Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Dilga ziyo ulashgan bayram

Bahorning orombaxsh so‘nggi kunlari...

Oftob nurini yerga elaydi, zamin ko‘ksini durga, ziyoga belaydi. Qushlarga shodlik ulashadi, daraxtlar bilan sassiz so‘zlashadi. Odamlar yuziga qizillik ulashadi, bir-biriga ahillik, ko‘ngilda saxiylik uyg‘otadi. Mehri va sehri bilan mudom borliqni ardoqlab kelayotgan bobo quyosh insoniyatga ana shunday…

To‘liq...

Yozning qaynoq kunlarida

Mana, barchangiz intiq kutgan ta’til kunlari ham boshlandi. 2017–2018-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlab oldingiz. Buyog‘iga rejalar qanday bo‘lmoqda? Yozning uzun va qaynoq kunlarini sermazmun o‘tishi uchun nimalar bilan mashg‘ulsiz?

Keling, yaxshisi siz o‘ylab olguncha, men jurnalxonlarimizni “Gulxan”ning avvalgi sonida aytishga ulgurolmay…

To‘liq...

Onlayn muloqot

Qozog‘istonda 2018-yil “O‘zbekiston yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘be viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda Respublika bolalar kutubxonasida yosh kitobxonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. U yerda ilk bor onlayn tarzida tashkil etilgan muloqot “Bilimni kitob orqali…

To‘liq...

“Topishmoqmi yo tez aytish”

“Topishmoqmi yo tez aytish”

Bir-biridan qiziq ertak, hikoyalari, she’r va xandalari bilan sizga tanish bo‘lgan opangiz – Muhabbat HAMIDOVAning yaqindagina “O‘zbekiston” NMIUda “Topishmoqmi yo tez aytish” to‘plami nashrdan chiqdi.

Topqirligingiz va so‘z boyligingizni oshiruvchi ushbu mo‘jaz kitobchada jonivorlar, qushlar hamda sabzavotlar haqidagi ajoyib topishmoqlar-u, yod…

To‘liq...

Kitob bayrami

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 13-maktabda “Kitob insonni ezgulikka yetaklaydi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda “Gulxan” jurnali xodimlari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Adabiy kechada o‘quvchilar inson hayoti davomida kitobning o‘rni nechog‘liq ahamiyatga ega ekani haqidagi tushuncha va taassurotlarini…

To‘liq...

Tasvirlarga rang bergan orzu

San’atni sevadigan bolalarning didi o‘tkir, qalbi nozik bo‘ladi. Buni ular yaratgan go‘zal tasvirlar, nafis chizgilar orqali ko‘rish mumkin. Barmoqlar tutgan mo‘yqalam tasavvur kashfiyotlarini ifodalasa, amaliy san’at ishlari mahoratli qo‘llar sehridan nishona. Yaqindagina Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston…

To‘liq...

Asalari Maya O‘zbekistonda

Asalari Maya O‘zbekistonda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Asalari Maya sarguzashtlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilari, Gyote instituti talabalari, ijodkorlar ishtirok etishdi.

Nemis yozuvchisi Valdemar Bonselsning “Asalari Maya sarguzashtlari” kitobi ilk marta 1912-yilda nashr etilgan va juda…

To‘liq...

Akademik shoir uy-muzeyida

Muqaddam ona tili va adabiyot fanini yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, erkin insho, bayon yozish, she’rni ifodali o‘qish uning sevimli mashg‘uloti. Mana, qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi. Adabiyot muallimi Laylo opa Rahimova 9-may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashib kelayotganini hamda 10-may kuni atoqli adib G‘afur G‘ulomning 115 yillik yubileyi…

To‘liq...

Birovning she’ri

Darsga qo‘ng‘iroq chalindi. O‘qituvchi hali sinfga kirmagani uchun g‘ala-g‘ovur avjida, hamma o‘z ishi bilan band. Shu payt Madina xonaga shoshib kirdi-da:

– Suyunchi! Men tumandagi yosh qalamkashlar tanlovida qatnasharkanman! – dedi hayajonli, baland ovozda.

– O‘, zo‘r-ku, tabriklaymiz...

– Ofarin...

– O‘zi allaqachon borishing kerak edi...

–…

To‘liq...

Ijod zavqi

Ko‘kka yetgan minoralarning peshtoqlari ganj, ustunlari naqshinkor. Katta-kichik laganlar bejirim naqshlar bilan bezatilgan, miniatyuralar aks ettirilgan... Bu tasvirlar asrlar davomida meros bo‘lib kelayotgan xalq amaliy san’atining ajralmas qismi – hunarmandchilik namunalarini yodingizga solgan bo‘lsa ajab emas. Maktabdagi darslardan, qo‘shimcha…

To‘liq...

O‘zbekning ilk darvozaboni

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor SA’DIYEV 1946-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Davlat mukofoti va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Teatr, kino sahnasida ko‘plab ajoyib rollar ijro etgan, yuzlab obrazlarga mahorat bilan ovoz bergan taniqli san’atkor. Uning xoh ijobiy, xoh salbiy ijro etgan rollari bo‘lsin, tomoshabin…

To‘liq...

Gulxanjonning chin do‘sti

– Gulxanjon, do‘stlaring ko‘p bo‘lsa kerak-a, – so‘radim tahririyatga kelgan xatlarni berilib o‘qiyotgan Gulxanjonga havas bilan qarab.

– Albatta, respublikamizdagi barcha muxlis bolalar mening do‘stlarim, – g‘ururlandi Gulxanjon.

– Yaxshi, lekin uzoq yillar yelkadosh bo‘lgan qadrdonlaring orasida, demoqchi edim.

– Ular ham anchagina. Masalan, Siz,…

To‘liq...

Armonsiz umr

Mustaqillik e’lon qilingan kunning ertasiga Safar Barno bilan uchrashib qoldik. Kechasi bilan uxlamaganligi ko‘zlaridan bilinib turardi.

– Eshitdingizmi, shoir? – dedi u yuzlari kulib.

Men unga quchoq ochib “Hurlik muborak!” dedim. Bir-birimizni samimiy qutladik. U she’r o‘qiy ketdi.

Ha, tun bo‘yi she’r yozib chiqqan ekan. She’rlari shu kuniyoq…

To‘liq...

Xotiralar yaqin kelganda

Ertalab marshrut taksida ishga kelayotib bir-birlarini 9-May bayrami bilan qutlayotgan ikki keksa kishining suhbatiga guvoh bo‘ldim:

– Assalomu alaykum, onaxon, – dedi taxminan oltmish yoshni qoralagan qo‘lida katta qora papkasi bor (ko‘rinishidan oliygohda dars bersa kerak, deb o‘yladim) kishi. Onaxon alik olib so‘rashdi.

– Siz – oyoqda yurgan…

To‘liq...

Tengdoshlarim qatori

Vatanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’riflab yakuniga yetib bo‘lmaydi. Chunki yurtimiz kundan-kun chiroy ochib, obodonlashib bormoqda. Men ham barcha tengdoshlarim qatori Yurtboshimizning yoshlarga berayotgan e’tibor va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga harakat qilyapman. Maktabda matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili to‘garaklariga…

To‘liq...

Uyimizda bayram bo‘lib ketdi

Opam Marjona 8-sinfda, ukam Mashhurbek 4-sinfda o‘qiydi. Ota-onamiz bizga Lolaxon ammam Tojikistonda yashashini, ularning Zokirjon, Zohidjon, Zafarjon degan o‘g‘illari, Zulfiya ismli qizlari borligini aytishgan. Biroq ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar yopiqligi bois, ulardan xabar ololmayotganlaridan xafa bo‘lishardi. Prezidentimiz…

To‘liq...

Parij galereyasida

Kichkinaligida multfilm qahramonlarining rasmini chizish Komilaning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. Qizaloq bog‘chada tarbiyachisi ko‘rsatgan gul, quyosh va bulut tasvirlarini qog‘ozga tushirdi. Ranglarni to‘g‘ri tanlab, tasavvurini aniq ifodalay olgan Komilaning chizgan rasmi o‘shanda bog‘cha opalarni ham hayron qoldirdi. Bayramlarda, “Yosh…

To‘liq...

Ajdodlarga munosibmiz

Buyuk Amir Temur saltanatni boshqarishda “Yetti o‘lchab bir kes” degan naqlga amal qilgani barchaga ayon. Ayniqsa, jang san’atida mohirligi, har tomonlama o‘ylab, aql bilan g‘alabaga erishgani olam ahlini lol qoldirgan. Buyuk davlat arbobi va sarkardaning Vatanga sadoqat, mardlik, fidoyilik, elparvar hamda adolatparvarligi yosh avlodlar uchun…

To‘liq...

Ekobog‘ – vaqtingiz o‘tar chog‘

Ekobog‘ – vaqtingiz o‘tar chog‘

Tabiat go‘zal, ayniqsa, bahorda. Maysalarning intiq nigohi quyoshni izlab ko‘kka o‘rmalasa, qushlarning yangi “xirgoyi”lari borliqni raqsga chorlaydi. Hayvonot, nabotot, odamzod, jamiki tiriklik bu rang-barang o‘zgarishlardan yangi ruh oladi, umrining yangi pallasini boshlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yer-u osmon o‘rtasi ham jisman, ham ruhan…

To‘liq...

Kitob bayrami

 2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni yurtimizda katta shodiyonalar bilan o‘tdi. O‘quvchilarning kitobga bo‘lgan hurmati va mehri ifodasiga aylangan bayram Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktabda ham keng nishonlandi. Maktab axborot-resurs markazi rahbari Navbahor Qudratova tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ota-onalar, tuman…

To‘liq...

“Hayot elementlari”

Kimyo fani insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha ixtirolarning asosidir. Boshimiz yoki tishimiz og‘riganda ichadigan bitta dorining tarkibida necha xil kimyoviy element borligini bilasizmi?! Uni yaratguncha farmatsevt olimlarning qancha kimyoviy jarayonlar ustida bosh qotirishlarini-chi?!

Faxr bilan aytishimiz mumkinki, bugun yurtimizda yetishib…

To‘liq...

O‘smirlik – o‘zlikni tanish

O‘smir do‘stim, Sizni ko‘p muammolar qiynaydi. Ko‘plab savollaringizga javob topolmay, uzoq xayol surib qolasiz. Buni bizga yo‘llayotgan maktublaringizdan bilib olmoqdamiz. Izlanishga, fikrlashga chorlovchi savollaringizdan quvonsak, ayrim o‘ylamay yozilgan savol va murojaatlaringizdan salgina ranjiymiz ham. Buning sabablarini bilish, o‘rganish…

To‘liq...

Chin muxlisga to‘rt savol

Aziz o‘quvchilar, 2017–2018-o‘quv yilining so‘nggi choragini o‘qiyapsiz. O‘qishlar, uy vazifalari, turli to‘garaklardagi mashg‘ulotlar charchatib qo‘ymadimi? Siz charchash nimaligini bilmaydigan bolalarsiz. Biz sizlarga ishonamiz. “Gulxan”ning har bir sonini qunt bilan o‘qib borayotganlar hech qachon dangasalik qilmaydilar.

Bugun siz muxlislarga…

To‘liq...

Tuproq bilan tillashing

Bahor kelib hovli, tomorqa, dala ishlari qizg‘in tus oldi. Ota-onalaringiz, bobolaringiz bajarayotgan ekin-tikin yumushlarini diqqat bilan kuzatsangiz, yer bilan, tuproq bilan muomala qilishning sirlarini bilib olasiz. “Yer – xazina, suv – gavhar”, deydi xalqimiz. Dehqonlarimiz bu maqolni dillariga jo qilib olishgan. Darhaqiqat, inson hayoti, uning…

To‘liq...

Qo‘yqushoq

Boysundagi Ketmonchopti tog‘ining sharqiy qismida Qo‘yqushoq deb ataladigan yona bor. Havo ochiq kunda uni Boysun shahri markazidan ham ko‘rish mumkin. Qo‘yqushoq deyilishiga sabab, tog‘ yon bag‘ridagi toshlarga e’tibor berib qaralsa, xuddi bir suruv qo‘y yaylovda o‘tlayotganga o‘xshaydi.

Qo‘yqushoq haqida xalq orasida turli rivoyatlar yuradi.…

To‘liq...

Endi kitob o‘qiyman

Yaqinda maktabimizning boshlang‘ich sinflari o‘rtasida “Kitob bilim beradi, bilim baxt keltiradi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar ertak qahramonlari qiyofasida yaxshilik, ezgulikka undovchi ertaklarni ko‘proq o‘qish kerakligini aks ettirishdi. Ayniqsa, “Kitobga mehr oiladan boshlanadi” deb nomlangan sahna ko‘rinishi…

To‘liq...

Kitob o‘qib, mashina oldim

Mohinisoning onasi Aziza opa ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Bolalikdan kitobga mehr qo‘ygani uchunmi, kitob javonini o‘zbek va jahon adiblarining asarlari bilan boyitadi. Farzandlari, shogirdlarini kitob o‘qishga qiziqishini orttirish uchun “Kim ko‘p kitob o‘qidi”, “Men sevgan asar” kabi turli tanlovlar o‘tkazadi. G‘oliblarni sevimli…

To‘liq...

Bahorni yetaklab kelgan shoiram

O‘lkamizga go‘zal bahor kirib kelib, dilimizni ravshan qilgan 1-mart kuni o‘zbek adabiyotida chiroyli bayram bo‘ladi.

Shu kuni barcha she’riyat, adabiyot shaydolari xalqimizning suyukli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunni tantanali nishonlaydi.

Ana shunday tadbir bizning maktabimizda ham bo‘lib o‘tdi. “Vafo va sadoqat…

To‘liq...

Bu go‘zal olamda

She’riyat olami – go‘zal olam. Jurnalxonlarimiz orasida bu olamning eshigidan hayajon bilan mo‘ralayotgan, umid bilan qo‘liga qalam olgan havasmand bolalar juda ko‘p. Ular tahririyatga tez-tez xat yozib, she’riy mashqlarini yuborib turishadi. Ushbu sahifada O‘zbekiston xalq shoiri Oydin HojiyevaningTo‘rt tanhokitobida o‘z ustozi, she’riyatimiz…

To‘liq...

Intizom ildizlari

Finlandiya maktablari jahon ta’lim tizimi reytingida yetakchilik qiladi. Sayyoramizda eng ko‘p kitob mutolaa qiluvchilar ham fin bolalaridir. U yerda bir fan ziyoniga ikkinchi fan chuqurlashtirib o‘tilmas ekan. Masalan, tasviriy san’at yoki musiqa xuddi matematika singari kerakli va muhim fan hisoblanadi. O‘quvchilarning tarbiyasi va bilimi havas…

To‘liq...

Kashtalardan rang olgan orzu

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilovani tanimagan, bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. U sizga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani asosida ishlangan film qahramoni Kumushbibi obrazi orqali yaxshi tanish. Gulchehra Jamilovaning maftunkor chehrasi, turli kinofilm va teatr sahnasida ijro etgan bir-biridan ajoyib rollari, multfilm…

To‘liq...

Hayot guli o‘zingsan

Ayol qo‘lidagi gul yosh boladek qiqirlab turadi

 

Quyosh kun sayin ko‘k toqiga o‘rlay boshladimi, demak, bahor kelyapti...

Quruq novdali daraxtlarning g‘uvillak shivirlari eshitilyaptimi, demak, tabiat uyg‘onyapti...

Qoqio‘tlarning sehrli kulgulariga boychechag-u chuchmomalar javob qaytaryaptimi, demak...

YASHARISH, YANGILANISH, BEG‘UBORLIK…

To‘liq...

Bir dona chinnigul

8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni erta tongdan hovliga chiqib bahor nafasi kelib turgan toza havodan to‘yib-to‘yib sipqordim. So‘ng atrofni kuzatdim. Bahoriy gullarimning deyarli barchasi endigina quloq chiqarib yashnab turibdi, lekin hali g‘uncha ochmagan. Nonushtadan so‘ng bayram kayfiyati bilan yangi ochilgan gul ko‘chatlaridan olib kelish…

To‘liq...

Uyquchi – ikkichi

Orangizda uyquni yaxshi ko‘radigan, darsga kechikib, ustozidan dakki eshitadigan, nonushtasiz, darsliklarini chala-chulpa papkaga joylab, ust-boshiga ham qaramasdan maktabga keladigan o‘quvchilar uchrab turadi.

Xo‘sh, erta turish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz? Buning yo‘li oson. Birgina oddiy misol yordamida buni tasniflashga harakat…

To‘liq...

Kutubxonamiz boyidi

Har yili maktabimiz tomorqasiga pomidor, bodring, handalak va oshqovoq ekiladi. Uni, asosan, maktab o‘quvchilari parvarish qiladi. Dehqonchilikdan tushgan mablag‘ maktabimiz ehtiyojlariga ishlatiladi. Bizning sinfimizga ham maktab issiqxonasidan joy ajratilgan. Ekinlardan mo‘l hosil olish uchun biologiya fani ustozimizdan kerakli maslahat olamiz.…

To‘liq...

She’riyat bayrami

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 270-maktabda g‘azal mulkining sultoni, buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “Abadiyat farzandi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘quvchilarining ota-onalari, mahalla faollari hamda bolalarning sevimli “Gulxan” jurnali ijodkorlari…

To‘liq...

Sehrli ovoz sohibi

Bolalikda hammamiz teleekran orqali namoyish etilayotgan g‘aroyib, quvnoq va qiziqarli multfilmlarni sevib tomosha qilamiz. Ular orqali yaxshi va yomonni, ezgulik va yovuzlikni, oq va qorani ajrata oladigan, farqlaydigan bo‘lamiz. Demak, hayotda yaxshi inson bo‘lib yetishishimizda multfilmlar alohida ahamiyatga ega ekan.

Keyingi paytlarda xorijda…

To‘liq...

G‘alabaga ilk qadam

G‘alabaga shunchaki erishilmaydi. Unga yetishishda mashaqqatli mehnat, yuksak ishtiyoq va eng muhimi, qulay sharoitning o‘rni beqiyos. Mana shu pog‘onalarda qiyinchiliklarga dosh berib, vaqtini besamar o‘tkazmagan sportchigina “chempion” degan unvonga erishadi. Millati, oilasi faxriga aylanadi. Aka-uka Bobur va Jahongir Mo‘minqulovlar ana shunday…

To‘liq...

Chempionlik sururi

Futbolga ozgina bo‘lsa-da mehri tug‘ilgan o‘smir borki, shu yilning 9-27-yanvar kunlari Xitoy yashil maydonlarida o‘tkazilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini katta hayajon bilan tomosha qildi. Quvnadi, hayajonga tushdi, kerak bo‘lsa, futbolchilarimizga qo‘shilib ming to‘siqlardan birga o‘tdi. Bir so‘z bilan…

To‘liq...

Andijonlik g‘oliblar

Andijon dovrug‘ini dunyoga taratish andijonliklarga bobomeros. Istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Olimpiada chempioni bo‘lib o‘zbekning mushti qudratini jahonga ko‘rsatib qo‘ygan bokschi Muhammadqodir Abdullayev ham Andijon o‘g‘loni. Bugun, O‘zbekiston boksi, deganda dunyo ahli qulog‘i ostida “Andijon boks maktabi”, degan sado yangraydi.

Aka-uka…

To‘liq...

Moziyga sayohat

Bugun juda xursandman. Chunki ertaga ustozimiz boshchiligida sinfdoshlarimiz bilan afsonaviy, qadimiy Samarqand shahriga sayohatga boramiz. Qachon tong otar ekan, deb dam-badam soatga qarayman. Koshki, ko‘zga uyqu kelsa. Toshkentdan tashqariga chiqmaganim uchun yuragim hayajondan toshadi. Nihoyat tong otdi. Hammamiz maktab hovlisida kutib turgan…

To‘liq...

Vitaminjon – sog‘liqqa kon

Bir kuni A vitamini yo‘lga chiqibdi. Uzoq yo‘l yuribdi. Uni avval muzlatkichda yaxlatishibdi, keyin mayda bo‘laklarga ajratishibdi. Qozonda yog‘ga solib qovurishibdi. Yarimjon vitaminni likopchaga solib, ko‘katlar bilan bezatib, Olimjonning oldiga qo‘yishibdi. Ammo Olimjon A vitaminiga burilib ham qaramabdi. Chunki uni tanimas ekan-da. Aksincha,…

To‘liq...

“Bayoz” tuhfasi

Sahifada muqovasi aks etgan “O‘qish kitobi adiblari” to‘plami “Bayoz” nashriyotida chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilindi. Kitobni Qo‘qon davlat pedagogika institutining 4-kurs talabasi, Alisher Navoiy stipendiyasi sohibasi Zulfiya To‘ychiyeva nashrga tayyorlagan. Katta mehnat va izlanishlar natijasida yuzaga kelgan ushbu qo‘llanma…

To‘liq...

Dostonlardan kuch olgan yoshlik

O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon elimizning chinakam ijodkori, milliy adabiyotimizning zabardast vakili. Bugun o‘zining 75 yoshini nishonlayotgan ustoz mudom ijod quchog‘ida. Odamlarga, dunyoga aytar so‘zi, niyati ko‘p.

O‘ylaymizki, ijodkorning ushbu sahifamizdan joy olgan bolalik xotiralari biz uchun qiziqarli, ham ibratli.


 

 

“Gazetxo‘r”…

To‘liq...

Toshga bitilgan "Boburiynoma"

Jannatmakon Zahiriddin Muhammad hazratlari buyuk faoliyat kishisi bo‘lgan.

...Chindan ham haqiqiy hukmdorlik “viloyat olmoqlik” bilangina emas, balki “viloyat saqlamoqlik” bilan belgilanadi. Buyuk davlat arboblariga mos mazkur sifatlarga ega bo‘lganliklari vajhidan ham boburiy bobolarimiz qariyb 350 yil mobaynida hozirgi Hindiston, Pokiston,…

To‘liq...

Samarqand bo‘sag‘alarida

– Musofir yurtig‘a kelayotirmen, deb qayg‘urmang. Albatta, vatanni tark etmak oson ermas. Ammo beixtiyor ollig‘a safar tushgan kishi, tavakkal otig‘a minib, sabr-matonat kamari bila belini bog‘lab olmog‘i zarur. Katta boshingizni kichik qilib, har yerga sig‘ib ketaverasiz. Muqarrar maoshim yo‘q, deb qo‘rqmang, Samarqandda mendek do‘stlaringiz bor…

To‘liq...

Kitobxonlar safi ortdimi?

Qadrli muxlislar! Keyingi yillarda mamlakatimizda mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish uchun ko‘pgina xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv maskanlarida kitob bilan bog‘liq tanlovlar, tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bularning bari siz bolalarning, yoshlarning…

To‘liq...

Sirli sovg‘a

– Bolalar, qaranglar, Sohib o‘zining gavdasini o‘zi ko‘tarolmayapti! Vah-hah-ha!

Shodiyorning zaharli qahqahasi Sohibjonga juda og‘ir botdi. Turnikdan tusha solib, bu masxarabozning yoqasidan olmoqchi bo‘ldi. Lekin shu tobda boshqa bir bola ham shunday xoxolab kuldiki, Sohibjon qattiq mulzam bo‘lib qoldi. Chunki u – eng yaqin o‘rtog‘i Akrom edi.

Jismoniy…

To‘liq...

Diqqat, tanlov!

Kelajakda tarjimon bo‘lishni niyat qilgan, chet tillarini mukammal o‘rganishga astoydil bel bog‘lagan tirishqoq o‘quvchilar! “Gulxan” jurnali aynan siz uchun “Young translator” – “Yosh tarjimon” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlovda ishtirok etib qobiliyatingizni sinab ko‘ring.

Tanlov shartlari:

Tarjimalarni baholayotganda mazmunning ochib…

To‘liq...

Qishda ochilgan gulim

Men xonaki gullarni yaxshi ko‘raman. Chunki ular qahraton qishda ham chamandek ochilib, ifori bilan dilingga bahor quvonchini soladi. Biroq gulni yaxshi ko‘rganing bilan to‘g‘ri parvarish qilolmasang, ularni ko‘paytirish, gurkiratib o‘stirish mumkin emas ekan. Deraza tokchasida chamandek ochilib turgan yorongulim kutilmaganda so‘lib, gullarini…

To‘liq...

Sog‘ yurak – tog‘ yurak

Sportchi uchun eng yuksak marra – oltin medal. Bu sharafga yetgunga qadar qancha qor-qirovli, tosh-tikanli yo‘llarni bosib o‘tish kerak. G‘alaba ortidagi mashaqqatlarga dosh berolmaganlar – mag‘lub, shuning uchun ham sport iroda va chidam tantanasidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash, ruhiy yuksalish sifatini o‘zida jamlagan taekvondo sport turi koreyschada…

To‘liq...

Orzuimdagi robot

Ilhom kichkinaligidan mashina o‘ynashni, ularning rasmini chizishni yaxshi ko‘rardi. Kelajakda o‘zi ixtiro qilmoqchi bo‘lgan mashinalarni karton qog‘ozdan yasashga harakat qilardi. Keyinchalik daryo va dengizlarda suzadigan kema, o‘zi gapirib harakatlanadigan robotlar yasash ham uning orzusiga aylandi. Ilhomjon bu kashfiyotlarni amalga oshirishda…

To‘liq...

Mening ismim masxaraboz

Masxaraboz kim, bilasizmi? Sizni turli hajviya va latifalar aytib kuldiruvchi qiziqchilardan farqi nimada? Har yili yangi yil kunlari sirkka borishni juda yaxshi ko‘rasiz. Ana shu quvnoq va hayratlarga boy tomoshani masxarabozsiz tasavvur qilish mumkin emas.

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Tutli qishlog‘ida bir bolakay bo‘lgan ekan. Shu qadar…

To‘liq...

Navo sohibqironi

Bobom – o‘zbek musiqa san’atining birinchi akademigi Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Buvioysha ona jigargo‘shalariga alla aytar, laparlar xirgoyi qilar, ertaklar so‘zlab berardi:

Sizlar mening bog‘imsiz, suyanishga tog‘imsiz, alla,

Qorong‘i kechalarni yondirgan chirog‘imsiz, alla,

Uyqu ko‘zning quvvati, alla jonning…

To‘liq...

Aldov

Tohira opa ishga ketishga endi otlangan edi ham-ki telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab qoldi. Shoshib go‘shakni ko‘tarsa, to‘ng‘ich qizi Naimaning sinf rahbari Xolida opa ekan. Tohira opa “Tinchlikmikan”, degan xavotirda muallima bilan so‘rashdi:

– Hoziroq maktabga kelishingizni iltimos qilaman. Ikki kun avval sinfimning uch nafar o‘quvchi qizi sababli…

To‘liq...

Mehr berib, mehr ulashib...

Vasila Po‘latova nomi “Gulxan” muxlislariga yaxshi tanish. Chunki Vasila opa naq 40 yil shu jurnalda mehnat qildi. Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Safar Barnoyev, Omon Matjon kabi taniqli ijodkorlar maktabida tajriba orttirdi. U xatlar hisobchisi sifatida “Gulxan” tahririyatiga kelgan har bir xatni sinchiklab o‘qir, yaxshi…

To‘liq...

“G‘uncha”da bayram

Oy bolalar, toy bolalar, gazeta va jurnallarga boy bolalar! Eshitmadim, demanglar, bugun bolalar matbuotida ka-a-a-tta bayram. Nashrlarning kenjatoyi, kichiklarning erkatoyi “G‘uncha” jurnali tug‘ilgan kun. U..., aytsam ishonmaysiz, 60 yoshga kiribdi. To‘y boshida qamishdan bel bog‘lab Gulxanjon turibdi. Chunki G‘unchaoy uning eng yaxshi ko‘rgan…

To‘liq...

Umr yo‘li

Davlat va jamoat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga

 

Raim FARHODIY

 

(dostondan parcha)

 

...Bola edi aqli ziyrak,

Kitob oldi qo‘liga.

Atrofdagi o‘rtoqlarin

Yetakladi yo‘liga.

Urush yillari og‘ir,

U ham intildi jangga.

Garchi bola esa-da,

Qalqon bo‘ldi Vatanga.

Xalq och edi, oziq yo‘q,

Baxtiga suv bor edi.

Yegani o‘t-u…

To‘liq...

Yoshlik bolalikdan boshlanadi

Kirib kelgan yangi 2018-yil hududi keng, aholisi 32 milliondan oshib borayotgan mamlakatimizda har jihatdan oldingi yillarga o‘xshamasligi bilan keskin farq qiladi. Yil boshidanoq, bog‘cha yoshidagi bolajonlardan tortib, to keksa bobo-buvilargacha yangi bir kuch-g‘ayrat, yangi safarbarlik bilan oyoqqa turdilar. Mamlakatimizda kechayotgan ulkan…

To‘liq...

Ma’naviyat ko‘prigi

Ong va tafakkurimizni boyituvchi ne’mat bilim, ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan kitobdir. Kitobning buyukligini ustozim, yozuvchi To‘lqin Hayit “Biz bunday ulug‘ so‘zni jo‘ngina aytishimiz, kitob deganda so‘zlar bilan bezalgan bir shakldagi qog‘ozlar to‘plamini tushunishimiz tabiiy. Ammo bizning hayotimiz, undagi voqealar, hattoki bunyod qilingan…

To‘liq...

Topqirtoylar bobosi

Bolalar, siz jurnalimiz sahifasida beriladigan boshqotirmalarni, jumboqlarni qiziqib yechasiz-a? Har bir savolga javob topganingizda quvonib ketasiz. Chunki krossvord, skanvord chinakam aql qayrog‘i. U bilimingizni sinovdan o‘tkazib boradi. “Gulxan” jurnalida krossvordlar ilk bora bundan 50 yil muqaddam e’lon qilingan va o‘quvchilar tomonidan…

To‘liq...

Safimiz oshdi

Gulxanjon bilan biz ancha yillardan beri yaqinmiz. Bu jurnal dastlab akam Temurbek, so‘ng men uchun qadrdon bo‘ldi. Shu bilan birga oilamizda ota-onam uchun ham eng sevimli nashr hisoblanadi. “Gulxan”da men yozgan she’rlar va akam chizgan rasmlarni ko‘rib maktabdoshlarimiz rosa sevinishdi. Maktabimizda tashkil etilayotgan tadbirlar mazmunan…

To‘liq...

Do‘stligimiz davom etadi

Qarang, hash-pash deguncha 365 kun ham o‘tib ketibdi. Ostonada 2018-yil eshik qoqib turibdi. Hamma yerdagi kabi jurnalda ham ish qizg‘in. Gulxanjon yangi rejalari haqida bosh qotirmoqda. Yil davomida ijodkor, faol o‘quvchilardan kelgan xatlar sarhisobini qilmoqda. “Gulxan” sahifalarini mazmunan boy, qiziqarli bo‘lib chiqishida respublikamizning…

To‘liq...

“Gulxan” – ibrat olamiz sendan

Assalomu alaykum Gulxanjon. Avvalo, jurnalda she’rlarimni chop etganing uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Hikoya, ertak, rivoyatlaringni o‘qib saboq olaman, zavqlanaman. Ayniqsa, boshqotirmalaringni yechishni yaxshi ko‘raman. She’rlaringni o‘qib, yod olaman. Bular meni yaxshi she’r va hikoyalar yozishga undaydi. Kollejimizda kichik…

To‘liq...

Qomatingni tik tut, bolajon

Diyorbek 2-sinfda o‘qiydi. Oxirgi vaqtlarda darslarga bo‘lgan qiziqishi sustlashgani, qaddini tik tutishga qiynalayotgani, tez charchab qolayotganini payqagan onasi uni shifokor ko‘rigiga olib bordi. Barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tgan Diyorbekda shifokorlar umurtqa pog‘onasi qiyshayishi (skalioz) kasalligi alomatlari boshlanganini aniqlashdi. Tezlik…

To‘liq...

Aqliy “yurish”lar san’ati

Oq va qora kataklar dunyosida hech sayohat qilganmisiz? Atrofingizda fil, vazir, to‘ra, farzin otli sipohlaringiz bo‘lsa. Aqliy sayohatga chiqqan “piyoda” zehn kuchi bilan yakunda “vazir”ga aylanishi mumkin. Xuddi biz namunali o‘qishimiz bilan “a’lochilar taxtasi”dan o‘rin olganimiz kabi. Ha, adashmadingiz, gap shaxmat sport turi haqida bormoqda.…

To‘liq...

Chempionning chempion shogirdlari

12-maktab Buxoro shahridagi eng namunali maskanlardan biri. Yaqinda to‘liq ta’mirdan chiqqan maktabda 1007 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Jurnalimizga ham shu maktabdan tez-tez xatlar kelib turadi. Buxorolik o‘quvchilar bilan uchrashuvga borgan Gulxanjon safarini shu maktab faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

– Maqtanyapti demagin-u, maktabimiz,…

To‘liq...

Quvonchli onlar

Orzular dunyosi

 

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan bolalar ta’lim oladi. O‘quvchilar 4 mahal issiq ovqat, 250 o‘rinli yotoqxona bilan ta’minlangan. Maktab direktori O‘tkir aka Qurbonov meni faollar zaliga boshladi. Bu yerda bir guruh o‘quvchilarga…

To‘liq...

Ibrat maktabi

Adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan haqiqiy iste’dod egasi borki, o‘zidan mazmunli va ibratli izlar qoldirishga astoydil intiladi. Bu mashaqqatli yo‘lda tinim bilmay ijod qiladi, tun-u kun izlanadi. Adabiyotimizning ana shunday zahmatkash, fidoyi va jonbaxsh ijodkorlaridan biri shubhasiz, ustoz Ibrohim G‘ofurov bo‘ladilar.

Bugun Ibrohim aka – mashhur…

To‘liq...

“Gulxan” atrofida suhbatlar

Kuz oxirlab borayotgan kunlarda viloyatlardagi jurnalxonlar, o‘qituvchi-ustozlar bilan yuzma-yuz ko‘rishish, dildan suhbatlashish, jurnalning kelgusi yil rejalarini birgalikda tuzish maqsadida safarga otlandik. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilinib, “Matbuot kunlari” deb atalgan ushbu safar ishtirokchilari safida sevimli nashrlaringiz…

To‘liq...

Sog‘inchli kunlar

Teatr va kino san’atining yorqin namoyondasi, san’at arbobi, betakror iste’dod sohibi, ajoyib inson, talabchan ustoz O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov O‘zbek Milliy teatrida aktyor sifatida umrining oxiriga qadar samarali faoliyat ko‘rsatdi. “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Kuzning…

To‘liq...

Farovon yashash kafolati

Har yili jurnalning dekabr sonini tayyorlar ekanmiz, Yangi yil ostonasida turganimizni his etamiz. O‘zimizga yil boshida rejalashtirgan ishlarimizning barchasiga ulgurdikmi, jurnal eng avvalo, bolalarga, ularning ota-onalari, ustozlariga ma’qul bo‘ldimi, ular kelgusi yilda ham “Gulxan”ni yaxshi ko‘rib o‘qisharmikan, deb savol beramiz: Zero…

To‘liq...

“Zarb”da zarbdor javohir

Orangizda doira chalishga qiziqmaydigan, biror-bir cholg‘u asbobini havasga bo‘lsa ham chertib ko‘rmagan bola bo‘lmasa kerak-a?! Buxorolik tengdoshingiz Javohir ham 5-6 yoshidayoq qo‘liga taqsimchami, tog‘orachami, nima tushsa “baka-bum-bak” qilib, o‘zicha qandaydir sadolarni taratmoqchi bo‘lgan ekan. Uning havasi-yu qiziqishidan tashqari,…

To‘liq...

Akbarshohning maqsadi

Olti yoshidan san’atga qiziqa boshlagan Akbarshoh nafaqat qo‘shiq kuylashni, raqs tushishni ham sevadi. Avvaliga DVD disklar orqali turli raqslarni sekinlashtirgan holda kuzatib, o‘zicha shug‘ullana boshlagan. Bundan qanoat hosil qilmagach, tumandagi “Barkamol avlod” markazida Doniyor Mavlonov rahbarlik qilayotgan raqs to‘garagiga a’zo bo‘ldi. Ko‘p…

To‘liq...

Murabbiy daldasi

Har bir muvaffaqiyat ortida mashaqqatli mehnat yotadi. Ulkan marralarni zabt etishni istagan kishi harakat va mehnat pillapoyalaridan asta-sekinlik bilan chiqmog‘i zarur. Hafsalasizlik bilan amalga oshirilgan ishning samarasi esa kutilgan natijani bermaydi. Ushbu so‘zlar bugungi qahramonimizning kundalik shioriga aylanib ulgurgan. Shahzod Boysunov…

To‘liq...

Otasining uyalishini istamagan bola

Tanaffusga qo‘ng‘iroq chalindi. Barcha o‘quvchilar guv etib maktab oshxonasiga, ayrimlar esa hovliga qarab yugurishdi. Bir gala o‘g‘il bolalar esa maktab darvozasi ro‘parasida to‘planib olishdi.

– Sen mendan kichkinasan, demak men nima desam shuni qilishing kerak, – gerdaydi 10-sinf o‘quvchisi Mohir.

– Katta bo‘lsang nima qilay? Nega seni…

To‘liq...

Tarbiyaning kuchi

Bolalar, siz yozuvchi To‘lqin Muhiddinning jurnalimizda e’lon qilingan qiziqarli ertak va hikoyalarini o‘qigansiz. Yaqinda Cho‘lpon nashriyotida yozuvchining “O‘g‘il bola gap” nomli to‘plami chop etildi. Quyida ana shu kitobdan joy olgan hikoyalardan biri bilan tanishasiz.

Karima 5-sinfda o‘qiydi. U sinfdoshlari orasida semizligi bilan ajralib…

To‘liq...

Oqila qiz yondaftariga

Qadrli singiljonim! Endi siz kechagi arqon sakrab, qo‘g‘irchoq, “o‘rtaga tushar” o‘ynab yurgan, jajji qizaloq emassiz. Ilgari uyda barcha mas’uliyatni oyingiz o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, endi maktabdan qaytganingizda sizni bir talay yumushlar kutib turadi. Sezyapsizmi, bo‘yingiz cho‘zilib, ulg‘ayganingiz sari kayfiyatingiz tez-tez o‘zgaradigan,…

To‘liq...

Metroda ko‘rishguncha

O‘zbekistonliklar, yer osti qasri, deb faxrlanadigan Toshkent metrosi bunyod etilganiga bu yil 40 yil to‘ldi. Metro shahar transportining eng qulay tezyurar va ishonchli vositasi. Yo‘lida to‘xtatuvchi belgilar, svetaforlar yo‘q, hamisha yashil chiroq.

Uning to‘liq nomi metropoliten bo‘lib yunoncha metropolis – bosh shahar, markaz ma’nosini…

To‘liq...

“Gulxan” – doim men bilan

“Gulxan” – mening qadrdon do‘stim! Sevimli nashrimga har yili sinfimizda birinchilardan bo‘lib obuna bo‘laman. Jurnal sahifalarida yoritilayotgan tengdoshlarimning muvaffaqiyatlarini o‘qib xursand bo‘laman. Men ham shu bolalar safidan o‘rin olishni, ularga o‘xshab ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishni orzu qilaman. Shuning ushun ham tinmay o‘qib,…

To‘liq...

“Sehrli qalpoqcha” yaratuvchisi

Kim o‘ylapti, u katta bo‘lsa, kinorejissor bo‘ladi, o‘sib-ulg‘ayayotgan bolalarning ma’naviy kamolotiga o‘z hissasini qo‘shadi deb?.. Axir ularning oilasida umuman san’atga yaqin, unga oshno bo‘lganlar yo‘q edi-ku. Lekin u iste’dodli kinorejissor sifatida el og‘ziga tushdi. Bolalikdan o‘ta tirishqoq, uddaburon bo‘lgan Sarvar shifokor yoki…

To‘liq...

Navoiyning nabirasi

– Oyijon, maktabimizda til bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovda bizning “Zukko” jamoamiz g‘olib bo‘ldi, – xonaga quvonib kirib keldi Zamira.

– Zo‘r-ku, tabriklayman, qizim. O‘zi bayramga puxta tayyorlandingiz-da. Til haqida tanlagan maqol va hikmatlaringizning ko‘pchiligi men uchun ham yangilik bo‘ldi, – dedi oyisi qizini bag‘riga bosib.

–…

To‘liq...

Siyohga tushgan qumursqalar

Jamshid odobli, tirishqoq, izlanuvchan bola. Uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Har kuni “5” baho olib ularni xursand qilishni xohlaydi. Ishdan horib kelgan ota-onasiga a’lo baholarini faxr bilan ko‘rsatadi. Ular “Baholaringni ko‘rib charchog‘imizni ham esdan chiqardik, barakalla...” deganlarida ko‘ngli biram yayraydiki. Jamshid sinfida a’lochilar…

To‘liq...

Yangi ixtirolar

Mitti qurilma orqali antiqa robot yoki jajji avtomobilni boshqarayotgan, ko‘pqavatli uylar tomida bog‘ barpo etayotgan tengdoshlaringizni ko‘rganda ularga havasingiz kelishi tayin. Ayniqsa, bu texnikalarni bolalarning o‘zi yasagan bo‘lsa, qiziqishingiz yanayam ortadi.

Yaqinda yosh ixtirochilar o‘rtasida “Bolalarning texnik ijodkorligi” respublika…

To‘liq...

Yaxshidan qolgan bog‘lar

Bolalar, siz teleekran orqali yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan ko‘plab bino va inshootlar, jumladan, poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi, Milliy axborot agentligi va qator matbuot nashrlari tahririyatlari joylashgan hashamatli bino, uning yonidagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, o‘z bag‘riga to‘rt mingdan ziyod tomoshabinni…

To‘liq...

Biz sog‘ingan kunlar

Aziz muxlislar! Yangi o‘quv yilining ikkinchi choragidagi darslarni yaxshi o‘zlashtiryapsizmi? Mana ko‘z ochib yumguncha maktablarda kelgusi – 2018-yil uchun obuna ishlari boshlanib ketdi. Siz-chi, siz qaysi bolalar nashriga obuna bo‘layapsiz?

Biz – tahririyat xodimlari ham odatdagidek obuna mavsumida o‘quvchilarimizdan bir xabar olaylik, yangi…

To‘liq...

Ularga ishondik

Ko‘p qavatli uylar orasidan o‘tib ketayotgandim. Garajlar yonida maktab formasidagi 5-10 o‘quvchiga ko‘zim tushdi. Ularning turishlari bejo. O‘rtada, kichikroq bo‘yli bolani ikkitasi qo‘lidan ushlab olibdi. Bittasi unga qattiq-qattiq gapiryapti. Men to ularning yoniga yetib borgunimcha, uning yelkasiga musht tushirib qoldi.

– Hoy, bola, nega…

To‘liq...

Aziz kashfiyotchi

Shirin so‘zlariga mehr qorishiq,

Nigohlari oftob nurini emgan.

Hayot yo‘llariga shoirlar oshiq,

U faqat biz uchun dunyoga kelgan.

 

Titroq lablariga yo‘lovchi kulgu,

Zahmat yelkasiga mingashib olgan.

Yaxshilikdan to‘lib yashaydi mangu,

U ikkinchi ona nomini olgan.

 

Ko‘kdagi yettinchi farishta bo‘lib,

Kechikib kirsak-da, kechirgani rost.…

To‘liq...

Orzulari tongday oq

Maktabda xulqi va odobi bilan o‘rnak bo‘layotgan, tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muvaffaqiyatlarga erishayotgan tengdoshlaringizga hammamiz havas qilamiz. Ularning o‘rnida bo‘lib qolgimiz keladi. Dilbar Normahmatova ham ana shunday iqtidorli yoshlarimizdan biri. U poytaxtdagi Uchtepa tumani 283-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. 2016-yil…

To‘liq...

Odobingiz ko‘zgusi

Avtobusda borar ekanman, navbatdagi bekatdan chiqqan o‘quvchilar diqqatimni tortdi. Buyurtma asosida tiktirilgan bo‘lsa kerak, barchalarining egnida bir xil rangdagi o‘quvchilar formasi. O‘g‘il bolalar oq ko‘ylak, qora shimda, qizlar oq kofta ustidan nimchali yubka kiyishgan. Dastlab ularga havas bilan boqdim, keyin esa negadir kayfiyatim tushib…

To‘liq...

Katta umidlar ostonasida

Yurtimizda tirishqoq, intiluvchan, xalqimiz faxriga aylanib borayotgan tengdoshlaringiz juda ko‘p. O‘zbekistonlik karatechilar ham ayni paytda nafaqat Osiyo, balki jahon miqyosida ham eng kuchli jamoalardan hisoblanadi. Sportchilarimizning turli musobaqalardan olib kelayotgan ko‘plab medallari fikrimiz isbotidir.

Kuni kecha Toshkent shahar Den-To…

To‘liq...

Ustozga ehtirom

Shaxmatchilar oilasida tug‘ilgan Daler Vohidov Samarqand shahridagi 14-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. Dadasi Tohir aka shaxmat bo‘yicha grossmeyster. U kishi shogirdlari qatori farzandlariga ham shaxmat o‘yini usullarini o‘rgatib kelmoqda. Katta o‘g‘li Jahongir shaxmat bo‘yicha respublikada o‘z o‘rniga ega. Har safar akasi musobaqalardan g‘alaba…

To‘liq...

Tabiatga shogird tushing

(yosh rassomlar mashqlariga bir nigoh)

 

Gulxanjon o‘z muxlislaridan har kuni ko‘plab maktub oladi. Xatlar bilan birma-bir tanishar ekanmiz, beixtiyor ko‘nglimiz ravshan tortadi. Ayniqsa, mushtariylarimiz chizgan rasmlar... Rassomlikka qiziquvchilarning zukko va topqirligi, intiluvchanligidan sevinamiz. Ammo rasmlarning barchasi ham tasviriy…

To‘liq...

Abdulaziz – elda aziz

Karate bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni Abdulaziz Otaboyev o‘quvchilar bilan uchrashuvdan qaytayotgandi. Maktab darvozasidan o‘n-o‘n besh qadam uzoqlashganda, ortidan kimdir chaqirdi. O‘girilib qaradi. Ikkita bolakay u tomonga yugurib kelardi.

– Aka, men bilan Dilshod mashg‘ulotda edik. Uchrashuvga qatnasholmadik. Lekin sizga savolimiz bor edi,…

To‘liq...

Yosh ko‘ngillar gulshani

“Gulxan” jurnali menga qirq yillik qadrdon. Esimda, o‘tgan asrning 80-yillarida, ya’ni quyi sinflarda o‘qigan kezlarimda obuna mavsumiga tayyorgarlik ko‘rardik. Uzoq-yaqin qarindoshlarimizning kundalik daftarimizdagi “5” baholarimizni ko‘rib ilingan “mukofot”larini tiyinlab yig‘ib borardim. Ba’zan otam bog‘imizda yetilgan meva-chevamizdan bozorda…

To‘liq...

Robotlar olamida bir kun

XXI asr – olamshumul kashfiyotlar davri, deb atalmoqda. Chunki haydovchisiz o‘ziyurar avtomobillar, og‘zaki buyruqning o‘zidayoq yonib-o‘chuvchi maishiy texnika vositalari, masalan, “Ovozingni balandlat!” buyrug‘idan so‘ng baralla yangrab ketadigan televizorlar, “22 darajali haroratda ishla!” buyrug‘idan so‘ng ishga tushib ketadigan xona…

To‘liq...

Kuyla, Sanobar

Har yili “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni nishonlash arafasida yurtimiz teleradiokanallari orqali dillarga huzur bag‘ishlab yangraydigan, bayram madhiyasiga aylanib qolgan “Ustozlar” qo‘shig‘ini hammamiz yaxshi bilamiz. Uning so‘zlari barchamizga yod bo‘lib ketgan. Qo‘shiq qachon yaratilgan, she’rini qaysi shoir yozgan, kuyini kim…

To‘liq...

Momoning sirli sandig‘i

– Buvijon, buvijon, anavi ona qo‘yni qarang, – dedi shahardan mehmon bo‘lib kelgan besh yashar Olimjon hovlida o‘tlab yurgan sovliqqa qarab. – Qo‘ychasini ham yetaklab olgan! Bizni tishlab olmaydimi?

Nevarasining hayrat va ozgina qo‘rquv aralash pinjiga tiqilganini ko‘rgan Nortosh momo miyig‘ida kulib, Olimning sochlarini siladi.

– Qo‘rqma,…

To‘liq...

Tezkor davr talablari

Yurtimizda katta o‘zgarish va yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Har kuni bir muhim yangilik, har kuni yangi qaror va farmonlar e’lon qilinmoqda. Bularning hammasi ona diyorimizning gullab-yashnashi, siz bolalarning yorug‘ kelajagingiz yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlardir.

1-oktabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar bayramini katta tantana bilan…

To‘liq...

Do‘stlarim

Men yozgi ta’tilni judayam-judayam foydali o‘tkazdim. Negaki, ko‘p do‘stlar orttirdim. Qanday do‘stlar, deysizmi? Do‘stlarimning, ha, barcha do‘stlarimning nomi bitta – kitob. Yoz bo‘yi 50 dan ortiq kitob o‘qidim. “O‘n besh yoshli kapitan”, “Kichkina Shahzoda”, “Sariq devni minib”, “Qaldirg‘och”... bu kitoblardagi voqealar hali ham xayolimda…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.