Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Buyuk daholar yodi

O‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har yili fevral oyida bu ikki buyuk allomaning tavallud kunlarini keng nishonlaymiz. Shu munosabat bilan tahririyatning elektron manzili, telegram kanaliga yurtimizning turli viloyatlaridan bu muhim sanani  qanday…

To‘liq...

Sirojiddin SAYYID

Sirojiddin Sayyid 1958-yilning 30-oktyabrida  Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida tug‘ilgan.

1974-1979-yillarda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy  universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

“Xayrullaning komandasi” nomli ilk hikoyasi 1972-yilda – sakkizinchi sinfda o‘qib yurganida respublika…

To‘liq...

QALOVINI TOPGAN QIZ

Sitora  Tojiddinova  Toshkent vi­lo­ya­tining Yangiyo‘l tumanidagi  19-mak­tab­ning 8- sinfida o‘qiydi. U nafaqat  sin­fida, balki maktabda eng a’lochi, eng jamoatchi o‘quvchi. Lekin, bugun gap  uning  qanday qilib barcha  fan­lardan  besh baho olayotgani haqida emas, balki…

To‘liq...

Buvim o‘ynagan o‘yinlar

Har kuni maktabdan kelgach, buvim va bobomga o‘rgangan bilimlarim, eshitgan yangiliklarim haqida  aytib beraman. Ular jon quloqlari bilan tinglashadi. Shunday kunlarning birida buvijonim  o‘zlari bolaliklarida o‘ynagan o‘yinlar haqida  gapirib berdilar.

–“Chorichambar”, “Durra”, “G‘oz-g‘oz”, “To‘ptosh”, “Chertmak”  kabi …

To‘liq...

KO‘RINMAS DUSHMAN

Bolalar uchun eng yaxshi do‘st – ular uchun  nashr qilinadigan  gazeta-jurnallar..Chunki gazeta-jurnal o‘qigan bolaning dunyoqarashi  kengayadi, tafakkuri o‘sadi.  O‘zi uchun ibrat bo‘ladigan qahramonlarni ham kashf qiladi. Afsuski, keyingi  paytlarda  o‘quvchilar  matbuotdan ancha yiroqlashib qoldi.  Bunga…

To‘liq...

MEHRNING MEVASI

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Iroda G‘ulomova kasbidan  baxt topgan ustozlardan.

– O‘qituvchi  bo‘lishni   bolaligimdan   orzu qilganman. Otam ish joyi – maktabidan qaytgach, Sayfulla akam bilan  o‘z ishi, bolalar haqida  zavq-shavq bilan suhbatlashar, men…

To‘liq...

YON DAFTARNING YORDAMI

Aziz do‘stim, hech yon daftar tutganmisiz?! Yo‘q deysizmi? O‘ylaymanki, bugungi suhbatimizdan keyin, shunday qilasiz. Chunki men hozir sizga yon daftar tutish kishiga qanchalik asqotishini tushuntirib beraman.

Men ancha yillardan beri yon daftar tutaman. Har kecha uyqudan oldin ertaga nimalar qilishimni yozib boraman, ertasiga kechqurun ularning…

To‘liq...

Kitobsevar sportchi

2022-yilda omadi kulgan sportchi tengdoshlaringizdan biri Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 12-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Laziza Haydarovadir.

Bilasizmi, Laziza 3-sinfdan beri kurashning dzyudo turi bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘lgacha u goh g‘oliblik nashidasini, gohida mag‘lublik alamini totgan. Laziza murabbiylaridan kurashning…

To‘liq...

Gulxanjonning opasi

Inson shunday yashashi kerakki, ortiga burilib qaraganida, umrini sarhisob qilganida  dil-dilidan  qoniqish  hosil qilsin. Hech ikkilanmay ayta olamizki,  jurnalimizda  salkam 40 yil  mehnat qilgan  ijodkor Vasila Po‘latova  ana shunday  insonlardan.

Vasila opa  har tong ishga kelgach, …

To‘liq...

Yil bo‘yi hamroh

Dars tugashi bilan maktabimiz ku­tubxonasiga boraman. U yerda turli matbuot nashrlari bor. Ular orasidan “Gulxan”ni sevib o‘qiyman. Chunki unda  maktab   hayoti, o‘rnak olsak arziydigan yangiliklar, tengdoshlarim  erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida qiziqarli hikoyalar bor.  Jurnal sahifalaridagi  “Mashhurlar…

To‘liq...

Sog‘inchlar diyori

O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin SayyidYashasin yomg‘irlar kitobida e’tirof etishicha, nainki ko‘kalamzorlar, balki inson bolasi ham bolalik yomg‘irlari ostida giyoh yanglig‘ ko‘karadi, navnihol ko‘chatdek kurtak chiqarib barg yozadi. Bugun ko‘hna Surxon vohasining bepoyon osmonidan yog‘gan beg‘ubor yomg‘irlardan, bag‘rikeng alpomishzoda…

To‘liq...

2023-yil – insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasidan

...Jahonning ilm-fan, madaniyat va sport shohsupalarida bayrog‘imizni baland ko‘tarayotgan o‘g‘il-qizlarimiz, shijoatli yoshlarimizga yangi-yangi zafarlar tilayman. Ular bizning faxrimiz-g‘ururimizdir......Jahonning ilm-fan, madaniyat va…

To‘liq...

Bir yilda 12 marta

Qadrli muxlislar, mana siz bilan jurnalimizning yangi yildagi ilk  soni orqali yana uchrashib turibmiz.  Bu yil “Gulxan” o‘quvchilarining soni ortgan bo‘lsa ajab emas.  Sababi, o‘tgan yili jurnalimizning pochtasiga, telegram kanalimizga muxlislarimizdan iliq fikrlar bildirilgan maktublar keldi.Qadrli muxlislar, mana siz bilan…

To‘liq...

Xudoyberdi To‘xtaboyev

Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Tarjimai holimdan lavhalar”ida shunday yozilgan: “Men 1932-yilning 17-dekabrida Farg‘ona viloyatidagi Katta Tagob qishlog‘ida tug‘ilgan ekanman. Otam To‘xtavoy 21 yoshida quloq qilingan,  Tojikistonning Chorku degan joyida vafot etgan.

Men bobom – Erkavoy, enam – Robiyabibi qaramog‘ida qolganman.

1949-yili Qo‘qon…

To‘liq...

Matonat bilan uchrashuv

Yashnobod tumanidagi 255-maktabda  3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” mu­nosabati bilan O‘zbekiston milliy  parolimpiada qo‘mitasi 5X5 ko‘zi ojizlar terma jamoasi  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Abror Abdullayev jamoa qo‘lga kiritgan  yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida  batafsil gapirib…

To‘liq...

G‘alabaga boshlagan orzu

–   Rayxona, qayerdan kelyapsan? – qo­rong‘ida shoshib-pishib kelayotgan qo‘sh­nisidan so‘radi  Mushtariy.

–   Sport zaldan, bugun mash­g‘ulo­tim bor edi.

–   Voy, shunaqa kech chiqasanmi, qayerda shug‘ullanasan?

–   Yangioboddagi maktabda. Vaqtli chiq­qandim, avtobus kutib kech…

To‘liq...

Hayotingizni portlatmang!

Yangi yil – bayramlar a’losi. Eng yuqori kayfiyat, eng go‘zal onlar, eng go‘zal qutlovlar, shubhasiz, yangi yilda bo‘ladi. Ammo, men bayram yaqinlashsa qo‘rqaman. Bayram nishonlayman, o‘ynayman, xursandchilik qilaman, deb o‘z boshiga balo orttirgan bolalar haqida eshitish, ko‘rish og‘ir. Menimcha, angladingiz, aynan pirotexnika balosi haqida…

To‘liq...

Kichkina demang bizni...

14 yashar maktab o‘quvchisining oyiga 5000 dollar pul ishlab topishiga ishonasizmi?!

Menimcha, tasavvurga sig‘dirish juda qiyin. Xoh ishoning, xoh ishonmang, yosh bo‘lishiga qaramay, ikkita xalqaro patent sohibasiga aylangan Munirabonu G‘afurova mana shunday ishbilarmon qizlardan. Qanday qilib deysizmi? Buning siri, o‘yinchoqlar yasab, ularga bezak…

To‘liq...

Noo‘rin shikoyat

Madina maktabdan kayfiyatsiz ahvolda keldi-yu, onasiga matematika o‘qituvchisini yomonlay ketdi:

– Men uyga vazifani yaxshi bajargan bo‘lsam ham “3”, boshqalarga esa “4”, “5” baho qo‘ydilar. Endi matematikadan vazifalarni qilmayman, baribir “3” baho olarkanman,– dedi u qizarib.

– Mayli qizishma, ertaga hal qilamiz, – dedi oyisi.

Ertasi kuni Omina…

To‘liq...

Sarhisob (yosh ijodkorlar mashqlarini o‘qib)

Salom-salom bolajonlar, tili burro bilimdonlar! Bu yil sizlardan shu qadar ko‘p maktublar keldiki, tahririyat xodimlari shoshib qoldi. Xatni o‘qidik – bari go‘zal, bari samimiy. Lekin “Gulxan”ning vazifasi – sizga eng saralarini ulashmoq, badiiy didingizni oshirmoq. Ko‘pchilik jurnalxonlarimiz buvi­jonisi, ota-onasiga bag‘ishlangan she’rlarini…

To‘liq...

“Qutadg‘u blig”ni o‘rgana boshladim

Men Uchtepa tuma­nidagi 283-maktabning 5-sinfida o‘qiyman. Badiiy adabiyotga juda qiziqaman. Mak­tabimizdagi “Tug‘yon” ijodiy to‘garagiga a’zo­­­man. To‘garak rah­bari, maktabimiz targ‘ibotchisi Xursandoy Otaboyeva bizni ko‘plab ijodiy maskanlarga, teatr va muzeylarga olib boradilar.    Adiblar xiyobonida juma…

To‘liq...

Dunyolarni zabt etgan ovoz

Sahifamiz mehmoni – O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi, dramatik tenor ovoz sohibi Ismoil JALILOV. U Italiya musiqa Akademiyasining faxriy professori. Ayni paytda O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining badiiy rahbari. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida talabalarga opera sirlaridan ta’lim bermoqda. O‘zbek va Yevropa…

To‘liq...

Ortda qolgan savollar

Mana jurnalimizning so‘nggi – dekabr soni qo‘lingizga yetib bordi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf “Yurtimizning bayramlari ko‘p” deb yozgan edi she’rlaridan birida. Darhaqiqat,  bu oyda 8-dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni, 10-dekabr – O‘zbekiston Davlat  madhiyasi qabul qilingan kun va yana bir qancha muhim sanalar…

To‘liq...

Muhtarama Ulug‘ova

Muhtarama Ulug‘ova 1952-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ildi. Shahardagi 2-maktabni oltin medal bilan bitirgach, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi (1968-1972).

1972-1977-yillarda Marg‘ilon shahar pedagogika bilim yurtida o‘qituvchilik qildi.…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

Firdavs buvisi olib kelgan sharni puf­layotgan edi, Malika ogohlantirdi.

–  Oyi, qarang! Akam shamollashini sharga yuqtiryapti, endi u ham yo‘taladi.

 

***

    –      Buvijon, oymomo bugun osmonga chiq­mabdi, qayoqqa ketgan ekan-a? – samoga qarab hayron bo‘ldi Firdavs.

–  Boshqa…

To‘liq...

Ulug‘ ishlarga qodirlik

Biz bilan tengdosh bola bir o‘zi ayiqni yengadi, desam ishonasizmi? Ishonmaysiz! Ammo, men ishonaman. Buning uchun xuddi  Kishdek aqlli va tadbirli bo‘lish kerak. Bu Kish deganlari kim ekan deb o‘ylayapsizmi?

Eshitgandirsiz, taniqli amerikalik yozuvchi Jek London uncha-buncha  yozuvchi qo‘l ura olmaydigan mavzularda qalam tebratgan. Uning…

To‘liq...

Hayotimning bir qismi

Tabiatan sarguzasht va sayohatlarni, yangi davralarga qo‘shilish, do‘stlar orttirishni yaxshi ko‘raman. Atrofimdagilarning “Sardorlik senga hech narsa bermaydi” yoki “O‘qishing qolib ketadi, chalg‘iysan, vaqtingni bekor o‘tkazma”, deyishlariga quloq solmadim. Bir kun ular baribir xato o‘ylayotganlarini tushunib yetadilar.

Men sardorlik faoliyatimni…

To‘liq...

Iqdidorli o‘quvchilar – faxrimiz

Maktabimizda iste’dodli yoshlar uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Rahbarimiz Mavjuda Ergasheva boshchiligidagi ahamjihat va fidoiy ustozlar jamoasining betinim izlanishlari, intilishlari, samarali mehnatlari bois, bilim maskanimizda o‘quv-tarbiya ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilar  fan va  sport to‘garaklaridan tashqari o‘z…

To‘liq...

Raqqosa qiz Kamola

Raqs san’atining sehrli olamiga maftun bo‘lgan Kamola Davirboyeva 3-sinfda o‘qiyotgan paytidan boshlab raqsga tushadi. Ayni kunda u Toshkent shahar Uchtepa tumaniidagi 44-maktabining 7-“J” sinfida yaxshi baholarga tahsil olish bilan birga musiqa maktabida ham raqs sirlarini o‘rganishga harakat qilyapti. Biz bilan suhbatda Kamola yuragidagi…

To‘liq...

O‘zbekistonga sayohat uchun 10 sabab

Keling, tanishamiz! Men Mubinabonu Xo‘jayevaman. Markaziy Osiyo hududidagi O‘z­bekiston deb atalmish jannatmakon yurt­da yashayman. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shah­ridagi 40-IDUMning 9-“Tibbiyot” sinfida o‘qiy­man.

Kelajakda bolalar shifokori bo‘lmoqchiman. Buning uchun hozirdan kimyo, biologiya, ingliz tili fanlari bilan jiddiy…

To‘liq...

Kutubxona kitob saqlanadigan ombormi?

Adabiyot darsida  “Farhod va Shirin” dostonini o‘tdik. Ustoz  “Xam­­sa” asari haqida  to‘liq ma’lumot bergach, bu kitob kutubxonamizda borligini aytdilar.  Darsdan so‘ng  mak­tab kutubxonasiga kirib (u yerga obunaman), “Xamsa”ni bir haftaga o‘qish uchun oldim.  Xursand keta­yot­sam, dugonam …

To‘liq...

Qodiriyning o‘g‘li

Sahifamiz mehmoni – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aktyor va rejissyor Isamat Ergashev. U bugunga qadar “Yettinchi jin”, “Sevgi afsonasi”, Mergan militsiya”, “Osiy banda” kabi 40dan ortiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, rejissyor sifatida “Temir xotin”, “Sharif-Marif”, “Buyuk Amir Temur” kabi 20ga yaqin filmlarni…

To‘liq...

Talabchan rahbar

Men 1980-yili “Gulxan” jurnaliga matn teruvchi bo‘lib ishga kelganimda Oydin opa res­publika xotin-qiz­larining sevimli jur­nali “Saodat”da bo‘lim mudiri edi­lar. “Shoira Oydin Hojiyeva” deyishsa, butun O‘zbekiston tanir edi. Ular Zulfiya opaning chin shogirdlaridan edilar. Tabiatan og‘ir, vazmin, kamgap, ko‘proq atrofdagilarni…

To‘liq...

Kitobxonlar saralandi

O‘quvchilarning kuzgi ta’tili arafasida  Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 152-maktabda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni  munosabati bilan  “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining birinchi  bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tanlovda 9-11-sinflarning adabiyotsevar o‘quvchilari ishtirok…

To‘liq...

Ijodkor tuhfasi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi oliy toifali matematika fani muallimi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Negmurod Guliyev “Bir qadam”, “Senimi, shoshmay tur!” “Qiziqarli matematika”, “Matematikadan 90 jumboq” kitoblari orqali o‘quvchilarga yaxshi tanish. Uning matematik jumboqlardan iborat qiziqarli…

To‘liq...

Otamizdek mehribon edi

“Gulxan” jurnalida mashinistka bo‘lib ish boshlaganimga ikki-uch oy bo‘lgandi. Mas’ul kotibimiz Narimon aka Orifjonov bosh maqolani diktovka qilayotgandi. To‘satdan xonaga bolaligimdan buyon she’rlarini sevib yodlaydigan shoirim Po‘lat Mo‘min bilan (men u kishini avvallari faqat televizorda ko‘rgandim) shoir Yusuf Shomansur kirib kelishdi. Men…

To‘liq...

O‘lkam husni gul – daraxt

Bugun mamlakatimizda tabiatni asrash, daraxtlarni ko‘paytirish, atrof-muhitni chi­qindilardan tozalash kabi masalalar dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqida yurtimiz rahbari deyarli har bir nutqlarida to‘xtalib o‘tadilar. Jonajon O‘zbekistonimiz, uning xalqi, o‘sib kelayotgan avlod haqida qayg‘uradilar.

Ekologiya va atrof-muhit…

To‘liq...

Tildan taralgan tafakkurlar

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

 

O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili haqida”gi qonunidan.

 …

To‘liq...

Mehringni taftiga havasda quyosh

Dunyoda ellar ko‘p, elatlar bisyor. Dunyoda tillar ko‘p, millatlar bisyor. Dunyoni zabt etgan jahongir tillar, qobig‘idan chiqmay tosh qotgan tillar, o‘z ona tilini topolmay nochor begona tillarda so‘zlashgan ham bor.

Bir-biridan biyron, purma’no tillar jahon sahnasida xo‘p javlon urar.

Men uchun bir til bor, mag‘rur, ulug‘vor, uning har jarangi…

To‘liq...

G‘oliblar taqdirlandi

Jurnalimizning 9-sonida ma’lum qilganimizdek, maktab o‘quvchilari uchun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari hamkorligida “Yozgi ta’tilni Milliy tiklanish bilan” loyihasi doirasida o‘tkazilgan insholar tanlovining g‘oliblarini aniqlash bosqichi yakuniga yetdi. Tanlov boshida e’lon…

To‘liq...

Chin ilmi tolib bo‘lar

Bolajonlar qo‘lida o‘z gazeta va jurnallarini ko‘rsangiz, yayrab ketasiz. Yunusobod tumanidagi 274-maktab o‘quvchilarining shiori shunday: 

 Chin ilmi tolib bo‘lar, 

“Gulxan” o‘qigan bola.

Yaqinda ushbu maktabda 2-“A” sinf rahbari Iroda G‘ulomova tashabbusi bilan “Gulxan”  jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, yozuvchi Muhabbat…

To‘liq...

Kashfiyotchining kashf qilinishi

Stiv Jobs Makintosh kompyuterlari, Ayfon va Aypad qurilmalarining kashshofi sifatida mashhur. Bundan tashqari, uning innovatsion g‘oyalari musiqa, kino va raqamli nashriyot sohalarini ham o‘zgartirib yubordi. Stiv bolaligidanoq hamma narsani o‘zi mustaqil  bajarishni xohlardi.

 

U boshqacha edi

Stiv juda chaqqon va qiziquvchan edi. U…

To‘liq...

Ziyo ulashib

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lish uchun bilim va iqtidordan tashqari ulkan qalb va bolalarga o‘zgacha mehr-muhabbat zarurdir.

Maktabga ilk qadam qo‘ygan murg‘ak qalb egasining savodini chiqarish u o‘zini o‘quvchi ekanini his qilgungacha bo‘lgan jarayon ham oson kechmaydi.

Bog‘cha yoki uydagi holatdan maktabdagi jarayon keskin farq qiladi.…

To‘liq...

Nega shunday deymiz?  

Quloch – qo‘l ochmi?

Sog‘inib kutganimiz sentyabrda sevimli maktabjonlarimiz bizni quloch ochib kutib oldi. Lekin shu – quloch ochmoq, degan birikma qanday kelib chiqqanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Eshqobil Shukur “Boboso‘z izidan” kitobida bu haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tibdilar:

Mahmud Qoshg‘ariy “quloch” so‘zini “qo‘l och” dan…

To‘liq...

Imkon beruvchi maydon

Xabaringiz bor, shu yilning 10-18-iyul kunlari Armanistonda o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida respublikamizning bir guruh iqtidorli o‘quvchilari  ishtirok etdi. Chi­nakam  bilimdonlar  bellashuviga aylangan ush­bu   musobaqada  Toshkent Pediatriya insti­tuti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza…

To‘liq...

Oddiy ehtiyoj

O‘tgan yili – yangi o‘quv yilining boshlanish kuni, ya’ni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiriga meni Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-maktabga taklif etishdi. Tadbir da­vo­mida so‘zga chiqqan mehmonlardan biri­ning gaplari diqqatimni tortdi. U Toshkentdagi INHA universiteti rektori Mu­zaffar Jalolov edi. Rektor o‘z nutqida shu…

To‘liq...

Milliy o‘yinda millat g‘oliblari

Qadrli o‘quvchilar, sport­ning kurash turi bilan necha yoshdan shug‘ullanish mum­kinligini bilasizmi? Mutaxassislarning ta’­kid­la­shicha, bolalar bu sport bilan 12 yoshdan boshlab shug‘ullanishi maq­sadga muvofiq ekan. Ku­rash qadimdan turkiy xalq­larning kundalik hayoti, turmush tarzidan joy olgan. Uning asl…

To‘liq...

Iqtidorlilar – kelajak yaratuvchilari

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” to‘garagiga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb etilgan. O‘quvchilar “Robototexnika” to‘garagida robotlarni loyihalash, ularni boshqarish, sensorli qayta aloqa va axborotni qayta ishlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garakning…

To‘liq...

Mutolaa – zavq

Konimex tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi  ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni  keng  targ‘ib qilish maqsadida …

To‘liq...

Ijod muhitingizni toping!

Ba’zan atrof-muhit, ona tabiat sizni o‘zi­ga chorlaydi. Undagi go‘zallikdan bahra olib, ijod qilgingiz, she’rlar, hikoyalar bit­gin­giz keladi. Gohida miyangiz tanlagan mav­zuyingiz haqida ma’lumotlar, voqealar ri­voji, tasvir va illyuziyasini rejalashtiradi. Bi­roq uni qay yo‘sinda asar holatiga kel­ti­rishni o‘ylab…

To‘liq...

Kichik hikoyalar

Tarix xursand bo‘ladi

Yangi asfalt qilingan tep-tekis  yo‘lda   velosipedida  g‘izillab   ketayotgan   Akobir birdaniga  egardan uchib tushdi. Yerga qattiqroq tushdi shekilli  voy-voylab yig‘lab yubordi.

– Yig‘lama, yig‘lama, o‘rtoq, qaytaga xursand bo‘l, sen tarix   yaratding, –…

To‘liq...

Tilak Jo‘ra

Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos olim Tilak Jo‘ra o‘tgan asrning 70-yillarida adabiyotga kirib keldi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi: yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ildi. 1956-1966-yillarda o‘rta maktabda,…

To‘liq...

Jamol Kamol

Jamol Kamol 1938-yili Buxoro viloyatining, Shofirkon tumanidagi Chit­karon qishlog‘ida tavallud topdi. O‘rta maktabni tugatgach, Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetida tah­sil oldi. O‘qishni bitirib, shu yerda o‘qi­tuvchilik qiladi.

“Buxoro haqiqati” viloyat gazetasida (1965-1969) ishladi. O‘zbekiston Respub­likasi…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

***

– O‘g‘lingiz yaxshi o‘qiydimi? –  so‘radi ayol qo‘shnisidan.

– Ha, – javob berdi qo‘shni, – u fanlarni yanada chuqur o‘rganish uchun bir sinfda ikki yildan o‘qiyapti.

***

Maktabga otlanayotgan Farhod sing­lisidan so‘radi:

– Ko‘ylagimni daz­­mollab qo‘y­dingmi?

– Chiroq yo‘q-ku, aka.

– Tavba, kup­pa-kun­duz kuni…

To‘liq...

Qiziqarli faktlar

1.  Dunyodagi eng baland Anxel shar­sharasi Venesuela davlatida joylashgan. Uning balandligi 979 metrga teng. E’tiborlisi, sharshara suvining aksariyat qismi yerga yetib bormasdan bug‘ga aylanadi.

2.  Sayyoramizdagi eng keksa daraxt Shvetsiyaning g‘arbiy qismida o‘sadi, uning yoshi 9550 da.

3.  Jako to‘tilari 1500 ga yaqin so‘zni…

To‘liq...

Mashhurlik mashaqqatlari

Faraz qiling! Akangiz yoki ukangiz universitet imtihonlaridan o‘tolmadi. Shu bois uning kayfiyati tushkun holatda. Shunda otangiz uning yoniga borib, “Tik tur! Qadding bukilmasin. Inson har qanday vaziyatda sinovlarga bardosh berishi kerak. O‘qishga kirolmasang nima bo‘libdi? Bu yil o‘xshamagan bo‘lsa, kelasi yili harakat qilsang, albatta talaba…

To‘liq...

Tabrik

Men Yangi  O‘zbekistonning  baxtiyor farzandiman. Iqtidorli o‘g‘il-qizlarini e’zozlab, ularning kamoli  uchun yelkasini tutib turgan  Vatanimiz,  fidoyi, mehribon  Yurtboshimiz bor ekan, O‘zbekiston  yoshlari  vatanimiz  dong‘ini  dunyolarga taratadi,  Vatanimizning  buyuk kelajagini …

To‘liq...

Shaxmat kamtarlikka chorlaydi

Shaxmat – san’at, falsafa, mantiq, hisob ilmlarini o‘zida jamlagan sport turi. U intellektual o‘yinlar ichida eng mukammali va murakkabi hisoblanadi.      

Xabaringiz bor, avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz Olimpiada chempioni degan sharafli nomga…

To‘liq...

Dillar shodlikka to‘ldi

Oltin fasl tarovati, birinchi qo‘ng‘iroq  zavqi bir olam sog‘inch bilan jonajon maktabga oshiqayotgan o‘g‘il-qizla­rimizning quvonchi bilan  yanada maroqli.

Poytaxtimizning Uchtepa  tumanidagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 199-sonli davlat  ta’lim maktabi ham mazkur o‘quv yilida 330…

To‘liq...

Tabrik

Aziz  bolajonlar!

Sizlarni boshlanayotgan yangi – 2022-2023-o‘quv yili   bilan  chin  qalbimdan   muborakbod  etaman!

Yozgi  ta’tilda maroqli  hordiq  chiqarib, sentyabrni, maktab boshlanishini, qadrdon  do‘st-u dugonalar bilan uchrashishni in­tiq­lik  bilan  kutganingiz…

To‘liq...

Yoshlar ovozi

Yodingizda bo‘lsa, jurnalimizning 2022-yil 6-sonida maktab o‘quvchilari uchun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari hamkorligida “Yozgi ta’tilni milliy tiklanish bilan” loyihasi doirasida insholar tanlovini e’lon qilgan edik. O‘tgan vaqt mobaynida “Milliy tiklanish” demokratik…

To‘liq...

Tabrik

“Gulxan”, sen meni “katta” hayotga yo‘llagan jonkuyar ustozim, jonajon do‘stimsan.

Zahmatli, ammo ajoyib bolalikning poyonsiz dalalarida hamrohim bo‘lgansan, kech kuz tumanlari tushganida yoqilgan g‘o‘zapoya taftini birga his qilgansan, shu bilan birga, g‘aroyib olamlardan xabar bergansan, bu ulug‘ mamlakatimizning turli hududlaridagi o‘quvchilar,…

To‘liq...

Shoir deganlari haqgo‘y bo‘ladi

Sahifamiz mehmoni – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda va qator xorijiy mamlakatlar adabiy jamoatchiligi orasida alohida obro‘-e’tibor qozongan, mashhur tarjimon sifatida ham e’tirof etilgan Jamol Kamol bo‘ladilar. Shoir Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” durdona asarini, Shayx Farididdin Attorning – “Mantiq ut-tayr”,…

To‘liq...

Ishonchga munosib bo‘lish

Mustaqillikning 31 yillik to‘yini “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ajoyib g‘oya bilan tantana qildik.  Bayram shukuhi maktablardagi “Bilimlar kuni”ga ulanib ketdi. Yangi 2022-2023-o‘quv yilidan darak beruvchi birinchi qo‘ng‘iroq sadolari maktabni, sinfdoshlari, ustozlarini  sog‘ingan dillarga malham bo‘ldi. Har biringiz bir…

To‘liq...

Eshqobil Shukur

O‘zbekiston  Respublikasida xizmat ko‘rsatgan  ma­daniyat xodimi Eshqobil  Shukur 1962-yil 20-iyulda Surxondaryo  viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli  qishlog‘ida  tug‘ilgan.O‘rta maktabni  tugatgach  Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy  universiteti) …

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

Tishingiz chiqmaganmi?

– Buvi, menga pista chaqib bering, – dedi bog‘chadan kelgan Gulsara.

– Ey, bolajonim, tishim bo‘lsa nonni suvga ivitib yermidim. Bizlarda tish qayda, – boshini sarak-sarak qildi buvisi.– Hm-m, haliyam tishingiz chiqma­gan­mi? – ajablandi Gulsara.

 ***

Yulduz va kunduz

 Gulsara akasidan so‘radi:

–Yulduzlar…

To‘liq...

G‘olib bo‘lamiz

Biz  bu yil 8-sinfni   a’lo baholarga tugat­dik. Yaxshi kayfiyatda boshlangan ta’til kunlarimiz   nihoyatda mazmunli  va maroqli o‘tmoqda. Nega desangiz,  kelajakda zarur bo‘lgan hunarlarni o‘zlashtirishga  erishdik. Dadam oyimlar uchun tikuvchilik sexi ochib berganlar. U yerda shifokorlarga  xalat…

To‘liq...

Jazirama kunlarda

Bobo-buvilarimiz “Suvsiz yer – jonsiz jasad” deya bot-bot takrorlashadi. Bundan shuni anglash mumkinki, yerdagi butun organizm suv bilan to‘yinib oziqlanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, inson orga­nizmining taxminan 70 foizi suvdan iborat. Tananing 10 foiz suvsizlanishi jismoniy va ruhiy layoqatsizlikka olib keladi. Ayniqsa, yozning jazirama…

To‘liq...

Qat’iyat sharofati

Aziz o‘quvchi! Yodingizda bo‘lsa, jur­nalimizning 2021-yil 5-sonidagi “Sokinlik bag‘­ridagi tuyg‘ular” sarlavhali maqolada Aziza ismli rassom qiz haqida hikoya qilgan edik. Yaqinda uning buvisi Anifa opa tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib: – “Gulxanjon”, bizda yana bir xushxabar bor.  Azizaning singlisi Ma­li­kabonu fortepiano…

To‘liq...

Yoz - o‘tmoqda soz

Oromgoh bag‘rida

Yozgi ta’til onlarini so‘lim tog‘ bag‘ridagi “Koinot” oromgohida o‘tkazayotgan o‘g‘il-qizlarning shiori shunday: “Koinot”ga uchamiz – yulduzlarni quchamiz!

 Rang-barang tadbirlar, qiziqarli sport  musobaqalari, aqlni charxlovchi viktorinalar bolajonlarning maroqli va mazmunli dam olishiga zamin yaratmoqda.

Iste’dodli…

To‘liq...

Beg‘ubor bolalik kuychilari

Yaqinda chop etilgan Oymomabog‘ navolarito‘plami qo‘lingizga yetib borishiga ishonamiz. O‘zbekiston xalq artisti Shermat Yormatov o‘z vaqtida ushbu kitob bilan tanishib, taqrizchi sifatida quyidagi mulohazalarni yozib bergan ekan. Taniqli kompozitorning “Oymomabog‘ navolari” qo‘shiqlar to‘plamiga  bildirgan fikrlari siz jurnalxonlarni bu…

To‘liq...

Vatan degani

Maktabda “Vatan tuyg‘usi” degan fan o‘tilardi. O‘sha kitobga men nodon bepisand qaraganman. O‘zimcha,  Vatan, Vatan tuyg‘usi nima ekanligini juda yaxshi bilaman, deb yurgan ekanman. Lekin, bugun shuni anglab yetdim-ki, men o‘shanda qattiq adashgan ekanman.

Vatan tushunchasi mening tasavvurimdagidan ancha keng ekan. Qishlog‘imiz, mahallamizdagi…

To‘liq...

Maktab - mening hayotim

Har bir kishining  tanlagan kasbi  uning hayot mazmunini belgilaydi. Odatda kasbni har kim har xil – kimdir ota-onasi xohishiga qarab, yana kimdir  kimgadir  havas qilib, kimdir kasbning  davr uchun dolzarbligi, yana  birov  esa  o‘z qiziqishi  va  layoqatiga  qarab tanlaydi. Odamda…

To‘liq...

Anglaganim

Deraza tokchasidagi gul so‘liy boshlaganda oyijonim tagini yumshatib, suv quyar ekanlar, uni “Chiroyligim”, deb barglarini silab qo‘ydilar. Ertalab turib qarasam, gul shunday yashnab ketibdiki, hatto shoxlarida ko‘pdan buyon kutayotganimiz g‘uncha ham bo‘y ko‘rsatibdi. Hovlimizdagi bo‘g‘otga in qurgan qushlar hammamizdan qochadi. Biroq akam…

To‘liq...

Bir kitob o‘qidim

Jurnalimizning may sonida “Yosh kitobxon” Respublika tanlovining 1-o‘rin sohibasi, Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomashinasini qo‘lga kiritgan kitobxon qiz,  Buxoro shahridagi  30-maktabning  10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Nasimovaning fikr-mulohazalari bilan tanishgan edingiz. Tanlov ishtirokchilariga  berilgan kitoblar ro‘yxatida…

To‘liq...

Medal muborak o‘g‘lon

Siz Lazizbek Rajabboyevni taniysiz. Axir, zukko matematik, serg‘ayrat o‘quvchi, 63-Xalqaro matematika olimpiadasi bronza medali sohibini qanday bilmasligingiz mumkin?! Bugun tengquringizning iqtidori va kuch-g‘ayratini butun dunyo tan olmoqda.

6-16-iyul kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Lazizbek…

To‘liq...

Ko‘z ochib yumgulik lahza

Sahifamiz mehmoni – O‘zbek Milliy teatrining ustoz san’atkori, sahna va ekran olamida sermahsul ijodkor, o‘zbek dublyaj san’atining qirollaridan biri,  “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist  Mahmud Ismoilov. Zabardast aktyor faoliyati davomida 100 dan ziyod sahna asarlarida turli obrazlarni…

To‘liq...

Obod Vatanim

Obod Vatanim

“Topganing to‘yga buyursin”, “To‘ydan boshing chiqmasin”, “To‘yga to‘yona bilan”... Bu kabi ezgu tilaklar xalqimiz azaldan to‘yga, tantanaga yoki biror shodiyonaga astoydil tayyorgarlik ko‘rishi, biror sovg‘a bilan bir-birini xursand qilishga odatlanganini bildiradi. E’tiborlisi, xalqimizga xos ushbu odat davlatimiz siyosatida ham namoyon. Xususan,…

To‘liq...

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga

Qadrli shaxmatchilar!

Aziz farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni va sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli xalqimizni mamlakatimiz hayotida ulkan quvonchli voqyea – Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida har tomonlama munosib ishtirok etib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lganingiz bilan…

To‘liq...

Abdurauf Fitrat

Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat madaniyatimiz tarixida shoir, nosir, dramaturg, publitsist, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf, san’atshunos va jamoat arbobi sifatida munosib o‘rin olgan.

U 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Buxoro, Istanbul madrasalari va dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal…

To‘liq...

Yashillik bag‘rida

Toshkent – turli xil tarixiy binolar, yodgorliklar, shuningdek, go‘zal yashil bog‘lar, xiyobonlarga boy serquyosh va zamonaviy shahardir. Ona tabiatning ana shunday tarovatli maskanlaridan biri Yaponiya madaniyatiga muvofiq bezatilgan yapon bog‘idir. Ushbu ajoyib go‘sha Toshkentning “O‘zekspomarkaz” hududida joylashgan. Bog‘ 2001-yil 25-avgustda…

To‘liq...

Siz bilmagan ajoyibotlar

Bolalikdan geografiya, fizika fanlariga juda ham qiziqaman. Endi xarflarni taniy boshlagan 5-6 yoshimda  “U kim, bu nima” deb nomlangan bolalar ensiklopediyasini mutolaa qilganman. Yoshim kichik bo‘lgani uchun ilmiy dalillarga asoslangan qalin va katta xajmdagi  kitob menga biroz  “og‘irlik” qilgan. Ammo, bir-biridan rangin rasmlar…

To‘liq...

Bilim va mehnat oltindan qimmat

Suhrob Xayrullayev Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 18-maktabning 9-sinfini a’lo baholar bilan tugatdi. U maktab direktori Niyoz G‘aybullayev, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Uyg‘un Xidirov, sinf rahbari Sadoqat Eshmurodova va ko‘plab o‘qituvchilarning nazariga tushgan. Ayniqsa, mazkur o‘quv yilida viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan…

To‘liq...

Dadil qadamlar

–   To‘qqiz yoshimdan dzyudoga qatnasha boshladim. Ammo, bu sport turi bo‘yicha musobaqalar juda kam o‘tkazilar, bu esa imkoniyatlarimizni namoyish qilishga to‘sqinlik qilardi. Ma’ruf amakim bir paytlar yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanganlar. Ular shu kurash turida o‘zimni sinab ko‘rishimni, muntazam musobaqalarda qatnashib tursam,…

To‘liq...

So‘ngi ta’til

Men bu yil 10-sinfni tamomlab, bola­lik va o‘smirlikning so‘nggi ta’til kun­la­rini o‘tkazyapman. Kelgusi yil ta’tilga chiq­masligimni o‘ylasam, maktab davri oltinga teng ekanini tushunyapman va ulug‘larimizning “Bir narsani yo‘qotmaguningcha uning qadriga yetmaysan” – degan purma’no so‘zlari yodimga tushyapti.

Nazarimda o‘n yil bir…

To‘liq...

Orzulari ijobat bolalar

Bugungi kunda azim Toshkentning Chilonzor tumanidagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga ko‘pgina bolalar shifo istab, kelajakni jismonan va ruhan sog‘lom barpo etish maqsadida borishgan. Markazda 160 ta o‘rin mavjud bo‘lib, hozirda 101 nafar bola davolanmoqda. Bemor bola va uni parvarishlovchi ota-onasi uchun…

To‘liq...

Sehrli so‘z

– Bobo, bobojon, uxlab qoldingizmi? – so‘radi Firdavs dodasi dam olayotgan xonaga kirib.

– Ha bo‘tam, biroz ko‘zim ilinibdi.

– Endi ko‘zingiz ochildimi?

– Ochildi, bo‘tam. Ni­ma gap, tinchlikmi?

– Bobo, yo‘q demasangiz menda bit­ta taklif bor. Fatxulla tog‘aning  do‘koniga boraylik.

– Eee, qoq peshinda do‘­konda nima qilamiz? –…

To‘liq...

Qo‘ligul qiz

Barchinoy Shavkatova Toshkent shahar, Sergeli  tumanidagi  104-maktabning  11- sinfini tamomladi.  U  izlanuvchan, o‘z ustida ishlaydigan qiz:  kashta  tikadi, munchoqdan  tillaqosh,  gul, zanjir  yasaydi. Jemper, do‘ppi, nimcha va o‘yinchoqlar  to‘qishni, tikishni biladi. Pazandachilik …

To‘liq...

Kimyo – qiyin emas, qiziq fan

Sizningcha, dunyodagi e-e-ng qiyin fan qaysi? Matematika deysizmi? Balki, fizikadir? Kim uchundir esa kimyodan qiyin fan yo‘q. Sahifamizning bugungi mehmoni Shahzoda Hakimova hozirda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida o‘qiydi. Bu degani, Shahzoda har kuni matematika, fizika, kimyo bo‘yicha o‘nlab, yuzlab masalalar…

To‘liq...

Javlon urib yashash baxti

Zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atining yorqin namoyandalaridan biri – O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, akademik, professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali sohibi Javlon UMARBEKOVni xalqimiz yaxshi taniydi. Mahoratli rassom qariyb yarim asrlik ijodiy yo‘li davomida zamonaviy o‘zbek san’atiga ulkan…

To‘liq...

Qutlov

Bolalar-u bolalar, eshitmadim demanglar! Siz “Gulxan”ning deyarli har bir sonida mazza qilib o‘qiyotgan bir-biridan qiziq ertak, hikoya va maqolalar muallifi, jurnalimiz bosh muharriri o‘rinbosari  Muhabbat Hamidova Vatanimizning II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Kasb bayrami kuni ertalab tarqalgan xushxabarni…

To‘liq...

Mahmudxoʻja Behbudiy

Buyuk ma’rifatparvar alloma, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy 1874-yilning 19-yanvarida Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Oiladagi muhit undagi ma’rifat, adabiyot va ijtimoiy hayotga bo‘lgan qiziqishning kuchayishiga, iste’dodining rangin qirralari bilan namoyon bo‘lishiga imkon tug‘dirdi.

U adabiyot, tarix,…

To‘liq...

Darsliklar ixcham boʻlsa

2022-yil 5-sonda e’lon qilingan “Kerakli toshning og‘iri yo‘qmi?” nomli maqolada dolzarb mavzu ko‘tarilgan. Masalan, singlim 1-sinfni tugatdi.  Uning darslik kitoblari katta va papkasiga arang sig‘ardi. Ba’zan, termos, tushlik va darsliklar bilan to‘lgan papkaning og‘irligidan yelkalari bukchayib qolardi. O‘zim esa 4-sinfni tugatdim. …

To‘liq...

Umidlari ummon Umida

1-3-may kunlari Gret­si­ya­ning Rodos shah­rida shaxmatning “rapid” va “blits” yo‘nalishlarida o‘s­­mir­lar o‘rtasida ja­hon chempionati bo‘lib o‘tdi. Un­da Xal­qaro shax­mat akademiyasi o‘quvchisi Umida Omonova har ikkala tur bo‘yicha g‘olib bo‘lib, “Jahon chempioni” degan sharafli nomga ega bo‘ldi. 40…

To‘liq...

Toʻqlikka shoʻxlik

Men darsdan keyin bo‘sh vaqtlarimda ota-onamga yordam berish uchun uyimiz yaqinida joylashgan “Rayhon” nomli milliy taomlar oshxonasida  ishlayman.

Ishlash mobaynida oshpazlik borasida ko‘p saboq chiqardim.  Oddiy masalliqlardan bir-biridan shirin salatlar qilishni, ko‘katlar bilan ularni bezatishni ham o‘rgandim. Lekin... Meni har kuni…

To‘liq...

Ziyo bayrami

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 34-“A” maktabda “Kitob bilan olam munavvar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab maktab rahbari Gulnora Mahammedova badiiy ada­biyotning, mutolaaning o‘quvchilar hayo­tida tutgan o‘rni, ahamiyati haqida gapirdi.

Shundan so‘ng iqtidorli o‘quvchilar she’r, qo‘shiqlar aytdilar, raqsga tushib, barchaga…

To‘liq...

Dunyo bolalar bilan goʻzal

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi  “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2021-2022 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “Dunyo bolalar bilan go‘zal” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Maktabda o‘quv yili davomida 7 yo‘nalish bo‘yicha 42 ta to‘garak faoliyat olib bordi. Bu yo‘nalishlar:

– Madaniyat va san’at;

– Texnika, konstruktorlik va…

To‘liq...

Marrani katta olib

Tanishing! Bu yilgit “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi. U Guliston davlat universiteti talabasi, “Sirdaryo iftixori” nishoni sohibi – Yorqinjon Hayitboyev.

Bu yigit nafaqat Sirdaryo iftixori, balki “Gulxan” jurnalining eng faol jamoatchi muxbirlaridan biri. Yorqinjonning 15-19 yosh toifasida 1-o‘rinni olganini eshitib …

To‘liq...

Xushxabar

Yaqinda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Gulxan”ning faol jamoatchi ijodkori Ochil Toshqulovdan quvonchli xabar oldik. Unda “Boysun bahori” folklor festivali tanlovida qatnashgan tuman etnografik xalq jamoasi aynan Ochil Toshqulovning  qalamiga mansub  qo‘shiqlari bilan  ishtirok etgani haqida aytilgan edi. Boysun folklor…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.