Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Dorboz bolalar

Gulnora Yerjanova rahbarlik qilayotgan 54-maktab nomi nafaqat Beruniy tumanida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mashhur.

Chunki bu maktabda mohir sportchi bolalar, Qoraqalpog‘istonning eng kichik dorbozlari – Hasan-Husan To‘liyevlar ta’lim olishadi.

Ular hali maktabga bormasdanoq, televizorda namoyish qilinadigan karate mashqlarini…

To‘liq...

Boshni toshlardan asrab

“Ommaviy madaniyat” nima, bilasizmi? Eshitgansiz-u, ammo tushunchaga ega bo‘lmasangiz kerak. U sovuq havo oqimi singari sarhad bilmay eshiklarimizdan, derazalarimizdan, chegaralarimizdan kirib kelmoqda. Ehtimol, bu mavzu kattalar olamiga tegishli, bizga aloqasi yo‘q, deb o‘ylarsiz. Afsuski, bu “epidemiya” boshqalardan ko‘ra tezroq yoshlar qatlamiga…

To‘liq...

Tariximiz ko‘zgusi

Tarix. U – sirli olam. Zafar beshinchi sinfga o‘tganida dars mashg‘ulotiga bir nechta yangi fanlar qo‘shildi. Ular orasida “Qadimgi dunyo tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” ham bor edi. Bu fanlar Zafarni sirli olamga yetakladi. Uni qadimda Yer yuzida yashagan turfa mavjudotlar, bahaybat sudralib yuruvchilar-u ulkan o‘txo‘r va go‘shtxo‘r jonzotlar,…

To‘liq...

Mangulik madhiyasi

Har tong bayram va tantanalarda davlatimiz madhiyasini eshitar ekansiz, so‘zi va musiqasining ajib bir sehri yuragingizni qamrab oladi. Qalbingiz orzu va umidlar sari oshiqadi... Ana shu madhiyamizning musiqa muallifi Mutal Burhonov ekanligi barchamizga ayon. “Maftuningman”, “Mahallada duv-duv gap” “Boy ila xizmatchi”, “Abu Ali ibn Sino”, “Istiqlol…

To‘liq...

Fan yulduzlari

Abdumalikning dadasi Nizom aka farzandini go‘dakligidan ilmga do‘st qildi. Hali tili biyron bo‘lmasdan sanashni, maktabga chiqmasdan boshlang‘ich hisob-kitob mashqlarini o‘rgatdi. O‘g‘lining teran aqlli, zukko va tirishqoqligini o‘z vaqtida payqab uning har bir savoliga erinmasdan javob qaytarar, imkon qadar o‘g‘liga masalaning mantiqiy yechimini…

To‘liq...

Navoiy bo‘stonida

Har safar o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, g‘azal mulkining sultoni asarlarini, buyuk daho haqida yozilgan kitoblarni varaqlaganimda, xayolan o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘laman. Navoiy bobomizning millatimiz, o‘zbek mumtoz adabiyoti, tariximiz oldidagi benazir xizmatlarini xayolimdan o‘tkazaman. U haqida suratga olingan badiiy…

To‘liq...

Diqqat tanlov yakunlandi! Tanishing – g‘oliblar

2016-yili jurnalimizda “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan “Sog‘lom bola – boy bola” tanlovi e’lon qilinganidan xabardorsiz. Tanlov shartlarini to‘la anglab yetgan o‘quvchilar she’r, hikoya, maqola, lavha, fotosuratlar va rasmlar orqali chinakam sog‘lom bola qanday bo‘lishi, nima uchun sog‘lom bola boy bo‘lishini badiiy tasvirlar, aniq…

To‘liq...

O‘n yoshli champion

Nafisa kichkinaligidan sportga havas qilib ulg‘aydi. Yon qo‘shnisi – Feruza opasining xalqaro musobaqalar, respublika chempionatlarida 3 marotaba 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani haqidagi xabar uning mitti yuragida ham sportga qiziqish uyg‘otdi. Chempion opasining shoda-shoda medallarini qo‘liga olib ko‘rarkan, ich-ichidan “Men ham sport bilan…

To‘liq...

Kitob bilan do‘stlashib

Gulxanjon! Senga shuni faxr bilan aytishim mumkinki, maktabimiz o‘quvchilarining barchasi kitobxon. Qachon kutubxonaga kirsam, u yer bolalar bilan gavjum bo‘ladi. Chunki kutubxona mudirasi Ro‘zibibi opa Fayziyeva bolalar bilan doim muloqotda.

40 yillik tajribaga ega bo‘lgan kutubxonachimiz bolalarni kitobga qiziqtirish yo‘llarini juda yaxshi…

To‘liq...

Iqror

Har kuni ertalab boshim qattiq og‘rib, o‘zimni lohas his qilaman. Buvim esa “Bu hammasi uyqudan kech turish va kam harakat qilishdan. Qiz bola epchil, chaqqon bo‘lishi lozim”, deya ta’kidlaydilar. Choyni xush ko‘ruvchi buvim har gal choynak ko‘tarib kirsam, meni maqtovlarga ko‘mib tashlaydilar...

Bu gal ham hozir maqtov eshitaman, degan o‘yda…

To‘liq...

G‘oliblik yarashgan qiz

Qizaloqlik paytlarida radio, televideniye orqali yangraydigan qo‘shiqlar ohangiga monand tebranib, o‘z holicha nimalarnidir xirgoyi qilib yuradigan Mohichehradagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqni, eng avvalo, buvisi payqadi. Nabirasi biroz ulg‘aygach, uning maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarga qiziqishini sezib quvondi. “Nasib bo‘lsa, qizalog‘im xonanda…

To‘liq...

Tariximiz ko‘zgusi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 25 yilligi nishonlanmoqda. Shu kunlarda mamlakatimiz mudofaa qudrati, turli tarixiy davrlarda yuz bergan harbiy voqealar, davlatchilikning yuzaga kelishi va Qurolli Kuchlarining shakllanishi, buyuk sarkardalar hamda qahramonlar haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasi…

To‘liq...

Qizil olma

Qadim zamonda podshohning voyaga yetgan sohibjamol qizi kasal bo‘lib qolibdi. U hech narsa yemay, kun-u tun qimirlamay yotaverganidan, ozib-to‘zib ketibdi. Saroy tabiblari qizni qanday dard bilan og‘riganini topisha olmabdi. Darg‘azab podshoh mulozimlariga buyuribdi:

– Nahotki, mening mamlakatimda qizimni davolaydigan tabib topilmasa?! Qayerdan…

To‘liq...

Yosh ko‘ngillar e’tirofi

“O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov har bir uchrashuvda bolalarga qarata, Mening aziz bolalarim, hammangizni bag‘rimga bosaman, barchangizni yaxshi ko‘raman, derdi. Ana shu mehr bois qishloqlarda ham shahar maktablaridan qolishmaydigan o‘quv muassasalari, sport zallari qurildi, kerakli sharoitlar yaratildi. Bu esa biz…

To‘liq...

Sizni buyuk ishlar kutmoqda

Xuddi yil fasllariga o‘xshab bolalarning fe’l-atvori ham turlicha bo‘ladi. Kimdir o‘rtoqlari bilan o‘yindan beri kelmasa, kimningdir do‘sti yo‘q. Yana biri arazchi bo‘lsa, boshqasiga gap ta’sir qilmaydi, bittasi so‘zamol, ikkinchisi kamgap. Shu sababli ular xarakter xususiyatlaridan kelib chiqib, ba’zi muammolarga duch kelishadi. Bu borada uzoq…

To‘liq...

Mehrning mevalari

– Umida Abdujabborovna, 6-sinfdagi Doston Karimovning rasm chizishga yaxshigina layoqati bor ekan. U bilan alohida shug‘ullansammikan, – dedi navbatdagi darsdan so‘ng tasviriy san’at o‘qituvchisi Rahimjon Rasulovich direktorga maslahat ohangida.

– Juda soz, biroq bu tashabbusni yanayam kengaytirsak-chi, – jilmaydi Umida opa, – maktabimizda…

To‘liq...

O‘zimizning po‘latqanotlar

Samolyotda parvoz qilish, oppoq bulutlar ustida o‘zingni xuddiki lochinlardek his qilib, atrofni kaftdagi olmadek tomosha qilish haqida qay bir bolakay orzu qilmagan deysiz. Osmon kengliklariga boqib ne xayollarga cho‘mmagan. Ko‘kda parvoz qilayotgan samolyotni ko‘rganda “samolyot, samolyot, meni olib ket...” deya qayta-qayta baqirmagan bolakay ham…

To‘liq...

Vaqtning baxtga aylangani

Aziz muxlislar, yana bir yilni ortda qoldirib, yangi orzu, yangi reja va yangi nom bilan 2017-yilni qarshi oldik. Ijod ahli “Har bir yangi yil – insonga berilgan yana bir imkoniyat”, deb ta’kidlaydi. Durustroq o‘ylab ko‘rilsa, bu juda topib aytilgan gap. Aytaylik, siz o‘tgan yili sport musobaqasida qatnashib, 3-o‘rinni oldingiz. 2017-yilda sizga…

To‘liq...

Namanganning polvoni

Adhamjon bolaligidan bir so‘zli va dovyurak bo‘lib o‘sdi. Aytganidan qaytmas, oldiga qo‘ygan maqsadi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan o‘g‘lidagi bu ishtiyoqni ota-onasi o‘z vaqtida payqab, uni sportga oshno qildi. Aniqrog‘i, bo‘lajak polvonni og‘ir atlet qilish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sport maktabiga berdi. Bu yerda unga o‘z…

To‘liq...

Ustoz faxri

7-”A” sinfining adabiyot fani darsidamiz. Bugungi mavzu O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Me’mor” romani. Noan’anaviy “ijodkorlik darsi”ni til va adabiyot o‘qituvchisi Muxtasar Umarova “Tafakkur va xayolot sehrgari” deb nomlabdi. Darsda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, yozuvchi ijodi va asar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Roman haqida…

To‘liq...

Obuna davom etmoqda

Maktabimiz o‘quvchilari “Gulxan” jurnalini o‘zlariga do‘st deb bilishadi. Uning har bir sonini, undagi maqola, she’r, ertaklarni birgalashib o‘qib muhokama qilishadi.

Jurnal bilan do‘stlikni davom ettirishni niyat qilgan 91 o‘quvchi “Gulxan”ning 2017-yilgi nashri uchun obuna bo‘lishdi. Obuna hali davom etmoqda.

 

Mohigul RASULOVA,

Buxoro…

To‘liq...

Nufuzli tanlovlarda

Buxorolik yoshlarning musiqa san’ati bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari haqidagi xushxabardan darak topdig-u, safarga otlandik. Maqsadimizni anglagan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimi Jo‘raqul aka Jumaqulov Buxoro yoshlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib gapirib berdi. Va bizni shahardagi 1-son Bolalar musiqa va san’at…

To‘liq...

Har satrga zeb berib

Havaskorlar she’rlarini o‘qib

Tahririyatimizga kelgan xatlarni saralab, mavzularga ajratar ekanmiz, ularning aksariyati Vatan haqidagi she’rlar bo‘lganidan quvonaman. Demak, vatanini jon-dilidan sevadigan bolalar ko‘p. Undan keyin qalamga olingan mavzular ona, ustoz, do‘stlik haqida bo‘ladi. Ularning eng yaxshilarini “Nishona” sahifasiga tanlab…

To‘liq...

G‘oliblarni yangi yilda e’lon qilamiz

Shu kungacha “Sog‘lom bola – boy bola” tanloviga 150ga yaqin she’r, maqola, rasm keldi. Biz ularning eng yaxshilarini saralab e’lon qilyapmiz. Ammo e’lon qilinmagan maktublarni ham tanlov hay’ati a’zolariga berganmiz. G‘oliblarni yangi yilda e’lon qilamiz.

 

Tahririyat

To‘liq...

Yurtning egasi

Ko‘zi baxtdan kulgan o‘zbek farzandlari

Dili shaxdga to‘lgan o‘zbek dilbandlari.

O‘z xalqining shodon, quvnoq, erkalari –

O‘zbekiston degan yurtning egalari.

 

Sog‘lom bola – vatanining suyanchidir,

Sog‘lom bola – ota-ona quvonchidir.

Bilim oling, komil bo‘lib toping kamol,

Shunda sizga peshvoz chiqar baxt-u iqbol.

 

Maftuna ABDUKARIMOVA,

Qashqadaryo…

To‘liq...

To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa

Tani sog‘lik – tuman boylik, deydi xalqimiz. Buning ma’nosi – tanasi sog‘lom odam mingta boylikka ega degani. Chindan ham sog‘lom odam o‘z orzusi yo‘lida bemalol harakat qiladi, bemalol hunar o‘rganadi, bemalol sport bilan shug‘ullanadi. Bu jismoniy sog‘liq beradigan boylik.

Endi o‘sha sog‘lom bola ruhiy-ma’naviy sog‘lomlikka ham harakat qiladi.…

To‘liq...

Metin iroda bilan

Yaqinda “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik-ijodiyot markazida imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning “Mo‘jizalar olami” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘ldi. O‘quvchilar texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi “Boshlang‘ich texnik modellashtirish” mashg‘ulotlarida qog‘ozdan tayyorlangan eng sodda…

To‘liq...

Matonatdan yaralgan san’at

Mashaqqatli yo‘l

Buyuk kompozitor Ludvig Van Betxoven 1770-yil dekabr oyida Bonn shahrida dunyoga kelgan. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi bo‘lgan. Otasi Iogann Van Betxoven – saroy xonandasi (tenori) bo‘lib, ashula, musiqa nazariyasi va klavesin (fortopianoga o‘xshash qadimiy cholg‘u asbobi)dan dars berardi.

Ludvigning oilasi kichikkina…

To‘liq...

Mangulik

Ustoz Abdulla Oripovni xotirlab

O‘ylab ko‘rsam, ko‘pchilikka nasib etavermaydigan baxt menga berilgan ekan. Minglab odamlar bir bor yuzlashishni orzu qilgan, adabiyotimizning muazzam ustunlari bo‘lgan, hayotligidayoq mumtozlik maqomiga erishgan buyuk ijodkorlar bilan bir jamoada, yelkama – yelka mehnat qilgan ekanman.

Xudoyberdi To‘xtaboyev,…

To‘liq...

To tirikdirki tabiat…

Shu kunlarda xalqimiz o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlamoqda. Garchi bugun ardoqli shoirimizning o‘zlari oramizda bo‘lmasalar ham u kishidan qolgan ulkan adabiy meros,…

To‘liq...

Sarhisob

Ayni shu kunlarda ota-onalaringiz, aka-opalaringiz va saylash huquqiga ega barcha fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti saylovi kunida faol qatnashib, farovon kelajak uchun ovoz berdik. Tadbirkorlar va ish­bilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘r­satilgan Shavkat Miromonovich Mir­ziyoyev 15…

To‘liq...

Mukammallik sari

Diyorimizning har bir go‘shasida nodir iste’dodga ega bolalar voyaga yetmoqda. “Kimyogarlar shahri”, deb ataluvchi Chirchiq shahrida ana shunday qobiliyatli bolalar bilan yuzlashdik. Shulardan biri Muhammadjon Rofiyevdir. U ushbu mo‘jaz shahardagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinfida tahsil olmoqda. Bizni o‘ziga tortgan jihati uning…

To‘liq...

Qiz bolaning ziynati

Omina maktabdagi eng jamoatchi, a’lochi qiz. Ammo uyda onasi unga umuman ish buyurmaydi. “Sening asosiy vazifang yaxshi o‘qish, uy yumushlarini katta bo‘lsang o‘rganib olasan”, deydi.

Onasi har tong hovli supurayotganda Omina yugurib borib, oyijon, men supura qolay, desa onasi, sen maktabga tayyorlan, nonushtang tayyor, tag‘in darsga kech qolma,…

To‘liq...

Hayotimda matematika

Jajji qizaloq edim. Bog‘chada o‘rtoqlarim bilan bog‘cha opamizning qo‘lidan ushlab sayrga chiqqanlarimiz, ertak qahramonlari rolini o‘ynaganlarimiz, bayram tadbirlarida raqsga tushib qo‘shiqlar kuylaganimiz men uchun go‘zal olam edi. Bog‘cha opamning soch turmaklari, rasm chizganda, harflar yozayotgandagi qo‘llarining chiroyli harakatlari, ayniqsa,…

To‘liq...

Sug‘urlar oilasi

Daryo qirg‘oqlari, tog‘ oralig‘i va yonbag‘irlarida uchrab turuvchi kemiruvchilar sinfiga mansub sug‘urlarning bir nechta oilasi guruh-guruh bo‘lib hamjihatlikda yashab “shaharcha” hosil qiladi. To‘dadagilarning barchasi opa-singil, og‘a-inilardan iborat, oila birdamligi saqlanadi. Ularni biror narsa cho‘chitadigan bo‘lsa, qattiq chiyillab inlariga…

To‘liq...

Ey, o‘rtoq, do‘st, dugona, “Gulxan”ga bo‘l obuna!

Shu kunlarda tahririyatimizga kelayotgan maktublar va elektron manzilimizga yo‘llanayotgan obuna bilan bog‘liq xushxabarlar bizni juda quvontirmoqda. Quyida ularning bir nechtasi bilan tanishasiz.

 

 

Toshkent shahar Yashnobod

tumanidagi 206-maktab direktori Mahzuna HAMDAMOVA:

 

“Gulxan” jurnalini nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz balki…

To‘liq...

Tuzatilgan xato

Go‘zal maktabga chiroyli sochto‘g‘nog‘ich taqib keldi. U dugonalariga judayam yoqdi.

– Vuy, Go‘zal, buncha chiroyli. Qayerdan olding, bizni bozorda bunaqasi yo‘q edi-ku, – biri olib-biri chug‘urladi qizlar.

– Oyim shahardan singlim ikkimizga, deb anchagina olib kelibdilar, – jilmaydi Go‘zal.

Ularning shovqin-suroniga norozi bo‘lib qarab turgan sinf…

To‘liq...

Pul sarflashni bilasizmi?

Ota-ona farzandiga nega pul beradi-yu, o‘quvchi uni nimalarga sarflaydi?

Shu savol bilan o‘quvchilar olamiga sayohat qildik. Bu iqtisodiy masalada ayrim o‘quvchilar sarflaydigan transport yo‘l haqlarini hisobga olmadik.

Ustoz, Nargizaning ikkita xatosi bo‘lsa ham “5” qo‘yibsiz, menga esa “4”.

Qizcha yozma ish daftarini topshirdi-da, yig‘lagudek…

To‘liq...

Shirinxo‘rlar kasalligi

“Dunyodagi eng boy odamlar kim?” deb so‘rashsa, shubhasiz, “qandolatchi amakilar”, deb javob bergan bo‘lardim. Negaki, chupa-chups, shokolad, konfet, muzqaymoqni ko‘rganda ko‘zlari chaqnab, qo‘li beixtiyor cho‘ntagi tomon shoshadigan siz – bolalarni, bekorga shirinxo‘rlar, deb atashmaydi. To‘g‘ri, shirinlik sizni benihoya shodlantirishi mumkin,…

To‘liq...

Bayrog‘imiz tug‘ilgan kuni

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

 

Dilshod bugun negadir juda erta uyg‘ondi. Yopishqoq kipriklarini yarim bukilgan mushtlari bilan ishqalarkan, hali tong yorishmaganini sezdi. Shu bahona bo‘ldi-yu, yana biroz mizg‘ish niyatida o‘ringa cho‘zildi. Ammo tashqaridagi deraza oynalaridan bobosi uni kuzatib…

To‘liq...

Mo‘jiza yaratgan ustoz

– Ozodaxon, ustozing aytdi, harf yozishni bilmayotgan emishsan, – dedi Nazira opa qo‘lida qalam bilan “Alifbe” kitobiga tikilib qolgan qiziga.

Ozoda bir cho‘chib tushdi, keyin onasiga yuzlanib dedi: – Oyijon, menmas, aslida Huri ustozning o‘zi harflarni tanimaydi. Harflarni hammamizga bir-bir ko‘rsatib, “Bu qaysi harf, bu qaysi harf”, deb so‘rab…

To‘liq...

Sog‘lom bola kim o‘zi?

Sog‘lom bola kim o‘zi,

Qandaydir gapi, so‘zi?

Uch dugona, uch o‘rtoq

Bahsga kirishdi quvnoq.

 

Lola boshladi bahsni,

Diliga tugib ahdni.

– Bilimli bola sog‘lom

Bahsga o‘rin yo‘q tamom.

 

– Bilim emas yo‘q-yo‘q-yo‘q

Sog‘ jismimdan ko‘nglim to‘q.

Shudir mening boyligim,

Shundandir chiroyligim.

 

– So‘zlar rost, – dedi Ra’no,

Har birida bor ma’no.

Lek…

To‘liq...

Ko‘ngil tarbiyachisi

Ustozim Mariya Chernova, musiqa odamning ichki dunyosini ulg‘aytiradi, didini tarbiyalaydi, deydilar. Buni qalbdan his qilgan ota-onam, akalarim, men va singlimni musiqa maktabiga o‘qishga berishgan. Jasur akam va singlim Xonzoda pianino bo‘yicha, Javohir akam baraban va childirma bo‘yicha tahsil olishmoqda. Men esa Respublika ixtisoslashtirilgan…

To‘liq...

Faxr

Bizning oilada san’at va adabiyotga qiziqish juda katta. Bobom va buvijonim, ota-onam ham qiziqishlarimizni, qobilyatimizni befarq qoldirmaydilar.

O‘tgan yilning oxirlari edi. Dadam uyga xush kayfiyatda kirib keldilar va biz uchun poytaxtdagi yirik konsert dasturiga chipta olganlarini aytdilar. Quvonchimiz ichimizga sig‘masdi. Pespublikamizning…

To‘liq...

Sog‘ bolalar – badavlat

Sog‘lom ona va bola,

Go‘yoki – bog‘ va lola.

Sog‘ qurilsa kelajak,

Ular baxtli bo‘lajak.

 

Ruhi tetik, tani sog‘

Ilm-fandan ham ogoh.

Ma’naviy olami keng,

Odobi oltinga teng.

 

Sog‘lik o‘zi bir davlat,

Sog‘ bolalar badavlat.

Pok niyatli oy bola,

Sog‘lom bola – boy bola!

 

Yulduzxon ABDULLAYEVA,

Navoiy viloyati Xatirchi tumani

Zarafshon mahallasi

To‘liq...

Ustoz – millat kelajagi

O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, taniqli adabiyotshunos olim, “Do‘stlik” ordeni sohibi Omonulla Madayev mana qariyb 57 yildirki “muallim”, “murabbiy”, “ustoz” degan unvonni sharaf bilan oqlab kelmoqdalar. Omonulla ustoz nafaqat ibratli olim va pedagog, xalq og‘zaki ijodining chinakam fidoyisi, ya’ni folklorshunos olim. U kishi televideniyeda…

To‘liq...

Kuzgi uchrashuvlar

Mana, kuz faslining so‘nggi oyida siz jurnalxonlar bilan yana uchrashib turibmiz. Shu kunlarda barcha ta’lim maskanlarida respublika gazeta va jurnallariga obuna qilish ishlari avj olgan. Bizning ijodiy jamoamiz ham targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hamda shu bahona muxlislarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Xalq ta’limining viloyat va…

To‘liq...

Sevimli jurnalingizning 2016-yil 11-soni nashrdan chiqdi

Jurnalning ushbu sonida “Muharrir suhbati” ruknida “Kuzgi uchrashuvlar”, “Mashhurlar bolaligi” ruknida “Ustoz – millat kelajagi”, “E’tirof” ruknida “Mo‘jiza yaratgan ustoz”, “Mulohaza uchun mavzu” ruknida “Pul sarflashni bilasizmi?”, “Iste’dod – millat mulki” ruknida “Tanlovlarda tanilib” maqolalari bilan tanishasiz. Shuningdek, maroqli ertak va…

To‘liq...

Pari momom

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi va YUNISEF hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorlikda 2008-yil 15-oktabr kunini “Xalqaro toza qo‘llar kuni” – “Global Handwashing Day” deb e’lon qildi. Chunki notoza qo‘llar va tirnoqlar turli kasalliklar ichburug‘ (dizenteriya), gepatit (sariq), gijjalar, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli…

To‘liq...

“Oyqiz” haqida bilganlarim

Tengdoshingiz Feruza Yusupovani teleekran orqali ko‘p bora ko‘rgansiz. U bilan bir necha yillar oldin “Xazon” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganmiz. Avvaliga uni erkatoy, tantiq qiz deb o‘ylaganman. Ammo yaqindan bilgach, jasoratli, sabrli, tirishqoq qiz ekanligiga amin bo‘ldim. Ayniqsa, “Oyqiz ertagi” filmi ikkimizning ham…

To‘liq...

Quvnoq uchrashuv

Jurnalni varaqlayotgan qadrdonlarim. Bilaman, “Gulxan”ni qo‘lingizga olar ekansiz, eng avval sahifalardagi rang-barang rasmlarni ko‘zdan kechirasiz. So‘ng qayta varaqlab mutolaa qilishni boshlaysiz. Sizni jalb qilgan o‘sha jilvakor rasmlar mahoratli rassomlarning ijod mahsulidir. Har bir sahifadagi sermazmun va qiziqarli she’r, hikoya, ertag-u…

To‘liq...

Mag‘ribda yodlangan “Yurakning shakli”

Ona tilimizning jarangi, jozibasi onamizning bizga o‘rgatgan ilk so‘zlari orqali qulog‘imizga singgan, yuragimizga yetib borgan. Shuning uchun ham uni onaga qiyoslaymiz. Tilimizning boyligi, imkoniyatlari haqida so‘z borganda, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini e’tirof etmay ilojimiz yo‘q. Bugun dunyoda…

To‘liq...

Senga ishonaman

Salom, “Gulxanjon”!

Sening har bir yangi soningni orziqib kutaman. Sahifalaringda tengdoshlarim erishayotgan muvaffaqiyatlarni o‘qib, ularga havasim keladi. Bu yil maktabni imtiyozli tamomladim va hozirda o‘zim orzu qilgan akademik litseyda o‘qishni davom ettiryapman. Senga o‘z yutuqlarim haqida yozmoqchiman.…

To‘liq...

Mo‘jiza ro‘y bergan kun

yoxud XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga bir nazar

“Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek sportchilari uchun dasturulamal bo‘lgan mazkur iborani bejizga tez-tez ta’kidlab o‘tmaganligini bugun davrning…

To‘liq...

O‘quvchining yomoni bo‘lmaydi

– deydi poytaxtimizdagi 206-maktab o‘qituvchisi Dilorom BOYMATOVA

Men ustoz Dilorom Boymatova bilan, aniqrog‘i, uning o‘quvchilari bilan bahorda – “Gulxan” jurnali poytaxt maktablari o‘quvchilari bilan Botanika bog‘ida o‘tkazgan “Yashil olamga sayohat” tadbirida tanishdim.…

To‘liq...

Qalbni quvontirgan maktub

Jurnalimizning qadrli muxlislari!

Tahririyatimizga har kuni respublikamizning turli burchaklaridan o‘nlab maktublar keladi. Muxlislarimiz bu maktublar orqali nafaqat o‘z ijod namunalari, balki shaxsiy yutuq va natijalari haqida ham yozib biz bilan o‘rtoqlashadilar. Ana shulardan biri Qarshi tumanidagi 43-maktabning oliy toifali…

To‘liq...

Yurtim ertasi

Sog‘lom bola – boy bola,

Misli ko‘kda oy bola.

Sen yurtimiz ertasi,

Iqbol senga, toy bola!

 

Pahlavonsan, botirsan,

Yuksalmoqqa qodirsan,

Har hunarda mohirsan,

Sog‘lom bola – boy bola!

 

Otabek ISROILOV,

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq

Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji

To‘liq...

Alpomishning vorisi

Yurt uchun – Vatan uchun,

Gulzor-u chaman uchun,

Qo‘shadi hissa-kuchin,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Sog‘ aql, sog‘lom tanda,

Sportni qilmas kanda,

O‘zbekiston vatanda,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Polvon bo‘ladi hali,

Alpomishlar singari,

Omon bo‘lsinlar bari,…

To‘liq...

Ravshanning “3”lari yo‘q

Ravshan injiq, loqayd, qaysar bola bo‘lib qoldi. Sababi, u har kuni yarim tungacha televizor tomosha qiladi. Ertalab esa barvaqt uyg‘onishni istamaydi. Bazo‘r o‘rnidan turib, apil-tapil yuvinadi. Ba’zan nonushta qilishga ham ulgurmaydi, och-nahor maktabga jo‘naydi. Darslarda esnab, lanj holatda o‘tiradi.…

To‘liq...

Muhabbatli muallim

Birgina harf o‘rgatishning ming mashaqqatini totib, bundan qalbi cheksiz g‘urur va faxrga to‘lib yurgan Muhabbat Sharapova tajribali ustozlardan biri. U Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi. Muhabbat opa hayotini yosh avlodga ilm o‘rgatishga…

To‘liq...

Ustoz Bobur sabog‘i

“Boburnoma”ni mutolaa qilgan bo‘lsangiz, uning “To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi (1528–1529) yil voqealari” bobida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyun Mirzoga yozgan bir maktub bor. Xat o‘sha paytda farzand ko‘rgan o‘g‘ilga tabrik bilan boshlanadi.

Shukr, bermish…

To‘liq...

Maktublarda ustozlar madhi

Aziz jurnalxonlar, siz bilan yaqindagina O‘qituvchi va murabbiylar kunini bayram qildik. Ayni kunlarda esa O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani nishonlayapmiz. Shu munosabat bilan respublikamiz o‘quv maskanlarida an’anaga aylanib qolgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizda qanday muhim sanani…

To‘liq...

Xushxabar

Sevimli jurnalingizning navbatdagi sonini bosmaxonaga topshirish arafasida Surxondaryodan quvonchli xabar oldik. Viloyatning Boysun tumanidagi 4-maktab 3-4-sinf o‘quvchilari “Gulxan”ga 2017-yil uchun 100 dona obuna bo‘lishibdi.

Biz bu qadrdon mushtariylarimizga minnatdorlik bildirgan holda boshqa o‘quvchilarni ham…

To‘liq...

Orzular izidan

Eldorning matematikaga mehr qo‘yishida oiladagi muhitning o‘rni katta. Ota-onasi matematika o‘qituvchisi bo‘lgani bois, uyda fanga doir qiziqarli kitoblar, ko‘rgazmali qurollar ko‘p. O‘zidan katta opasi maktabga borganda, unga qo‘shilib kitob o‘qishni, yozishni o‘rgangan Eldor yuzgacha…

To‘liq...

Qat’iy maqsad sari

O‘z bilim va iqtidoriga ishongan bugungi yoshlar mustaqil yurtimizda munosib farzand bo‘lib kamol topayapti. Ularning ilmga chanqoq, bilimdon, zukko va tirishqoqligini ko‘rib chin dildan havasing keladi, mehring ortadi.

Yaqinda Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro…

To‘liq...

Ularni o‘quvchi deb bo‘ladimi?

Saida o‘quv yili boshlanganidan quvonib, kitob-daftarini taxt qilish harakatiga tushdi. U bu yil 7-sinfga ko‘chdi. “Qanday yaxshi, katta sinflar qatoriga kirib qoldim, endi yanada yaxshi o‘qishim kerak”, – ahd qildi u. Ro‘yxat asosida maktab kutubxonasidan barcha darslik kitoblarni oldi. Uyga kelgach,…

To‘liq...

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Sog‘ vujudsiz tasavvur

Qilib bo‘lmas aqlni.

Ikki so‘z uyg‘unlikda

Tuzishar bir naqlni.

 

Xalqimiz suyanchidan

Minnatdordir yosh avlod.

Yurtim tinchligi uchun

Bo‘lar har biri qanot.

 

Chunki yoshlar qo‘lida

O‘zbekiston ertasi.

Sog‘lom bolalar bo‘lar

Shu zaminning egasi.…

To‘liq...

Yuksakdagi bayrog‘im

Biz qachon tamoman sog‘lom bo‘lamiz? Albatta jismonan va aqlan uyg‘un rivojlanganimizda. Shuning uchun ham maktab o‘quv rejasiga jismoniy tarbiya darslari kiritilgan. Bola jismonan sog‘lom bo‘lsa-yu, ammo bilim olishda, fikr yuritishda adashib, boshqa ko‘chalarga kirib qolsa, biz uni sog‘lom deb…

To‘liq...

Beqasam to‘nli bokschi

“Sog‘lom ona va bola” yilida o‘n uch yoshga to‘ldim, lekin o‘zimni katta odamlardek his qilyapman. Oilada uch farzandmiz: ikki o‘g‘il va bir qiz. Ota-onam sog‘lom o‘sishimiz uchun mahallamizdagi “Olg‘ir” sport markazining boks to‘garagiga berdilar. Ukam bilan…

To‘liq...

Bayramga sovg‘a

Biz bayramlarda sovg‘a olishni yaxshi ko‘ramiz. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Bag‘dod tumanidagi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari sovg‘aning eng kattasini oldi. Maktabimizda barcha qulayliklarga ega zamonaviy, biz orziqib kutgan sport zali ishga tushirildi. Safimizda sport bilan do‘stlashgan…

To‘liq...

Xushxabar

Shu yilning 14–20-avgust kunlari Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. 31 davlatning 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchisi qatnashgan nufuzli tanlovda mamlakatimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Buxoro…

To‘liq...

Ixtirolar olamiga sayohat

Texnik ixtirolar tarixi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? Ularning dastlabki sodda ko‘rinishi ko‘pincha bolalikdan qiziquvchan, xayolparast, tinib-tinchimas insonlar tomonidan yaratilgan. Kashfiyotchilar ilk bor 1783-yilda ko‘kda parvoz qilish uchun havo shari, salkam (1882) bir asrdan so‘ng esa samolyotni yaratishdi.…

To‘liq...

Nurli manzillar

Har kuni necha bor ostona hatlab ko‘chaga chiqasiz. Shunda kundan-kunga, yildan-yilga mahallangizdagi, ko‘changizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, atrofga hayrat va faxr bilan boqasiz. Bir necha yil oldin shu ko‘chalarda yalangoyoq chopib yurgansiz. Tengqurlaringiz bilan ariq bo‘ylarida shodon o‘ynagansiz. Endi…

To‘liq...

Orzularidek ulug‘ shoir

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg va jamoat arbobi Erkin Vohidovni o‘zbek xalqining katta-yu kichigi juda yaxshi biladi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Erkin Vohidov garchi bugun jisman oramizda bo‘lmasa ham yaratgan…

To‘liq...

Dunyoni o‘zgartirgan raqamlar

800-yillarning boshlari, Xiva. O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi madrasa talabasi Muhammad darsxonasida arab tilida bitilgan “Sindihind” nomli kitobni mutolaa qilib o‘tirardi. Bolaligidan o‘tkir zehnli, matematika, geografiya, tarix fanlariga o‘zgacha mehr qo‘ygan bu yigit astronomiyaga ham befarq…

To‘liq...

Marrani yuksak olib...

Dinora Umarqulova hur O‘zbekistonimizning umidli yoshlaridan biri. Buxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda a’lo baholarga o‘qimoqda. O‘tgan yillar davomida “Yurt kelajagi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Orasta qizlar” respublika…

To‘liq...

Tafakkur qanotlari

Olimlarning olib borgan so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, XXI asrda yashayotgan odamlarning miyasiga ilgari taxmin qilingan hajmdan 10 barobar ko‘p miqdorda ma’lumot sig‘ar ekan. Ularning ta’kidlashicha, miyamiz 1 petobayt, ya’ni 1 mln gigobayt ma’lumotni joylashtira olishi mumkin. Bu degani, eng…

To‘liq...

Bundan ortiq iftixor bormi?!

2016-yil 23-avgust. Toshkent xalqaro aeroporti. Atrofni tun pardasi qoplagan bo‘lsa-da, terminal va samolyot yo‘laklari yuzlab chiroqlar nuridan charog‘onlashgan. Bu yerda O‘zbekiston iftixorlari – Olimpiya chempion va sovrindorlarini kutib olish uchun yuzlab yurtdoshlarimiz to‘planishgan. Nihoyat,…

To‘liq...

G‘oyalarga sodiqmiz

Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlayotgan kunlarimizda xalqimiz boshiga og‘ir musibat tushdi. Tayanchimiz, ishonchimiz, suyangan tog‘imiz, ma’naviy madadkorimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etdi.…

To‘liq...

Barakalla singlim

Singlim Qodirqulova Madina 6-sinfda o‘qiydi. U 2014-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2015-yil diplom olib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

Madina yaqinda “Bolalar qo‘shiqlari, she’rlar va hisob she’rlari”ni yaratish…

To‘liq...

Bilimlar bellashuvining bilimdoni

Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarayotgan tengdoshlarimizdan biri Boyovut tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ominabonu Ibodullayeva joriy yilda bo‘lib…

To‘liq...

Zavqli ta’til

Go‘zal tabiat quchog‘ida joylashgan oromgohlarda dam olayotgan bolalarning zavqli ta’til damlari haqida hikoya qilish maqsadida ijodiy guruhimiz bilan yana Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oldik. Bu galgi safarimiz Xondayliq qishlog‘idagi “Barkamol avlod” oromgohidan boshlandi. Ikki yarim gektardan ortiq…

To‘liq...

Har sohada yetakchi

“Bugun har bir yosh yigit-qizning ko‘zlarida kelajakka ishonch, dilida quvonch, shuurida esa butun bir olamga sig‘maydigan sevinch bor. Mustaqil Vatan quchog‘ida yayrab, unib o‘sayotgan kelajak avlod yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodining rang-barang qirralarini bor…

To‘liq...

Isfandiyorning qat’iy maqsadi

Isfandiyor ikkinchi sinfga o‘tganida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga qabul qilindi.

Bu yerda u gitara sinfining tayyorlov guruhida mashg‘ulot o‘tay boshladi. Undagi iqtidorni sezgan muallim Igor Budnokov bolakayga notalar joylashuvi, kuy chalish sirlarini…

To‘liq...

Termizlik chempionlar

– Shahrimizdagi 13-maktabda o‘nlab sport chempionlari o‘qiydi. Maktabdagi salkam 2000 ta o‘quvchining barchasi sportning bir necha turi bilan shug‘ullanadi, – dedi Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimi Ochiloy opa Xudoynazarova g‘urur bilan.

– Sportga ixtisoslashgan maktabmi? –…

To‘liq...

Ranglar ortidagi hayot

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal NUR (Nuriddinov) 1959-yil Namanganda tug‘ilgan. 1984-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. 1990-yildan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ijodkor uyushmasi a’zosi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Rassomning…

To‘liq...

Zukko bolalar davrasida

Aziz bolajonlar! Sevimli nashringizning iyul oyi sonida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” oromgohida hordiq chiqarayotgan tengdoshlaringiz va u yerda yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritgandik. Albatta, oromgoh tarbiyalanuvchilariga chinakamiga havas qilish mumkin. So‘lim bog‘…

To‘liq...

Sog‘lom bola – boy bola

Sog‘lom bola – boy bola,

O‘g‘il bola – toy bola.

Ota-onasi sevgan

Go‘yo toshqin soy bola.

 

Sog‘lom bola – boy bola,

Sportda g‘olib bola.

Yutuqlari birtalay,

Chin ilmi tolib bola.

 

Sog‘lom bola – boy bola,

Epchil va chaqqon bola,

Buvi, buvasi sevgan…

To‘liq...

Dillarga muhrlangan sayohat

Abdurahim bobo nevaralari Jasur, Shodiya va Shabnamni har yili yozgi ta’tilda sayohatga olib chiqadi. O‘tgan yili ular Samarqand va Buxoro shaharlaridagi obidalarni ziyorat qilishgan edi. Bu ikki azim shahar taassurotlari butun o‘quv yili davomida bolalarni tark etmadi. Odatda adabiyot fanidan ko‘pincha…

To‘liq...

Bolalarning samimiy do‘sti

Qadrli o‘quvchilar! Yozuvchi va publitsist Ashurali Jo‘rayev nomi sizga yaxshi tanish. Uning “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida, “Tong yulduzi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalarini o‘qigansiz. Adib o‘z ijodini bolalarga atalgan Toshbaqalar poygasi kitobi bilan…

To‘liq...

To‘yga to‘yona bilan

Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini katta yutuq va muvaffaqiyatlar bilan kutib olayapmiz. Bayram arafasida qurib bitkazilgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ishga tushirilishi mamlakatimiz hayotida ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

Bundan uch yil avval Yurtboshimiz ushbu yo‘l qurilishi…

To‘liq...

O‘zbekiston lochinlari

Aslida, istiqlolning ilk kunlari bizga, xalqimizga katta parvozlar uchun yo‘l ochib bergandi. Yurtimizdagi har bir inson bunday shukuhli lahzalarni olam-olam quvonch bilan yodga oladi. Biroz fursat o‘tib, mamlakatimiz va xorij davlatlari osmonida mustaqil O‘zbekiston samolyotlari parvoz qila boshlagach, chinakam ma’noda…

To‘liq...

Istiqlol shukuhi

Shu kunlarda ona Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlash arafasida turibmiz. Biz Vatan so‘zini hamisha Ona so‘zi bilan birga ifodalaganmiz. Sababi, Vatanimizni doimo onamizdek muqaddas va aziz deb bilamiz. Hamisha onamiz uchun qiyosi yo‘q ta’rifni izlaymiz, uni dunyodagi jamiki chiroyli so‘zlar…

To‘liq...

Sog‘lom bola

Avlodlarga mayoq, yurtimga qalqon,

Doimo bo‘laylik jasur, pahlavon,

Xalqimiz baxtiga o‘sib sog‘-omon,

Yurtning ertasini yorug‘ qilaylik.

 

Aziz Yurtboshimiz ishonchi bizlar,

O‘ktam o‘g‘lonlar-u ham zukko qizlar.

Vatan egasimiz biz – qaro ko‘zlar,

El baxtiga doim sog‘lom…

To‘liq...

Dilkash dugona

Ra’no Jamolova mening eng yaqin dugonam. Toshkentdagi 324-maktabda o‘qiydi. U juda chiroyli – ismi jismiga mos qiz. Sochlari uzun. Tunov kuni biznikiga kelib mehmon bo‘lib ketgandan so‘ng, onam, do‘st tanlashda adashmabsan, qizim, dedilar. Chunki Ra’no juda xushmuomala, bilimdon, chaqqon qiz. U zukko…

To‘liq...

Mehnatga “rahmat”

Malika aslida telefonda gaplashishni unchalik xush ko‘rmaydi. Undagi o‘yinlarga ham ko‘p qiziqmaydi. Ammo qachon qarama, qulog‘ida naushnik – qo‘shiq eshitgani-eshitgan. Qo‘yib bersang, kun bo‘yi qulog‘idan uzmaydi. Kimdir u-bu narsa so‘rasa ham, eshik qo‘ng‘irog‘i…

To‘liq...

Iste’dodning turfa jarangi

Tanishing, tengdoshingiz – Barno Mamajonova.

Toshkentdagi 59-maktabning 8-sinfida o‘qiydi. Ilk bora raqs maktabiga borganida 4 yoshda edi, hali “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qilolmasdi. “Yulduz” folklor dastasida ustozi Malika Po‘latovadan ilk raqs harakatlarini o‘rgana boshladi.…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.