Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Bolalikning oppoq ranglari

O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg, tarixchi va tarjimon, adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi Xalqaro mukofot, Ozarbayjon Yozuvchilar birligining Mikoyil Mushfiq mukofoti, Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti va Do‘stlik ordeni sohibi Xurshid Davronni tanimagan, bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. Kelajak avlodga ibrat namunasi sifatida…

To‘liq...

Yetuklik asosi

Aziz o‘quvchi, huquq insonga biror ishni amalga oshirish uchun berilgan, qonun bilan mustahkamlangan imkoniyat va imtiyozdir. Haq-huquqlar qat’iy qaror topgandagina ilm o‘rganishga ishtiyoqingiz, yangilikka intilishingiz yuzaga chiqadi. Yurtimizda 40 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlar siz va aka-opalaringizning ma’naviy, jismoniy va intellekt…

To‘liq...

Qoʻngʻiroq

Bir kuni ustoz xonadoniga shoirning ashaddiy muxlisi, do‘stim Olimjon bilan yo‘qlab borganimizda, eshik qo‘ng‘irog‘i sadosini eshitgan hamrohim menga qarab: “Aka, maktabning qo‘ng‘irog‘iga o‘xsharkan-a, ovozi”, – dedi. Men: “Rostanam bu juda katta maktab, ichkarida bizni ustozlarning eng ulug‘i kutyapti. Har safar shu ostonaga kelib, qo‘ng‘iroq…

To‘liq...

Eʼtirof

Men – Boysunda oʻzicha sheʼr pichirlab yurgan bola – tirik ruh bilan toʻlgʻonib turgan sheʼriyatning, jumladan, Erkin Vohidov sheʼriyatining mavjlarida adabiyotga yaqinlashdim. Adabiyotning ilk haqiqiy darslarini ularning sheʼriyatidan ham oldim.

Esimda, oʻsha paytlar yoshlar nashriyoti oʻnta shoirning moʻjaz kitobchalarini bir qutiga jamlab, nashr…

To‘liq...

Gʻafur Gʻulom Erkin Vohidov haqida

Gʻafur akaning shogird tanlashda oʻziga xos usullari boʻlardi.

Yoshlarning gazeta va jurnallarda bosilgan sheʼrlarini diqqat bilan oʻqirdi. Oʻz taʼbiri bilan aytganda, boqsa odam boʻladiganlarni uyga chaqirib sheʼr oʻqitib koʻrar, gapga solib, bilimi, odobi, yurish-turishi, fahm-farosati qanaqaligini obdan kuzatardi. Didiga oʻtirib qolganlarini…

To‘liq...

Isteʼdodlar beshigi

Minglab oʻquvchilarning haqiqiy sir­doshi, maʼnaviy doʻstiga aylangan Gulxanjon  yoʻl yurishdan, yoʻl yursa ham moʻl yurishdan hech qachon erinmagan. Negaki, u oʻz muxlislarini juda yaxshi koʻradi, ularning yutuq va natijalaridan quvonadi. Zaruriyat tugʻilganda ularga yordam qoʻlini uzatadi. Isteʼdod uchqunini payqasa, uni tarbiyalab,…

To‘liq...

Haydar Muhammad

Haydar Muhammad 1936-yil Toshkentda tugʻildi. Toshkent davlat pedagogika institutini tugatib (1966), ish faoliyatini Oʻzbekiston teleradiokomitetida (1965–1976) muharrirlikdan boshladi. Koʻp yillar hozirgi Milliy akademik drama teatrida adabiy maslahatchi boʻldi.

1975-yilda “Koʻnglim mening” nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shundan…

To‘liq...

Temir odam – Ilon Mask

Bolajonlar, barchangiz dunyoga mashhur “Qasoskorlar” filmidagi Toni Stark – “Temir odam”ni juda yaxshi bilasiz. Badavlat, aqlli, hozirjavob, dovyurak, daho va qahramon Toniga oʻxshashni istamaydigan bola boʻlmasa kerak. Uning aqlli kompyuter qurilmalari, avtomobillari, turli zamonaviy texnologiyalari odamning havasini keltiradi. Eng qiyin…

To‘liq...

Oqlangan ishonch

Sizga Muhammadali Rahimov nomi tanishmi? Nahotki, eshitmagan boʻlsangiz! Axir, sportning erkin kurash turi boʻyicha dovrugʻ qozongan oʻquvchi, 9-”B” sinfdan chiqqan chempion-ku!

– Polvonlik Muhammadalining qonida bor. Otasi Saidakbar ham Sariosiyoning dovrugʻli polvoni boʻlgan, – deydi Muhammadalining sinf rahbari Inobat opa Hamroyeva, –…

To‘liq...

Taʼtildan taʼlim

Aslida, yozni yoqtirmayman. Chunki koʻproq maktabda boʻlishni, oʻrtoqlarim bilan bellashib bilim olishni istayman.

Ammo bu yilgi yozgi taʼtilni intiqlik bilan kutdim. Negaki, bu oʻquvchilikdagi soʻnggi taʼtil edi. Buning ustiga yozga juda katta rejalar tuzib qoʻygandim. Taʼtilga chiqib ikki hafta oromgohda dam oldim. Keyin ingliz tili kursidagi…

To‘liq...

Poklik qoʻshigʻi

Ertalab turib qarasam, garchi hali noyabr tugamagan boʻlsa ham hovlimizni oppoq qor qoplabdi. Allaqachon barglarini toʻkkan boʻlsa-da, hosili ogʻirligidan qaddini koʻtarib ololmagan xurmo daraxti shoxlari yanayam yerga egilib qolibdi. Daraxt tepasida aylanib uchayotgan qargʻa qoʻnishga joy topolmadi shekilli, xunuk qagʻillab tomorqa tomonga oʻtib…

To‘liq...

Sinovlarda sinalgan sabr

Aziz oʻquvchilar! Siz har bir kuningiz samarali oʻtishini nazorat qila olasizmi?! Qimmatli vaqtingizni behuda ishlarga sarflamay, foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga harakat qilasizmi?! Bu savollarga koʻpchiligingiz javob berishga qiynalishingiz tabiiy. Sababi, oʻquvchilarning aksariyati bebaho vaqtini nimalarga sarf qilayotganiga umuman…

To‘liq...

Aqling ishlatar chunon senga doʻst oʻnta polvon

Aziz oʻquvchilar, darslarni yaxshi oʻzlashtira olmaslik har doim ham qobiliyatning pastligidan dalolat bermaydi. Bunga sabab, miya uchun kerakli moddalarning yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi notoʻgʻri ovqatlanish boʻlishi ham mumkin. Tanangiz oʻsayotgan davrda miyangiz katta miqdorda ozuqa moddalarini talab qiladi. Shunday ekan, tana yaxshi…

To‘liq...

Til – maʼnaviyat koʻrki

Husni jamolsiz kishi shirin kalom esa,

Sayd aylar elni nukta fasohat birla desa.

Haqiqatdan ham Alisher Navoiy hazratlari aytganlaridek, shirin kalom, muloyim ohang har qanday yuzga chiroy baxsh etib, oʻrni kelganda muammolarga ham yechim topib bera olishi mumkin. Shunday ekan, bir-birimizga aytayotgan har bir soʻzimizga eʼtibor qaratmogʻimiz…

To‘liq...

Toshkent – televideniye vatani

Insonlar juda qadim zamondan buyon yer yuzidagi olis joylarni, samodagi yulduzlar olami-yu, dengizlar tubidagi ajoyibotlarni yaqindan koʻrsatuvchi vositalarni orzu qilib kelganlar. “Oynayijahon”, “Jomi Jamshid”, “Iskandar koʻzgusi” haqidagi afsona, rivoyatlar Sharq xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan edi. Shunga oʻxshash afsona, rivoyat, qissalar…

To‘liq...

Ertangi kunga ishonch bilan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida televizor orqali ko‘p gapirildi, joylardagi tayyorgarliklar namoyish etib borildi.

Saylov beshta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar o‘rtasida ochiqlik, oshkoralik, erkinlik, adolat kabi demokratik prinsiplarga, xalqaro me’yorlarga mos holda o‘tdi. Va nihoyat, saylovning yakuniy natijalari…

To‘liq...

Qamchibek Kenja

Qamchibek Kenja 1946-yili Andijon viloyatining Izboskan tumanida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) ning avval jurnalistika, soʻng filologiya fakultetlarida tahsil oldi (1964–1969).

Mehnat faoliyatini “Oʻzbekiston madaniyati” (hozirgi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida boshlab (1969–1979), keyin Izboskan tumani…

To‘liq...

Shoira bilan uchrshuv

Poytaxt yonginasida joylashgan maktabimizda 3000 nafarga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi. Bizda nafaqat oʻqitish, balki tarbiya berish ishlari ham namunali yoʻlga qoʻyilgan. Izlanuvchan, fidoyi ustozlar koʻp. Maktabimiz rahbari Shohista Niyozova saʼy-harakati tufayli oʻquv dargohimiz tabiiy fanlar – kimyo, biologiya hamda matematikaga…

To‘liq...

Mehr va eʼzoz bayrami

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-maktabda “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Uni maktab direktori Feruza Azimova ochib, ustoz va murabbiylarimizning dunyo tamadduniga va kelajak poydevoriga qoʻshayotgan bemisl xizmatlari haqida gapirdi. Soʻng maktabning barcha ustozlari, shuningdek, ushbu dargohda…

To‘liq...

Zindonak

Har tong uygʻonib tashqariga chiqqanimda, koʻz oldimda butun salobati bilan Ketmonchopti togʻi namoyon boʻladi. Togʻni zavq bilan kuzataman, baland qoyalar bagʻridan taralayotgan buyuklik qudrati goʻyo menga kuch-quvvat, tetiklik bergandek boʻladi. Bir togʻlik moʻysafid aytganidek, bir umr togʻlarga qarab talpindik, togʻlarga boqib aslo toliqmadik.…

To‘liq...

Ustozlar, sizga taʼzim

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 106-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatda 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy kecha ana shunday nomlandi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Munisa Qodirova hamda Barno Abdunabiyeva olib borgan bayram tadbirida qatnashgan oʻquvchilar dil soʻzlari, yodlagan…

To‘liq...

Shabada elektr stansiyasi

“Elektrotexnik ishlar” toʻgaragiga qatnashni boshlagan birinchi kunlarimdanoq butun xayolimni qayta tiklanuvchan muqobil elektr toʻk manbalari va ulardan amaliyotda foydalanish masalasi aylanardi. Chunki har yili erta bahordan to kech kuzgacha oila aʼzolarimiz bilan birgalikda dalada chayla qurib yashaymiz, u yerda esa har doim ham elektr toki…

To‘liq...

Onam – faxrim

Onajonim Jonibek Tojieva Xiva shahridagi Pedagogika bilim yurtini tugatib, oʻzi oʻqigan maktabga ishga boradi. Ustozlari bilan bir safda oʻqituvchilik faoliyatini boshlaydi.

Onamning aytishlaricha, maktab ilmiy boʻlim mudiri har oyda oʻquvchilarning bilimi, darslarni oʻzlashtirishini baholab borar ekan. Navbatdagi tekshiruvlarning birida onamning…

To‘liq...

“Gulxan” – maktab mehmoni

Quyi Chirchiq tumanidagi 32-maktabda boʻlib oʻtgan tadbirda tumandagi maktablarda Ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha faoliyat olib borayotgan targʻibotchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirok etishdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʻlimi rahbari Gʻaffor Shodmonov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar…

To‘liq...

Qatʼiyatning mukofoti

Sport insonni katta maqsadlar sari yetaklovchi kuch. Har bir yigit-qiz kelajagini sport bilan bogʻlar ekan, uning qadrdon doʻsti, hamqadamiga aylanadi. Mamlakatimizda sport bilan oshno boʻlgan, bu sohada katta yutuqlarga erishayotgan yoshlarning safi ortib borayotganligining sababi ham aslida mana shu. Qolaversa, davlatimiz tomonidan bu sohaga ham…

To‘liq...

Farroshning oʻgʻli

Dars tugab, qoʻngʻiroq chalindi. Maktab hovlisiga chiqqan bolalar uy-uylariga tarqalishdi. Nozim ham uch-toʻrtta oʻrtogʻi bilan katta koʻchaga qarab yurdi. Yoʻl yuzida sochilib yotgan pista poʻchoqlari, yelim xaltalar-u turli qogʻozlarni koʻrib, taʼbi xira boʻldi. Ayniqsa, ariqning ichi boʻsh baklajka-yu har xil chiqindilarga toʻlib ketgan ekan. Bu…

To‘liq...

Meni “telezavr” deyishadi

Qadrli jurnalxon, ehtimol sarlavhani oʻqib, “dinozavr” yer yuzida yashagan eng qadimiy jonivor ekanligi yodingizga tushgandir. Ammo men telezavr haqida sirayam eshitmagan ekanman. U bilan tanishsa boʻlarmikan, deb hayron boʻlgandirsiz. Hayron boʻlmang, Telezavrni siz juda yaxshi taniysiz. Juda yuzma-yuz uchrashmagan boʻlsangiz ham, baribir…

To‘liq...

Soʻz gavharining bahosi

Hozirgi suhbatimizda fikr yuritishga chogʻlanib turgan mavzumiz ona tilimiz haqida ekan, ona tilimiz ham oʻzbek millati qadriyatining ajralmas qismidir. Dunyoda keyingi maʼlumotlarga qaraganda, olti mingdan ortiq til bor ekan. Ularning koʻpchiligi isteʼmoldan chiqib yoʻqolib boryapti. Ammo, oʻzbek tili bunday xavotirdan juda yiroq. Tilimiz kundan…

To‘liq...

Isajon Sulton

Isajon Sulton 1967-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Avazboy qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1985–1990-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Adibning “Munojat” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Bogʻi Eram” (2015) nomli…

To‘liq...

Mumtoz sheʼriyat shaydosi

Nemis yozuvchisi Tomas Mann “Vaqt aqlli, yetuk va mukammal boʻlib yetishishimiz uchun bizga inʼom etilgan qimmatbaho sovgʻadir,” degan edi. Haqiqatdan, vaqt soʻzining zamirida cheksiz imkoniyatlar, orom nimaligini bilmaydigan harakatlar mujassam. Ammo, bu imkoniyatlardan har biringiz turlicha foydalanasiz.

Bugungi lavhamiz qahramoni – Dilbarxon…

To‘liq...

Koʻksimdagi iftixor

Men 2004-yil “Mehr-muruvvat yili” da tugʻildim. Oʻsha paytlar Oʻzbekistonimiz bunyodkorlik, ilm-maʼrifat, mehr-muhabbat, himmat va muruvvat ustuvor boʻlayotgan, oʻz farzandlarining barkamol avlod boʻlib voyaga yetishini istayotgan, shunga mustahkam zamin yaratayotgan davr edi.

Mana 17 yildan buyon yurtimizda koʻpgina oʻzgarishlar yuz berdi.…

To‘liq...

Oq qumda oyoqyalang

Bu yilgi yozgi taʼtil har doimgidan koʻra qiziqarli va taassurotlarga boy boʻldi. Dadam sayyohlik firmasi orqali Hind okeanida joylashgan Maldiviya orollariga yoʻllanma sotib oldilar. Biz oilamiz bilan samolyotda Male shahriga bordik. U yerdan bizni va yana bir qancha sayyohlarni gazelga oʻxshash mashinada suzuvchi samolyotgacha olib kelishdi. Bu…

To‘liq...

Umid ortidagi quvonch

Foziljon ORIPOV! Bu nom yarim asrdirki, “Gulxan” oʻquvchilari ardogʻida. U kishi jurnalda “Oʻyla, izla, top” rukniga asos solgan, desak xato boʻlmaydi. Mana 50 yildirki, oʻzbek bolalari Foziljon aka tuzgan rang-barang mavzuli boshqotirma – krossvord, chaynvord, skanvord, rebuslarni yechish barobarida bilimlarini oshirib, aqllarini charxlab,…

To‘liq...

Ulugʻ saodat yoʻlida

Shu kunlarda jonajon Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik toʻyini keng nishonlayapmiz. Yurtimizning qay goʻshasiga qaramaylik, bayramga qizgʻin tayyorgarliklarga koʻzimiz tushadi. Yangi uylar, yangi yoʻllar, sayilgohlar, katta korxona va oliygohlar, maktab va bogʻchalar... Ularni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. 1991-yilda tugʻilgan bolalar bu…

To‘liq...

Omon Muxtor

Omon Muxtor (Muxtorov Omon) 1941-yil 16-iyulda Buxoro shahrida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika boʻlimida tahsil oldi. Respublika bolalar gazetasida, Oʻzbekiston teleradio Davlat qoʻmitasida, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida xizmat qildi. Yigirma yildan…

To‘liq...

Covid zanjiri uzilsa

Bolajonlar, xabaringiz bor, koronavirus dunyo boʻylab tarqalganiga bir yarim yil boʻldi. Bu muddat ichida qanchadan qancha kishilar kasallikdan jabr koʻrdilar, koʻplab oilalar yaqinlaridan ayrildilar.

Aslida, Covid-19dan oʻzingiz va oila aʼzolaringizni himoya qilish unchalik murakkab ish emas, buning uchun hech qanday mablagʻ talab qilinmaydi.…

To‘liq...

Siz nimani tanlaysiz

Tik-tok dunyo boʻylab eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq. Uning foydalanuvchilarining 41 foizi 16–24 yoshdagi oʻsmirlardir. Tik-tokerlar kulguli, bachkana hazillar yaratib, koʻproq odamlarni jalb qilish orqali mashhurlikka erishib, moʻmay daromad topib, oʻzlarini “yulduz” hisoblayotganlardir. Ayrim yoshlarni kuzatib turib, tik-tokni oʻziga…

To‘liq...

Har neda meʼyor yaxshi

Selfi – oʻzini oʻzi suratga olish. Bu gʻalati mashgʻulot koʻpchilikning sevimli odatiga aylanib ulgurdi. Oʻzini har koʻyga solib, turli koʻrinishda fotokollajlar yasayotgan sinfdoshlarimga gohida juda hayron qolaman. Dars tugashi bilanoq “selfiboz”likni boshlab yuborishadi. Biron yaxshiroq kiyim kiyib borsang tamom, “rasmga tushvolay, berib tur”lar…

To‘liq...

Taʼtil taassurotlari

Urre, taʼtil! Endi mazza qilib oʻynaymiz! Soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglashi bilan orangizda koʻpchilik shunday deb oʻylaydi. Toʻgʻri! Toʻqqiz oylik mashgʻulotdan keyin dam olishga haqlisiz. Biroq, dam olish degani kitob-daftarni javonga taxlab qoʻyib, shataloq otib oʻynash, koʻchada faqat toʻp tepib, samokatda uchip, soyda choʻmilib, soyada uxlash deb…

To‘liq...

Aka-uka tennischilar

Yaqinda Toshkent shahar Yunusobod tumani “Uchqun” sport kompleksida “Uchqun CUP” musobaqasi qizgʻin bahslar ostida oʻtdi. Musobaqada Toshkent shahridagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Alibek Atabayev birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Alibek 5 yildan buyon ushbu sport turi bilan shugʻullanadi.…

To‘liq...

Bobolarga munosib

Mantiqiy tafakkurga tayanib

Yurtimizda kechayotgan oʻzgarishlarni, yangiliklarni kuzatib borayotgan boʻlsangiz, bu xushxabar sizning qulogʻingizga chalingan boʻlsa ehtimol. Keyingi yillarda mamlakatimizda tabiiy fanlarga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Buni matematika, fizika va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro fan olimpiadalarining…

To‘liq...

Kitobni shunchaki oʻqib boʻlmaydi

Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallifi, kelajakning yoʻlboshchisi. Kitobni maʼnaviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Kitob – bilim manbai, ilm shamchirogʻi, maʼnaviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash oʻrinlidir: quyosh insonning jisman ulgʻayishi uchun qanchalik muhim oʻrin tutsa, kitob maʼnan barkamollik uchun shunday…

To‘liq...

“Gulxan”ning mahorat maktabi

Xabaringiz bor, bolajon mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muayyan sohadagi samarali faoliyati, yutuq va iqtidorlilarini munosib baholash, ragʻbatlantirib borish maqsadida “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Bu yil “Yoshlar kuni” arafasida respublikamizdagi eng iqtidorli 29 yigit ana shu…

To‘liq...

Karvon koʻp, rizqi boʻlak

Insoniyatning eng oliy axloqiy xislatlaridan biri – kamtarlikdir. Maqollarda kamtarlikka yuksak baho beriladi, kishi jamiyatda oʻzini kamtar tutishi, manmanlikka berilmasligi qayta-qayta uqtiriladi. “Kamtarlik – jasorat toji”, “Kamtarlik odamga husn beradi”, “Kamtarga kamol, manmanga – zavol”, “Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”,…

To‘liq...

Kamtarlik – katta davlat

Insoniyatning eng oliy axloqiy xislatlaridan biri – kamtarlikdir. Maqollarda kamtarlikka yuksak baho beriladi, kishi jamiyatda oʻzini kamtar tutishi, manmanlikka berilmasligi qayta-qayta uqtiriladi. “Kamtarlik – jasorat toji”, “Kamtarlik odamga husn beradi”, “Kamtarga kamol, manmanga – zavol”, “Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”,…

To‘liq...

Shohsupada turgan Oʻzbekistonim

Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiada oʻyinlarini katta-yu kichik, yosh-u qari cheksiz hayajon va duolar bilan kuzatib bordi. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishga otlangan sportchilarimizning har bir gʻalabasi, har bir zafari, Vatan sharafi himoyasi butun Oʻzbekistonni bir bayroq ostida birlashtirdi.

Yozgi…

To‘liq...

Shodmon Otabek

Shodmon Otabek 1946-yil Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻildi. 1969-yili hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetini bitirgach, respublika radiosida ish boshladi.

Madaniyat institutida jahon adabiyotidan dars berdi. “Xabar” gazetasida bosh muharrir, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida adabiy xodim boʻlib xizmat qildi. Oʻsha…

To‘liq...

Jiddiy rejalar sari

Bu yil toʻqqizinchi sinfni tamomlab, yozgi taʼtilni jiddiy rejalar bilan boshladim. Sababi, oliy oʻquv yurtiga kirish uchun bor-yoʻgʻi ikki yilgina tayyorgarlik koʻrishim kerak. Shu vaqt mobaynida tanlagan yoʻnalishim boʻyicha 5-sinfdan 11-sinfgacha zarur boʻlgan darslik kitoblarini qaytadan oʻqib, mukammal oʻrganishim kerak. Bular esa anchagina…

To‘liq...

300 tilga tarjima qilingan kitob

Otam Fransuz yozuvchisi va aviatori Antuan de Sen-Ekzuperining “Kichkina Shahzoda” nomli kitobini sovgʻa qilganida bir yosh ekanman. Ota-onamning aytishicha, oʻsha paytda men faqat kitobdagi rasmlardan zavqlanar ekanman. Ilk marotaba “Kichkina shahzoda”ni oʻqiganimda sakkiz yoshli qizaloq edim. Shuni tan olishim kerakki, u paytlar “Kichkina…

To‘liq...

Saralangan sozlar

Bugun biz “ziyoli” deganda, oliy maʼlumotli, kostyum-shim kiygan, boʻyinbogʻ taqqan, ikki-uch tilda bemalol soʻzlashadigan kishini tasavvur qilamiz. Lekin, Gʻarbda maʼlumoti oliy, oʻzi bashang kiyingan, xorijiy tillarda ona tilidek soʻzlasha olsa-da, biror musiqa asbobini durustroq chala olmasa, unday odamni aslo madaniyatli, ziyoli deb…

To‘liq...

Qadrlashni oʻrgandim

Har yili yozgi taʼtil boshlanishi bilan Samarqandga – bobom bilan buvimning yonlariga borardim. Ulkan bogʻ va dala-dashtda mazza qilib oʻynardim. Ammo, bu yil u yerda atigi bir haftagina boʻlib, uyga qaytishga toʻgʻri keldi. Sababi, uyimizda taʼmirlash ishlari boshlandi. Devorlarga gulqogʻozlar yopishtirildi. Men bu jarayonlarning har birini diqqat…

To‘liq...

Oʻquvchi mehnati aybmi?

Bizni bolaligimizdan “Mehnatning tagi rohat”, “Mehnat qilgan yetar murodga” kabi maqollar bilan mehnat qilishga, kattalar ish buyurganda, “labbay”, deb javob berishga oʻrgatishgan. Hayotimiz davomida esa halol mehnat – huzur-halovat ekanligiga ishonch hosil qildik. Shu maʼnoda millatning tarbiyasiga hissa qoʻshayotgan biz ustozlar bolalarni avvalo,…

To‘liq...

Mikrob

Firdavsning eng yomon koʻrgan ishi – tirnoq oldirish. Aksiga olib tirnogʻi juda tez oʻsadi. Qum, tuproq oʻynamasa ham tirnogʻining ichi kir boʻlib qolaveradi. Kecha plastlindan ayiqcha yasagandi. Plastilin qoldiqlari oʻsgan tirnoqlari orasiga kirib qolibdi shekilli, qop-qora boʻlib ketdi. Ammo Firdavs buni oyisiga bildirmadi, indamay bogʻchasiga…

To‘liq...

Momaqaymoq

Zaminni gilamdek burkaydi oʻtlar,

Momaqaymoq shodon koʻklamni qutlar.

Bir qattiq shamol esib qolsa agar,

Uchib ketar shoʻrlik misli oq ukpar.

 

Durdona KUSHMATOVA,

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 7-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

To‘liq...

Ichonch bergan kuch

Zarnigor Doniyorova maktabimizning 5-sinfini tugatdi. Hammamiz uni nafaqat aʼlochi oʻquvchi, balki sportchi qiz sifatida ham yaxshi taniymiz, unga havas qilamiz. Qarashlari tiyrak, qaddi – qomati kelishgan, nozik tabiatli qiz Zarnigor koʻpdan buyon badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi. Murabbiy Lutsiya Yarulinaning suyukli, qobiliyatli shogirdi. U…

To‘liq...

Ixtirochi bolalar

Mamlakatimizda ilm-fan, yoshlarning ilmiy izlanishlari, yaratuvchanligi, tashabbus va tadbirkorligiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ular yaratgan yangilik va izlanishlar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shunga javoban yoshlar orasida tinmay izlanayotgan, Vatanimiz yuksalishi yoʻlida bor kuchi, bilimi bilan harakat qilayotgan ixtirochi bolalar, katta…

To‘liq...

Yillar qanotidagi sinovlar

Eh, bolalikning qiyqiriqlarga toʻla quvnoq va chang koʻchalarini kim ham sogʻinmaydi, deysiz?! Ming afsuski, yoshingizga yosh, yillaringizga yillar ulanib ketaverar ekan. Va qarabsiz-ki, koʻz ochib yumguncha ulgʻayib ham qolarkansiz. Endi koʻcha changitib toʻp surishlar qayda... Zuvillab chopishlar yoʻq. Kattalarga hech kim ertak aytmaydi. Ular…

To‘liq...

“Musavvir” bagʻrida

Urganch shahridagi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati qoshida faoliyat yuritayotgan “Musavvir” oromgohi voha yoshlarining sevimli goʻshasiga aylangan.

Ushbu hududga qadam bosar ekansiz, oromgohdagi saranjom-sarishtalik va ozodalikdan kayfiyatingiz koʻtariladi. Soya-salqin bogʻ ichida…

To‘liq...

Yaqin kelajakni oʻylab

Assalomu alaykum, jurnalimizning aziz muxlislari. “Gulxan”ning yangi soni qoʻlingizga yetib bordimi? Demak, biz ijodkorlarning istagi amalga oshibdi. Ishonasizmi-yoʻqmi, jurnal jamoasining yagona orzusi – qiziqarli va mazmunli jurnal tayyorlab, sizga bekam-u koʻst qilib yetkazish. Jurnal atrofiga oʻqiydigan, fikrlaydigan, yangilikka intiluvchan,…

To‘liq...

Qambar Ota

Qambar Ota (Oʻtayev) 1941-yil 12-yanvarda Kattaqoʻrgʻon shahrida tavallud topdi. Samarqand davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetida (1962–1967) tahsil oldi. Mehnat faoliyatini 1967-yilda “Samarqand universiteti” gazetasi muharriri sifatida boshladi. Keyinchalik Samarqand qishloq xoʻjalik kooperativ institutida ijtimoiy fanlar fakultetida…

To‘liq...

Sport – muvaffaqiyatlar kaliti

2020–2021-oʻquv yilini juda katta shodiyona bilan boshlagan edik. Maktabimizda zamon talablari darajasida jihozlangan sport kompleksi ishga tushgandi. Oʻquv yilini ham xuddi ana shunday quvonch bilan yakunlayapmiz. Qoʻl toʻpi boʻyicha respublika chempioni, bitiruvchi sinf oʻquvchisi Sevinch Faxriddinova Jizzax Davlat pedagogika institutining…

To‘liq...

Toʻsiq bilmas orzular

Jasur bilan Sardor qalin doʻst. Ular har kuni birga maktabga borishadi, dars tayyorlashadi. Bir kuni Sardor doʻstidan:

– Katta boʻlsang kim boʻlmoqchisan?! – deb soʻradi. Jasur oʻylab ham oʻtirmay:

– Huquqshunos, – deb javob qildi ishonch bilan. Soʻng Sardorga qarab:

– Sen hoynahoy, duradgor boʻlsang kerak, toʻgʻrimi?! Chunki maktabdagi duradgorlik…

To‘liq...

Kitob meng anima berdi?

Men 1-sinfdan buyon badiiy asar oʻqishga qiziqaman. Shu choqqacha turli janrdagi 500 dan ortiq kitobni oʻqib chiqdim. Chinakam kitob ishqibozi sifatida uning inson hayotidagi oʻrni haqidagi fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Siz ham “Kitob oʻqib nima foyda topasan?!”, “Kitob oʻqib olim boʻlarmiding?!”, “Kitob oʻqiguncha boshqa biror-bir…

To‘liq...

Tanganing ikki tomoni

Bugun qarshimizdagi insonga “Hayotingizni nimasiz tasavvur qila olmaysiz?” degan savolni bersak, shubhasiz, 90 foiz holatda “Telefonsiz” degan javobni olamiz. Bir necha yil avval hayrat bilan qarshi olingan mobil telefon bugun oʻzining cheksiz imkoniyatlari bilan odamlarni yanada koʻproq oʻziga bogʻlab qoʻymoqda. Albatta, ogʻirimizni yengil,…

To‘liq...

Tabiat shaydolari

37-umumtaʼlim maktabi Tuzel qishlogʻining eng goʻzal maskanida joylashgan. Maktabning gir atrofi – mevazor bogʻ. Sal naridan sohili gʻaroyib yulgʻun va suvtollarga burkangan Chirchiq daryosi oqib oʻtadi. Maktab oʻquvchilari bu goʻzallikka beparvo emas. Kimdir uni sheʼrida, yana kimdir moʻyqalamda tasvirlashga urinadi. Shu maktabning 6-sinf…

To‘liq...

Ertaklar – buyuk kashfiyotlar ostonasi

Bolalar! Daraxt hosil berishi uchun ildizlari orqali yerdan kuch olishi zarurligini bilasiz-a? Oddiygina mobil qurilmalarni ishga tushirish uchun elektr toki yordamida bir necha soat quvvatlantirish kerakligini-chi? Badiiy kitob mutolaasi ham kitobxon tasavvurini xuddi oʻshanday quvvatlantira oladi! Bolalikdan boyitilgan, yetarli darajada…

To‘liq...

Olamni mahliyo aylagan yulduz

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab milliy estrada sanʼatimizning asoschilaridan biri, buyuk sanʼatkor Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi keng nishonlanmoqda. Garchi Uning olamdan oʻtganiga 35 yil boʻlsa-da, sanʼatsevar, qoʻshiqsevar xalqimiz Botir Zokirovni aslo yodidan chiqarmadi. Aksincha, oradan yillar oʻtgan…

To‘liq...

Tariximizda ilk bor

Qadrli oʻquvchilar, garchi bir oz kechikib boʻlsa-da, mamlakatimiz Prezidentining maktablarni bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga yoʻllagan tabrigidan ayrim lavhalarni sizga taqdim etmoqdamiz. Sababi, tabrik eʼlon qilinganda “Gulxan” jurnalining may soni bosmadan chiqqan edi. Biz esa Prezidentimizning Oʻzbekiston tarixida ilk bor bu yilgi “Soʻnggi…

To‘liq...

Sehrli shaharcha

Aziz, muxlislar, qadrli oʻquvchilar! Bilasiz, oʻzbek xalqi uchun farzand – ota-ona quvonchi, baxti, Vatanimizning ertangi kuni, uning kelajagi. Adabiyotda “Yashasa bolam deb yashaydi oʻzbek” deb yozilgan ajoyib misralar bor. “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan jurnalning ijodiy jamoasi nomidan barchalaringizni samimiy qutlaymiz.…

To‘liq...

Oʻrganish, izlanish va intilishdan aslo toʻxtamang!

...qalbi pok orzu-umidlar bilan toʻlgan sizlar kabi navqiron, azm-u shijoatli yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan taʼlim-tarbiya sohasidagi saʼy-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimiz kelajagini koʻramiz...

...hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon…

To‘liq...

Abdusaid Koʻchimov

Abdusaid Koʻchimov 1951-yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan. 1967-yilda tumandagi 37-oʻrta maktabni bitirgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqidi. Mehnat faoliyatini “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshladi. 1972–1984-yillarda “Lenin uchquni” (hozirgi “Tong…

To‘liq...

Yongʻoqli salat

Masalliqlar: 250 gramm qaynatilgan tovuq goʻshti va dudlangan mol goʻshti, 200 gramm tayyor sabzi salati, 150 gramm karam, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi, 1 osh qoshiq un, 1–2 osh qoshiq suv, mayonez, yongʻoq magʻzi, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Dudlangan goʻsht, qaynatilgan tovuq goʻshti va karamni somoncha…

To‘liq...

Limonli pirog

Masalliqlar: xamiriga: 380 gramm un, 250 gramm margarin, 200 ml smetana, yarim choy qoshiq isteʼmol sodasi (sirkada soʻndirilgan); orasiga solishga: 2 dona kichkina limon, 200 gramm shakar, 1 choy qoshiq kraxmal.

Tayyorlanishi: 1. Qirgʻichdan oʻtkazilgan margarinni un bilan aralashtirgach, qoʻlingiz bilan yaxshilab…

To‘liq...

Pyureli kotlet

Masalliqlar: 2–3 dona kartoshka, 1 ta piyoz, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq un, tuz, murch va ozgina qiyma.

Tayyorlanishi: Kartoshka suvda qaynatib olingach yaxshilab eziladi. Piyoz, qiyma tovada alohida-alohida qovuriladi. Soʻng masalliqlarni bir idishga solib tuz, murch, tuxum, un qoʻshib aralashtiriladi. Gaz pechi listiga talqon…

To‘liq...

Oʻquvchining koʻzgusi

Farhod jamoat ishlarida ancha faol, oʻzlashtirishi ham yaxshi. Ammo men uni yaxshi oʻquvchilarim qatoriga qoʻsha olmasdim... Negaki, u biroz shoshqaloq, pala-partish. Yozuvi xunuk. Bu uning nafaqat yozuv, balki matematika, ingliz tili, “Atrofimizdagi olam”dan tutgan daftarlari, hatto kundaligida ham lop etib koʻzga tashlanib, yaxshi oʻquvchi emas,…

To‘liq...

Muhim masala

Bugun bolalarni kitobga, kitobxonlikka yoʻnaltirish muhim masalaga aylandi. Sababi aniq, XXI asr bolalari kompyuter, televizor va telefonga qattiq bogʻlanib qolishmoqda. Ularning maʼnaviy va ruhiy salomatligini asrash, yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash uchun bolalarning qoʻliga qiziqarli kitoblar bilan birga rang-barang jurnallar ham…

To‘liq...

Xayr, jonajon maktab

Maktab – bilimlar maskani. U bizni oʻn bir yil oʻz bagʻrida aqlan va jismonan ulgʻaytirdi, bilim berdi, asrab-avayladi, katta hayotga tayyorladi.

Tegrasi togʻlar bilan oʻralgan tabarruk oshyon – bu mening qadrdon maktabim. Faxrlansam arziydi, oʻz bagʻridan ne-ne buyuk insonlarni uchirma qilgan soʻlim Angren shahridagi 4-maktabning bitiruvchisiman!…

To‘liq...

Qadriyat

Bepoyon va serquyosh Oʻzbekistonmizning har bir ziyo maskanlarida bayram va tadbirlar oʻzgacha shukuh va koʻtarinki kayfiyatda oʻtishi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligidan.

Ana shunday bayramlardan biri 9-may – Xotira va qadrlash kuni ham yurtimizda tinchlikka, qadriyatga ehtirom sifatida nishonlanadi.

II jahon urushi veteranlari, mehnat…

To‘liq...

“Gulxan” kashf qilgan moʻjiza

Maktabda oʻtadigan bir tadbirga tayyorlanish uchun oʻquvchilar bilan yigʻildik. Shunda oʻquvchilarimdan biri qoʻlidagi oʻqilaverganidan varaqlari urinib qolgan “Gulxan” jurnali, bir-ikki dona “Tong yulduzi” gazetasiga ishora qilib, ushbu jurnal va gazetalarda oʻtkazmoqchi boʻlgan tadbirimiz mavzusiga oid sheʼrlar va qimmatli maʼlumotlar borligini…

To‘liq...

Qoʻshqanotlar parvozi

Aziz bolalar! Ushbu suratlardagi tengdoshlaringiz – aka-uka Jahongir va Shohjahon Azimjonovlar sportning Pencak Silat turi boʻyicha uch karra Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kubogi gʻolibi. Suhbat jarayonida Jahongirdan nima uchun aynan shu sport turini tanlagani, uning qiziqishlari haqida soʻradim.

Sinfdoshim Sarvar Abdullayev sport…

To‘liq...

Kitob – hayot koʻzgusi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 212-maktabning 4-”D” sinf oʻquvchilari “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob – hayot koʻzgusi” mavzusida tadbir oʻtkazdi. Unda nashriyotlar tomonidan jahon va oʻzbek yozuvchilarining bolalar uchun chop etilgan asarlari oʻquvchilarga taqdim etildi.

Bugungi axborot asrida sanoqli soniyalarda internet tarmogʻi…

To‘liq...

Sokinlik bagʻridagi tugʻyonlar

Aziza 1-sinfda oʻqib yurganidayoq Alisher Navoiyning rasmiga qarab oʻxshatib chiza boshladi. Nabirasidagi qobiliyatni koʻrgan Anifa opa Toshkent tumanidagi 32-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga olib bordi. Unga ustozlik qilishni zimmasiga olgan Munisa Turgʻunova yaxshi rassom boʻlish uchun mehnatdan qochmaslik, tartib-intizomga rioya qilish…

To‘liq...

Qalblarni soʻzlatgan adib

Bugun mamlakatimizda “Sariq devni minib”ni oʻqib, sehrli qalpoqchasi boʻlishini orzu qilmaydigan, “Shirin qovunlar mamlakatida yoxud sehrgarlar jangi” romanini mutolaa qilib, qovunlarni oʻzgacha ishtiyoq bilan yeb, urugʻlarini sanab koʻrmoqchi boʻlmagan, “Jannati odamlar”ni oʻqib, bobosini yoki buvisini mahkam quchoqlab qoʻymagan, “Quyonlar…

To‘liq...

Qodiriy zakosiga beshik xonadon

Muzeylar oʻtmishdan kelajakka xabar beruvchi maskan. Gohida tinch, gohida suronli davrlardan bugunga qadar saqlanib qolgan tarixiy buyumlar, yodgorliklar borki, bularni faqat muzeyda uchratish mumkin.

Muzeylar kuni arafasida jamoamiz bilan poytaxtimizning Samarqand darvoza koʻchasida joylashgan Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga bordik. Adib yashab ijod…

To‘liq...

Sirli, sehrli, mitti buloqcha

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, tabiatni asrash mavzusidagi asarlari uchun Xalqaro YUNESKO mukofoti sohibi, taniqli yozuvchi Abdusaid KOʻCHIMOVning nafaqat Hamdoʻstlik mamlakatlarida balki Xitoyda ham koʻplab muxlislari bor. Chunki uning “Halqa”, “Hayot hukmi” kitoblarini xitoyliklar ham qoʻlma-qoʻl qilib oʻqishgan.

Darvoqe, Abdusaid aka…

To‘liq...

Yangi Oʻzbekistonda yangi imkoniyatlar

Jurnalimizning aziz muxlislari. Shu kunlarda siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Sizning boʻsh vaqtingizni mazmunli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatiga eʼtibor qaratdilar va viloyat, tuman, shahar hokimlari zimmasiga bir qator vazifalarni yukladilar. Qisqa muddatda “Barkamol avlod”…

To‘liq...

Jumaniyoz Jabborov

Shoir va dramaturg Jumaniyoz Jabborov 1930-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Poʻloti qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabni tugatib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil olgan. 1952–1953-yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida oʻqigan.

Mehnat faoliyatini 1953-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida boʻlim mudiri vazifasidan boshlagan.…

To‘liq...

Ismaloqda shifo behisob

Qadimdan buvilarimiz bahoriy koʻkatlardan pishiriqlar, turli taomlar tayyorlashgan. Bu bejiz emas, albatta. Ismaloq, jagʻ-jagʻ, yalpiz kabi koʻkatlar qish boʻyi sarxil neʼmatlarga tashna boʻlgan tanangizga kuch-quvvat bagʻishlaydi. Quyida ismaloqning foydali xususiyatlarini sanab oʻtamiz.

U kamqonlikni davolaydi va immunitetni mustahkamlaydi.…

To‘liq...

Xans Kristian Andersen

Har yili 2-aprelni Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida bayram qilamiz. Nega aynan 2-aprel, deb hech oʻylab koʻrganmisiz? Chunki shu kuni dunyo bolalarining sevimli ertakchisi Andersen tavallud topgan. Uning “Suv parisi”, “Qor malikasi”,”Irkit oʻrdakcha” ertaklarini bilmagan, multfilmini sevib tomosha qilmagan birorta oʻzbek xonadoni boʻlmasa…

To‘liq...

Kitob bayrami – maʼnaviyat bayrami

Hukumatimiz hamisha siz bolalarning yorqin kelajagingiz haqida qaygʻurgan. Bolalarning tarbiyasi – odobi, maʼnaviyati, bilimi, dunyoqarashi qanday boʻladi, degan savollar yurtimiz rahbariyatining diqqat markazida. Prezidentimiz raisligida joriy yilning 19-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektorda ham aynan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan…

To‘liq...

Sharifa Salimova

Sharifa Salimova 1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topdi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1969–1974). Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston teleradiokomitetida boshladi (1974–1987). “Saodat” jurnali, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida (1989–1994)…

To‘liq...

Qizil lavlagi moʻjizalari

Koʻpchiligingiz qizil lavlagini unchalik xush koʻrmaysiz. Lekin bahorning ilk kunlarida undan tayyorlangan salatlarni koʻproq isteʼmol qilsangiz, horgʻinlik va ishtahasizlikdan qiynalmaysiz. Chunki bu ildizmevada tanangiz uchun nihoyatda foydali vitaminlar bor.

Lavlagi tarkibida temir, natriy, magniy, kalsiy, fosfor va A, V va S guruhlariga…

To‘liq...

Sumalak

Biz yoshlar bu taomni qanday tayyorlashni bilmasdik. Lekin, moʻjizali taomning xushtaʼmligi ogʻzimizda qolgan. Har yili bir marta boʻlsa ham sumalak yegimiz keladi.

Ezgu niyat bilan sumalak tayyorlashni sinfdoshlarimiz bilan kelishib oldik. Bahorning iliq kunlaridan birida onalarimiz boshchiligida bugʻdoy ivitib, ulkan dasturxon uztiga yozdik.…

To‘liq...

Oz-oz oʻrganib dono boʻlur

1. Koʻchaga chiqishdan avval ust-boshingni tartibga solishni unutma.

2. Tanishingni koʻrganda birinchi boʻlib salom ber.

3. Oʻzingdan katta bilan soʻrashganda birinchi boʻlib qoʻl choʻzma, ular qoʻl uzatguncha kutib tur.

4. Roʻparangdan yoshi katta kishi yoki qiz bola kelayotgan boʻlsa, oʻzingni chetga olib, yoʻl ber.

5. Yoningda ketayotgan kishi…

To‘liq...

Kelajakdan xavotirdaman

Men Namangan viloyatining Chust tumani Ogʻasaroy qishlogʻidagi 28-maktabda 34 yil oʻqituvchi boʻlib ishladim. Shu vaqt mobaynida qanchadan qancha oʻquvchilarni oʻqitdim, ularning hayotda toʻgʻri yoʻlni topishlari uchun bor kuchim, mehrim va yillar davomida yigʻgan tajribamni sarfladim.

Shukrki, koʻpgina oʻquvchilarim, ular qatorida barcha…

To‘liq...

Bahs

– Yigʻishtir, multfilmingni! “Sevimli”ga ol. “Qora yurak” seriali boshlandi.

– E-e, biroz shoshmang, ona. Qiziq yeriga keldi.

– Hali gapimni ikki qiladigan boʻldingmi, quloqsiz. Buyoqqa kel, yonimga kel dedim, senga. Tilingni kalta qilib qoʻyay. Bor, kitoblaringni oʻqi. Multfilmdan foyda yoʻq.

Ana nasihat-u mana “ibrat”. Baʼzi ota-onalarga qoyil…

To‘liq...

Kitob – eng yaqin doʻstim

Shu kunlarda muhtaram Prezidentimizning Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining majlisida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabida kitob haftaligi doirasida “Kitob – eng yaxshi doʻst” deb nomlangan…

To‘liq...

Burgutlar uchadigan qoya

Shunday kunlar boʻladiki, bir umr xotirangda muhrlanib qoladi. Bundan 11 yil avval vohamizda boʻlib oʻtgan adabiyot kunlarini hali-hanuz toʻlqinlanib eslayman. Chunki oʻshanda men Oʻzbekiston Qahramoni, sevimli shoirimiz Abdulla Oripov bilan yuzma-yuz oʻtirib suhbatlashish, uning adabiyotimiz, zabardast ijodkorlarimiz haqidagi samimiy dil…

To‘liq...

Yosh dasturchi

Izzatilla Otajonov sinf rahbari Marhabo opa Qurbonovaning oʻng qoʻli. Marhabo opa juda kuyinchak rahbar. Har bir oʻquvchisining uyiga borib sharoiti bilan tanishadi, ota-onalar bilan suhbatlashadi. Ularga qaysi jihatdan koʻproq eʼtibor berish kerakligini maslahatlashadi. Ana shu hamkorlik tufayli u Izzatillaning ham nimalarga qiziqishini yaxshi…

To‘liq...

Hikmatga toʻla umr

Abdulla Oripov Navroʻzda tugʻilgan. Adabiyot maydoniga ham Navroʻzday kirib kelgan! Navroʻzni bilasiz – yil boshi, yangilanish fasli. Abdulla Oripov Vatanimizning eng oliy mukofoti – “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga birinchilardan boʻlib sazovor boʻlgan. Shoirning elga tanilishiga “Gulxan” jurnali ham katta hissa qoʻshgan. Uning “Qishlogʻimni…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.