Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Bolalikdagi yorqin xotira

Oʻshanda men besh-olti yoshlarda edim.

Bir kuni otam gʻishtga oʻxshash, qogʻozga oʻrogʻliq nimadir qoʻltiqlab keldi. Gʻalati, oʻyinchoq boʻlsa kerak, – deya ikki akam va men qotib turardik. Otam qoʻllarini yuvib kelib, asta qogʻozning iplarini yechdi. Bu rus adibi Nikolay Nosovning “Bilmasvoy va uning sarguzashtlari” nomli qalin, muqovasida ajoyib…

To‘liq...

AQSH maktablari

Eng muhim tayanch

Amerikada davlatning eng muhim tayanch nuqtasi taʼlim tizimi hisoblanadi.

AQSH taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim, oʻrta va oliy taʼlim bosqichlariga boʻlinadi va u federal, davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadi, moliyalashtiriladi. Amerika boʻyicha faoliyat yuritayotgan 120 ming maktabning 30 foizini xususiy…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 86-63-235-maktablarda 21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda maktab oʻquvchilari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar aytildi, oʻzbek tilining goʻzalligini oʻzida mujassam qilgan qoʻshiqlar yangradi. Oʻquvchilar…

To‘liq...

Xalqaro kitob bayramida

Gulxanjon Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan sahifalarni tayyorlab oʻtirgandi, qadrdon doʻsti, “Yosh kitobxon” respublika koʻrik-tanlovining sovrindori Dilnavoz Najimova qoʻngʻiroq qilib qoldi:

– Gulxanjon, tadbir boshlanay deyapti-yu, qayerda yuribsan?

Gulxanjon shunda bugun “Oʻzekspomarkaz”da ka-a-atta bayram – “Tashkent Book Fest –…

To‘liq...

Avtobusda yurishni bilasizmi?

Bilaman, koʻpchiligingiz maktabga avtobusda qatnaysiz. Ayrimlaringiz vaqtingizni tejash uchun avtobusning qatnash grafigi, intervalini yodlab ham olgansiz.

Lekin biror marta avtobusda, umuman, jamoat transportida yurishning ham qonun-qoidalari borligi, har bir yoʻlovchi unga amal qilishi kerakligi haqida oʻylab koʻrganmisiz? Balki sarlavhani oʻqib,…

To‘liq...

Matematik masalalar sheʼrda

Negmurod Guliyev Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 57-maktabda uzoq yillar matematika fanidan oʻquvchilarga saboq berdi. Badiiy ijod bilan ham muntazam shugʻullanib kelmoqda. U “Shuhrat medali sohibi, qator kitoblar muallifi. Quyida shoirning matematik masalalarni sheʼriy yoʻl bilan ifodalab yozgan ijodidan namunalar bermoqdamiz. Zehningizni…

To‘liq...

Kulgi boʻldim

Yoʻl boʻyida tovlanib

Oʻsar qamish qir osha.

Ogʻiz koʻzga aylanib

Boʻldim kulgi – tomosha.

 

Boʻgʻim-boʻgʻim tanalar

Chilvirdan uy quribdi.

Toʻsin uyin qoʻriqlab,

Oyoqqa chil uribdi.

 

Taʼqib qilgan qamishboy,

Yiqdi mohir “halol” deb.

Oʻh, gursillab yer oʻpdim,

Koʻz gavdaga malol keb.

 

Qamish polvon yutuqdan

Bir qoʻzgʻalib tek…

To‘liq...

Bugʻdoyzor

Poyonsiz qir-adirda

Tovlanadi bugʻdoyzor.

Uning shovullashida

Toʻkinlik qoʻshigʻi bor.

Bugʻdoyzor kezarkanman

Yuragimda bir nido:

Boshoqlar chayqalganday

Toʻlgʻonmasin bu dunyo!

 

Abdusamat YUSUPOV,

Toshkent viloyati Zangiota tumani,

faxriy muallim

To‘liq...

Shukrona

Shukronam shu, toʻkin yurtda tugʻilganman,

Tuprogʻi zar, oltin yurtda tugʻilganman.

Oydin tunlar oy charaqlab, boshim silab,

Quyosh tongni oʻpgan yurtda tugʻilganman.

 

Osmon yashnar togʻlarining viqoridan,

Inju sochar qoʻynidagi muz-qoridan.

Koʻnglim yayrar chamanlarning iforidan,

Binafshalar kulgan yurtda tugʻilganman.

 

Oʻz rizqini ona…

To‘liq...

Ona tilim

Qadim Turkistonning shuhrati, shoni,

Ajdodlardan meros nurli imkoni,

Qodiriy, Choʻlponlar asriy armoni,

Qalbimning toʻrida jo boʻlgan tilim,

Seni ardoqlagay toabad elim.

 

Navoiy faxr etib soʻzlagan tilim,

Boburlar yetolmay, boʻzlagan tilim,

Goho qismatingdan ezilar dilim,

Qalbimning toʻrida jo boʻlgan tilim,

Seni ardoqlagay toabad elim.

 …

To‘liq...

Qatʼiyatli Hamzaxon

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining dars xonalari zamonaviy jihozlangan. Nafaqat maktabdagi, balki sogʻligi tufayli uyda yakka tartibda taʼlim oluvchi bolajonlar ham doimo ustozlar eʼtiborida.

Ana shunday…

To‘liq...

Bolalikdan uzoq bolakay

Tarixda buyuklar koʻp boʻlgan. Ularning hayot yoʻli, amalga oshirgan olamshumul ishlari yillar oʻtsa-da oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Sababi, ularning barchasi odamlar turmush tarzini yengillatish, baxtli hayot sari odimlash, umuman olganda, dunyoni oʻzgartirish uchun butun umrini oʻz sevgan mashgʻulotlariga sarf etgan.

Tomas EDISON – tunu kun…

To‘liq...

“Raqqos yaproqlar”

Yaqinda tahririyatga koʻzlari quvonchdan porlagan chinozlik yosh ijodkor qizimiz Naima Anvarova kirib keldi. Qoʻlidagi yangi chop etilgan birinchi kitobini koʻrsatib,

– Suyunchi bering, ustoz, kitobim chiqdi, – dedi. Juda xursand boʻlib ketdim. Kitobchani qoʻlimga olib Naimani tabrikladim. Xuddi oʻzimning kitobim chiqqandek sevindim. Kitob…

To‘liq...

“Orom” maktabining onasi

Muallim – oʻquvchining qoʻlidan tutib yozishni, chizishni oʻrgatgan, tetapoya qilishimizga koʻmak bergan, butun borligʻini bolalar uchun sarflagan jasorat egasidir. Ana shunday sharafli nomga munosib ustozlardan biri, oʻzining ilm-maʼrifat va sanʼat borasidagi alohida tadbirlari bilan xalqimizning mehrini qozongan Gulnora Qoʻchqorovadir.

U…

To‘liq...

Baralla yangrasin oʻzbek kalomi

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga 30 yil toʻldi. Mazkur sana munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida bu kunni mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi Prezidentimiz Qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra yurtimizning barcha viloyat, tuman, shahar va qishloqlarida, taʼlim muassasalarida,…

To‘liq...

Ibrohim Gʻafurov

Noyob isteʼdodi va samarali ijodi bilan jamiyatimizning maʼnaviy va ijtimoiy ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan atoqli maʼrifatparvar adib, yirik olim, faol jamoat arbobi Ibrohim Gʻafurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan.

1956–1961-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) ning filologiya…

To‘liq...

Ilk qadamda – ikkinchi

yoxud chim ustida xokkey oʻynashni bilasizmi?

 

Biz odatda mashhur sportchilar-u ularning hayratomuz yutuqlari haqida toʻlqinlanib gapirishni xush koʻramiz. Tilga oladigan sport turlarimiz ham chegaralangan: oʻzimiz bilgan oʻsha boks, kurash, futbol va shaxmat. Ammo bugungi kunda dunyoda shunday sport maydonlari paydo boʻlmoqdaki, bu…

To‘liq...

Birinchi qoʻngʻiroq zavqi

Respublikamizdagi barcha maktablarda boʻlgani kabi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 236-maktabda ham “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida Mustaqilligimizning 28 yilligi hamda “Bilimlar kuni” tantanali nishonlandi. Bayramni maktab direktori M. Yaminova ochib berdi. Bayramga tashrif buyurgan faxriy ustozlar, mahalla faollari…

To‘liq...

Fazilat kutubxonasi ish boshladi

Xabaringiz bor, Boʻka tumanidagi 27-maktab oʻquvchisi Fazilat Yoqubovaning “Besh tashabbus” sheʼri Prezidentimizga manzur boʻlgan edi. Oʻshanda Davlatimiz rahbari kitobsevar bu qizchaga oʻz uyida kutubxona ochib berishni aytgandilar. Mustaqillik bayrami arafasida Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasining “Shodlik” koʻchasi haqiqiy shodlikka toʻldi. Fazilat…

To‘liq...

Xushxabar

Belarus poytaxti Minsk shahrida 8,10 va 12 yoshli bolalar oʻrtasida shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Bellashuvda Samarqand shahridagi 42-maktabning 4-sinf oʻquvchisi Afruza Hamdamova blits yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Afruzaning hamshahri 8 yoshli Ruqiya Olimova esa rapid…

To‘liq...

Sentabr quvonchlari

Samarqand davlat universiteti qoshida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi.

2019–2020 oʻquv yilida maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar, kimyo-biologiya yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilindi.

 

* * *

Yangi oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Prezident maktabi…

To‘liq...

Besh bosqichli taʼlim

Qadrli muxlislar! Jurnalimizning “Dunyo maktablari” ruknida berib borilayotgan maqolalar orqali siz Yaponiya, Niderlandiya va Germaniya davlatlaridagi maktablar va ularning taʼlim tizimi, tartibi haqida maʼlumot olgan edingiz. Bugun esa Janubiy Koreya maktablari faoliyati bilan tanishasiz.

Koreys moʻjizasinig omillaridan biri mehnatsevar aholisi…

To‘liq...

Mening ikki onam bor

Bizning jiydazor bogʻimiz bor. Dadamning aytishlaricha, bu yerlar bir vaqtlar xilvat joy boʻlib odamlar hatto oʻtishga hadiksirar ekan. Bu tashlandiq yerni bobomning bobosi oʻzlashtirishga jazm qilibdi. U kishi jiyda gulini juda yaxshi koʻrgan ekan. Shu sabab ham bu yerga jiyda nihollarini ekibdi. Har yili jiyda gullaganda bogʻni aylanar ekanmiz…

To‘liq...

Kim aybdor?

Oʻquvchilardan birining onasi maktab rahbarining xonasiga kirib shikoyat qilibdi:

– Fizika oʻqituvchisi oʻgʻlimga “2” baho qoʻyibdi. Oʻzi yaxshi dars oʻtmaydi-da, yana “2” qoʻyadi. Mening oʻgʻlim bitiruvchi, oʻqituvchiga ayting, “2”sini tuzatib qoʻysin.

Fizika oʻqituvchisini yaxshi bilgan, uning tajribasiga ishongan rahbar haligi onaga qarab…

To‘liq...

Ziyo ulashgan festival

Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan Respublikamiz boʻylab “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi. Shu munosabat bilan 19-21-sentabr…

To‘liq...

Mukofot muborak, ustozlar

Mustaqilligimizning 28 yillik tantanalari arafasida bolalarning suyukli ijodkori, Gulxanjonning erka bobosi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning adabiyotimiz oldidagi mashaqqatli va samarali mehnatlari inobatga olinib Hukumatimiz tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, chinakam bolajon adiba, ham oʻzbek tilida, ham…

To‘liq...

Turfa fikrlar bahsi

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida adabiyotga, sheʼriyatga, tasviriy sanʼatga mehr uygʻotish orqali maʼnaviy dunyosini milliy va umuminsoniy gʻoyalar bilan boyitish, shuningdek bebaho neʼmat – Mustaqilligimiz qadrini yanada yuksaltirish bugun oʻzini shu…

To‘liq...

Har bir inson noyobdir

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, adabiyotshunos olim, taniqli tarjimon Ibrohim Gʻofurovning bolalik xotiralarini tinglar ekansiz, teran mushohadali soʻz zargarini kamolga yetkazgan azim Toshkentning koʻhna manzaralari koʻz oldingizda jonlanadi. Yupungina kiyingan kichkina Ibrohim bilan qadimiy Shoshning tor koʻchalari, gavjum bozor va…

To‘liq...

Kurtak yozayotgan ilhomlar

Mustaqillikning 28 yillik bayrami arafasida tahririyatimizga yosh ijodkor opa-singillar – Fotima va Zuhra Inogʻomovalarning dadasi qoʻngʻiroq qilib “Ustoz, qizlarimni tabriklasangiz boʻladi. Ular imtihonlardan oʻtib Toshkent shahrida ochilgan Abdulla Qodiriy ijod maktabiga qabul qilinishdi”, – dedi sevinib. Xushxabarni eshitib barchamiz xursand…

To‘liq...

“Kichik ustoz”dan katta ustozlikka yoʻl

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor, atoqli olim, “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti sohibi Boyboʻta DOʻSTQORAYEV yurtimizdagi koʻplab jurnalist va olimlarning qadrli ustozi va murabbiyidir. Oʻzbekiston jurnalistikasining dargʻalaridan biri boʻlgan ustozning ilmiy mavzudagi qator maqola va kitoblarini mutolaa qilsangiz,…

To‘liq...

Tabarruk yosh muborak

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, II darajali “Soglom avlod uchun” ordeni sohibasi, taniqli adiba Yayra Saʼdullayeva shu kunlarda tabarruk 85 yoshlarini nishonlayaptilar. Oʻgʻil-qizlar, nabira va abiralar davrasida, ularning ardogʻida qutlugʻ yoshni qarshilayotgan Ustozga har qancha havas qilsak arziydi.

Chunki Yayra opa butun…

To‘liq...

Fursatni gʻanimat bilganlar

Aziz oʻquvchilar, yozgi taʼtilning uzun kunlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Kim taʼtilni qanday oʻtkazdi? Ushbu sahifa orqali dam olish kunlarining qadriga yetgan va yetmagan bolalar haqida hikoya qilmoqchimiz.

Maʼlumki, vaqt inson hayotida eng qimmatli neʼmat sanaladi. Koʻpni koʻrgan keksalarimiz purmaʼno rivoyatlar, hikmatli soʻzlarida vaqtning…

To‘liq...

Usmon Azim

Usmon Azim 1950-yil 13-avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Gaza qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.

Oʻzbekiston radiosi adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976–1988), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida…

To‘liq...

Biz chempion bolalar

Zabt etarmiz marralar,

Chempion ming karralar,

Ovozamiz taralar,

Biz chempion bolalar.

 

Mashqlarda toblanamiz,

Sinovga chogʻlanamiz,

Quvnaymiz, shodlanamiz

Biz chempion bolalar.

Murabbiylar oʻrgatar,

Yuksaklarni koʻzlatar,

Tilim biyron soʻzlatar

Biz chempion bolalar.

 

Xalqimiz faxrlanar,

Dilimiz muhrlanar,

Ertakdek sehrlanar,

Biz…

To‘liq...

Mening jajji doʻstlarim

Kichikligimdan oʻzim yoqtirgan qahramonlarning qiyofasini yaratish, ichki dunyosi va sarguzashtlarini aks ettirishni orzu qilardim. Badiiy adabiyotga qiziqishim ertaklardagi turli qahramonlarni yaqindan tanish imkonini berdi. Maktabimizda tashkil etilgan “Yosh qalamkashlar” toʻgaragiga qatnab, yozgan ertak va hikoyalarim bilan avval ilm…

To‘liq...

Doʻstimga aylangan asar

Kitob va asarlar insonga eng yaqin doʻst va maslahatgoʻy, deb eshitganman. Ammo bu gaplarga aslo ahamiyat bermasdim. Toʻgʻrirogʻi, ishonmasdim. Hozir tengdoshlarimga bir sirimni ochmoqchiman. Men juda erinchoq va dangasa edim. Ish qilgim kelmas, koʻp zerikardim. Ayniqsa, uyda bir oʻzim qolsam, xayolimni allaqanday qoʻrquv egallab olib, vahimaga…

To‘liq...

Yoz soz oʻtmogʻi uchun

Yoz – quvnoq oromgoh, totli muzqaymoq va zavqli favvoralar fasli. Uch oy taʼtilda miriqib dam olish, sayohatlarga chiqish, istalgan toʻgarakka qatnashish bir olam taassurotlar qoldiradi. Afsuski, serquyosh oʻlkamizning tarovatli, qaynoqqina yozi maroqli hordiq va qiziq oʻyinlar orasida salomatligingizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ayrim…

To‘liq...

“Maʼnolar xazinasi”dan

BEKOR TURGUNCHA BEKOR ISHLA

Xalqimiz asrlar davomida yaratgan son-sanoqsiz maqollar orasida mehnatsevarlik mavzuiga oidlari salmoqli oʻrin tutadi. Ularda xalq turli misollar, oʻxshatishlar vositasida mehnatni sevishga daʼvat etadi. Buning boisi shundaki, mehnat – inson hayotining maʼnaviy boyligi, moddiy manbai va salomatlik garovidir. Bunda: “Tek…

To‘liq...

Shamchiroq

Ilk bor onam bilan kutubxonaga bordim. Kutubxona peshtoqidagi “Kitob – mening doʻstimsan” degan yozuvni koʻrib, “Kitob insonga qanday doʻst boʻlishi mumkin, axir, u jonsiz-ku?!” degan savol tugʻildi. Oʻsha kuni birinchi marta qoʻlimga uch jildli “Oʻzbek xalq ertaklari” kitobini oldim.

Ertaklarga qiziqib ketganimdan, birinchi jildni bir haftadayoq…

To‘liq...

“Qaldirgʻoch”ning quvnoq bagʻrida

“Istirohat”lik bolalar boshlanadigan yangi oʻquv yilida eng faol, eng aʼlochi oʻquvchilar safida boʻlishlari aniq. Chunki ular oʻzlari oʻqiydigan Uchtepa tumanidagi 236-maktabda tashkil qilingan “Qaldirgʻoch” sogʻlomlashtirish oromgohida mazza qilib dam olishdi. Yaxshi dam esa mehnatga hamdam.

Bolalar oromgohda jismonan chiniqish bilan birga…

To‘liq...

“Gulxan”ga mehmon keldi

Oʻquvchilarning ayni taʼtil kunlarida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasining Almati shahridan bir guruh oʻquvchi yoshlar “Gulxan” bilan yaqindan tanishish maqsadida tahririyatimizga kelishdi. Ularga Qozogʻistondagi “Turkiy tildagi jurnallar jamgʻarmasi”ning xodimi, jurnalist Naziya Joʻyamergen qizi yoʻlboshchilik qildi. Oʻzbekistondagi bolalar…

To‘liq...

Taʼtil kunlarida

Yaqinda muzeyimizga oʻrta yoshlardagi bir ayol kirib keldi-da:

– Maktabda adabiyot oʻqituvchisi boʻlib ishlayman, taʼtilda Toshkentga kelgandim. Muzeyni bir koʻrib ketay, dedim. Iltimos, iloji boʻlsa, bir ekskursavod biriktirib bersangiz, koʻrganlarimni yaxshilab tushunib olardim, – dedi.

– Oʻquvchilaringizni ham olib kelganingizda ularga qiziqarli…

To‘liq...

Isteʼdodga beshik boʻlar Zominim

Shu yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida Zominning xushmanzara va bahavo goʻshasi boʻlmish “Oʻriklisoy” oromgohida anʼanaviy Yosh ijodkorlar respublika seminari oʻz ishini boshladi.

Toshkent shahridan Zomin sari koʻrkam avtobuslarda yoʻl olgan mamlakatimizning atoqli adiblari va yosh…

To‘liq...

Odam boʻlish mashaqqatlari

Yorqin tuygʻularga, ifodalarga boy, joʻshqin va jozibadorligi, goh shodon, goh mahzun ohanglarga yoʻgʻrilgan sheʼr va dostonlari bilan xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon AZIM yurtimizning eng goʻzal goʻshalaridan biri Boysun oʻgʻloni.

Shoirning xalq hayotini bunchalar teran anglashi boisini bilishni istasangiz,…

To‘liq...

Olimpiyaning “tug ilgan kuni”

Olimpiya nimaligini, unda qanday sport turlari boʻyicha bahs yuritilishini barchangiz yaxshi bilasiz. Shiddatli bahslariga boy bu sport bayrami haqidagi bir-biridan qiziq maʼlumotlarni ham istalgancha keltirish mumkin. Eng ahamiyatlisi esa dunyo miqyosida Xalqaro Olimpiya kunining taʼsis eʼtilganidir. Yaʼni 1894-yilning 23-iyun sanasida Xalqaro…

To‘liq...

Shoyim Boʻtayev

Shoyim Boʻtayev 1959-yil 20-iyunda Tojikiston Respublikasining Oʻratepa tumanidagi Maydoncha qishlogʻida tugʻildi.

Leninobod (hozirgi Xoʻjand) davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini “Guliston” jurnalida boshlagan adib, keyinchalik Respublika bolalar gazetasida boʻlim mudiri, “Choʻlpon” nashriyotida…

To‘liq...

Yoʻqolmas boylik

Bilim olish dunyodagi eng xosiyatli, eng tabarruk ishlardan biri. Chunki bilimli odam xor boʻlmaydi. Hayotda qoqilmaydi, har xil buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tura oladi.

Odam umr boʻyi toʻplagan mol-dunyosidan bir kunda, bir zumda ajralib qolishi mumkin. Lekin egallagan bilimini hech kim tortib ololmaydi.

Olgan bilimlarimiz bizning yoʻqolmas…

To‘liq...

Orzuning chegarasi

Bir necha yildan buyon “Gulxan” sahifalarida Hidoyat OLIMOVAning ertaklarini oʻqib bormoqdasiz. Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti adibaning “Bukri shahzoda” deb nomlangan kitobini chop etdi. Kitobga 80 dan ortiq ertaklar jamlangan. Quyida ushbu kitobdan joy olgan ertaklardan birini eʼtiboringizga havola etamiz.

 

Kunlarning birida yosh tuyaqush…

To‘liq...

Togʻ tulkisi

Togʻoldi va togʻlarda hayot kechiruvchi tulkilar asosan tunda, qish faslida esa kunduzi ham faol boʻladi. Ayyorlik, tezlik, epchillik ularga xos. Har qanday tovushni, hatto yer ostidagi mayda sutemizuvchilarning shitirlashini ham eshitadi.

Tulki oilasi qurib qolgan daryo oʻzanlarida, tepalik va chakalakzor chekkalaridagi boshqa jonivorlar qazib…

To‘liq...

Uy vazifasi berilmaydigan maktablar

Aziz bolalar! Niderland qirolligi maktablaridagi taʼlim tizimining oʻziga xos jihatlarini bilasizmi?! Gollandiyada yashovchi bolalarning nega dunyodagi eng baxtli bolalar deb atalishini-chi? Bilmasangiz, mazkur sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing. Barcha savollaringizga javobni esa koʻp yillardan buyon oilasi bilan Gollandiyada istiqomat…

To‘liq...

Qatimlari tillodan

Mehrimni qoʻshib tikdim

Madaniy merosimiz boʻlgan xalq amaliy sanʼati uzoq oʻtmishga, betakror anʼanalariga ega. Zardoʻzlik ham ana shunday qadimiy sanʼat turlaridan biri hisoblanadi. Buxoro XVI asrda zardoʻzlik markaziga aylangan. Sababi, barcha zarur xom ashyolar shu yerning oʻzida tayyorlangan. Tilla suvi yuritilgan iplar, zar tikiladigan…

To‘liq...

Hayotning saodatli lahzalari

Bundan bir necha yil avval “Gulxan” jurnalida yozuvchi Shoyim Boʻtayevning “Narvon” nomli jajji qissasi eʼlon qilindi. Ana shu qissa sabab jurnalxonlarimizdan qarama-qarshi fikrlar bildirilgan, bahs-munozaralarga sabab boʻluvchi koʻplab maktublar olgandik.

Shoyim Boʻtayev ana shunaqa – qanday asar yozmasin, xoh u kichik hikoya boʻlsin, xoh qissa…

To‘liq...

Obodlik koʻngildan boshlansa

Yurtimiz rahbarining Toshkent viloyati Boʻka tumaniga tashrifidan axborot vositalari orqali xabar topgach, koʻnglimizda tezroq borib shu obod manzillarni oʻz koʻzimiz bilan koʻrib kelish istagi tugʻildi. Har doimgidek boʻlim boshligʻi, jonkuyar jurnalist opamiz Muhabbat Hamidova bilan Boʻkaga qarab yoʻl oldik.

Shamoldek yelib ketayotgan yengil…

To‘liq...

Hamid Gʻulom

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Davlat mukofotlari laureati Hamid Gʻulom 1919-yil Toshkentda tugʻilgan.

Maktabni bitirgach, Oʻrta Osiyo industrial instituti (1935–1937) va Toshkent pedagogika institutida (1938–1941) oʻqidi.

1955–1956-yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot instituti qoshida tashkil…

To‘liq...

Unutishga haqqimiz yoʻq

Yaqinda oilamiz bilan birgalikda ona shahrim – Buxoroning koʻhna va betakror obidalari, soʻlim goʻshalarini tomosha qilgani bordik. Istiqlol tufayli qaddini ham, qadrini ham qayta tiklagan, kundan-kunga chiroy ochib, yasharib borayotgan Buxoroni sogʻinch va mehr bilan aylandik. Ulugʻ pirlar kindik qoni toʻkilgan, oʻtmishi va buguni birday aks etgan…

To‘liq...

Yosh kimyogarlar bellashuvi

Mana bir necha yildirki, yurtimizning oʻsmir yoshlari Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasida ishtirok etib, qator medallarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Aprelning soʻnggi kunlarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ham ular oʻz salohiyatlarini koʻrsatib, mamlakatimizga 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta…

To‘liq...

Xayr, maktabim

25-may kuni respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglaydi. Bu qoʻngʻiroq ovozi ayniqsa, maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan oʻquvchilar qalbiga oʻzgacha hayajon soladi. Soʻz bitiruvchilarga:

 

Mayli, jaranglayver soʻnggi qoʻngʻiroq

Orzuim – bank sohasida ishlash. Buning uchun matematika fanini…

To‘liq...

Ota meros izidan

Chor atrofni turfa axborotlar, intelllektual texnologiyalar qamrab olgan bir davrda kunning issigʻiga qaramay, qoʻliga bolgʻa olib, choʻgʻda temirni toblab turli buyumlar yasayotgan yosh hunarmandlarimiz mahorati bu galgi maqolamizga mavzu boʻldi.

Shamsiddin va Qamariddin Kamolovlar Buxoro shahridagi 35-maktabda tahsil olishadi. Yigit kishi sogʻlom…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 39-maktabda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “Bir farzandga uch kitob” nomli adabiy tadbir nihoyatda koʻtarinki ruhda oʻtdi. Kechani viloyat “Navroʻz” nashriyoti direktori Ilhom Halilov ochib, oʻquvchilarga kitobning, badiiy asarlarning inson hayotidagi oʻrni haqidagi juda…

To‘liq...

“Gulxan”ning masʼul rassomi

Mirvosil koʻrinishidan toʻladan kelgan, xotirjam, kamgap odamga oʻxshardi. Lekin tabiatan oʻzgacha edi. Suhbatlashsangiz, nimalarnidir tashvishida yurganini sezib qolardingiz. Tashvishki, oila, uy-roʻzgʻor tashvishi emas, gazeta-jurnallarda chop etilayotgan rasmlar, bezaklar va ramkalarning beoʻxshovligi haqida boʻlardi. U ham rassom, ham…

To‘liq...

Jasoratning tirik timsoli

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida II jahon urushi qatnashchisi Otaboy bobo Omonov ham bir guruh faxriylarimiz qatorida Gʻallaorol tumanidagi 45-maktab oʻquvchilarining aziz mehmoni boʻldi. Sobiq jangchi yoshlarga urush xotiralaridan soʻzlab berarkan ularni ona-Vatanni sevishga, qiyinchiliklarni mardona yengishga, jasur va qoʻrqmas boʻlishga…

To‘liq...

Bolalar koʻnglini topib aytilgan soʻz

“Quyun” qissasi ustoz gapiga kirmay shoʻxlik qilgan bolakayning quyun girdobida oʻzga sayyoraga kelib qolishi haqidagi qiziqarli syujet bilan boshlanadi. Oʻquvchi “oʻzga sayyorada bolakayni nimalar kutmoqda, u yoqda hayot qanday ekan?” kabi savollarga javob izlab qissani oʻqiy boshlaydi.

Sarguzasht – shunchaki koʻngil ochar oʻyin yoki tomosha emas,…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 326-maktabda “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlab “Inson – aziz, xotira – muqaddas” shiori ostida oʻtkazilgan adabiy kechaga maktabning faxriy oʻqituvchilari, mahalla faollari taklif qilindi. Maktab asoschisi Tinchivoy Poʻlatov bu taʼlim muassasasining tarixi haqida qiziqarli voqealarni soʻzlab berdi.…

To‘liq...

Sakura soyasidagi suhbat

Aziz bolalar! Bilamiz har biringiz chet mamlakatlardagi tengdoshlaringiz hayoti, u yerdagi taʼlim tizimi, maktab, oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar, ularning burch va vazifalari haqida bilishni istaysiz. Ana shularni inobatga olib, jurnalning ushbu sonidan boshlab “Dunyo maktablari” ruknini tashkil qildik.

Ilk suhbatni noyob isteʼdodlar vatani…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent viloyati Qibray tumani Chinobod qishlogʻidagi 27-maktabda “Bolaga kitob bering” nomli katta bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu bayram tashkilotchilari Sanobar Majidova rahbarligidagi 4-”A” sinf oʻquvchilari.

Maktab zaliga ota-onalar, oʻqituvchilar va barcha kitobsevar bolalar yigʻilishdi. Adabiy kechani maktab direktori Shahnoza Joʻrayeva…

To‘liq...

Aybdor telefonmi?

Jasur 12 yoshga toʻldi. Bobosi nabirasining muchal yoshini qutlab unga qoʻltelefoni sovgʻa qildi.

– Bir kecha-kunduz quvvatlantirdim, ijtimoiy tarmoqqa ham ulangan. Ikkalamizning telefon raqamlarimiz juda oʻxshash. Ichida senga yoqqan qoʻshiqlar, oʻyinlar ham bor, – jilmaydi bobosi. – Agar xohlasang, hoziroq oʻyin oʻynashing mumkin.

– Telefon…

To‘liq...

Tuproq koʻchalarda ulgʻaygan mehr

Taniqli oʻzbek shoirasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sharifa SALIMOVA 1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining xushmanzara Parkent tumanida tugʻilgan.

Sharifa opaning “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulogʻi”, “Tongga qasam”, “Vatan suvrati” kitoblari sheʼriyat muxlislari, adabiyot ixlosmandlarining sevimli asarlari…

To‘liq...

Mangu xotiralar

Shu kunlarda koʻpmillatli xalqimiz Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 74 yilligini nishonlamoqda. Besh yil davom etgan mashʼum urushda bir yarim milliondan ziyod Oʻzbekiston fuqarosi qatnashgan ekan. Ularning yarim milliondan ortigʻi halok boʻlgan. 133 ming nafarga yaqini bedarak yoʻqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan…

To‘liq...

Farhod Musajon

Bolalarning sevimli yozuvchisi Farhod Musajon 1933-yil 19-dekabrda Toshkent shahrining O‘qchi mahallasida ziyoli oilada tug‘ildi.

Bo‘lg‘usi adib maktabni tugallab, hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti sharq fakultetining eron-afg‘on bo‘limiga o‘qishga kirdi. Uni bitirgach, “Sharq yulduzi”, “G‘uncha” jurnallarida, “O‘zbekiston madaniyati”…

To‘liq...

Obuna davom etadi

Yurtimiz bo‘ylab kitob ulashish aksiyasi davom etayotgan bir pallada, dadam – Qarshi davlat universitetining “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov bilan u kishi o‘qigan Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 75-maktabga bordik. Dadam maktab o‘quvchilariga muvaffaqiyatga erishishda kitob, xususan badiiy adabiyotning o‘rni va…

To‘liq...

Teatr to‘garagida

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda “Kitob mening do‘stimsan” nomli teatrlashtirilgan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada ertak qahramonlari qiyofasida gavdalangan o‘quvchilar yaxshilik, ezgulikka undovchi badiiy asarlarni ko‘proq o‘qish kerak ekanligini sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi. Ayniqsa, maktabning “Boychechak”…

To‘liq...

Ochko‘zlik oqibati

Xabaringiz bor, 2019-yil O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili” deb e’lon qilingan. “O‘zbekiston” NMIUda chop etilgan “Kenja qiz va ayiq” nomli kitob bu yilda siz uchun chiroyli tuhfa bo‘ldi.

Barcha ertaklarda bo‘lgani kabi qozoq xalq ertaklarida ham go‘zal insoniy fazilatlar: halollik, to‘g‘rilik, kamtarlik, jasorat madh etiladi.

Ushbu to‘plamdagi…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Gulxanjon qadrdon do‘stlari, jurnalxonlar bilan tez-tez uchrashishni, dildan suhbatlashishni xush ko‘radi. Shu bois maktablarda o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif qilinsa, qo‘liga fotoapparatini olib, hamkasb aka-opalari bilan yo‘lga tushadi.

Aprel oyi ham ana shunday uchrashuvlarga boy bo‘ldi.

 

Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi…

To‘liq...

Hikoya qanday yoziladi?

Yaqinda tahririyatga Toshkent viloyati Zangiota tumanidan bir qiz kirib keldi. “Hikoya yozgandim, “Gulxan”da chiqarsa bo‘ladimi?” deb so‘radi. U sinfdagi bir voqeani qog‘ozga tushiribdi. Bu quruq bayondangina iborat, oddiy va jo‘n yozilgan qoralamani hikoya deb bo‘lmas edi. “Gulxan”ga obuna bo‘lganmisan?” deb so‘radim undan.

– Yo‘q, – dedi u hayron…

To‘liq...

Zaharli tutunlar ortida

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida tamaki mahsulotlarini chekish illati avj olayotgani haqida ko‘p eshitamiz.

Bu masala yuzasidan ota-onalar majlislari, sinf yig‘ilishlari tez-tez o‘tkazilishiga qaramay, hanuzgacha oramizda kelajagi va sog‘lig‘iga befarq tengdoshlarimiz uchrab turibdi.

Shifokorlarning aytishicha, sigaret chekkanda o‘pkaga tutun bilan…

To‘liq...

Intizomning do‘sti

Sport o‘z nomi bilan intizomli, irodali, shijoatlilar do‘sti. U chidamni charxlaydi, sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishimizni ta’minlaydi. Ammo ba’zan jarohatlar, kutilmagan zarbalar sog‘lig‘imizga aks ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Sharq yakkakurashlari orasida Penchak silat nomli sport turi borki, u bilan shug‘ullanuvchilar xavfli jarohatlar…

To‘liq...

Sehrli barmoqlar

Asilaning oyisi Dilfuza opa bolalar bog‘chasida musiqa o‘qituvchisi. U har bayramda kichkintoylarga qo‘shiq va raqslar o‘rgatadi. Asila oyisi har gal pianino chalganda barmoqlarining sehrli harakatlariga mahliyo bo‘lib, kuy tugaganini sezmay qolardi. Jajji qo‘lchalari bilan pianinoni ushlab oyisi kabi quvnoq musiqalar chalishni juda-juda istardi.…

To‘liq...

Aql – odamning oltin toji

Inson o‘z umrini mazmunli va ma’murchilik bilan o‘tkazishi uchun avvalo, o‘zini o‘rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo‘lishi darkor. Xalqimiz ko‘plab maqollarida aqlni va aql egalarini yuksak darajada madh etadi, ularning hayotdagi yutuqlarini ko‘rsatadi. Aqlsizlik, nodonlik, farosatsizlikni qoralaydi.

“Aqldan ortiq boylik…

To‘liq...

Haykal oddiy tosh emish

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda juda xunuk manzara aks etgan foto va video tasvirlar tarqaldi. Sho‘xligidan deymizmi yoki shuhratga o‘chlikmi, xullas, uch-to‘rt tengdoshingiz sarkarda bobomiz Amir Temur haykali ustiga chiqib suratga tushibdi. Yoqimsiz odat yuqumli bo‘ladi shekilli, ularga havas qilgan yana bir necha o‘smir Ikkinchi jahon urushi…

To‘liq...

Sharqning buyuk adibi

XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk romannavis adib, matonatli inson Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bu yil yozuvchi tavalludiga 125 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan adibning hayoti va ijodiga doir bir qancha kitoblarni yana qayta o‘qib-o‘rganib chiqdik. Buyuk ijodkorlarning ustoz mahoratiga…

To‘liq...

Xayrli ishning xayri

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan, har kim o‘zi o‘qigan maktabiga kitob sovg‘a qilish xayriya marafonida bizning maktabimiz faol qatnashmoqda. Aprel “Kitobxonlar oyligi”, deb e’lon qilindi. Bu ezgu harakat sharofati bilan kutubxonamiz turli kitoblar bilan boyibgina qolmay, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehri, qiziqishi ham sezilarli…

To‘liq...

Sirli sandiqdagi xotiralar

Sirli sandiq nomi bilan mashhur iqtidorli olim va pedagog, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy JUMANIYOZOV ishtirok etgan davraga kirsangiz, tadbirda qatnashsangiz ustozning notiqlik qobiliyatiga qoyil qolasiz. U kishi “Xalq dahosining ko‘zgusi”, “Eski o‘zbek yozuvi”, “Alifbo saboqlari”, “Xalq ijodi – haq ijod”, “Alifbo”, “Nutqiy mahorat”, “Turkiy…

To‘liq...

Alpomish yurtga qaytdi

yoxud Surxon elidagi katta bayram haqida

 

“Baxshilar nafaqat xalq o‘tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

 

Keng maydondagi supradek quloch…

To‘liq...

Imkoniyatlar eshigi

Yaqinda Prezidentimiz rahbar­ligida “Yosh­­lar bilan ishlashni samarli tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqtirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan masalalar…

To‘liq...

Halima Xudoyberdiyeva

O‘zbek adabiyoti, she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hassos shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetiga kirib o‘qidi. 1975–1977-yillarda Moskvadagi oliy adabiyot institutida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Yoshlar…

To‘liq...

Yaqinlaringizga guldasta tuting

Poytaxtimizning T. Shevchenko nomli ko‘chasidan o‘tayotib zamonaviy ko‘rinishdagi oynavand do‘konda noan’anaviy dastalangan gullarga ko‘zim tushdi. Guldastani go‘yo o‘zga sayyoradan kelgan sehrgar yasaganga o‘xshar edi. Yaqindan tikilib qaradim. “Rostdan ham tabiiy gullarmi yoki sun’iymi?” deb savol berdim o‘zimga. Bu savollar meni “Infinity” deb…

To‘liq...

Do‘stlik g‘olib

Odatda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Kimning sinfi kuchli?”, “Kim zo‘r?” deb tortishishadi. Afsuski bunday tortishuvlar ba’zan janjallashishgacha yetib boradi.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 193-maktab bolalari bu muammoni hal qilishning juda antiqa, juda zavqli yo‘lini topishibdi. Bu qanaqa usul ekan, deysizmi?

Mard maydonda sinaladi,…

To‘liq...

Madinaning marralari

Agar o‘quvchilardan qaysi fanga ko‘proq qiziqasan, deb so‘ralsa aksariyat o‘g‘il bolalar jismoniy tarbiya yoki matematika, qizlar esa adabiyot fani, deydi. Tengdoshingiz Madina biologiya fanini yaxshi ko‘rar ekan. Tuproqda unayotgan har bir giyoh, niholning mo‘jizasi va turfa xilligiga bo‘lgan qiziqish uning izlanishlar olib borishiga turtki…

To‘liq...

O‘rtangan haqiqatlar

Taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, jamoat arbobi, akademik, ustoz Naim KARIMOV o‘zbek adabiyoti tarixi va kelajagi uchun beqiyos mehnat qilgan va qilayotgan olim. Uning “Usmon Nosir”, “Usmon Nosirning so‘nggi kunlari”, “Hamid Olimjon”, “Hamid Olimjonning…

To‘liq...

Prezident maktabida o‘qiyman

Yurtimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar, “Temurbeklar maktabi”, buyuk shoiralarimiz nomidagi Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyat olib bormoqdaki, u yerdagi iqtidorli, qobiliyatli, bilimga chanqoq o‘quvchi-yoshlar yuksak marralarni zabt…

To‘liq...

Yutuqlar kaliti

Jurnalimizda e’lon qilingan “Yosh tarjimon” tanlovi sovrindori Durdona Xudoyberganova Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi. G‘olibni taqdirlash uchun Bo‘kaga yo‘l oldik.

– 7-maktab tumanimizning eng chekkasida Tojikiston bilan chegaradosh O‘rtatepa qishlog‘ida joylashgan. Maktab kichkina, lekin yutuqlari katta. “Zamonaviy ta’lim…

To‘liq...

Vodiy nasimlari

“Yosh tarjimon” – “Young translator” tanlovimizning g‘oliblaridan biri Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dinora Qurbonaliyeva. G‘olibimizga tanlov sovrinini topshirishda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Orifjon aka Dehqonov menga hamroh bo‘ldi. Maktab darvozasi oldiga yetib kelishimiz bilan viloyat…

To‘liq...

Mukofot muborak, qizlar

“... Bu mukofotning eng katta ahamiyati shundaki, unga sazovor bo‘lgan har bir qizimizga yuzlab, minglab yoshlar havas qilib, ularga ergashadi. Yoshlar uchun ibrat timsoli – yetakchilik, liderlik timsoli paydo bo‘ladi. Eng muhimi, bunday ibrat o‘z qizlarimiz orasidan, o‘zimizning ma’naviy muhitdan yetishib chiqmoqda. Ularni ko‘rib, yoshlarimizda…

To‘liq...

Issiq nondek tuyg‘ular

Tilak natijasi yaxshi niyatda, deyishadi. Bundan bir necha yil muqaddam o‘quvchilarim orasida Parizoda tortinibgina she’r yozishga ishtiyoqi borligini bildirdi. Avvaliga mashqlariga nisbatan ancha qattiqqo‘llik qildim. Orada biroz arazlab ham oldi. Tanqidiy fikrlar faqat uning foydasi uchun xizmat qilishini tushungach, maslahatlarimga astoydil…

To‘liq...

Oltin medallilar

Siz O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya ijodini yaxshi bilasiz. Uning bir-biridan haroratli, dilbar she’rlarini sevib o‘qigansiz. Qalbingizda ezgulik, go‘zallikka muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otgan otashnafas she’rlar muallifi hayotda qanday inson bo‘lganligini bilishni har biringiz istaysiz, albatta. Unday bo‘lsa uzoq yillar “Saodat” jurnalida Zulfiya…

To‘liq...

Bahorim, xush kelibsan

Quchog‘ini gul-u chechaklarga to‘l­di­rib Navro‘zi olam kirib keldi. Tabiat qisqa fursatda o‘zining sokin, o‘ychan libosini o‘z­gar­tirib, turfa ranglarga burkandi.

Bahorning ilk kunlarida hovlimizdan ko‘­­chaga chiqqim kelmay qoladi. Chunki bahor kelishi bilan erta ochiladigan binafsha, chuchmoma, nargis kabi ko‘p yillik…

To‘liq...

O‘lmas Umarbekov

Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir.

Ana shunday…

To‘liq...

Vaqtimiz – baxtimiz

“Dangasalik kasallikmi?” maqolasini o‘qib

Do‘stlarim ichida Ilhombek kabi dangasalik kasaliga uchraganlari ham talaygina. Uy vazifalarini bizdan osongina ko‘chirib, yaxshi baho olishni istagan o‘quvchilar vaqtida dars qilmaslik dangasalik, o‘z-o‘zini aldash ekanligini bilisharmikin, deb o‘ylab qolaman. Men ham maktabga borgan kezlarimda dars…

To‘liq...

O‘zbekistondan Ispaniyaga

Ashixaro-karate turi bo‘yicha Xalqaro turnir g‘olibi Aziza Tursunova Toshkent shahrida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egallab, Ispaniyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. U Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 17-maktabning 9-sinfida a’lo baholarga o‘qiydi. Chempion…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Fevral oyi tahririyatimiz uchun uchrashuvlarga boy bo‘ldi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 12-maktab, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-maktab, Olmazor tumanidagi 326-maktab o‘quvchilari bilan “Kitob – ma’naviyat quyoshi”, “G‘azal mulkining sultoni”, “Kitob – ulug‘ qadriyat” mavzusida o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar inson hayotida…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.