Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Favqulodda holatlarda

Hayotda suv bilan bogʻliq koʻp tasodifiy hodisalar uchrab turadi. Bunga misol qilib yaqindagina Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida sodir boʻlgan voqealarni olishimiz mumkin. Sardoba suv omborining nurashi, soʻngra esa yorilishi natijasida erta tongda bir necha qishloqlarni suv yuvib ketdi. Qishloq aholisi egnidagi bitta koʻylagida arang qochib…

To‘liq...

Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentabrda qoʻshni Qirgʻiziston respublikasi Oʻsh viloyatining Qorasuv tumanida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1966-yil oʻrta maktabni tamomlagach, viloyat gazetasida ishladi.

1973-yil Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat…

To‘liq...

Majburiy obuna ham zarur ekan

Assalomu alaykum, hurmatli tahririyat xodimlari! Men Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 18-maktabda ingliz tilidan dars beraman. Farzandlarim va oʻquvchilarim bilan “Gulxan” va “Gʻuncha” jurnallarini muntazam oʻqib boramiz. Bu jurnallar bolalarning eng sevimli nashriga aylangan. Ular nafaqat farzandlarimning, balki mening, hattoki ota-onamning ham…

To‘liq...

Bir soatlik katta tanaffus

Turkiya boy tarixiy merosi bilan dunyoga mashhur davlat. Turk millati bilan tilimiz, urf-odatlarimiz juda yaqin. Aziz bolalar! Ushbu mamlakatda yashayotgan tengdoshlaringiz, ularning hayot tarzini bilish sizlar uchun juda qiziq boʻlsa kerak-a? Bu haqda Turkiyada istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Kamola ARSLONOVA hikoya qilib beradi.

 

Turkiyaning…

To‘liq...

Qulay fursatni kutib

Karantin kunlarida oʻquvchilardan biri telefon qilib qoldi.

– Hozir hammamiz uydamiz. Hamisha ishda boʻladigan dadam ham uyda qolganlaridan sevinib, ular bilan shaxmat, shashka oʻynashni xohladim. Shaxmat, shashka taxtachalarini olib yonlariga borgandim, keyinroq oʻynaymiz, dedilar. Rosa kutdim, lekin dadam yonlariga chaqirmadilar. “Dada, qachon…

To‘liq...

Toʻmaris nabirasi

Shahnoza juda chaqqon, serharakat qiz. Gʻayrati ichiga sigʻmaydi. Qizidagi bu fazilatni sezgan onasi uni 2015-yilda qilichbozlik majmuasiga olib bordi. Sportning bu turi Shahnozaga oʻzbek jang sanʼati, basketbol, voleybol oʻyinlarida shugʻullangan chogʻlarida his qilolmagan zavqni berdi. Shahnoza qilichbozlikni oʻzlashtirishga qatʼiy ahd qildi. Uni…

To‘liq...

Men koʻrgan urush

Men odamzod kushandasi boʻlgan nemis-fashist bosqinchilarining yer yuzidan tamoman supurib tashlanganiga 10 yil toʻlganda dunyoga kelgan ekanman. Esimni taniganimda esa insoniyatning 1418 kunini tahlikaga solgan, har daqiqada ajal oʻz qiyofasini koʻrsatib turgan bu mudhish tarix bizdan birmuncha yiroqlashgan, odamlar ancha xotirjam tortib, qayta…

To‘liq...

“Nabiramga maktublar” kitobidan

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli yozuvchi Erkin Malikov bolalar uchun sermahsul ijod qilib, oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan zabardast adib. Erkin aka bolalar olamini, ularning ruhiyatini juda yaxshi biladigan bolajon yozuvchi. Hozirda oʻnlab nabiralarning bobosi sifatida ham bolalar dunyosining…

To‘liq...

Umidlarni undirib

Bahorning oxirgi kunlari...

Bitiruvchilar yuragida hayajon. Axir qancha yillar bagʻrida ulgʻaytirgan jonajon maktabni tashlab ketish osonmi?!

Mana bugun oʻzim ham bitiruvchiman...

Koʻz oldimdan bolaligim bir-bir oʻtmoqda. Birinchi sheʼrim, birinchi hikoyam va birinchi ustozim. Hatto, mening jajji portfelim va unga havas bilan tikilgan dugonalarim…

To‘liq...

Toʻkilmagan koʻz yoshlar

Oʻn bir yil davomida uchta maktabda oʻqidim. Birinchisi bogʻcha-maktab edi. U yerda bogʻchadan keyin boshlangʻich, yaʼni 4-sinfgacha taʼlim berilardi. Boshlangʻich sinfni tugallash arafasida ota-onalar, ustozlarim va sinfdoshlarim bilan bitiruv kechasi tashkillashtirgan edik. Oʻshanda, bundan keyin sinfdoshlar har xil maktablarda oʻqishimiz,…

To‘liq...

Sogʻinaman seni, maktabim

Bolaligimda maktabga borishni juda yaxshi koʻrardim. Hattoki, koʻchadagi bolalar bilan yakshanba kuni, garchi, yoshimiz yetmasa ham maktabga borardik. “Ustoz-ustoz” oʻynardik. Mana shunga ham birpasda oʻn uch yil boʻlibdi. Qiziq, umr oʻtar, vaqt oʻtar deganlari shu boʻlsa kerak. Kechamiz oʻtib ketdi, endi qaytmaydi. Oʻtgan har daqiqa gʻanimat…

To‘liq...

Xotira va qadr-qimmat bogʻi

Ayni karantin kunlariga toʻgʻri kelgan Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi har yilgidan oʻzgacha kayfiyatda nishonlandi. Ushbu shonli sana munosabati bilan davlatimiz rahbari poytaxtimizning Olmazor tumanida barpo etilgan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi. Hammamizga maʼlumki, Oʻzbekiston xalqi…

To‘liq...

Sinovli kunlarda

Yurtimizda kechayotgan karantin kunlari katta-yu kichik uchun sinovli davr boʻldi. Kimdir bu kunlarni juda mazmunli va serunum oʻtkazmoqda. Kimdir oltindan qimmat vaqtini besamar sarflamoqda. “Gulxan” ijodkorlari esa siz aziz muxlislar qoʻliga qiziqarli va mazmunli jurnal tutish maqsadida tinimsiz izlanmoqdalar.

Yaqinda tahririyatimizga Surxondaryo…

To‘liq...

Muhammad Yusuf

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va…

To‘liq...

Suzishmi yoki choʻkish

Aziz oʻquvchilar, siz kundalik hayotingizda koʻp asabiylashasizmi? Baʼzan atrofingizdagi eng yaqin kishilaringizning gap-soʻzlari, yoningizda yurishlari ham yoqmay qoladimi? Shunday paytda oʻzingizni qoʻyarga joy topolmay, xonangizga kirib yolgʻiz qolgingiz yoki koʻchaga, keng dalalarga chiqib ketgingiz, oʻz-oʻzingiz bilan gaplashgingiz keladimi?…

To‘liq...

Aʼlochi qiz – yaxshi qiz...mi?

Sinfdoshim Dilbar bilan qoʻshniman. Maktabda ham, baʼzi qoʻshnilarimiz ham uni yaxshi, odobli qiz, deyishadi. Lekin men bu fikrga unchalik ham qoʻshilmayman. Tagʻin, oʻzi hamma qizlar shunaqa, bir-birini sirayam maqtamaydi, deb oʻylamang. Gap boshqa yoqda. Balki quyidagi voqelarni oʻqib, siz ham fikrimga qoʻshilarsiz.

Sinfda Dilbar oʻrta partada…

To‘liq...

Maktab – kamolot tayanchi

Bizning maktabda ajoyib anʼana yoʻlga qoʻyilgan. Sinflararo “Eng namunali sinf”, “Eng mazmunli insho” tanlovlari tashkil etilgan. Tanlovlar shartiga koʻra, har bir oʻquvchi koʻproq baho olishi, kitob mutolaa qilishi, oxirgi oʻqigan asari yuzasidan imlo xatosiz va mazmunli insho yozib berishi kerak. Shu bilan birga maktab tartiblariga rioya qilgan…

To‘liq...

Kitobxon bolalar – yurt kelajagi

Negadir oxirgi paytlarda ustozlarning koʻpgina oʻquvchi yoshlarning mutolaa qilmasligi, kitob oʻqishga qiziqmasligi haqidagi noroziliklarini tez-tez eshitadigan boʻldik. Albatta, buning sabablari ham bisyor. Xoʻsh, aziz bolajonlar, siz kitob mutolaasiga kinofilm koʻrganchalik yoki internet tarmoqlariga ketgan behuda soatlaringizdek vaqt sarflay…

To‘liq...

Bibishoh shotisi

Baland togʻlar bagʻrida Dehibolo qishlogʻi bor. Dehibolo forscha “dehi” – qishloq, “bolo” – yuqori, yaʼni yuqori qishloq maʼnosini bildiradi. Boysun tuman markazidan 50 km olisda joylashgan. Keksalarning aytishicha, qishloq taxminan 800 yil oldin paydo boʻlgan. Aholi asosan chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik, bedachilik bilan shugʻullangan.…

To‘liq...

Yaxshi taklif

– Dada, bugun qanday kunligini bilasizmi? – dedi Behzod toʻrqovoqdagi bedanaga don berayotgan dadasiga.

– Bilaman, oʻgʻlim. Bugun butun dunyoda qushlar kuni nishonlanadi. Men yana sen bilmagan bir narsani bilaman, – sirli jilmaydi dadasi.

– Nimani, – qiziqdi Behzod.

– 1-aprel qushlarning qishlovdan qaytish kuni, yana shu kuni dunyodagi barcha…

To‘liq...

Ukamning orzusi

Bahor... Shifoxona palatasining ochiq darchasidan oʻrik gulining hidi dimogʻimizga urildi. Ukam ikkalamiz derazadan tashqariga qaradik. Quyosh charaqlab turibdi. Oʻrik gullari ustida asalarilar gʻuv-gʻuv uchgan, daraxt atrofida esa bolalar quvlashmachoq oʻynashyapti.

– Qaniydi, menga ham doʻxtirlar yugurishga ruxsat bersa, – xoʻrsindi ukam. Uning…

To‘liq...

Tishingiz ogʻrimasin

Islombekning dadasi bozordan bir xalta bodom, xandon pista olib keldi.

– Bolalar sogʻligʻiga juda foydali, immunitetini koʻtarar ekan, shifokor aytdi, – dedi Farhod aka xaltani Aziza opaga tutqazayotib. – Tagʻin, mehmonga deb yashirib qoʻyma, bolalarga ber.

Islombek judayam suyinib ketdi. Axir u yongʻoq, xandon pista, gʻalvirak bodomni juda yaxshi…

To‘liq...

Oʻzlikni anglatgan olam

Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi professori, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati Oydin ABDULLAYEVAni koʻpchiligimiz bilamiz. U xalqaro tanlovlar gʻolibi, bir qator oʻquv qoʻllanmalar muallifi, boʻlajak kompozitorlarga taʼlim berayotgan tajribali murabbiy. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylangan birinchi…

To‘liq...

Birgamiz – kuchlimiz

Assalomu alaykum, “Gulxan”ning aziz muxlislari. Bir muddat tanaffusdan so‘ng siz bilan yana jurnal orqali uchrashib turibmiz. Butun dunyoga tarqalib,  minglab odam­larning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan koronavirus tufayli jurnalning 3-4-sonlari biroz kechikib qo‘lingizga tegdi. Lekin aslo xavotir olmang, biz ijodkorlar…

To‘liq...

Ozod Sharafiddinov

Adabiyotshunos olim, adabiy tanqidchi O. Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturada oʻqidi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955).

Ozod Sharafiddinovning ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari…

To‘liq...

Qoʻrqamiz, boʻsh kelmaymiz

Xabaringiz bor, bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlari aholisi Xitoyda tarqalgan koronavirus kasalligidan aziyat chekmoqda. Hududi tobora kengayib borayotgan bu kasallikning alomatlari nimalarda namoyon boʻladi? Undan qanday himoyalanish mumkin? Quyida shular haqida maʼlumot beramiz.

Shamollaganingizda tumov va balgʻam koʻchishi kuzatilsa, siz…

To‘liq...

Toza havo manbai

Insoniyat hayoti uchun eng muhim neʼmat atmosfera havosini muhofaza qilish, toza saqlash bugunning muhim muammolaridan biridir. Havoning ifloslanishi inson, oʻsimlik, hayvonot, umuman, jamiki tirik mavjudotlarga zararli taʼsir koʻrsatadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotiga koʻra, dunyoda har oʻn nafar kishidan toʻqqiztasi ifloslangan…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy nomli Axborot kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan “Zulfiya – sheʼriyatning soʻnmas yulduzi” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi.

Kechada mahalla faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi. Axborot kutubxona…

To‘liq...

Nafis sanʼat zahmati

– Buvim qoʻli gul kashtachi edilar. Birinchi bor qoʻlimga igna olib, qiyqim matolardan qoʻgʻirchogʻimga koʻylakcha tikkanman. Bu ishimni kuzatib turgan buvim: – buni oʻzing tikdingmi? Buncha chiroyli boʻlmasa, oʻzim oʻrgilay chevar nabiramdan, – deya peshonamdan oʻpib qoʻygan. Buvim zargarlikdan ham yaxshigina xabardor edilar. Bir kuni qarasam…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 26-maktabda “Gulxan” jurnalining 90 yilligiga bagʻishlangan “Maʼnaviyat beshigisan, “Gulxan” shiori ostida jurnal ijodkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari H. Joʻrayeva “Gulxan” jurnalining yoshlar qalbida vatanga muhabbat, qadriyatlarga hurmat, yuksak…

To‘liq...

Chempion qiz

Mashgʻulotdan charchab qaytayotgan Durdonani kimdir orqasidan ismini aytib chaqirdi. Oʻgirilib, roʻparasida oʻziga havas bilan qarab turgan 8-9 yoshli qizaloqni koʻrdi.

– Opa, siz chempionmisiz?

– Kim aytdi? – jilmaydi Durdona.

– Televizorda koʻrdim. Kikboksingchi, chempion, deyishdi. Menga ham chempionlikni oʻrgating, – astoydil yalindi qizaloq.

–…

To‘liq...

Mehr bogʻi

Bolaligimda har yili bahor faslida otam bogʻimizga koʻchat ekardi. Men esa ularga koʻmaklashardim.

Bir kuni ulardan soʻradim:

– Ota, nega bogʻimiz toʻla daraxtlar boʻla turib, yana ekayapsiz. Axir bular qachon hosilga kiradi-yu...

– Eh, bolam! Bu daraxtlarni otam, bobom, bobomning otasi ekkan. Ularning mevasini yeyish menga, mening bolalarimga…

To‘liq...

Javondagi javohirlar

Maktabimiz kutubxonasi oʻquvchilarimizning eng sevimli joyiga aylangan. Chunki undagi barcha adabiyotlar – ularning javondagi javohirlaridir.

Shayxontohur tumani Xalq taʼlimi boʻlimi darsliklar boʻyicha uslubchisi Ozoda Haydarovaning “Olgʻa, qizlarim” degan tashabbusi ostida oʻquvchilarimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish biz…

To‘liq...

Bobomga munosib boʻlaman

Jahongir Norboyev Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 18-maktabning 11-sinf oʻquvchisi. U boshlangʻich sinfda oʻqib yurgan kezlaridayoq matematika faniga qiziqar, oddiy misollardan tortib murakkab masala, mantiqiy amallar, kasr, mahraj, surat kabi atamalar mazmun-mohiyatini ustozlaridan chuqurroq oʻrganishga intilardi. Kasbi matematika oʻqituvchisi…

To‘liq...

Zulfiyaning lobar qizlari

“... Maʼlumki, yurtimizda xotin-qizlarning qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularning mehnatini munosib qadrlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan, har yili mamlakatimiz boʻyicha 28 nafar isteʼdodli qizlarimiz ulugʻ shoiramiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hozirgi vaqtda ushbu mukofotga sazovor boʻlganlar…

To‘liq...

Besh tashabbus – besh imkon

Sirdaryo tumanidagi 40-maktabda Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusning barcha yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etilgan. Bu toʻgaraklar sportchi, ijodkor, sanʼatsevar oʻquvchilarimizning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida katta imkoniyat yaratmoqda. Ular turli tanlov va bellashuvlarda tuman, viloyatlarda…

To‘liq...

Tanishing: gʻoliblar

Dono va zukko bolajonlar. Jurnalning 2019-yilning 1-sonida eʼlon qilingan “Yosh jurnalist” tanlovi gʻoliblarini sabrsizlik bilan kutayotgan edingiz-a?! Mana nihoyat, oʻsha hayajonli damlar ham yetib keldi. Tanlovga yil davomida ijodkor, izlanuvchan jurnalxonlarimiz 200 ga yaqin ijodiy ish yuborishdi. Tahririyat aʼzolari har bir maktubni diqqat…

To‘liq...

Kasbim – faxrim

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilariga anonim soʻrovnoma tarqatildi. Ular esa: “Kelajakda kim boʻlmoqchisiz”, “Kasbni puxta egallash uchun nimalarga eʼtibor berish lozim”, “Maktabda qaysi toʻgaraklarga qatnashasiz”, “Kasb tanlashda kitobning oʻrni” kabi savollarga mustaqil javob berishdi. Shu mavzuda insholar tanlovi ham oʻtkazildi.

Insholar orqali…

To‘liq...

Umr yoʻllarini yoritgan nur

Respublikamizning qaysi viloyati, tumaniga borib: “Gulxan” jurnalidan keldim, desak, suhbatdoshimiz beixtiyor jilmayib: “Opa, Hamidova opa ishlayaptilarmi?! Men falon yilda u kishidan xat olganman. Juda ajoyib jurnalist: Maqola, lavhani ham hikoyadek qiziqarli qilib yozadilar, deyishadi. Bu eʼtiroflar bejiz emas. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi…

To‘liq...

Navroʻz shodiyonasi

Yangilanish va uygʻonish faslining ilk kunlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktabda, Sharq Xalqlarining eng qadimiy bayrami Navroʻzga bagʻishlangan sayl boʻlib oʻtdi.

Erta tong, qadriyatimiz hashar bilan boshlandi. 200dan ziyod manzarali koʻchatlar ekildi.

Navroʻz sayli tantanalari karnay-surnay…

To‘liq...

Oʻlsam ayrilmasman quchoqlaringdan

Sehrli musiqaday jaranglovchi bu ajib soʻzlarni ilk bor bolaligimda – urush boshlangan yili eshitgandim. Yosh tomoshabinlar teatrining Eski Joʻvadagi almisoqdan qolgan torgina zali. Odam tirband. Sahnada past boʻyli, kulcha yuzli, istarasi issiq artist koʻzlari chaqnab, ovozini bir koʻtarib, bir pasaytirib hayajon bilan sheʼr oʻqimoqda.

 

Vatan…

To‘liq...

Bayramlarga boy fasl

Ko‘klamni sog‘ingan dillarga quyoshning iliq nurlarini ulashib, o‘lkamizga bahor fasli tashrif buyurdi. U har yili quchog‘ini gul-u chechaklarga to‘ldirib, qo‘shaloq-qo‘shaloq  bayramlarning qo‘lidan tutgancha  keladi.  Bu yil  ham har yilgidek, eng  avvalo, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunni nishonlash…

To‘liq...

Quddus Muhammadiy

XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.

Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan. Ilk asarlari “Sharq haqiqati”…

To‘liq...

Antiqa xabarlar

Kep qoling – “tovuqqand”

Mahallamizda “tovuqqand” firmasi ishga tushdi. Unda bolajonlar uchun bir-biridan mazali va oʻzgacha taʼmga ega “tovuqqand”lar ishlab chiqarila boshlandi. Turli mevalarning mazasini beruvchi, rangli boʻyoqlardan foydalanilgan holda “Aldagani bola yaxshi” shiori ostida ishlab chiqarilayotgan “tovuqqand”lar, maktab, bogʻchadan…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan yurtimizning deyarli barcha taʼlim dargohlarida shoh va shoir hayoti, ijodiga bagʻishlangan tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 235-maktabning maʼnaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Jamila Saydaliyeva tashkilotchiligida…

To‘liq...

Oʻttiz yillik koʻmakchim

1989-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tugatib, oʻzim oʻqigan maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ish boshladim. Pedagogik faoliyatim davomida “Gulxan” jurnali mening koʻmakchim boʻlib kelyapti. Shogirdlarim bilan jurnalning har bir yangi sonidagi maqola, sheʼr, hikoya, topishmoqlarni oʻqib boramiz.

Sinfdan tashqari oʻqish…

To‘liq...

Moviy halqa – vahshiy halqa

Hisob-kitoblarga qaraganda, sayyoramizda bir daqiqada yarim million dona sigaret chekilar ekan.

* * *

Agar bundan yuz yil avval, odamzodni “Tamaki va ayollar”, ellik yil muqaddam “Tamaki va yoshlar” mavzusi xavotirga solgan boʻlsa, bugungi kunda kashandalar davrasi yanada yoshardi. Endi ommani “Tamaki va bolalar” muammosi jiddiy…

To‘liq...

Adabiy kecha

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 270-maktabda alloma bobolarimiz – gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Buyuk siymolarga taʼzim” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Adabiy kechani maktab direktori Yoqutxon Fayziyeva ochib, ulugʻ ustodlarning dunyo tamadduniga va…

To‘liq...

“Yaxshilik deb yashaylik” tanlovi

Qadrli doʻstlar, “Gulxan” jurnali “Yaxshilik deb yashaylik nomli insholar, rasmlar va fotosuratlar tanlovini eʼlon qiladi! Martin Lyuter Kingning bir gapi bor: Hayotning har bir inson doimo oʻziga berishi kerak boʻlgan eng dolzarb savoli mavjud: Bugun atrofingizdagilar uchun qanday yaxshilik qildingiz? Hayotimiz xuddi ulkan taroziga oʻxshaydi.…

To‘liq...

Chustdan chiqqan champion

Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi, boks boʻyicha 5 karra Oʻzbekiston chempioni, Oʻzbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” guruhining sobiq aʼzosi, hozirda professional ringda faoliyat yuritayotgan Murodjon Ahmadaliyev Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan.

Murodjon bolalikdan bokschi boʻlishni orzu…

To‘liq...

Mustaqil kashfiyot

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Boburjon Ortiqov oʻrtoqlariga mustaqil oʻrganib ham kashfiyot qilish mumkinligini isbotladi.

Qanday qilib deysizmi? Bobur fizika, informatika darslariga juda qiziqadi. Atrofdagi fizik hodisalarni kuzatadi. Bilmaganlarini ustozi Shoista Dushaboyevadan soʻraydi. Televizorda…

To‘liq...

Sehrli ovoz sohibasi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, mahoratli suxandon, serqirra sanʼatkor Dildora RUSTAMOVAni barchamiz yaxshi taniymiz. U oʻzining xushsurati, yoqimli ovozi, goʻzal tabassumi, iliq muomalasi hamda kasbining ustasi sifatida xalqimiz nazariga tushgan, katta-yu kichikning qalbidan joy olgan ijodkor. Biz uni goh “Axborot” informatsion…

To‘liq...

Yangi dovonlar sari

Joriy yilning 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi eʼlon qilindi. Bu Murojaatnoma Yangi Oʻzbekistonni shakllantirishga qaratilgan boʻlib, xalqimizni ezgu tashabbuslar atrofida birlashtirish, barchaning vatanparvarlik kayfiyatini yuqori darajaga koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etadi.…

To‘liq...

“GULXAN” bilan 15 yil

Toʻqqiz yosh. U paytlari oʻzimcha sheʼr deb, bir nimalar qoralab yurar edim. Haqiqiy sheʼriyatni, chin adabiyotni esa menga “Gulxan” oʻrgatdi. Tahririyatga tez-tez xat yozib yuborardim va aksariyat hollarda ular jurnalda chop etilardi. Ilk maktublarim, ilk sheʼrlarim, ilk maqolalarim mana shu qadrdon jurnalning sahifalarida jurnalxon doʻstlarimga…

To‘liq...

Soʻnmas saboq

“Gulxan” jurnali, taʼbir joiz boʻlsa, adabiy maydondagi serotash gulxan kabi yillar davomida koʻplab yosh ijodkorlarni atrofida jipslashtirib, ularning qalbiga nur va iliqlik baxsh etib kelayotgan nashrlardan biri. Ishonamanki, 90 yil davomida oʻzbek adabiyotining ne-ne taniqli va atoqli namoyondalari undan shunday ragʻbat va madad olgan.…

To‘liq...

Iffatli boʻlish nima

Tahririyatdan:Gulxanning 1966-yil 9-sonidan boshlab qizlarga uy tutish, mehmon kutish, pazandalik, qanday kiyinish, odob va muomala kabilar haqida suhbatlar berib borilgan. Ilk suhbatga folklorshunos olima Muzayyana ALAVIYA taklif qilingan. Garchi oradan yarim asrdan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, onaxon ijodkorimizning aytgan oʻgitlarini bugungi…

To‘liq...

Lovvulayver, “GULXAN”im

Oʻzbekiston bolalari va oʻsmirlarining sevimli nashri bejiz “Gulxan” deya nomlanmagan: bu jurnal olovi qalbi qaynoq bolaligimizning sevimli hamrohi. Oʻylab koʻrsam, bu tahririyatda uzoq emas, uch yil ishlagan ekanman. Biroq mening ijodiy faoliyatimning poydevori shu nashrda yaraldi. Ijodkor oʻzini kashf qilishi uchun jamoada atrofdagilar xayrixoh…

To‘liq...

“GULXAN” – xalqning jurnali

60-yillar boʻlsa kerak, jurnalda “Baxtli bolalik” nomli foto-suratlar tanlovi eʼlon qilindi. Oʻsha vaqtlarda men oddiy qishloq bolasi surat olishga juda ishqiboz edim. Maktabda tashkil qilingan suratkashlik toʻgaragiga qatnardim. Dadam Toshkentga borib, “Smena” fotoapparatini olib kelganlar. Men bolalarni kuzatib yurib, oʻzimga yoqqan holatlarni…

To‘liq...

Orzuga chorlovchi mayoq

Ijodkor oʻz yoʻlini tanlashida kimdir, nimadir sabab boʻlar ekan. Bolalik paytlarimda rassom boʻlish orzusida “Gulxan” jurnaliga rasmlar yuborar edim. Oʻsha paytlarda “Gulxan” jurnalini oilamiz davrasida sevib mutolaa qilar edik. 1978-yil fevral sonida men chizgan 4 ta rasm afsonaviy musavvir Chingiz Axmarovning oq yoʻli bilan muqovaning uchinchi…

To‘liq...

“GULXAN” oʻqib olim boʻlganman

Asli kasbim oʻqituvchilik boʻlsa-da, jurnalistika – mening quvonchim, 50 yildan buyon yozaman va bundan faxrlanaman.

Oʻquvchilik yillarimdan buyon “Gulxan” mening eng sevimli jurnalim hisoblanadi. Esimda, 5-sinfda butun sinfimiz “Gulxan”ga toʻliq obuna boʻlganmiz. Bu qoida maktabni bitirgunimizcha davom etgan. U paytlar jurnal oq-qora rangda nashr…

To‘liq...

Tuganmas buloq

Mening bolaligim Surxondaryo vohasining togʻli Vahshivor qishlogʻida oʻtgan. Agar adashmasam, oʻshanda 5-6-sinflarda oʻqir edim. Bir kun otam xursand boʻlib kirib keldi. “Gulxan” jurnalida mening sheʼrlarim chiqibdi. Butun shahar-u qishloqlarga ovoza boʻlibdi. Kelgusida men zoʻr shoira boʻlarkanman. Bu gapni otamga qoʻshni qishloqdagi muallim…

To‘liq...

Hayot maktabi boʻldi

“Gulxan” jurnaliga ishga kelganimda Shuhrat domla bilan ilk marta koʻrishdim. Rahim Bekniyozning “Momiqjon” qissasi eʼlon qilinayotgandi. Masʼul kotib rahmatli Narimon Orifjonov:

– Shuhrat domlaga oʻqitib kel, – dedi. Shuhrat aka oʻshanda tahrir hayʼati aʼzosi edilar.

Eshik qoʻngʻirogʻini bosdim. Xiyol oʻtmay, eshik ochilib, nuroniy bir chehra…

To‘liq...

Oltin beshik

“Gulxan”ni barcha oʻzbek ijodkorlarining oltin beshigi desam, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Olis-yaqin shahar-qishloqlardagi havasmand oʻquvchilarning ilk mashqlari birinchi boʻlib shu jurnalda dunyo yuzini koʻrgan. Shu jumladan mening ham birinchi mashqim 1981-yilda chop etilgan, ostiga “Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi 32-maktabning 8-”A” sinf…

To‘liq...

Ijodiy faoliyatimning eng goʻzal va unutilmas davri

Men hamisha shu yuksak fikrni takror-takror aytamanki: Vatanim sharafi uchun xalqimning xizmatini qilganlardan biriman. Juda yuksak darajadagi vazifa va mansablarga sazovor boʻlganman. Bularning barchasini sanasam, bir necha varaqdan oshar. Biroq hayotimning va ijodiy faoliyatimning eng goʻzal va unutilmas davri bolalarimizning sevimli nashri –…

To‘liq...

Oilaviy hamroh

“Gulxan” jurnali bolaligimdan eng yaqin hamnafas nashrim boʻlgan. U bizning oilaviy doʻstimiz. Dunyoqarash, hayotni anglashda menga koʻmakchi boʻlgan jurnal ayni vaqtda farzandlarimga ham tom maʼnoda ustozlik qilmoqda.

Oʻsmirlik davrimdagi ilk hikoyalarim ham aynan “Gulxan”da bosilgan. “Gulxan” meni jamoatchilikka tanitish, soʻzimni aytishda…

To‘liq...

Iqtidorlar maktabi

Mamlakatimizda kamol topayotgan bolalarni bilimdon, an’analarga sadoqatli, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishida Respublika bolalar jurnali “Gulxan”ning alohida o‘rni bor. O‘quvchilarning milliy qadriyatlarimizni qadrlovchi,  alloma bobolarga munosib barkamol avlod bo‘lib  voyaga yetishida ham jurnalning hissasi katta.

Toʻqson yillik faoliyati…

To‘liq...

Bizning badiiy muharrir

Mirvosil aka hali oʻzi ham “Gulxan”ni sevib oʻqib yurgan kezlarida, yaʼni 17 yoshida jurnalga ishga kelgan.

Butun vujudi bilan ishga kirishgan yosh texnik muharrir ustozi, jurnal badiiy muharriri A. N. Siglinsevning etagidan mahkam tutdi. Oʻz ishining barcha nozik tomonlarini puxta oʻrgandi. Badiiy muharrirlik chogʻida ham ishni ana shu ruhda davom…

To‘liq...

Isteʼdod nurlari

Xizmatlaringni, dil-u joningni aziz bolajonlarga baxsh etishdan ortiq ne mukofot bor?!

“Gulxan” jurnalxonlarni oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashni oʻzining muqaddas burchi deb bildi. Shu maqsadda tashkil etilgan “Buyuk bobolarimiz” ruknida Shayx Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Hoji Ahrori Valiy, Pahlavon…

To‘liq...

Bolalikka qaytish

“Gulxan” jurnalida ishlagan kezlarim hayotimning eng yorqin va begʻubor yillari boʻlgan. Gʻayratli, koʻngli toza xodimlarning har biri “Gulxan”ning obroʻsi, mavqei uchun kurashardi. 1986-yilning 5-sonidan boshlab “Gulxan” oq qogʻozda, rangli chiqa boshladi. Nusxasi 500 mingdan oshdi. Baʼzi kunlar xatlar boʻlimining hisobchilari qopga solib, mingdan…

To‘liq...

Minnatdorman

Har bir kishi bosib oʻtgan yoʻlini, quvonchini, shodliklarini oʻylaganda nimani topganini, nimani yoʻqotganini, nimaga erishganligini, nimaga erishmaganini oʻylaydi, albatta! “Gulxan” jurnalidagi salkam 7 yillik faoliyatim mobaynida, ishchan, qobiliyatli, mehnatsevar xodimlar bilan ishladim. Jamoaning Temurjon, Tojivoy, Mirvosil, Mamasoli,…

To‘liq...

Qalbim toʻrida

Respublika bolalarining sevimli jurnali “Gulxan”ning asl maqsadi – Oʻzbekiston bolalarining hayoti, qiziqishlari, orzu-istaklari, adabiyot va sanʼatga, bilim olishga qiziqishini oshirishdan iborat boʻlgan. Hozir ham shunday.

Respublikamizda bu jurnalni oʻqimay katta boʻlgan birorta bolani topish amri mahol. Men ham oʻz umrimning 36 kuni kam besh…

To‘liq...

Tashakkur

Men “Gulxan” jurnaliga 1964-yilning 23-fevralida bosh muharrir etib tayinlandim. “Gulxan” esa bolalar dunyosida oʻz obroʻsiga ega boʻlgan baquvvat jurnal. Bu tahririyatga qadam qoʻyganimda hali yosh, oʻta joʻshqin edim. Mirzachoʻlda yoshlar yetakchisi boʻlib ishlab, hayotning oʻziga xos achchiq-chuchugini totib kelgan edim. Men “Gulxan”ga qaynoq…

To‘liq...

Goʻzallik jarchisi

Bolalik inson umrining eng tiniq, begʻubor davri. Dunyoni, atrof-muhitni qabul qilishga eng tashna, hayratga boy, gʻoyat qiziquvchan, koʻrgan-eshitganlarini xotirada saqlab qolishda betakror fasldir. Bu faslda oʻrganish, bilim jamgʻarish, oʻqigan-uqqanlarini xotirada muhrlash tabiiy quvvati juda kuchli boʻladi. U goʻyo har kuni moʻjizaga duch…

To‘liq...

Orzular koʻzgusi

Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Farhod Musajonov, Yusuf Shomansurovlarning ilk ijodlariga oq yoʻl bergan dargoh “Gulxan” jurnali boʻldi. 1962-yilda “Gulxan” davrasida 72 ming oʻquvchi jam boʻlgandi. Shaxsga sigʻinish yillarida koʻpgina isteʼdodli shoir va yozuvchilarimiz nomi yomonotliqqa chiqib, nohaq qamalgan edi. 1954–1955-yillarda ularning…

To‘liq...

Qayta topilgan quvonch

Urush yillari koʻplab matbuot nashrlari qatori bolalarning “Yosh kuch” jurnalining nashr etilishi ham toʻxtab qolgandi. Bolalarga bolalik quvonchini qaytarish kerak edi. Oʻzbekiston pioner va oʻquvchilarning jurnali “Pioner” nomida 1952-yil yanvaridan qayta nashr etila boshlandi. Oʻn yillik uzoq tanaffusdan soʻng jurnal oʻz oʻquvchilarini qayta…

To‘liq...

Moziyga qaytib

Moziyga qaytib ish koʻrish xayrli, deydilar. Boshlanayotgan Yangi yilda “Gulxan”ning tabarruk 90 yoshini nishonlar ekanmiz, jurnalimiz tarixiga, u bosib oʻtgan yoʻlga imkon qadar nazar tashladik. Maqsadimiz, jurnalxonlar safiga qoʻshilgan yangi muxlislarimizga “Gulxan” haqida kengroq maʼlumot berish. Uning uzoq yillik toʻplamlarini varaqlab, turli…

To‘liq...

Tohir Malik

Tohir Malik (Tohir Hobilov) 1946-yilning 27-dekabrida ziyoli oilada dunyoga keldi.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi. Qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi vazifalarida faoliyat yurutdi (1966).

Harbiy…

To‘liq...

Doʻstlik davom etadi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 231-maktabda tuman miqyosida respublika taʼlim nashrlarining bir guruh xodimlari ishtirokida “Matbuot kunlari” boʻlib oʻtdi. Tuman maktablarining ijodkor oʻqituvchi, oʻquvchilari bolalar maʼnaviyatini oshirish, ular qalbida badiiy adabiyotga muhabbat uygʻotish uchun harakat qilayotgan maʼrifat ziyokorlari –…

To‘liq...

Kitob bilan yoz-u qish

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 44-maktabda taniqli bolalar shoiri – tabiat kuychisi Raim Farhodiy bilan boʻlgan ijodiy uchrashuv har doimgidan oʻzgacha kayfiyatda oʻtdi. Bu haqda shoirning taassurotlariga quloq tutamiz:

– Yogʻib oʻtgan birinchi qordan soʻng maktab zali va yoʻlaklaridagi gullar menga bahor tarovatini eslatdi. Goʻyoki oʻsimliklar…

To‘liq...

Dunyoni zabt etgan taʼlim

Shveytsariya – dunyoda sayyohlar eng koʻp boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Bu oʻlka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati, purviqor togʻlari, yuqori sifatli taʼlim tizimi bilan ham oʻziga jalb qiladi.

Kuzatuvlarga koʻra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik tadbirkorlarning koʻpchiligi Shveytsariyada taʼlim olgan. Hozir…

To‘liq...

Kim yaxshi ertak yozadi?

Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, shunday tinchlik zamonda, bizga yaqin oʻrmonda judayam bolajon Uzunquloq Quyonboyevlar oilasi yashar ekan. Uzunquloq togʻaning oz emas, koʻp emas, naq yettita bolasi bor ekan. Aka-uka, opa-singillar nihoyatda ahil va juda mehnatkash ekan. Hosil yigʻim-terimi avjiga chiqqan kuz chogʻida quyon bolalar…

To‘liq...

Hayotimiz xaritasi

Davlatimizning bosh qonuni Konstitutsiya fuqarolarimizning eng yaqin doʻsti, himoyachisi va haq-huquqlari kafolatidir. Kundalik hayotimizda qonun bilan bogʻliq juda koʻp hodisalarga duch kelamiz. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda huquqiy savodxonlikka oid dasturlarni koʻp bora kuzatamiz. Baʼzan qonunlar buzilishi, ularga amal qilmaslik…

To‘liq...

Tuhmatning ogʻir toshi

Tahririyatdan: Jurnalimizning 2019-yil 9-sonida “Kim aybdor?” deb nomlangan mulohazali voqea chop etilgach, mavzu yuzasidan tahririyatga bir nechta maktub keldi. Maʼlumki, oʻqituvchi bilan oʻquvchi, ota-ona va farzand, maktab rahbari va oilalar oʻrtasida baʼzan uchrab turadigan kelishmovchilik, tushunmovchiliklar atrofdagilarning kayfiyatiga,…

To‘liq...

Diqqat, tanlov!

“Gulxan”ga doʻst boʻlganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim demanglar! “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Respublika miqyosida 2020-yil 15-yanvardan 20-martgacha “Yil fasllari” mavzusida rasmlar tanlovi…

To‘liq...

Iqtidorsiz bola boʻlmaydi

Chiqish qoʻngʻirogʻi chalinganda Hasan sinf jurnalini yigʻishtirayotgan ustozining oldiga keldi-da, astagina pichirladi:

– Dildora opa, “Oʻqish”dan bergan vazifangizni tayyorlab keldim. Iltimos, hozir soʻrang.

– Tayyorlangan boʻlsang, darsda soʻray qolay. Hozir tanaffus, dars boshlanishi bilan birinchi boʻlib sendan soʻrayman.

– Ustoz, oyim ham…

To‘liq...

Ilm istagan koʻngil

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Umida ABDUAZIMOVAni hammangiz yaxshi taniysiz. Umida opa uzoq yillar “Tong yulduzi” gazetasi va “Gʻuncha” jurnaliga bosh muharrirlik qilgan. Ajoyib ijodkor “Bir bola”, “Akamning kitobi”, “Bogʻlarda bahor”, “Burch”, “Aql qaymogʻi”, “Qimmatbaho…

To‘liq...

Gʻalvir suvdan koʻtarilganda

“Gulxan”ning qadrli muxlislari! Siz bilan 2019-yilning soʻnggi – dekabr soni orqali uchrashib turibmiz. Yil davomida tayyorlagan jurnallarimizni varaqlar ekanman, ijodiy jamoamizdan, hamkor mualliflarimizdan juda minnatdor boʻldim. Chunki “Gulxan”ning har bir yangi sonini tayyorlash nihoyatda zahmat talab qiladi. Jurnal sahifasida bitta yaxshi…

To‘liq...

Muhammad Rahmon

Oʻzining betakror ijodi bilan ham kattalar, ham bolalar mehrini birday qozona olgan taniqli shoir, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muhammad Rahmon 1949-yil 18-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Ovlat qishlogʻida tugʻilgan. Ota-onasidan 10 yoshida yetim qolgan Muhammadni qarindoshlari Kitob tumanidagi “Mehribonlik…

To‘liq...

Hindistonda

Hindiston dunyoga boy tarixi, rang-barang madaniyati bilan mashhur.

Bugun dunyoning koʻplab yetakchi kompaniyalarida Hindiston taʼlim tizimidan yetishib chiqqan mutaxassislar ishlayotgani ayni haqiqat. Yildan-yilga Hindiston oliy bilim yurtlariga oʻqishga kelayotgan xorijlik talabalar soni ham oshib boryapti. Bu esa mamlakat taʼlim tizimi mustahkam…

To‘liq...

Navbahorlik chempion

– Esimdan chiqmaydi. Bir kuni maktabdan kelsam, xonamda karatechilar kiyimi turibdi. Sevinib ketdim. Otamdan minnatdor boʻldim. Ularni karate bilan shugʻullanishga qanday koʻndiraman, deb oʻylab yurardim. Bu esa roziliklarining belgisi edi. Ertasigayoq maktabda ochilgan karate toʻgaragiga bordim,-deydi Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi…

To‘liq...

Dutor bilan dillashib

Rivoyat qilishlaricha, dutorni birinchi boʻlib Qambar bobo ismli mashhur ovchi va musiqachi tut daraxti boʻlagidan yasagan ekan. Dastlab uchta dutor yasab, ularni chalib koʻrgan. Har biri turfa ovoz chiqarganidan hayratlangan. Ulardan biri barglarning shivirlashiga oʻxshash yengil ohang taratgan boʻlsa, boshqasi togʻ aks-sadosi singari yangragan,…

To‘liq...

Bekatdagi bahslashuv

Bekatda avtobus kutayotgan bolalarning shovqin-suronlari, oʻzaro suhbatlari beixtiyor qulogʻimga chalindi. Katta yoʻldab oʻtib kelayotgan ikkita koʻzoynakli oʻquvchini koʻrishi bilan boyadan beri tinmay gapirayotgan bola oʻrindiqdan sakrab tushdi-da, sal narida turgan oʻrtogʻiga baqirdi, – Aziz, ana, boyagi maqtanchoq toʻrtkoʻz kelyapti oʻziga…

To‘liq...

Qalblarni zabt etgan millioner

Bolalar, xabaringiz bor, respublika oʻquvchilarining sevimli nashri – “Tong yulduzi” gazetasi bu yil toʻqson yosh bilan toʻqnashib, zavqi oshib, kuchi toshib, yanayam gʻayrat va shijoat bilan faoliyat koʻrsatyapti. Sirayam-sirayam 90 yoshga oʻxshamaydi. Har bir sahifasi zamon bilan hamnafas, har sonida xushxabar, yurtimiz oʻquvchilarining dunyo…

To‘liq...

Yurak amri bilan

Bugun oʻzining tabarruk 60 yoshini nishonlayotgan isteʼdodli jurnalist Qosimjon Soʻpiyevni “Gulxan” muxlislari juda yaxshi taniydi. Bu mehnatkash, fidoyi jurnalist bir necha yillardan buyon tabiat, dunyo moʻjizalari, hayvonot olami haqidagi qiziqarli maqolalari bilan jurnalimizda qatnashib keladi. U chorak asrdan koʻproq Oʻzbekiston…

To‘liq...

Kasb ardogʻida

Odatda, maktabning dovrugʻini atrofga iqtidorli oʻquvchilar-u, fidoyi ustozlar taratadi. Bu borada poytaxtning Sergeli tumanidagi 300-maktabning omadi chopgan. Gap shundaki, bu maktabni nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoda tanishadi. Chunki xalqaro grossmeyster, shaxmat boʻyicha Jahon chempioni Javohir Sindorov, qilichbozlik boʻyicha jahon…

To‘liq...

Magʻrur hilpiraydi yurtim bayrogʻi

Oʻqishdan qaytar ekanman, avtobus poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” saroyi oldidagi bekatda biroz toʻxtadi.

– Oyijon, qarang, Oʻzbekiston bayrogʻi, – onasining yonida oʻtirgan bolakay hayajondan oʻrnidan turib ketdi.

Bolakay avtobus derazasiga yopishib, viqor bilan hilpirayotgan bayroqqa tikilardi.

– Yuring, oyijon, oldiga boraylik.

– Mayli,…

To‘liq...

Sarguzashtlar bergan boylik

Buyuk yozuvchi boʻlish uchun ijodkorning buyuk bolaligi boʻlishi kerak.

E. Xeminguey

 

XX asrning eng mashhur adiblaridan biri, Nobel mukofoti sohibi, “Alvido qurol”, “Quyosh baribir chiqaveradi”, “Chol va dengiz” asarlari bilan oʻzbek kitobxonlarining ham suyukli ijodkoriga aylangan amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning bolalik…

To‘liq...

Jurnalxonlar bilan yuzma-yuz

Bir oy davomida Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Matbuot kunlari” yakuniga yetay deb qoldi. XTV muassisligidagi barcha gazeta va jurnallarning bosh muharrirlari ishtirok etayotgan uchrashuvlar koʻtarinki kayfiyatda, qiziqarli va samimiy oʻtmoqda. Unda hududlardagi taʼlim muassasalarining…

To‘liq...

Togʻay Murod

Togʻay Murod 1948-yil Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat Universitetining (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetida (1967–1971), Moskvadagi Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. Respublika radiosi (1972–1975), “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetasi (1976–1978), “Fan va turmush” jurnallarida…

To‘liq...

Ota duosi

Oʻtgan yaxshi kunlarni eslash kishiga doimo oʻzgacha ruh bagʻishlaydi, yurakka katta madad beradi. Bu xotira ayniqsa, yurt sharafi, el dovrugʻi masalasida boʻlsa. Oʻzbekiston, deya hayqirib maydonga tushgan sportchi bormi, oʻz bilimini dunyoga namoyish etayotgan yosh matematigimiz bormi yoki bir necha bor jahon shaxmat ustalarini “mot” qilgan yosh…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.