sizga doʻst boʻlay,

    Dardingiz boʻlsa

    ...
  • Ona tilim – jon-u dilim

    Onamdan tinglab ilk bor,

    Senga boʻldim chin dost-yor,

    Shaʼningga bitdim ashʼor,

    Mening Ona tilimsan,

    Hamda jon-u dilimsan.

     

    Ajdodlarimdan meros,

    Navoiy etgan eʼzoz,

    Jarangdor va beqiyos,

    Mening Ona tilimsan,

    Hamda jon-u dilimsan.

     

    Sensan qalbimga payvand,

    Keragimsan hamma

    ...
  • Qalbim xonishi

    Dildagi soʻzlarim ayondir senga,

    Sen bilan goʻzaldir mening hayotim!

    Qalbimning koʻzgusi oʻzingsan, sheʼrim!

    Qoʻldagi qalamim mening najotim!

     

    Doimo sen bilan yashab oʻtaman,

    Senga bogʻlangandir jonim rishtasi.

    Bisotim sendirsan, abadiyat sen

    Oʻzingsan qalbimning hur farishtasi!

     

    Senga izhorim koʻp,

    ...
  • Orzu

    Barchamizning orzumiz

    Ezgulikka yetaklar.

    Qop-qorongʻu zulmatni

    Yoritadi istaklar.

     

    Orzularga yetmoqqa

    Avvalo maqsad kerak.

    Bu esa uzoq manzil,

    Tinimsiz mehnat demak.

     

    Orzu baxt-la beqiyos,

    Birga tashlaylik qadam.

    Bu yoʻlda qilsa ixlos,

    Maqsadga yetar

    ...
  • Soyabon

    Oftob tushmasin deya,

    Ochasan nurga quchoq.

    Yomgʻir yogʻsa, avaylab

    Oʻrtoq boʻlasan har choq.

     

    Biroq oʻzing yomgʻirda

    Ivib qolganing yomon.

    Doʻl, yomgʻirdan men seni,

    Qanday asray soyabon?

     

    Shahruza Qoʻchqorboyeva,

    Xorazm viloyati Yangibozor tumani 4-maktabning 2-sinf

    ...
  • Kitobning soʻzlari

    Ey mehribon oʻquvchi,

    Meni olgin qoʻlingga.

    Yorugʻlik ulashuvchi,

    Chiroq tutay yoʻlingga.

     

    Buklamasang chetlarim,

    Juda xursand boʻlarman.

    Agar yirtsang betlarim,

    Yaproq kabi soʻlarman.

     

    Tinmay oʻqisang meni,

    Fikrlarga toʻlarsan.

    Kelajakda sen albat,

    Men-la baxtli

    ...
  • Kuz ayvoni

    Kuz ayvoni xazonrezgi

    Uyum-uyum uyilar.

    Shoʻbalagin selkillatib,

    Momom urchuq iyirar...

     

    Boshida toj-qosovasi

    Momom toʻqir olacha.

    Qilichini minib qochar

    Kokili bor bolacha.

     

    – Ha, uying donlarga toʻlgur,

    Jiplarimdi chuvatma.

    Oyogʻimgʻa tushov baylab,

    Momogʻinang

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.